Научная статья на тему 'ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI TILIDAGI UNDALMALARNING LEKSIK-SEMANTIK VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI'

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI TILIDAGI UNDALMALARNING LEKSIK-SEMANTIK VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1425
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
undalma / yoyiq undalma / yig’iq undalma / murakkab undalma / intonatsiya / pauza. / inflection / open inflection / complex inflection / intonation / pause.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — B. Abdurazzoqova

Maqolada Abdulla Oripov she’riyati tilidagi undalmalarning leksik,semantik hamda struktur xususiyatlari haqida soʻz yuritiladi.Abdulla Oripov ijodining aktuallashuvida undalmalarning oʻrni va oʻziga xos xususiyatlari tegishli misollar orqali tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICO-SEMANTIC AND STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF IMPULSES IN THE LANGUAGE OF ABDULLA ORIPOV'S POETRY

The article talks about the lexico-semantic and structural features of impulses in the language of Abdulla Oripov's poetry, using relevant examples, the role and characteristics of impulses in the actualization of Abdulla Oripov's work are analyzed.

Текст научной работы на тему «ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI TILIDAGI UNDALMALARNING LEKSIK-SEMANTIK VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ABDULLA ORIPOV SHE'RIYATI TILIDAGI UNDALMALARNING LEKSIK-SEMANTIK VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI Abdurazzoqova Barchinoy Muhitdinovna

GulDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7336475

Annotatsiya. Maqolada Abdulla Oripov she'riyati tilidagi undalmalarning leksik,semantik hamda struktur xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.Abdulla Oripov ijodining aktuallashuvida undalmalarning o'rni va o'ziga xos xususiyatlari tegishli misollar orqali tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: undalma, yoyiq undalma, yig'iq undalma, murakkab undalma, intonatsiya,

pauza.

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ И СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ИМПУЛЬСОВ В ЯЗЫКЕ ПОЭЗИИ АБДУЛЛЫ ОРИПОВА

Аннотация. В статье говорится о лексико-семантических и структурных особенностях импульсов в языке поэзии Абдуллы Орипова, на соответствующих примерах анализируются роль и особенности импульсов в актуализации творчества Абдуллы Орипова.

Ключевые слова: флексия, открытая флексия, сложная флексия, интонация,

пауза.

LEXICO-SEMANTIC AND STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF IMPULSES IN THE LANGUAGE OF ABDULLA ORIPOV'S POETRY

Abstract. The article talks about the lexico-semantic and structural features of impulses in the language of Abdulla Oripov's poetry, using relevant examples, the role and characteristics of impulses in the actualization of Abdulla Oripov's work are analyzed.

Keywords: inflection, open inflection, complex inflection, intonation, pause.

KIRISH

"Agar biz O'zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug' kelajagini ulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo'lsak avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni ibrat qilib ko'rsatmog'imiz lozim".[1] Yurtboshimiz Islom Karimovning yuqoridagi fikri nechog'lik hayot haqiqatiga to'g'ri kelishini, bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda. Bu tabarruk zaminda ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko'tarilishida ona yurtimizda tug'ilib kamolga yetgan ulug' alloma va shoirlarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishiga g'oyat kuchli va samarali ta'sir ko'rsatgan ulug' shoirlarimizdan yana biri -bu Abdulla Oripovdir. Biz uning mo'tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib gapiramiz. Abdulla Oripov xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyot va tilimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g'ururi, shonu-sharafini dunyoga tarannum qilgan betakror so'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

san'atkori. Abdulla Oripov she'riyatining o'ziga xos tomonlari haqida so'z yuritilar ekan, uning she'rlarini xalqqa manzur qilgan xususiyatlaridan biri uning xalqchilligida, xalq tilida yozilganligidadir.

