Научная статья на тему 'ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI'

ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
352
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Xaldun / “Muqaddima” / yovvoyilik / tavahhush / ibtidoiylik / badaviya / tamaddun / xadaro / “asabiyya / Sarvapalli Radhakrishnan / axloqiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar / an’anaviy hinduiylik / Veda etikasi va uning falsafiy g‘oyalari. / Ibn Khaldun / "Introduction" / wildness / tawahhush / primitiveness / Badawiyya / civilization / Hadaro / "asabiyyah / Sarvapalli Radhakrishnan / ethical and socio-political views / traditional Hinduism / Vedic ethics and its philosophical ideas.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sulaymonov, Jasur Baxtiyorovich

Mazkur maqolada islom tafakkurining yirik vakili Abdurahmon ibn Xaldunning axloqiy qarashlari hamda Hind falsafiy tafakkurining yirik vakili Sarvapalli Radhakrishnanning axloqiy qarashlari qiyosiy tahlili muhokama qilingan. “Asabiyya” kategoriyasi Xaldunning ijtimoiy falsafiy qarashlarida muhim ahamiyatga ega. Sarvapalli Radhakrishnanning axloqiy qarashlarida hind tafakkurini isloh qilish takliflari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ASPECTS OF THE MORAL VIEWS OF ABDURAHMAN IBN KHALDUN AND THE MORAL VIEWS OF SARVAPALLI RADHAKRISHNAN

This article discusses the comparative analysis of the moral views of Abdurrahman ibn Khaldun, a great representative of Islamic thought, and the moral views of Sarvapalli Radhakrishnan, a great representative of Indian philosophical thought. The category of ";asabiyyah" is important in Khaldun's social philosophical views. Sarvapalli Radhakrishnan's Ethical Views offers suggestions for reforming Indian thought.

Текст научной работы на тему «ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI»

ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING

QIYOSIY JIHATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7395444

Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich

ToshDShU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi katta o'qituvchisi

nihatchetin@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada islom tafakkurining yirik vakili Abdurahmon ibn Xaldunning axloqiy qarashlari hamda Hind falsafiy tafakkurining yirik vakili Sarvapalli Radhakrishnanning axloqiy qarashlari qiyosiy tahlili muhokama qilingan. "Asabiyya" kategoriyasi Xaldunning ijtimoiy falsafiy qarashlarida muhim ahamiyatga ega. Sarvapalli Radhakrishnanning axloqiy qarashlarida hind tafakkurini isloh qilish takliflari berilgan.

Kalit so'zlar: Ibn Xaldun, "Muqaddima", yovvoyilik, tavahhush, ibtidoiylik, badaviya, tamaddun, xadaro, "asabiyya, Sarvapalli Radhakrishnan, axloqiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar, an'anaviy hinduiylik, Veda etikasi va uning falsafiy g'oyalari.

ABSTRACT

This article discusses the comparative analysis of the moral views of Abdurrahman ibn Khaldun, a great representative of Islamic thought, and the moral views of Sarvapalli Radhakrishnan, a great representative of Indian philosophical thought. The category of "asabiyyah " is important in Khaldun's social philosophical views. Sarvapalli Radhakrishnan's Ethical Views offers suggestions for reforming Indian thought.

Keywords: Ibn Khaldun, "Introduction", wildness, tawahhush, primitiveness, Badawiyya, civilization, Hadaro, "asabiyyah, Sarvapalli Radhakrishnan, ethical and socio-political views, traditional Hinduism, Vedic ethics and its philosophical ideas.

KIRISH

Ibn Xaldun islom dunyosining ilmiy va g'oyaviy tarixida eng Taniqli shaxslardan biridir. Bu shuhrat, mashhurlikni birinchi navbatda uning kitobi olib keldi. Bu kitob Sharq va g'arbning fikr osmonida bir yorqin yulduz misoli

charaqladi. Bu kitob orqali Ibn Xaldun bir yangi yo'l ochdiki, birinchi darajali faylasuf-muarrix va sotsiologiya asoschisi degan unvonga sazovor bo'ldi1. Ikkinchi unvonni garchi ba'zi izohlar bilan qabul qilish lozim bo'lsa ham.

Ibn Xaldun o'tgan voqealarni baholashning oqilona kriteriylarini ko'rsatish uchun, uncha ishonch tug'dirmaydigan bir necha tarixiy rivoyatlarni keltirib, muarrixning rostgo'yligi va xolisligi masalasini ko'tarishdan avval, bunday rivoyatlardan foydalanish nimalarga olib kelishini ta'kidlamoqchi bo'ladi.

