Научная статья на тему 'SUV – HAYOTNING TIRIK MANBAI'

SUV – HAYOTNING TIRIK MANBAI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv / chuchuk suv / okean / daryolar / ko‘llar / muzliklar / yer osti suvlari / tabiat / ekologiya / tejamkorlik / atmosfera / bulut / tuman / yomg‘ir / qor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xoliqov Ishqobil, Rasulova Aziza

Ushbu maqolada mualliflar ta’lim-tarbiya jarayonida suv, uning xususiyatlari, ahamiyati va undan foydalanish, muhofaza qilish, tejab-tergashga o‘rgatish to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUV – HAYOTNING TIRIK MANBAI»

SUV - HAYOTNING TIRIK MANBAI 1Xoliqov Ishqobil, 2Rasulova Aziza

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, tarix fanlari doktori; Ekologiya, Tabiat, inson xavfsizligi Xalqaro Akademiyasining akademigi, 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi,

https://doi.org/10.5281/zenodo.10982360

Annotatsiya. Ushbu maqolada mualliflar ta'lim-tarbiya jarayonida suv, uning xususiyatlari, ahamiyati va undan foydalanish, muhofaza qilish, tejab-tergashga o'rgatish to'g'risida fikr-mulohaza yuritishgan.

Kalit so'zlar: suv, chuchuk suv, okean, daryolar, ko'llar, muzliklar, yer osti suvlari, tabiat, ekologiya, tejamkorlik, atmosfera, bulut, tuman, yomg'ir, qor.

Аннотация. В этой статье авторы размышляли о воде, ее свойствах, значении в образовательно-воспитательном процессе и о том, как ее использовать, охранять, беречь-исследовать.

Ключевые слова: вода, пресная вода, океан, реки, озера, ледники, грунтовые воды, природа, экология, бережливость, атмосфера, облака, туман, дождь, снег.

Abstract. In this article, the authors reflected on water, its properties, its importance in the educational process and how to use, protect, protect and explore it.

Keywords: water, fresh water, ocean, rivers, lakes, glaciers, groundwater, nature, ecology, thrift, atmosphere, clouds, fog, rain, snow.

Tabiatda suv, uning Yer yuzida tarqalishi va tirik mavjudotlar uchun ahamiyati Barqaror rivojlanish qonuniyatlari bilan bog'liq bo'lib, sayyoramizda kuzatilayotgan global ekologik muammolar: iqlimning o'zgarishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, kislotali yomg'irlar, atmosferaning zaharli gazlar bilan to'yinishi, atrof-muhitning radiatsion ifoloslanishi, noyob o'simlik va hayvonot dunyosining yo'qolib borayotgani, ichimlik suvining tansiqligi kabi qator masalalar aynan tabiat va inson o'rtasidagi jarayonlar bilan bog'liqdir.

Suv-tiriklik belgisi, yer yuzidagi hayotning asosidir. Tabiat va jamiyatda ro'y beradigan barcha tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar natijasida yuzaga keladigan hodisa va voqealarda suvning o'rni beqiyos. U bebaho ne'mat va shu bilan birga ulkan quvvatga ega. Suv hozirgi taraqqiyot jarayonida xo'jalikni yuritishning asosiy vositasi.

Barqaror rivojlanish ta'limi, tabiatga va jamiyatga bo'lgan ijobiy munosabat, keyingi yillardagi fan sohalaridagi erishilgan yutuqlarga oid materiallar bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo'lgan cheskiz e'tiqodni shakllantirish, kasbga yo'naltirish, har bir sohada (maishiy hayotda, sanoatda, qishloq xo'jaligida va h.k.) tejamkorlikka o'rgatish ko'zda tutiladi.

Mazkur jarayonda yoshlarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan darajada bilim, malaka va kompetensiyalarga ega bo'lishlarini ta'minlash va uning sifatini oshirishga imkon beradi.

Shunday ekan, ta'lim-tarbiya jarayonida suv, uning xususiyatlari va ahamiyati haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish, undan foydalanish, muhofaza qilish va tejab-tergashga o'rgatish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Umumta'lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus o'quv fanlarini o'rganish jarayonida tabiatda suv, suvning tarqalishi, suvning aylanma harakati, chuchuk suv zaxiralari, Dunyo okeani, yer yuzida tarqalgan daryolar, ko'llar, muzliklar va yer osti suvlari, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida atroflicha tushuncha va tasavvurga ega bo'lish, undan samarali foydalanish, suv

boyliklarini muhofaza qilish va ichimlik suvini tejab-tergash haqidagi bilim, malakalarini oshirish va komponentligini shakllantirishdan iborat.

Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishning kundalik turmush jarayonida iste'mol qilinadigan, foydalaniladigan suvning qaerdan kelishini bilish, suvni muhofaza qilish uni tejab-tergab ishlatishdan boshlanishini yoshlar ongiga singdirish zarur.

Yer yuzidagi hayot, o'simlik, hayvonot olamining xilma-xilligi, tabiat go'zalligi va mahobati birgina suv so'zida mujassamdir.

Suv - bu butun insoniyat, tabiat, borliq hayotining onasi deyish mumkin. Bobolarimizning aytishicha - suv o'ziga nisbatan yomon munosabatni, loqaydlikni, befarqlikni, hurmatsizlikni hech qachon kechirmaydi.

Hayotning qaysi jabhasiga qaramang, suv oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sog'liqni saqlash, kundalik turmush va inson taraqqiyotining asosiy manbai ekanligining shohidi bo'lamiz. Shunday ekan, inson yaratilgan barcha narsalar, korxonalar, sanoat markazlari, shaharlar shunday loyihalashtirilishi va barpo etilishi kerakki, bunday yangi qurilishlar tabiatga, atrof-muhitga zarar keltirmasin, ular suv havzalarini, havo va tuproqni iflos qilib, zaxarlamasin.

Takomillashib, taraqqiy etib borayotgan kishilik jamiyatida suv katta ahamiyatga ega. Bu murakkab mineral tabiatda gaz - bug', qattiq - muz, suyuq - suv ko'rinishlarda uchraydi. Suv shunday ajoyib mo'jizaki, o'zining shaklini o'zgartirsa ham xususiyati o'zgarmaydi.

Tirik organizmlarda barcha jarayonlar suv muhitida va ishtirokida kechadi. Mana shu suvning hayot manbai bo'la oladigan mo'jizakor xususiyatidir. Hammaga ravshanki, tabiatda biz uchun suvdan ham qimmatliroq, totliroq, muqaddas bo'lgan biron narsa yo'q.

Mavjud suvlarni toza saqlab qolish butun insoniyatni jiddiy tashvishga solib turgan muammolardan biridir. Organik dunyo va kishilik jamiyatini suvsiz tasavvur qilish qiyin. Hozirgi kunimiz, kelajagimizning farovonligi va sog'lom hayot tarzimiz, atrof-muhit go'zalligi va tozaligi suvga bog'liq.

Yer yuzasida suv etishmaydigan hududlar materiklar bo'yicha bir xil taqsimlangan. Masalan, Evrosiyoda dunyo aholisining 70 foizidan ortig'i yashaydi, yer usti suvlari zaxirasining esa faqatgina 39 foizi joylashgan, xolos.

Suv hozirgi taraqqiyot jarayonida xo'jalikni yuritishda asosiy manbalardan biridir. Arzon energiya olish, yerlarni o'zlashtirish, obikor dehqonchilikni rivojlantirish, shahar va qishloq aholisini ozuqa bilan ta'minlash, transportai rivojlantirish, sanoat korxonalari ishini me'yorlashtirish, baliqchilik xo'jaligini yuksaltirish va boshqa ko'plab hayotiy chora-tadbirlarni suvsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Insonlar hayotida chuchuk suvning ahamiyati beqiyos.

Biz uyda jo'mraklardan va quvurlardan suv oqishini kuzataylik. Suv tomib turgan jo'mrak tagiga 200 grammli stakanni qo'ysak, qancha daqiqada to'lishini belgilaymiz. Idishdagi suv miqdorini soatga, kunga, oyga ko'paytiramiz. SHunda biz birgina buzilgan jumrakdan qancha suv isrof bo'lishini bilib olamiz. Endi aniqlangan suv miqdorini ma'lum qilamiz. Ular ham qancha suv isrof bo'layotganini bilib qo'yishsin.

Birgina jo'mrakdan tomib turishi natijasida ko'p miqdorda suv isrof bo'lsa, bir kunda boshqa maqsadlarda foydalanganda qancha suv sarflanishini bir o'ylab ko'ring-chi!

Dunyo bo'yicha aholi yashaydigan hududlarning 6,1 mlrd. ga maydoni qurg'oqchil yerlarga to'g'ri keladi.

Tabiat yaratgan ajoyib mo''jizalardan biri bo'lmish Viktoriya sharsharasini 1855 yil mashhur ingliz sayyohi David Livingston kashf etgan va unga ingliz qirolichasining nomini

bergan. Bu sharshara 120 metr balandlikdan otilib tushadi. Uning shovqini 25 km naridan ham eshitilib turadi. U hosil qilgan suv zarralari 40 km uzoqlikdan ham ko'rinib turadi. Uning suv zarralari kamalak hosil qiladi. Mahalliy aholi bu sharsharani "gumburlovchi tutun" deb ham atashadi.