TADQIQOT NATIJALARI

Quyida biz Abdulla Oripov she'rlariga o'ziga xos jozibadorlik baxsh etuvchi -undalmalar haqida so'z yuritamiz.Undalma- so'zlovchining nutqi qaratilgan, boshqa bir shaxs yoki predmetni ifodalagan so'z yoki so'z birikmasidir. Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma'nosidagi so'zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmununi to'ldiradi, gapning kimga qarashli ekanini bildiradi. Undalma nutqning turli ko'rinishlari, murojaat, shior, buyruq-chaqiriq, e'lonlarda ishlatiladi: M: Bu fikrni, o'g'lim, senga aytayapman.Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklar bilan moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning ayrim bo'laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo'lib, gapning zarur qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki hatto o'rnining o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, muallif aytmoqchi bo'lgan fikr anglashilmay qoladi.Undalmaning ajratilgan aniqlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirishish xususiyati aniq ko'rinadi, chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izohlaydi.M: Bularning hammasi sen, Vatanim-onam.Misoldagi vatanim-onam undalmasi sen olmoshining ma'nosini izohlaydi, aniqlashtiradi. Shu bilan birga butun gap mazmuni bilan ham aloqadordir. Undalmalar semantik va

stilistik vazifasiga ko'ra uch guruhga bo'linadi: [2]

1. Nutq qaratilgan ob'ektni ifodalaydi.

Nutq qaratilgan obyekt uch xil bo'lishi mumkin:

a) shaxs;

b) shaxs bo'lmagan jonli predmet;

v) jonsiz predmet

Kechir she'rim, kechirgin meni, Yilar o'tib, charchadim, toldim. Shunday paytlar bo'lodiki, seni Muhofaza qilolmay qoldim.

2. Undalma orqali ma'lum shaxs, predmetga xarakteristka beriladi, ta'riflanadi. Bu xarakteristika shaxs, predmetning tashqi yoki ichki belgisiga ko'ra bo'ladi.

Ha, birodar,o'z-o'zingni

Maqtashdan avval, Hisobga ol saviyangni, Ongingni tugal.

3. Undalma so'zlovchining holatini ifodalaydi. Bu holat orqali g'azab, nafrat, mazax, kesatish, iltimos, achinish, erkalash, hurmat, shodlik, tabrik, chaqirish, mamnunlik kabi hislar anglashiladi.

Nochorning ustidan kulma hech qachon, Bilmasdan kamsitma, boyvachcha o'g'lon.

Topgan aqchasiga non olgaydir u, Keksa onasiga yo dori-darmon.

Undalmalar tuzilishiga ko'ra uch xil bo'ladi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1. Yig'iq undalmalar. Yig'iq undalmalar yolg'iz bir so'zdangina tarkib topadi.

Xastalikka yo'liqdim Vatanimdan yiroqda, Vayron bo'ldi ming karra shundoq ham vayron ko'nglim. Dengizu tog'lar osha, goh yayov, goh uchoqda Meni ko'rgani kelding, Bibisora, jon singlim.

2. Yoyiq undalmalar. Yoyiq undalma o'ziga oid so'zlar bilan kengayib keladi. Undalmaga oid so'zlar aniqlovchilar yoki izohlovchilar sifat, sifatdosh, ot, olmosh so'z turkumlari orqali ifodalanadi.

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim, Sirli tushlar koTrib men bor dunyoni unutdim, Tongda turib nomingga ushbu sheCrimni bitdim,

Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim, Yolg'iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.

3. Murakkab undalmalar quyidagicha shaklda bo'ladi:

a) yolg'iz undov so'z bilan yoki undov so'z bilan barobar aniqlovchilar, izohlovchilar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda kuchli hayajon ma'nosi ifodalanadi.

Menga tashvishlardan yiroq yur, deysan, Charchagansan, deysan, shundaylikcha ham. Faqat sen muttasil g'amimni yeysan, Lekin hayot boshqa, azizam, bekam.

b) undalmaning tarkibida aniqlovchi ergash gap bo'lishi yoki ergash gap shaklida bo'lishi

mumkin. Onajonim, balki men ham Bir kun shavqqa tolarman.

Balki men ham aytganingday Bir kun shoir bolarman.

v) undalma takrorlanib kelishi mumkin. Bu hol kuchli his-hayajon ifodalanganda, undalmaga alohida ahamiyat berilganda roy beradi.

Ojiz banda, gaplarimni ko'nglingga olma, Zamin Alloh mulki erur, sen changal solma.

Musofirsan, muhojirsan yerning ustida, Muddatingni yashadingmi - yo'lingdan qolma!