Birinchi navbatda, Ibn Xaldun tamaddunning asosiy qonunlari va uning shakllanishini tadqiq etishga qiziqadi. U jamiyatlarning qay holda ibtidoiy ko'chmanchilik hayotidan yuqori madaniyatli hayotga o'tishini bilishga harakat qiladi. Ma'lumki, mutafakkir turli xil davlatlarda, jumladan, Andaluziya, Ifriqiya, Misr, G'arnota, Kastiliya, Marokashda, shuningdek, Banu Hilol va ad-Dovudiya kabi arab va barbar qabilalari ichida hayot kechirgan. Shunda u turli xil madaniyatlarni, ya'ni dabdabali, hashamatli shahar madaniyati va ko'chmanchilarning oddiy va qashshoq hayotining guvohi bo'ldi. Ibn Xaldun bundan chuqur farqlarning kelib chiqish sabablari to'g'risida bosh qotirdi. Mutafakkir ushbu farqlarning uch sababini ko'rsatadi: Birinchi sababi, qabila va oilaning alohida a'zolarini bog'lab turadigan hissiyot va fikrlar mohiyatini aks ettiruvchi psixologok, ruhiy hodisadir. Ikkinchi sabab, bu tabiiy va geografik shartlar bilan, hunar, san'at, mehnat taqsimoti bilan uzviy bog'liq iqtisodiy omildir. Uchinchi omil, bu hokimlar va tobelar o'rtasidagi munosabatlar, mulkni yaratish, hokimiyatning shakllanishidan iborat siyosiy omildir. Lekin Ibn Xaldun yuqoridagi fíkrlarni bayon qilsada, hokimiyat harakteri haqida bu yerda so'zlamaydi.

1888 yilning 5 sentyabri, Madrasning Tirutani qishlog'ining boy brahmanlar honadonida, Radhakrishnan oilasida o'g'il farzand dunyoga keldi. Unga Sarvapali (ra/akrZ,an) ismini berishdi.2Barcha braxman oilalari kabi uning oilasida ham, diniy muhit hukm surar edi.Radhakrishnan oilasi diniy marosimlarni o'z vaqtida o'tkazar va muqaddas joylarga ziyorat uchun tez-tez borib turar edi. Qachonki, bola yura boshlaganida oila a'zolari uni o'zlari bilan ziyorat qilgani olib borishar edi. Janubiy Hindistonning xashamatli ibodatxonalari, xudoga sirli ibodat, turli-tuman e'tiqod va insonlarning baland ovozda yangragan iltijolari Radhakrishnan tasavvurini uyg'otdi. Bola tasavvurida g'ayrioddiy tasvirlar shakillandi va u boshqa dunyoni tasavvur qila boshladi. O'sha davrda Radhakrishnanning ongida umr yo'lini aniqlab bergan abstrakt tafakkur paydo bo'lgan edi. Besh yoshida Radhakrishnan mahalliy maktabga,

1 Хртамий Сайид Мухаммад. Ислом тафаккур тарихи. Т.: "Минхож", 2003 й., 241-бет

2 Там же. - C. 10.

ta'lim olgani bora boshladi. U yerda u hind xalqining buyuk eposlari: "Maxabxorat" va "Ramayana" kabilar bilan tanishdi. Mustamlakachilik davrida bu asarlar hind xalqi yuragida vatanparvarlik, fidoiylik tuyg'ularini jo'sh urdirar va ularning milliy g'ururi hisoblanar edi. Keyinchalik, "Maxabxorat"ning "Bxagavadgita" bo'limi Radhakrishnan qalbida chuqur iz qoldirdi. "Bxagavadgita"ni o'rganish bo'lajak faylasuning falsafiy dunyoqarashini shakllanishida hal qiluvchi omil bo'ldi deb yozadi Litman o'z asarida.3

Doktor Radxakrishnan butun dunyoni bitta maktab deb hisoblagan. U faqat ta'lim orqali inson ongidan foydalanish mumkin deb hisoblagan. Shu sababli, ta'limni dunyoni yagona birlik deb hisoblash orqali boshqarish kerak. Doktor Sarvepalli Radxakrishnan Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida so'zlagan nutqida shunday degan edi: "Odamlar bitta bo'lishi kerak. Insoniyat tarixining barcha maqsadi insoniyatni ozod qilishdir. butun dunyoda tinchlik o'rnatish. "Ho." Doktor Radxakrishnan o'zining xushchaqchaq tushuntirishlari, yoqimli iboralari va engil qitiqlaydigan hikoyalari bilan talabalarni hayratga soldi. Shuningdek, u shogirdlariga xulq-atvorida yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga ilhom berdi. U qaysi fanni o'qitmasin, o'zi ham uni chuqur o'rganar edi. U falsafa kabi jiddiy mavzuni ham o'z uslubi bilan sodda, qiziqarli va aziz qilardi. Shuning uchun uning tug'ilgan kuni o'qituvchilar kuni sifatida nishonlanadi.

