Научная статья на тему 'ABDURAHMON IBN XALDUNNING IJTIMOIY QARASHLARIDA ADOLAT USTUVORLIGI'

ABDURAHMON IBN XALDUNNING IJTIMOIY QARASHLARIDA ADOLAT USTUVORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
79
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Abdurahmon ibn Xaldun / adolat / ijtimoiy qarashlar / davlat / adolatsizlik / tamaddun.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sobirova Maxzuna Ibroximjon Qizi

Ushbu maqola tarixiy shaxslar hayoti va ijodiga, dunyoqarashlariga befarq bo‘lmagan holda, aynan arab mutafakkiri Abdurahmon ibn Xaldunning asarlarini o‘rganish natijasida olingan mutafakkirning ijtimoiy qarashlari va asosan bunda adolatning nechog‘lik ustuvor ekanligi haqidagi fikrlarni o‘zida mujassam etadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDURAHMON IBN XALDUNNING IJTIMOIY QARASHLARIDA ADOLAT USTUVORLIGI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ABDURAHMON IBN XALDUNNING IJTIMOIY QARASHLARIDA ADOLAT

USTUVORLIGI Sobirova Maxzuna Ibroximjon qizi

O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7993636

Annotatsiya. Ushbu maqola tarixiy shaxslar hayoti va ijodiga, dunyoqarashlariga befarq bo'lmagan holda, aynan arab mutafakkiri Abdurahmon ibn Xaldunning asarlarini o'rganish natijasida olingan mutafakkirning ijtimoiy qarashlari va asosan bunda adolatning nechog'lik ustuvor ekanligi haqidagi fikrlarni o'zida mujassam etadi.

Kalit so'lar: Abdurahmon ibn Xaldun, adolat, ijtimoiy qarashlar, davlat, adolatsizlik, tamaddun.

Har bir soha o'z tarixining rivojlanish bosqichlaqrida ko'zga ko'ringan va ilg'orqadamlik qilgan olim-u ulamolari bilan taraqqiy etadi. Va albatta, bu taraqqiyot hozirgi davr uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganligini amaliy jarayonlarda ko'rish mumkin.

Bugungi zamonaviy asrimizda ham qarashlari ahamiyati yo'qolmagan mutafakkirlardan biri, o'rta arsning buyuk olimi, faylasufi bo'lgan Abdurahmon ibn Muhammad ibn Xaldun va uning asarlari, qarashlari to'g'risida mulohaza yuritish maqolaning mazmunini boyitishda xizmat qiladi.

Ushbu buyuk faylasuv olim Shimoliy Afrika zaminining Tunis sharida 1332-yilda dunyoga kelgan. O'z davrining ilmi yuksak olimlaridan Qur'on, hadis, huquq, tilshunoslik singari qator fanlar doirasida bilimini kengaytirgan. Faqatgina bilim olib yoki bilim doirasini kengaytiribgina qolmay, mutaffakir tarix, tasavvuf, mantiqqa doir asarlar va she'rlarni ham yozganligi haqida bir talay ma'lumotlar mavjud. Olimning bunday ilm yo'lidagi xatti-harakatlari Miss sultonlari saroyida eng yuqori mansab hisoblangan — hojib lavozimiga loyiq ko'rilioshiga sabab bo'lgan. Yana shuni alohida aytish kerakki, u o'zining mohir diplomatik xususiyatlarini buyuk bobokalonimiz Amir Temur bilan shaxsan suhbatlarida namoyon etadi va buning natijasida ko'plab suhbatlar hamda yozishmalar olib boradi.

Ayni shulardan kelib chiqib olimda ijtimoiy dunyoqarashning keng ekanligiga amin bo'lish mumkin. U o'zining asarlarida, xususan, "Muqaddima" nomli asari orqali G'arb davlatlari ilmiy doiralarida yuksak qiziqish uyg'otib kelgan. Jumladan, alloma o'zining "Kitob ul-ibar" asariga yozgan muqaddimasida inson jamiyatining taraqqiyoti, rivojlanish hamda tanazzuli sabablari to'g'risida asosli fikrlarni keltiradi.

