Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
О
R
VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
SUV RESURSLARI TABIATNING MUHIM OMILI
Abdullayev Botir Dadajanovich Ibragimova Nigora Erkinovna
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Suv resurslari unga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo 'lishni hamda uning zaxirasini ko 'paytirish va undan to 'g'ri foydalanishni talab etadi. Yer osti va yer usti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir.
Kalit so'zlar: Gidroenergetika, o'zlashtirilishi, bulg'anishi, barqarorlik, tanqisligi, sathining, innovasion, tamoyillariga, mutafakkirlari, munosabatimiz, parvarishlashimiz, makonimizni.
Water resources need to be treated with care, and its resources need to be increased and used properly. Underground and surface resources, water, flora and fauna, and other natural resources are national treasures.
Keywords: hydropower, development, pollution, sustainability, scarcity, level, innovation, principles, thinkers, attitudes, care, our space.
К водным ресурсам следует обращаться осторожно, а их ресурсы необходимо увеличивать и использовать должным образом. Подземные и поверхностные ресурсы, вода, флора и фауна, а также другие природные ресурсы являются национальным достоянием.
Ключевые слова: гидроэнергетика, развитие, загрязнение, устойчивость, дефицит, уровень, инновации, принципы, мыслители, отношения, забота, наше пространство.
Suv dunyodagi eng muhim va ayni paytda eng arzon tabiiy resursdir. Bizga ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan milliy qadriyatlar va urf-odatlarimizda suvni qadrlash, suvga tupurmaslik, uni toza saqlash borasidagi ma'lumotlarni bilishga qaramasdan, afsus, bugungi kunga kelib hayot uchun zarur bu resurs haddan tashqari ko'p sarflanadi. Suv manbalari cheksiz emas. Agar hozirdan suv tejash madaniyati
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
keng singdirilmasa va ushbu resursni asrashga doir keskin choralar ko'rilmasa, bu holat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarga olib kelishi muqarrar.
Suv resurslari tabiatning muxim tarkibiy qismi hisoblanib, insonning hayoti va faoliyatida alohida axamiyatga ega. Aholi sonining o'sishi, quriq va bo'z yerlarning o'zlashtirilishi hamda ishlab chiqarishni ko'payishi bilan suvning ahamiyati yanada ortib boradi.
Suv resurslari deganda suv ob'ektlari — daryo, ko'l, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xo'jaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Suv resurslari - bu gidrosferadagi doimiy va tabiatda aylanishi jarayonida qaytadan tiklanib turuvchi suv zaxirasi bo'lib, unga okeanlar, dengizlar, daryolardagi suvlar, muzliklar, yer osti va tuproq suvlari, atmosferadagi suvlar kiradi. Suv resurslari unga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni hamda uning zaxirasini ko'paytirish va undan to'g'ri foydalanishni talab etadi.
Suv resurslari tabiatda aylanish jarayonida qayta tiklanib turishi bilan foydali qazilmalardan farq qiladi. Lekin bu suv resurslarini tabiatda cheksiz miqdorda degani emas.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yer osti va yer usti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish lozim. Yer osti va yer usti boyliklari sarasiga kiradigan suv ta'minotini yetarli darajada o'rganishimiz hamda sarflash va tejab ishlatishimiz ayni muddaodir.
Yer osti va yer usti suvlardan oqilona foydalanmasak, suvlarni bulg'anishi, ifloslanish, kamayib ketishi, suvlarni zararlanishi tobora ortib ketmoqda.
Shunisi ma'lumki suv manbalari abadiy emas. Jahon aholisining o'sishi bilan suv va oziq-ovqatga bo'lgan talab ortib bormoqda. Ko'pgina suv manbalaridan foydalanish darajasi barqarorlik prinsiplari chegarasidan chiqqan, suv resurslari iqlim o'zgarishi va atrof-muhit sharoitining yomonlashishi tufayli katta xavf ostida qolgan.
Dunyo resurslari instituti taxminlariga ko'ra, 2040 yilga kelib, jahonning 33 davlati suvning o'ta darajada tanqisligi muammosi bilan to'qnashadi. Bu 33 mamlakat orasida Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi mavjud. O'zbekiston ham, albatta, ular orasida.
Iqlim o'zgarishining yomg'ir bilan to'yinuvchi suv manbalari sathining kamayishiga ta'sirini, shiddat bilan o'sib borayotgan aholining suvga bo'lgan talabini nazarda tutsak, bugungi kunda suv ta'minoti siyosati va tizimlari moslashuvchan va
innovasion bo'lishi, barqarorlik tamoyillariga asoslangan bo'lishi lozim.