Radhakrishnan ko'p o'qir va kitob umr yo'lida eng sodiq yo'ldosh, deb hisoblar edi. U o'z ustida ko'p ishlar, sanskrit, vatan tarixi, adabiyot, din va falsafa bilan shug'ullanar edi. O'rta ta'limni tugallagach, u Hindistonning yirik madaniyat markazi bo'lgan Madrasda, xristianlik kollejida ta'lim oladi. Bu ta'lim muassasasining o'quv dasturida diniy ilmlar, ingliz adabiyoti, Yevropa falsafasi, umumiy tarix, hamda Hindiston madaniyati va tarixi kabi fanlar bor edi. Xristianlik kolleji bo'lishiga qaramasdan, abiturientlarning diniy mansubligi shart qilinmagan edi. O'qituvchilar, ayniqsa, yevropalik o'qituvchilar hind studentlarini ochiqdan-ochiq kamsitishar edi.4

1909 - yili Madrasdagi xristianlik kollejini tugallab, shu yerda falsafadan dars beradi. O'qishni tamomlash arafasida "Veda etikasi va uning falsafiy g'oyalari"5 mavzusida disssertatsiya yoqladi.O'sha davrda Radhakrishnanning qadimiy hind falsafasini o'rganishga qaratilgan ilk faoliyatlari boshlangan edi. 1907 - yil disertatsiya omadli yoqlandi. Unga yuqori baho berilib, kelgusi yili nashirdan

3 Radhakrishnan S. Recovery of faith. - New Delhi.: Phylosophiy, 1956. - P. 222.

4 Ibid, 1956. - P. 222.

5 Литман A. Д. СарвапалиРадхакришнан. - М.: Наука, 1983. - C. 11-12.

chiqarildi.Radhakrishnanning ilmiy salohiyati va ingliz tilini yaxshi bilishi diqqatga sazovor bo'ldi. Uning ta'kidlashicha, bu mehnat garchi hali pishib yetilmagan g'oyalarning mevasi bo'lib, bu faoliyat Radhakrishnaning falsafa bilan jiddiy shug'illanishiga sabab bo'ldi. Ayni shu tadqiqoti tufayli u kollej professori yordamchisi vazifasida faoliyat yuritdi

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibn Xaldun inson ibtidosining hayvonot olami ichida bulgan vaqtini yovvoyilik (tavahhush) deb atashgan. Inson tabiat qo'ynida faoliyat yuritar ekan, kichik jamiyatlarga (ijtimo) uyushib yashay boshlashdi. Ijtimo bu jamiyat, u o'z taraqqiyoti davrida ikki bosqichni ibtidoiylikni (badaviya) va tamaddun (xadaro) bosqichlarini bosib o'tadi6. Ya'ni, Ibn Xaldun jamiyatni ikki turga bo'ladi: madaniy bo'lmagan (ya'ni yovvoyi) jamiyat va madaniy (ya'ni shahar) jamiyati. Uning fikricha, inson tabiatiga ko'ra jamiyat ichiga yashashga majburdir. Shuningdek, Ibn Xaldun jamiyat shakllanishi va yashashida diniy aloqalarning mavqeini pasaytiradi.

Ibn Xaldun fikricha, ijtimoiy tartib-intizomni tiklash va jamiyatni idora etish tabiiy hodisadir. Bu hodisaga hech qachon payg'ambarlikning barhaqligini isbotlash dalili deb munosabatda bo'lishga yo'l qo'ymaslik kerak. Sababi, insonlarning jamoa bo'lib yashashi, payg'ambarsiz ham mavjud bulishi mumkin, bunday jamiyatlar paydo bo'lgan va bo'lmoqda.

«Muqaddima»ning ikkinchi qismida yovvoyi jamiyat tadqiqiga oid fikrlar bayon etilgan. Bu qismida bir necha boblar bo'ylab bunday jamiyatlarning tabiiyligi, yovvoyilik ruhi arablarga xosligi va yovvoyi jamiyatning madaniy shaxar jamiyatiga nisbatan birlamchiligi haqida gapiriladi. Ibn Xaldun oshkor bayon etadi: "Insoniyat jamiyatining ildizi va asoslari saxrodagi yovvoyi hayot tarzidadir. Bu shuning uchunki, badaviylar hayotni insoning eng asosiy extiyojlari chorcho'basidan tashqariga chiqmaydi, holbuki, shaxar hayoti birinchi darajali zarurati bo'lmagan narsalarga egalik qilish iddoasi va istaklari oqibatidir, hamda uning natijasida paydo bo'lgan xiyla taraqqiy etgan davrdir. Birinchi darajali axamiyatga molik zaruriy narsalar hayotda bo'lmasa ham, ammo umr o'tkazish mumkin bo'lgan narsalarga nisbatan birlamchi ekanligi sababli, badaviylik (ko'chmanchilik) hayoti amalda daraxtning ildiziga o'xshaydi, shahar xayoti esa uning shoxlaridir"7.

