INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
ABDURAHMON AKBAR IJODIDA TABIAT TASVIRI ORQALI EKOESTETIK KOMPETENSIYANI KICHIK MAKTAB YOSHI O'QUVCHILARIDA SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOSLIKLARI, MA'NO NOZIKLIKLARI 1Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna, 2Alijonova Maftuna Maxamadjon qizi
1dotsent, FarDU, 2FarDu talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11059191
Annotatsiya. Maqolada Abdurahmon Akabarning "Kichkintoy va paxtaoy" to'plamidan o'rin egallagan bir qancha she 'rlar tahlil qilinib, uning tabiat, umuman ekoestetika bilan aloqadorligi, she 'rlardagi asosiy g'oyalar ilmiy manbalardan chetlashmagan holda berilganligi uning orginalligini ta'minlaganligi, Vatanni ardoqlash uchun, avvalo yurt tabiatini muhofaza qilish kerakligi, go'zalligiga go'zallik qo'shishda har kim o'z hissasini qo'shishligi har birimizning burchimiz ekanligi atroflicha yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Ob-havo, tabiat, ekoestetik kompetensiya, ekologik qarash, yomg'ir, qor, shudring, qarindoshlik.
Kirish
Inson yaralibdiki, tabiat bilan bevosita bog'liq holda yashaydi. Qo'rqmay ayta olamanki, inson tabiatsiz hayot kechira olmaydi. Chunki yashash uchun nafas olish kerak, nafas olish uchun esa havo zarur. Odam bolasi ona qornidan tushiboq o'pkasini to'ldirib nafas oladi, ana o'shandan boshlab u tabiatning bir bo'lagiga aylanadi hamda u bilan umrining oxirigacha bir-biriga bog'liq holda hayot kechiradi. Agar tabiat zararlansa, uning biron bir bo'lagiga shikast yetsa, insoniyatga zarar yetmay qo'ymaydi. Masalan, ob-havo ifloslansa, insonlarda nafas yo'li bilan bog'liq turli xil xastaliklar kuzatiladi. Agar suv bilan bog'liq shunday muammolar yuzaga kelsa, u holda vaziyat yanada jiddiy tus oladi. Ayni shuning uchun ham hech bir shaxs atrofida bo'layotgan, yon atrofida kuzatiyotgan turli xil o'zgarishlarga, umuaman ona tabiat bilan bog'liq bo'lgan muammolarga befarq bo'lishlari mumkin emas!
Biz qanday qilib insonlarga, bo'lajak yosh avlodlarga tabiatga befarq bo'lmasliklarini, ekoestetik kompetensiyaning tub mohiyatini targ'ib qilishimiz mumkin? Masalan, kino ijodkorlar o'z filmlarida, blogerlar esa o'z videolarida, o'qituvchilar darslarida, xonandalar o'z qo'shiqlarida, shoirlar-u yozuvchilar o'z asarlari orqali tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylashni targ'ib qilishlari mumkin. Yuqoridagi sanab o'tilganlardan shoirlar ijodidagi tabiat mavzusi alohida e'tirofga loyiq. Chunki tabiatni asrab-avaylash va ekologik qarashlarni o'z she'rlariga ko'chirib o'tkazish va uni shoirona bir yondashuv bilan tadbiq etish til bilan aytishga oson xolos. Men shunday bir ijodkorlarni bilamanki, ular bolalar adabiyotida o'zining munosib o'rniga ega va o'z she'rlari bilan kichik maktab yoshi o'quvchilari qalbidan joy egallagan. Abdurahmon Akbar ayni shunday ijodkorlardan biri desak, adashmagan bo'lamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
O'zbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo'shgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22-aprelda Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi Niyozboshi qishlog'ida ziyoli oilada tug'ildi. Abdurahmon Akbarning ilk kitobi 1987 yilda, "Kichkintoy va paxtaoy" nomi bilan bosilib chiqdi (M. Qodirov bilan birgalikda). Shundan so'ng "So'zlovchi yomg'ir" (1990), "Ehtiyotkor toshbaqa" (1991), "Yozning tug'ilgan kuni" (1992), "O'yinqaroq bulutcha" (1996), "O'rdakcham" (2005), "Jonli savatcha" (2005), "Uyquchining tushlari" (2006), "Gonzik olib kelgan dori" (2006), "Eng katta mehr" (2006), "Niyozbosh istiqbol sari" (2007), "Bolalar bog'chasi uchun sevimli ertaklar" (2009), "Mening do'stim kompyuter" (2010) nomli 15 dan ortiq
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
she'riy, adabiy-badiiy va tarjima kitoblari chop etildi. 1991 yili "Ehtiyotkor toshbaqa" nomli kitobi Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor bo'ldi. Shoirning she'r va tarjimalari boshlang'ich sinf o'quvchilarining "Ona tili", "O'zbek tili", "O'qish kitobi", "Atrofimizdagi olam", "Odobnoma" kabi darsliklaridan, shuningdek, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun nashr etilgan "Bolalar adabiyoti" darsligi va "O'zbek bolalar adabiyoti" antologiyasidan joy oldi.