821
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Suvni tejash, suvdan to'g'ri foydalanish hamda suvni ehtiyot qilish borasida aholi orasida targ'ibot ishlarida shahar aholisini o'z tomorqa yerlarini ichimlik suvi bilan sug'orishini oldini olish, mahallalarda tozalik ishlarida ichimlik suvidan foydalanmaslik borasida targ'ibot ishlarini kuchaytirish bu muammoning oz bo'lsada oldini olishga xizmat qiladi.
Zardushtiylarning "Avesto" kitobida, sharq mutafakkirlari Farobiy, Beruniy asarlarida va umuman sharq falsafasida to'rt unsur - suv, havo, tuproq va olov muqaddas hisoblanganligi haqida aytib o'tilgan.
Yana bir misol, buyuk mutaffakir olim Abu Ali Ibn Sino "Agar chang va g'ubor bo'lmaganida edi, inson ming yil yashagan bo'lar edi", degan qimmatli hikmatlari bugungi kunda ham o'z qadrini yo'qotmagan desam adashmayman.
Olloh yaratgan har bir narsaning joni bor, u his etadi, shu jumladan Quyosh Yerga qarab shunday degan ekan: "Mening nurim ta'sirida, suv yordamida sening sirtingda o'simliklar, hayvonot dunyosi, insoniyat paydo bo'lgan edi. Bu hamkorligimiz natijasi edi. Buni sen yaxshi bilasan. Endi esa Inson faoliyati natijasida hammangizni nobud bo'lishingizga sababchi bo'layapman. Ey, do'stlar: Yer, havo, Suv mendan xafa bo'lmanglar, aybdor men emas, Inson, Inson. Suvdan bug'lanib chiqadigan turli xil zaharli, iflos ximiyaviy moddalar, tuzlar tarkibimni ifloslayapti. Tabiiy holatim buzildi. Bag'rimga qo'shilgan zaharli moddalar yana yomg'ir bilan yerga tushadi va daraxtlar sug'oriladi. Yerni, suvni ifloslaydi. Bu iflos suvdan Inson ichadi.
Ming afsuski, bu so'zlarda jon bor. Ammo keyingi yillarda bizning tabiatga bo'lgan munosabatimiz biroz beparvolik bilan alishganday. Ilga-rilari ariq va buloqlarning suvidan hech hadiksiz ichardik. Issiq nonlarni oqar suvga oqizoq qilib yerdik. Hozir-chi, kim mahalla, guzarlar oralab oqib o'tadigan ariqdan suv icha oladi? har doim ona yer bo'lsin, har doim biz bo'laylik.
har doim biz bo'laylik. har doim inson iymonli bo'lsin.
har doim quyosh bo'lsin, har doim tabiat bo'lsin,
har doim toza suv bo'lsin, har doim adolat bo'lsin,
har doim toza havo bo'lsin. har doim biz bo'laylik!
Shunday ekan, ona tabiatga mehr-muhabbatli bo'laylik. Oilalarda, mahalla va qishloqlarda ekologik tarbiyani kuchaytiraylik. Orastalikka rioya qilishimiz, gulu giyohlar maskani va daraxtzorlarni avaylab parvarishlashimiz zarur. Agar biz tabiiy go'zalliklarga ziyon yetkazmaslikni odat qilsak, avlodlar kelajagi va hayotning davomiyligi uchun shunchalik ko'p qayg'urgan bo'lamiz.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, tabiat insonlarning barcha moddiy va ma'naviy, ruhiy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir. Shunday ekan, tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz! Tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish barchamizning muqaddas va konstitutsiyaviy burchimizdir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan olingan va kelajak uchun qoldirishimiz zarur bo'lgan boylikdir. Biz ushbu makonimizni asrab-avaylab, kelgusida bizdan so'ng keluvchi kelajak avlodlarga beshikast yetkazishimiz kerakligini unutmasligimiz zarur!
REFERENCES
1.Abirqulov Q.N., Nojimatov A.N., Rajabov N.R., Atrof muhitni muhofaza qilish (o'quv qo'llanma) - T.TIU, 2004 - 116 b
2.Salohiddinov A. va boshqalar "Atrof muhitga bo'ladigan ta'sirni baholash" fanidan o'quv qo'llanma. Toshkent 2010 y-104 bet.
4.https://water.usgs.gov/edu/watercycleuzbek.htmlwater.usgs.gov (https: //water.usgs. gov/edu/watercycleuzbek.html)
5.http://iarc.uz/yangiliklar-va-elonlar/yangiliklar/er-osti-suv-zaxiralaridan-oqilona-foydalanmasak,-bizni-nima-kutmoqda.