Yuqorida ta'kidlaganidek, jamiyat rivojida ikki bosqich bor: ibtidoiy (badaviya) va tamaddun (xadaro). Ushbu bosqichlar bir-biridan yashash uchun bo'lgan

6 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1. с. 94

7 Х,отамий Сайид Му^аммад. Ислом тафаккур тарихи. Т.: "Мин^ож", 2003 й., 249-бет

366

vositalarning xarakteriga ko'ra farqlanadi, ya'ni ibtidoyilik ziroatkorlik, chorvachilik , termachilik, ovchilik bilan izohlansa, tamaddun ularni to'ldirib keluvchi hunarlar va savdo bilan izohlanadi.. Shuningdek, ular iste'mol xarakteriga ko'ra ham farqlanadilar. Ibtidoiylikda odamlar zarur ne'matlarni iste'mol qilsa, tamaddun holatida esa «foyda keltiruvchi» va «nozaruriy ne'matlar» bilan ham kifoyatlanmaydilar. Bu shuning uchunkim, odam mehnat taqsimoti natijasida "ortiqcha maxsulot" ishlab chiqara boshladi8.

Ibtidoyilik va tamaddun insoniyat jamiyatining sifat jixatdan farqli bo'lgan ikki bosqichdir. Bu ikki bosqich hududiy jihatdan bir-biriga yaqin joyda ham mavjud bo'lishi mumkin. Masalan: Arabiston yarim orolidagi ko'chmanchi qabilalari va Mespotamiya qadimiy tamadduni.

Yuqoridagilarni misol keltirgan xolda, Ibn Xaldun ibtidoylikdan tamaddunga o'tish jamiyatining ichki rivoji, hamda boshqa hudud hosilasini zabt etish orqali ham amalga oshish mumkin deb xisoblaydi. Yuqoridagi xolga qiyoslagan holda, Ibn Xaldun jamiyat hayotini qishloq va shahar hayotiga bo'ladi.

Ishlab chiqarish qurollarining rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining vujudga kelishi mahsulot ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Inson mehnat qilar ekan, jamoa ishlab chiqarishi natijasida foyda va iste'moldan tashqari mahsulot ortib qola boshladi. Ibn Xaldun inson mehnati natijasida jamiyat taraqqiyotining asosiy omili bo'lgan ortiqcha mahsulot paydo bo'ldi deydi. Shuningdek, mutafakkir qiymat tushunchasiga ham katta ahamiyat beradi. Ibn Xaldun qiymat tushunchasiga qishloq xo'jaligini, xunanmandlikni va savdoni harakatlantiruvchi jamiyat mehnatining ifodasi sifatida qaraydi9.

Ibn Xaldun inson ishlab chiqaruvchi va mulkdor bo'lgandagina, ijtimoiy mavjudot bo'la oladi deb xisoblaydi. Mulkka egalik huquqini mutafakkir, insonning muqaddas huquqlaridan biridir deb hisoblaydi. Ibn Xaldun jamiyatining shakllanish jarayonini odamlarning xususiy mulkchilik huquqini ta'minlashga bog'liq bo'lgan ishtiyoq bilan bog'ladi. Haqiqatdan ham, shunday gap bor: Xususiy mulkchilik ibtidoiy jamoa tuzumining go'rkovi, davlatchilikning asosi bo'ldi. Ibn Xaldun kimki mulkchilikni qo'llab-quvvatlasa, u adolatlidir deb biladi10.

Ibn Xaldun jamiyat haqida fundamental fikrlarini davom ettiradi. Mutafakkirning fikricha, taassub jamiyat hayotining asosi, ya'ni poydevoridir11.

8 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1., с. 94

9 Уша манба

10 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии и Африки, 1984 г. №1. с.94

11 Х,отамий Сайид Мухаммад. Ислом тафаккур тарихи. Т.: "Минхож", 2003 й., 250-бет

367

"Taassub", "asabiyya" atamalari arab tilidan kelib chiqqan. "Taassub" so'zi, "taassaba" V bob fe'lining masdar shaklidan bo'lib, tarjimasi «Vatan, millatga bo'lgan otashin muhabbat, fanatizm» demakdir.