Atrofimizdagi barcha narsa - osmondagi quyosh, oy, yulduzlar, suv, havo, tog'lar, tekisliklar, o'simliklar, hayvonlar - bularning hammasi tabiat. O'simliklar, hayvonlar va odamlar ham shu tabiatda yashaydi va o'ziga kerakli barcha narsani tabiatdan suv orqali oladi. Ular nafas oladi, oziqlanadi va o'sadi. Bu jarayonlarning borishida suvning o'rnini hech narsa bosa olmaydi.

Bugungi kunda insoniyat va uning taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadigan omillar talaygina, shulardan asosiy suvdir.

Suvning mo''jiza ekanligi to'g'risida hech o'ylab ko'rganmisiz? Muzlik va aysberglar ham suvdan iborat, faqat ular muzlagan holdagi suvdir. Atmosferada ham suv ko'p, ular bulut, tuman, bug' yomg'ir va qor holida bo'ladi. Siz qattiq muz ham, gazdek engil bug' ham suvmi, deb ajablanishingiz mumkin. Ha, suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo'ladi.

Suvning yana bir muhim xossasi shuki, u o'zida ko'pgina moddalarni erita oladi. Suv yerdagi turli xil tuzlarni va boshqa ko'pgina qattiq moddalarni, hatto gazlarni ham eritadi. Okean, dengiz, daryo va ko'l yuzidagi suvlar bug'lanib, bulutlar hosil qiladi. Ular esa yomg'ir yoki qor bo'lib yana yer va okeanlarga tushadi.

Kishilarni hayratlantiradigan muzliklar, sharsharalar va favoralar ham suvning mo''jiza ekanligidan darak beradi.

Aytishlaricha, Misrni "Nil daryosining tuhfasi" deyisharkan. CHunki qumliklardan iborat joyda yaratilgan hayratli ma'budalar, insonlar qo'li bilan qurilgan dunyoning etti mo''jizasidan biri, shu daryo tufayli bunyod etilgan. Misr ehromlari asosan katta-katta toshlardan bunyod bo'lgan, odamlar bu toshlarni Nil daryosidan tortib chiqargan ekanlar.

Suvning mo''jizakor xususiyatlari ko'p. Uning birgina tozalikdagi o'rniga nazar solaylik.

Suv - tozalik manbai. Suv har doim biz bilan birga qadam tashlaydi. Ertalab uyqudan uyg'onishimiz bilan suv bizga xizmat qilishni boshlaydi. Avval tishlarimizni, yuz-qo'limizni tozalaydi. Nonushtada issiqina choy ichib olinadi. Nonushtada ishlatilgan choynak, piyola, likopcha, qoshiqlarni toza bo'lsin deb suvda yuviladi. Hovilidagi ekinlar sug'oriladi, uydagi boshqa yumushlarni bajarishda ishlatiladi. Yana kechki ovqat uchun ishlatiladigan mahsulotlarni tozalash, ovqatni tayyorlash, undan keyin biz ishlatgan idishlarni, qozon-tovoqni yuvish, ovqatlanishdan oldin va keyin qo'llaringizni yuvib olish, uyqudan oldin yuvinish va tishlarni yuvish bilan bir kundagi suv bilan muloqot jarayonini ko'rish mumkin.

Bu suvning oiladagi bir kunlik xizmati. Uning yana boshqa vazifalari ham juda ko'p. Qani o'ylab ko'ring-chi, suv yana qanday vazifalarni bajaradi?

Suv o'rnini boshqa hech bir tabiat ne'mati bosa olmaydi. Ammo insonlarning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud bo'lgan zaxiralar o'rtasidagi mutanosiblik uni tejab, asrab-avaylab foydalanish kerakligini taqozo etmoqda.

Qadim zamonlardan beri daryolar odamlarga sahiylik bilan o'z suvini hadya etib kelgan. Ular azaldan aloqa yo'li bo'lib xizmat qilgan. Termiz, Ko'hna Urganch, Banokat, Kiev, Qohira kabi qadimgi shaharlar daryo sohilida qurilgan.

Hozirgi vaqtda ham daryolar inson hayotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Daryolar nafaqat kishilar uchun, balki barcha yerdagi tirik mavjudot uchun muhimdir. Kishilar daryo suvidan ichimlik suvi sifatida va sug'orish hamda elektr energiya ishlab chiqarish maqsadida, mahsulotlarni manzillarga olib borishda va oziq-ovqat mahsulotlarini olishda foydalanadilar.

Daryo suvi qishloq va shaharlar, fabrika va zavodlar uchun zarur. Daryolarda arzon elektr energiya beruvchi gidroelektr stansiyalar qurilmoqda. Daryo suvida yo'lovchilar tashuvchi va yuk kemalari qatnaydi, yog'och oqiziladi. Daryolar suvga chanqoq yerlarni sug'orish manbaidir. O'zbekiston hududida daryolar ko'p shulardan eng yirik daryo - Amudaryo va Sirdaryo.