Olimning hayoti va ijodi yuzasidan izlanish olib borish maqsadida to'plangan manbalar, turli adabiyotlar va turf mazmundagi ma'lumotlarni chuqur o'rganib, ijtimoiy qarashlarida adolatning ustuvor ekanligiga urg'u berganiligiga amin bo'lindi. Ibn Xaldun «Muqaddima»da bir fikrni bot-bot takrorlaydi, bu: «Tamaddun bu insan jamiyatining yakunidir», — degan fikrdir.

Shunda bir savol tug'iladi, nega tamaddun inson jamiyatining intihosi bilan yakun topadi? Bu savolga qisqa va aniq javob shuki, tamaddun va davlat bir-biri bilan bevosita bog'liqligidadir. Birinchidan, ular zoid, ya'ni ortiqcha mahsulot funksiyasini namoyon etib, kerakligidan ko'ra moddiy boyliklarning ortishi bilan tamaddun vujudga keladi; shu bilan birga, davlat bu mulkning paydo bo'lishi natijasi hisoblanadi. Mulk esa o'z navbatida, yana o'sha ortiqcha mahsulotdan tashkil topadi. Ikkinchidan, davlat va tamaddun hajm jihatidan bir-biriga mos keladi. Mulk bo'lgan va ayni paytda sivilizatsiyani aks ettiradigan "zamin ne'matlari"dan

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

faqat "davlat odamlari" foydalanish imkoniyatiga ega, ya'ni tortib olingan zoid o'sha odamlar o'rtasida taqsimlanadi. Boshqacha aytganda, tamaddun "jamiyat holati" sifatida butun jamiyatni ifodalaydi, ammo bu boylikning afzalliklaridan uning barcha a'zolari foydalana olmaydi, chunki ba'zilardan zoid to'lovlar, soliqlar, to'g'ridan-to'g'ri musodara qilish va boshqa usullar vositasida yig'ib olinadi, boshqalar esa bu zoidlarni iste'mol qiladi: "Davlat fuqarolardan pul yig'ib oladi va uni o'z odamlari va qo'l ostidagi xodimlariga sarflaydi... ushbu pullar fuqarolardan keladi, lekin davlat odamlariga va so'ngra ular bilan bog'liq poytaxt aholisiga ketadi".

Bu atilganlardan xulosa qilish mumkinki, ibn Xaldun o'z davrida davlatioga nisbatan salbiy munosabatini asarlarida ifoda etadi. Yana olimning fikriga ko'ra, davlat ko'r-ko'rona kuch bo'lib, hayotga ob'yektiv (moddiy) sabablardan kelib chiqib yondashadi va shu ob'yektiv sabablarga ko'ra o'zi tekinxo'rlik qilib, jamiyatni o'ldiradi hamda o'zi ham halok bo'ladi.

Mutafakkirning asarlaridan alingan fikr-mulohazalar, iqtiboslar natijasdia xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Ibn Xaldunning ijtimoiy qarashlarida birinchi o'rinda adolat prinsipi turadi. Mutafakkir adolat hukm surgan va qonunlar ustuvor bo'lgan davlatgina mustahkam bo'lishi to'g'risidagi fikrni ilgari suradi. Shu jihatdan, allomaning qarashlarini ilmiy tadqiq etish va o'rganish Uchinchi Renessans poydevorini barpo etar ekanmiz, bugungi kunda dolzarb bo'lib, juda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Ibn Xaldun. Muqaddimat Ibn Xaldun. Maktabat Lubnon, Bayrut, 1992. -B.372.

2. Feoktistov A. M. Problembi kulturno-istoricheskogo protsessa v sotsialno-ekonomicheskom uchenii Ibn-Xalduna. " -Problembi filosofii" (Kiyev), 1977, vbip. 41. -B.133

3. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

4. Сатторова, Х. (2012). РЕФОРМА И ТРУДНОСТИ В ОБУЧЕНИИ (на тадж.). Вестник Педагогического университета, (3-2), 156-158.

5. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://cyberleninka.ru

8. http://scientists.uz

9. https://www.bukhari.uz

10. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

11. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

12. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

13. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

14. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

15. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

16. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

17. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

18. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.