Ibn Xaldun «asabiyya» atamasini quyidagi ma'nolarda qo'llaydi:

1. Qon -qarindoshlik aloqasi .

2. Qon-qarindoshlik munosabatlari orqali bog'liq bo'lgan odamlar guruhi.

3. Qon-qarindoshlik asosida shakllangan birdamlik hissiyoti12. Ibn Xaldun ijtimoiy hayotiy tartibning bo'rtib turuvchi o'zak omili taassub deb biladi. Endi «asabiyya», ya'ni «taassub» tushunchasining mohiyatini va jamiyat hayotidagi o'rnini o'rganib chiqamiz.

Jamiyat ibtidoiylikdan tamaddunga o'tar ekan, shu bilan bir vaqtda, bu jarayon ibtidoiy demokratiya va tengsizlik munosabatlaridan bo'ysunish, boshqarish munosabatlariga o'tishini ham o'zida ifoda etadi. Ibtidoiylik bosqichida odamlarni bog'lab turadigan munosabatlarni Ibn Xaldun «asabiyya» deb nomlagan13. Bu tushuncha qabila, urug' va ularning birlashmalarini o'zida ifoda etadi. Boshqa jixatdan, «asabiyya» odamlar o'rtasidagi qon -qarindoshchilik munosabatlari asosida shakllanadigan aloqadir. Bu faqat bir qabila yoki urug'ni birlashtiradigan «qon sadosi» emas. Odamlarning birlashmalari urug'ni, qarindoshchilikni anglashga olib keladi. Bu birlashma, ittifoqlar turli xil shakllarni o'zida ifoda etishi mumkin: Xilf ( bir qancha urug' va qabilalarning ittifoqi), istisno (naturalizatsiya ya'ni begonalarni qabilaga qabul qilish), riqq (qulchilik, to'g'rirog'i chet elliklarga homiylik) "vila" yoki "vilaya" (butun bir urug' yoki qabilaga homiylik)14. Shunday qilib, "asabiyya" qon-qarindoshlik, ittifoq aloqa birligidir. U ya'ni, "asabiyya" tipidagi guruhlar ichidagi boshqaruv oqsoqollar tomonidan boshqarilar edi. Oqsoqollar hokimiyati jamoa oldidagi hurmatga asoslanadi. Jamoa mudofaasi yosh va kuchli guruh tomonidan tashkil qilinadi. Nisbiy tenglik munosabati homiylik ostidagilar, qular va ittifoqchilarga ham tadbiq etiladi15. Rasman ular "asabiyya"ning teng huquqli qismini tashkil etardi, lekin amalda ularning qabila ichida huquqlari cheklangan edi. Qabilaga qabul qilingan (mulsaq) qabila yo'lboshchisi bo'lishi mumkin emas edi, chunki qabila oqsoqolligi "nisab" oqsuyak oilalar ichidagi vorislikka qarab bel gilanar edi. Asabiya munosabatlari nisbatan tenglikka asoslanganligi uchun, u noteng munosabatlarga aylanishi mumkin edi. "Muqaddima" muallifi hamma a'zolarining

12 Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока: Ибн Халдун «Введения». М., 1965 г., с. 570

13 Ибн Халдун. Ал-Мувдддима. Ал-Кщира: Дор ал-китаб Ал-Мисрий ва ал-Лубнаний, 1999 м., 45-бет

14 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1., с. 95

15 Уша асар, 95-бет

tengligiga asoslangan "asabiya" guruhlarining birligi va boshliqning shaxsiy sifatlariga asoslangan boshqaruvning zaruriyati o'rtasidagi dialektik bog'liqlikka urg'u berib utadi. Ibn Xaldun jamoadagi yo'lboshchini "matbu", ya'ni "zo'rliksiz boshqaruvchi kishi" deb ataydi16. O'zini boshqaruv esa tengsizlikka asoslanadi, chunki rahbarlik qilish majburlashni talab qiladi. Urug' o'rtasidagi aloqalar kuchli bo'lsada, sekinlik bilan "rahbarlik-ergashish" munosabati "hukmronlik-tobelik" munosabatiga aylanadi. Lekin nima uchun urug', rahbariyatning nisbiy tangligi, boshqalar ustidan hukmronlikka aylanadi? Bunga javobni biz "asabiyya"ning antitezasi, ya'ni "qarama-qarshi" tushunchasi "mulk"ni o'rganib chiqib topamiz.