Daryolar bizning ulkan boyligimiz. Ularni neft, sanoat va maishiy chiqindilar, paxta dalalaridan chiqadigan oqova suvlar bilan ifloslanishdan saqlashimiz lozim. Daryolar sersuv bo'lishi uchun ularning sohillaridagi daraxt va butalarni kesmaslik kerak.

Tabiat ne'matlarlaridan biri - tiniqlik, poklik ramzi bo'lgan suvni bizning o'lkamizga ham hadya etgan. O'zbekistonda 18 mingga yaqin daryo va soylar mavjud bo'lib, ular o'n mingi Amudaryo havzasida, besh mingi Sirdaryo havzasida va qolganlari ikki daryo orasidagi hududlardan oqib o'tadi.

Daryolar, asosan tog'lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug'orishga sarflanib, yerga shimilib, bug'lanib, kamayib qoladi, ayrimlari cho'llarda tugaydi.

Respublikamiz hududida 525 ta ko'l bo'lib, ularning aksariyati kichik ko'llardir. Shuningdek, suv zaxiralarini saqlab turuvchi 53 ta suv ombori bo'lib, ularning foydali suv sig'imi 15 km3 ni tashkil etadi. O'zbekiston hududida umumiy maydoni 154,2 km2 bo'lgan 525 ta muzlik bo'lib, ular Surxondaryo, Qashqadaryo, Chirchiq (Pskom) daryolarining yuqori oqimida joylashgan.

O'zbekiston Respublikasida turli xil ma'danli shifobaxsh suvlar va ular zamirida bunyod etilgan shifobaxsh maskanlar bor. Jumladan, Farg'ona vodiysining o'zida 50 dan ortiq mineral suv buloqlari topilgan. Ushbu ma'danli suvlar zamirida Chortoq, Chimyon, Shohimardon kabi dam olish maskanlari va mashhur shifoxonalar barpo etilgan.

1935-1990 yillarda Markaziy Osiyo tog'larida qor zaxiralari kamayib ketdi. Masalan, Pskom daryosi havzasida yiliga 610 ming metr kub; Ohangaron daryosi havzasida 1,6 mln. m3; Chotqol daryosi yiliga 5,6 mln. m3.

Buloqlar. Yer ostida to'plangan suvning tabiiy holatda yer yuzasiga chiqib turadigan joyi buloq deyiladi. Ayniqsa, O'zbekistonning Farg'ona, Zarafshon va Qashqadaryo viloyatlaridagi tog'oldi hududlarida buloqlar juda ko'p. Inson juda qadim zamonlardan beri buloq suvidan foydalanib kelganlar. Buloqlar yonida qishloq, karvansaroy, davolanish maskanlari va sardobalar, hashamatli maqbaralar qurilgan.

Qishloq joylarida buloq suvidan hozir ham ichimlik suvi sifatida va chorva mollarini, ba'zan ekinzorlarni ham sug'orishda foydalanib kelinmoqda. Buloqlar haroratiga ko'ra issiq va sovuq suvli, tarkibiga ko'ra minerallashgan va oddiy ichimlik suvi bo'ladi. Mineral buloqlaro shifobaxsh hisoblanadi.

Respublikamizning Farg'ona, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida insonlarning salomatligini saqlash maqsadida mineral buloqlardan turli ma'danli chanqovbosdi ichimlik suvlari tayyorlanmoqda.

Inson olami uni o'rab turgan atrof-muhit olamidir, shunday ekan shaxsni tabiatga bo'lgan munosabati axloqiy tus olmog'i zarur, demak ekologik axloq va madaniyat insonning ma'naviy kamoloti bilan uzviy bog'lanib ketadi. Bugun biz tabiatga ehtiyotkorlik bilan yondoshmas ekanmiz, uni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan tashvishlari oldini olishda inson ojizlik qiladi. SHu boisdan ham ta'lim-tarbiya jarayonida tabiatga nisbatan qarashlarimizni, unga bo'layotgan munosabatni, undagi noz-ne'matlarni iste'mol qilishimizdagi harakatlarimizni o'zgartirishimiz kun tartibidagi asosiy masalaga aylanishi shart.

REFERENCES

1. Barqaror kelajak sari. Xalq ta'limi va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi pedagoglari uchun o'quv-metodik qo'llanma. - T., CHINOR ENK. - 2013.

2. Jalil Xolmuminov. Ekologiya qonuni. - T., Adolat. - 2000.

3. Mirzaev T., G'ofurov Z. Tabiatni e'zozlash - umumbashariy muammo. -T., Yangi asr avlodi. - 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.