Men ushbu maqolamda adibning "Kichkintoy va paxtaoy" va kitobidan munosib joy olgan, tabiat go'zalliklari va ularni asrab avaylashga xizmat qiluvchi bir qancha she'rlarini kichik maktab yoshi o'quvchilarida ekoestetik kompetensiyani shakllantirish nuqtayi nazaridan tahlil qilmoqchiman.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Kichkintoy va Paxtaoy" kitobining 1-bo'limi "Mehribon quyosh" deb nomlanib, 32 ta bir-biridan chiroyli qofiyaga ega she'rlardan iborat. Quvonarlisi shuki, ularning ko'pchiligining asosiy mavzusi - Ona tabiat! Keling, yaxshisi ulardan bir qancha namunalar keltirib o'tsam. SO'ZLOVCHI YOMG'IR -Ishim o'zi shunaqa, Hamma joyga yog'aman. Qarindoshman qor bilan, Shudringvoyga tog'aman. Yaylovdagi suruvdek Ko'kda kezib yursak ham, -Bizlar asli yerlikmiz,-Deydilar Bulut onam.-Vatan yashnasin desang, Bo'lsin desang chaman, bog', Bolam, unga kuzdamas, Ko'proq ko'klam chog'i yog'. Mehribonim so'zidan Kayfiyatim chog' bo'lib, Zaminga shoshilaman Bahor kelganda kulib. Hazillashib tortqilab, Maysalar qulog'idan, G'ubor changi yuvaman Gullarning yaprog'idan. Unsin deya nasiba, Unsin deya paxta, don, Vatanim - Yer bag'riga Tomchilayman bearmon Ishim shunaqa, do'stim, Hamma joyga yog'aman. Qarindoshman qor bilan, Shudringvoyga tog'aman.
Yuqoridagi she'rga diqqatimizni qaratsak, shoir o'z she'rini boshidan oxirigacha tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar, tabiat hodisalari, yil fasllari, tabiat zanjirini bolalarga judayam bir chiroyli uslubda, sodda, aniq va ravon tilda, qofiyali qilib, ilmiy nazariyalardan chetlashmagan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
holda yaratgan. Bu she'rni yana bir o'ziga xosligi, orginalligi, innovatsiya va integratsiyasi shundagi, Abdurahmon Akbar o'z kitobxoniga yomg'ir va qorning asl manbasi bittaligini, o'zaro bir-biriga bog'liq ekanligini insonlar o'rtasida bo'ladigan "qarindoshlik" tushunchasini she'riga ko'chirib o'tkazish orqali tushuntirib, fikrini dalillay olgan. Eng qizig'i, bu holat o'quvchini beixtiyor e'tiborini tortadi, bilimlarini boyitadi. O'quvchi bu she'r orqali qanday ma'lumotlarga ega bo'ladi? Bularni bir-bir sanasak.