Ibn Xaldun mulk tushunchasini ikki xil ma'noda "hokimiyat-mulk" va "er-mulk" ma'nolarida ishlatadi. Ibn Xaldun taassubga ta'rif berib, shunday deydi:

"Odamlar o'rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari, ba'zi hollarni istisno qilganda, bu tabiiy hodisa, bundan kishining qarindoshlari va yaqin kishilari hayoti, mol-mulki, or-nomusiga tajovuz va xavf tahdid solganda, g'amho'rlik qilishi kelib chiqadi"17.

Ma'lumki, qon-qarindoshlik va urug' qabilachilik munosabatlari ba'zan shunchalik yaqin bo'ladiki, birgina shuning o'zi birlashib ketishga sabab buladi, ba'zan esa munosabatlar uzoq bo'lsada, ammo qabilachilik manfaatlarining mos kelishi butun bir xalqning yakdil bo'lib birlashishiga sabab bo'ladi. Do'stlik munosabatlari ham shunday. Ibn Xaldun mustahkam qon-qarindoshlik aloqalari namunasini badaviy arablarda va boshqa ko'chmanchilarda ko'rishi mumkin. Chunki ularning hayot tarzi urug' va qabilalar aro nikohlar natijasida nasllarning aralashib ketishi, qarindoshlik iplarining uzilishiga mone'lik qiladi deb ishonadi18.

Faylasufning „abadiy din" ta'limotida axloqqa juda katta e'tibor qaratilgan. Uning ta'imotidagi axloqiy jihatlar avvalombor „E'tiqod va inson xulqi doimo yonma-yon yuradi", degan shiorga amal qilar edi. Bu "universal din„ va "universal axloq„ ta'limotlariga mos kelmog'i lozim. "Universal axloq„ning shakllanishi jamiyatning turliligiga, milliy va diniy tabaqalanish kabi to'siqlar yo'l bermaydi. Shu bois hayotda haqiqiy sof axloqni tadbiq etish Radhakrishnanga juda mushkul tuyiladi. „Universal axloq" uzoq kelajakning muammosidur. Markazda, ya'ni hozirgi vaqtda esa, vaqtinchalik axloq asosiy o'rin egallaydi. Radhakrishnan nafaqat kapitalizmning odamlar ma'naviy haytiga salbiy ta'sirini anglardi, balki uning hayot tarzini tubdan o'zgartirish lozim, deb bilardi.

16 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1., с. 96

17 Ибн Халдун. Ал-Мувдддима. Ал-Кщира: Дор ал-китаб Ал-Мисрий ва ал-Лубнаний, 1999 м., 50-бет

18 Х,отамий Сайид Му^аммад. Ислом тафаккур тарихи. Т.: "Мин^ож", 2003 й., 251-бет

369

Uning ta'limotini asoslab beruvchi asosiy omil bo'lib, ma'naviyatni har tomonlama rivojlanishi orqali yuksak axloqqa erishish mumkinligini tan olishga xizmat qiladi. Radhakrishnanning fikricha, faqatgina ma'naviyat zaxiralardan foydalanish, yangi turdagi insonni shakllanishini ta'minlashi mumkin.

Hind diniy-falsafiy an'analariga binoan, hamda gandiychilik ta'sirida Radhakrishnan bu ma'naviy zaxiralarda muhabbat va beziyonlilikni „universal axloq"ning asosiy negizi, deb ko'rsatdi. Gandiydan keyin Radhakrishnan muhabbatni „insoniyat hayotining qonuni", deb atadi. Radhakrishnan fikricha muhabbat qonunining namoyon bo'lishini eng ta'sirchan muhiti bu - dindir. Lekin uning muhim shartlaridan biri fanatizmga barham berishdir. Shu bilan muhabbat qonunining ta'rifi pozitiv-gumanistik yo'nalishga egadir.

Yuqoridagi va boshqa g'oyalarga asoslanib, Radhakrishnan axloqiy munosabatlardagi mukammal inson ko'rinishini belgilab berar edi. "Inson - bu yangi individum, o'z ichidagi dushmanlarni - nodonlik, aqlsizlik, o'tmish tarafdori, dunyoning to'xtovsiz o'zgarayotganini tushunmaslik tufayli esankirab qoladi... Inson o'zi - evolyutsion oqimning sababidir. U intellektuallikdan ma'naviylikka qarab rivojlanadi", 19deydi Radhakrishnan.

