Научная статья на тему 'ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING DIDAKTIK G`OYALARI'

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING DIDAKTIK G`OYALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
557
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Algoritm / Arab Raqamlari / ”Hind Arifmetikasi” / astronomik jadvallar / ” Xorazmiy Ziji”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Niginabonu Sahobuddinova

Ushbu maqola Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik g`oyalari hamda Abu Rayhon Beruniy asarlaridagi pedagogik fikrlarni yoritib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING DIDAKTIK G`OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING

DIDAKTIK GOYALARI

Niginabonu Sahobuddinova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima

nazaryasi va amaliyoti fakulteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik g'oyalari hamda Abu Rayhon Beruniy asarlaridagi pedagogik fikrlarni yoritib beradi.

Tayanch so'zlar: Algoritm,Arab Raqamlari, "Hind Arifmetikasi", astronomik jadvallar," Xorazmiy Ziji"

Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo'shdi. U birinchi marta insonlar o'rtasidagi munosabatlami matematik shakllarda ifodaladi. Ya'ni "Al Xorazmiy" asari nomi lotincha transkripsiyada "Algoritm" shakliga, keyin "Algoritmas" va nihoyat hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi "algoritm" ga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga,undan turmushda foydalamish yo'larini ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalar tuzish, mol taqsim etish uchun zarur bo'lgan hisoblarni taklif etdi.

Hindlarning o'nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. Muhammad Al Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi "Hind arifmetikasi haqida kitob" dir. Asar o'nlik tizim raqamlari (1,2,3,4,5,6,7,8,9,) ga bag'ishlangan. Mutafakir hindlarning falakiyot va matematikaga oid "Sindi hind" nomli qo'llanmasini o'qib, uning yanglish va qiyin tomonlarini qayta tikladi,uning mundarijasiga yangi boblarni qo'shdi va bu asarni "qisqargan Sindihind" ( "Algoritmi hind hisobi haqida") deb atadi. Ushbu kitobning dunyo ilm fani tarixidagi tutgan o'rniga mutloq baho berish mushkul. Sababi, aynan ushbu asr qadimgi dunyo matematiklarining eng muhim muammolari - sanoq tizimlaridagi chalkashliklar, noqulayliklar va raqamlash tizimining o'tkir kamchiliklarini bartaraf etgan, zamonaviy sanoq va raqamlash tizimiga asos solgan buyuk ilmiy manba hisoblanadi. Aynan "Hind hisobi haqidagi kitob" tufayli, o'nlik sanoq tizimining qulayliklari va hind raqamlash tizimining afzalliklari fanga aniq-tiniq ma'lum bo'ldi. Hind hisobida sonlar 1 dan 9 gacha bo'lib, hind hisob tizimida manfiy sonlar va nol umuman matematik tushuncha sifatida mavjud bo'lmagan. Al-Xorazmiyning matematika oldidagi yan bir buyuk xizmati shu ediki, u fan tarixida ilk marotaba Nol sonini arifmetik va algebraik amallarga tatbiq etdi, ya'ni Xorazmiy nol sonini fanga kiritdi! "Hind hisobi haqida"

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

asarida bayon etilgan hind raqamlarining hisoblashlardagi qulayligi tezda butun ilm ommasiga ma'lum bo'ldi va u keyingi davr yevropa faniga "arab raqamlari" sifatida kiritildi. "Arab raqamlari" haqidagi dastlabki ma'lumot 1200 yilga oid bo'lib, unda italyan savdogarlarining mazkur raqamlardan foydalanib yuritgan hisob-kitoblari aks etadi. 1299-yilda esa Florensiyada "arab raqamlaridan foydalanishni ta'qiqlash" to'g'risidagi qonun qabul qilingani ham tarixiy manbalarda mavjud. Bu qonunga nima sabab bo'lganligi aniq emas, balki, kibor italyan sinyorlari o'z mahalliy raqamlari foydasiga mazkur qonunga imzo chekishgandir (https://hozir.org/elektron-raqamli-imzo.html), lekin baribir "arab raqamlari"ning amaliy afzalliklari o'rta asr feodal qonunchiligidan ustun keldi. XVI-asrga kelib butun madaniylashgan tamaddun "arab raqamlari"ga deyarli o'tib bo'ldi. Al-Xorazmiyning "Hind hisobi haqida" asari "Algoritmi de numero Indorum" nomi bilan XII-asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Mazkur kitobning ham arab tilidagi matni yo'q bo'lib ketgan, lotin tilidagisi esa saqlanib qolgan.

Xorazmiy Hindlaming falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi." Xorazmiy Zij"i o'rta asrlar fanidagi astronomiyaga oid dastlabki asar bo'lib, 37 bobdan iborat va 116 ta jadvalni o'z ichiga oladi. Unda turli taqvimlar, xronologiya, Quyosh, Oy, sayyoralarning harakati, burjlar va boshqalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, Quyosh va Oy harakati tenglamalari va tutilish muddatlarini aniqlash qoidalari, sinuslar jadvallari, geografik nuqtalarni topish qoidalari beriladi. „Zij"da birinchi marta tangens funksiyasi kiritilgan. Kitob turli xil taqvimlarni tahlil qilish bilan boshlanadi. Unda har xil taqvimlarning qo'llanish sohalari, ularni bir biriga o'girish qoidalari va aniq sanalarni belgilash borasida ulardan foydalanish yo'l yo'riqlari ko'rib chiqiladi. U turli xalqlarda tarixan har xil boshlang'ich sanaga ega bo'lgan eralarni mufassal bayon qilib o'tib, ularni o'zaro taqqoslaydi va islom taqvimi (hijriy yil hisobi)ga keltirish qoidalarini bayon qiladi. U Islom erasi (622 - milodiy yildan boshlab), Hindiston erasi (er.avv. 3101 yildan boshlab) va Iskandar erasi (er.avv. 1-oktyabr 312-yildan boshlab) larning o'zaro qiyosiy jadvallarini keltiradi. Al-Xorazmiy hisoblari bo'yicha Islom yil hisobi 622-yil 16-iyuldan boshlanadi.

Al-Xorazmiy birinchi navbatda buyuk matematik sifatida namoyon bo'ladi. U o'zigacha butun sharq ilm fani to'plagan matematik bilimlarni umumlashtirib, ularni o'zining natijalari bilan boyitib bordi va fanda mutlaqo yangi soha -Algebraga asos soldi. Al-Xorazmiygacha bo'lgan davrda faqat eng soda algebraik tenglamalargina o'rganilar, masalalarni alohida tenglamalar sifatida qaralar va ular orasidagi qonuniyatlar nazardan chetda qolar edi.Uning fan oldidagi xizmatlari cheksizdir.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

REFERENCES

1. X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.