S Yomg'ir va qorning onasi Bulut ekanligini (ya'ni kelib chiqish manbasi birligini) S Bulutning asli vatani Yer ekanligini (yerdagi suv yoki namlikdan bug'lanib, ko'kka ko'tarilib bulutga aylanishini)
S Ekinlar, xususan, don va paxtadan yaxshi hosil olish uchun yomg'ir kuzda emas, balki bahorda yog'ishi samarali ekanligini
S Yomg'ir yog'gandan keyin, bahor kelganda maysalar sekin-asta bosh ko'tarishini (she'rda bu holat "hazillashib qulog'idan tortish" degan o'xshatish orqali chiroyli bir tarzda ifodalangan)
S Yomg'irdan keyin o'simliklardagi chang va g'uborlar yuvilishini S She'rdagi "qarindosh", "tog'a", "ona" tushunchalarining she'rdagi ma'nosini o'rganib oladi.
Bu bilimlar yuqori sinflardagi geografiya darsini yaxshi o'zlashtirishiga poydevor bo'libgina qolmay, balki kelajak hayotida ham kerak bo'ladi. TUNGI MAYOQLAR -Nega oy-u yulduzlar Porlar faqat kechqurun? -Samolyotlar yo'lini Yo'qotmasligi uchun!
Ushbu she'r dialog ya'ni savol-javob tarzida yaratilgan bo'lib, hazilomuz bir uslubda ifodalanganligi bilan ahamiyatlidir. Nima uchun oy va yulduzlar faqat tunda porlaydi savoliga yumoristik ruhda qisqa qilib, samolyotlar yo'lini yo'qotib adashib qolmasligi uchun deya javob berilib, yengil kulgiga xizmat qilmoqda. Xulosa
"Kichkintoy va paxtaoy" to'plamida yana bir qancha "So'zlovchi yomg'ir" she'riga yondosh bir qancha she'rlari mavjud. Ular quyidagilar: "Qoyil-e yomg'irvoy", "Ziyrak chumoli haqida ertak", "Kartoshkaning piyozga degani", "Tungi mayoqlar", "Ko'klam yomg'iri", "Akulalar", "Mehribon quyosh". Ularning barchasi o'ziga xos va ko'tarinki ruhda. Ahamiyatlisi esa, beixtiyor ekoestetik kompetensiyaga integratsiyalangan. She'rlarning asosiy badiiy g'oyasi tabiatni asrash, atrof-muhitga e'tiborli bo'lish, uni sevish, Ona Vatanni ardoqlash. Chunki inson Vatanini asrab-avaylashni xohlasa, avvalo uni tabiatini asrashi, uni yanada go'zallashishi uchun o'z hissasini qo'shishi kerak.
REFERENCES
1. A. Akbar. "Kichkintoy va Paxtaoy". "Yulduzcha" nashriyoti. 1987-y
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasi Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 434 -son qarori
3. https://www.un.org/ru/ga/unep/index.shtml
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
4. Anapiyayev Foziljonning "Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta'lim standartlari" http://matematika.uz/2017/02/kompetensiyaviy-yondashuv/
5. Ермаков Д.С. « Экологическая компетенция учащихся : содержания, структура , особенности формирования «
6. Мелникова Е.В. Формирование экологических компетенций студентов через проэктно - исследовательскую деятельность .// Молодой ученый. - 2015 .№3(83). - с. 347-349. URL: https://moluch.ru/archive/83/15268
7. Abdujabborovna,K.S.(2021 y) Bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining pedagogik shartlari. Norasmiy ta'limda Yevropa innovatsiyalari jurnali, 1(2), 158-160.
8. Akbarova Z(2020,December) beetween Concept And Concept In Lin
9. Abdujabborovna,K.S.(2021 y) Bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining pedagogik shartlari. Norasmiy ta'limdaYevropa innovatsiyalari jurnali, 1(2), 158-160.
10. Zokirova, S. M. (2019). Contrast Analysis Of Syntactic Layer Units. Scientific Bulletin Of Namangan State University, 1(8), 250-255.