Radhakrishnan ta'kidlardiki, e'tiqodni anglashga har qanday falsafa ham yordam bera olmaydi. Shunday falsafa bo'lishi kerakki, bizga dunyo va hayotda har tomonlama va chuqur tushuncha berishi lozim. Radhakrishnan fikricha, "Biz yashyotgan dunyo haqidagi yakuniy bilimlarni tushunish uchun, bizga konstruktiv falsafa kerak. Bunga faqatgina chuqur falsafiy fikrlash natijasida erishish mumkin. E'tiqod esa, maqsadga muvofiq bo'lishi zarur".20

1920 - yil Radhakrishnan xalqining madaniy merosini anglagach va G'arb falsafasining tanqidiy tahlilidan so'ng, o'z falsafasini ishlab chiqdi. Hayoti davomida intilgan ideal falsafa modeli paydo bo'ldi.

Bu ta'limotning o'ziga xos jihatini faylasuf hayot bilan bog'liqlik, deb bildi. Shuning uchun o'z mehnatida hayot bilan falsafaning aloqasini birdek o'rinda olib borishga harakat qildi. Falsafiy izlanishlar samarasiz bo'lmaydi, deb hisoblab, inson hayoti va harakati falsafa bilan chambarchas bog'liq, deb ta'kidlaydi. Chunki, falsafa inson hayotini belgilab beradi va boshqaradi. Hind falsafasi Radhakrishnan fikricha, spirtualistik ko'rinishga ega. "U inson hayoti bilan qiziqadi, hayotdan tashqaridagi sfera bilan emas. U o'z boshlanishini hayotdan olib, falsafiy maktablardan o'tib, yana

19 Литман A. Д. Современная Индийская философия. - M.: Наука, 1985. - C. 275.

20 Radhakrishnan S.EastandWest. Some reflections. - New D.: India, 1960. - P. 326.

370

hayotga qaytadi",21 deydi. Falsafiy tizim asoschilari xalqning ijtimoiy-ma'naviy ongini kuchaytirishni taklif etadilar. Shundagina maqsad qilib qo'yilgan yutuqlarga erishish mumkin.

Shunday qilib, Radhakrishnan Hindistonga yangi falsafiy tizim kerak, deb hisoblaydi. U yangi falsafiy tizinmi zamonaviy bosqichini tarixda qolishi uchun xizmat qilishi lozim, deb biladi. U bunday falsafiy tizimni qanday tasavvur qiladi. Birinchi o'rinda u zamon bilan hamnafas bo'lishi zarur. Hozirgi zamon falsafasi bugungi kun bilan mos bo'ladi, o'tmish bilan emas. Shuning uchun u hech bir falsafiy tizimga o'xshash bo'lmaydi. Kelajak hayot bilan bog'liq, u harakat sababchisidir. U o'ziga xos bo'lishi zarur va o'zi tasvirlovchi hayotni shaklan va tarkiban rivojiga asosiy turtki bo'lishi kerak. Radhakrishnan bunday holat mohiyatda tabiatshunoslik bilan bog'liq, deb biladi. U falsafa texnik rivojlanish yutuqlarini hisobga olmasligi mumkin emasligini yaxshi anglagan va ko'p ta'kidlar edi. Falsafiy rivojlanish jarayonida uning rivoji nazardan chetda qolishi mumkin emas edi. Falsafaning kelajakda rivojlanishi tabiatshunoslik va psixologiya yutuqlarini ham ko'zda tutishi zarurligi muhim omil ekanligini ta'kidlar edi. Radhakrishnanning kelajak haqidagi fikrlari uning umumiy xulosalaridan kelib chiqdi. Yangi davr falsafasining boshqalardan ajralib turish jihatlari, haqli va nihoyat tabiatshunoslik bilan aloqadorlilik tomonlari yaxshilab tahlil qilindi. Bu tizimning yana bir jihati shunda ediki, dinni ma'rifiy ilm bilan bir qatorga qo'yish edi. Din bo'lajak dinning mustahkamlovchi yadrosi bo'ladi, deb aytadi Radhakrishnan.

XULOSA

Ibn Xaldun "Muqaddima"sida mulkning shakllanishini yoki qabila a'zolari o'rtasidagi mulkiy va tengsizlik munosabatlarini ochib berdi. Ibn Xaldun tamaddun va "hokimiyat-mulk" o'rtasidagi aloqaga ahamiyat berdi. Agar ibtidoiylik va tamaddunni diaxron, ya'ni birin-ketin keladigan bosqich, yoki sinxron, ya'ni bir vaqtda mavjud sifatida qarasa, tamaddunga o'tish omili mulkning shakllanishidir. Shunday qilib, asabiyya ahir oqibat mulk shakllanishiga olib keladi, shuningdek qabila yoki urug'da hukmronlik va tobelik munosabatlarini vujudga keltiradi22. Ibn Xaldun mulkning nafaqat ortiqcha mahsulotning vujudga kelishining natijasi, balki odamlarning hokimiyat, boylikka bo'lgan tabiiy intilishi natijasi ham deb biladi.

U holda, tarixni mulkni bir sub'ektdan ikkinchi sub'ektga o'tish jarayoni yoki qayta taqsimoti deyish mumkin23. Bu taqsimot ibtidoiylikdan tamaddunga o'tish

21 TaM же. - C. 267.

22 Игнатенко А. А. Ибн Халдун о природе государства// Народы Азии иАфрики, 1984 г. №1., с. 96

23 www.trincoll.edu/depts/phil/philo/phils/muslim/khaldun.html

371

chog'ida, masalan, ko'chmanchilar tomonidan "madaniy" insonlarga tegishli mulkning egallanishida ro'y beradi. Lekin tamaddun ortiqcha maxsulotning ishlab chiqarilishi natijasida yashashda va rivojlanishda davom etadi. Shuning uchun mulk yangi taassub vakillari o'rtasida taqsimlansada, tamaddun singari faqat o'sish holatida bo'ladi.

Yangi falsafiy tizimni ishlab chiqar ekan, Radhakrishnan to'rt qoidaga amal qilish lozim, deb biladi.

1. Abadiyat va o'tkinchilik o'rtasidagi farqni anglab yetish.Bu barcha ko'zga ko'rinuvchi narsalarni mutloq, deb qaramaslik tendensiyasiga asoslanadi.

2. Hozirgi yoki keyingi hayotda xohish, istaklarni cheklash. Bu shart barcha istaklardan voz kechishni talab etadi. Faylasuf moddiylikni emas, ruhiy holatni his etishi lozim.

3. Uchinchi shartga ko'ra, faylasuf xursandchilik, qat'iylik, sabr va e'tiqod kabilarni o'zida his qila olishi lozim. U qat'iy qoidalarga rioya etishi va istaklarini jilovlay olishi zarur. Qat'iy qoidalarga rioya etish, maqsadga, ya'ni ozodlikka erishishga omil bo'la oladi.

4. Oxirgi shart esa, ozodlikka intilishdan iborat.

Radhakrishnan yangi falsafiy ta'limot kelajagi haqida shunday yozgan: "Bugun hind falsafasi oldida bir muammo turibdi: u o'z doirasida cheklangan holda, hamda zamona jarayonlarida qo'llanilmagan holda yuksaklika erisha oladimi, yoki u g'ayrioddiy tarzda yuksalgan zamonaviy ilm-fan bilan qadimgi hind faylasuflari ideallari orasida aloqa o'rnatish natijasida insoniyat rivojlanishidagi muhim elementlardan biri bo'lishi uchun haqiqiy va hayotiy bo'ladimi? Barcha belgilar kelajak keyingi ikkinchi holat bilan chambarchas bog'liq."24

Abdurahmon ibn Xaldun ijtimoiy qarashlarida qon-qardoshlik tamoyillarini jamiyat va davlat rivojlanishinining asosi sifatida mulohaza yuritsa, Li Yulgok konfusiychilik asosidagi axloqiy tamoyillarni jamiyat va davlat taraqqiyotining asosi sifatida mulohaza yuritadi.

Ibn Xaldunning jamiyat haqidagi qarashlarining ob'ektiv xususiyati bizning davrimizga kelib, uning qiymatini oshirib yubordi. Mutafakkirning jamiyatning vujudga kelishi, taraqqiyoti, tuzilmalar to'g'risidagi fikrlari, iqtisodiy asoslari, geografik omillarga oid qarashlar, uning ral xayotdagi kuzatuvlari natijasi desak xato bo'lmaydi.

24 TaM ®e. - C. 275.

REFERENCES

1. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARAShLARIDA JAMIYAT TAHLILI//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

2. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVChI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

3. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

4. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA" ASARIDA DAVLAT TUShUNChASIGA YONDAShUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

5. Sulaymonov, J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Sulaymonov, J.B. Ibn Haldun qarashlarida geografik determinizm ildizlari //Sharqshunoslik jurnali. 2018 yil 4-soni. 124-128 betlar.

7. Sulaymonov, J. B. (2020). Vzglyadi Abdurraxmana ibn Xalduna o razvitiya obrn,estva i sivilizasii. Mejdunarodniy nauchno-prakticheskiy jurnal" Ekonomika i sotsium, 12, 79.

8. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАДМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЕСИЙ ЖИХДТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 613-621.

9. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

10. Quvvatov, J. U. O. G. L., & Sulaymonov, J. B. (2022). YUNUS EMRE IJODIDA VAHDAT UL-VUJUD VA TAVHID MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 964-968.

11. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.