MUHOKAMA

Undalma takrorlanganda aynan qaytarilishi, aniqlovchi bilan birikib kelishi yoki undalmaning o'rnini mazminan bosuvchi boshqa so'z bilan almashib, qaytarilishi mumkin. Undalmalarning o'rni. Undalma gapnng boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham kela oladi. Undalmaning o'rni uning ma'naviy vazifasiga, stilistik xususiyatiga, tarkibiga, asosiy gapning strukturasiga va mazmuniga ham bog'liq bo'ladi. Undalmalar hozirgi o'zbek tilida ham, eski o'zbek tilida ham faol qo'llanilgan til hodisasi hisoblanadi.Mazkur ishda undalma haqida eski o'zbek adabiy tili nuqtayi nazaridan ma'lumot berish bilan birga ushbu til hodisasining hozirgio'zbek tilidagi jilosiga ham e'tiborni qaratdik.Ayni mavzu tadqiqi uchun asosiy manba sifatida Abdulla Oripov she'rlari asos qilib olindi. Undalma eski o'zbek tilida ham juda faol til hodisasidir. Undalma tinglovchi va o'quvchilarning diqqatini asosiy fikrga jalb qilish hamda nutq qaratilgan shaxs yoki predmetni xarakterlash uchun yozma nutqda ancha keng qo'llangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qadimgi turkiy tilda undalma, asosan, gap o'rtasi va oxirida qo'llangan: M: Agar körü bilig, turk amti bödun bäg'lär, bodka korigma baglar gu yagiltachisiz.(KT) Undalma undov so'zlar bilan birga kelishi mumkin: Biliglikka ya dost özünni ila (HH). Eski o'zbek tilida ham undalmalar keng qo'llaniladi.Ogahiyning "Ogohnoma" asarida undalmalar bir qancha leksik-semantik ,stilistik vazifa bajargan buni asardan olingan quyidagi parchalarda yaqqol ko'rish mumkin.

Shahanshahiq o'lsun muborak sango, Madadkor Tangri muborak sango.

Bu baytda undalmaning yoyiq turi qo'llangan bo'lib, shaxsga nisbatan murojaat etilgandir, ya'ni bunda Muhammad Rahim Feruzga murojaat etilgan .Undalma yoyiq undalma turiga kiradi va shoirning o'ziga, ya'ni shaxsga qaratilgandir.[3]

Eski o'zbek tilida ham undalmalar xuddi hozirgi o'zbek adabiy tilidagidek so'z o'rtasida, so'z boshida va so'z oxirida qo'llangan. Bundan tashqari undalmalarning yig'iq, yoyiq va murakkabligi ham eski o'zbek tili va hozirgi o'zbek tiliga o'xshash hodisadir.Undalamaning intonatsiyasiga, albatta, uning o'rinlashishi ta'sir etadi. Gap orasida yoki oxirida kelgan undalma gap bolaklari intonatsiyasidan kam farqlanuvchi intonatsiya bilan aytiladi. Gap boshida kelgan undalmalar bilan alohida ton bilan, chozibroq talaffuz etiladi. Ayrim holarda undalma kuchli his - hayajonni ifodalab, ko'tarilgan intonatsiya bilan aytiladi va Shunga ko'ra, undalmalardan so'ng undov belgisi qo'yiladi:

Asosiy gap mazmuni va intonatsiyasining undalma intonatsiyasiga ta'siridan tashqari semantik funktsiyasiga kora ham o'ziga xos turli intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Undalmaga qancha ahamiyat berilsa yoki undalma orqali qancha chuqur emotsional mazmun ifodalansa, uning intonatsiyasi shuncha kuchli boladi. Undalmaning xarakterlovchi intonatsiya belgilaridan biri pauzadir. Kuchli yoki normal chaqiriq intonatsiyasi bilan talaffuz etilgan undalma boshqa gap bolaklaridan pauza bilan ajratiladi.

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman, Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman. Birinchi misoldagi undalma kuchli intonatsiya bilan aytilib, kesimdan pauza bilan ajralgan va bu yozuvda undov belgisi qo'yish bilan ifodalanganedi. Ikkinchi misolda undalama har ikki tomonidagi kesimdan ham pauza bilan ajratilgan, birinchi kesimdan vergul bilan, ikkinchi kesimdan undov belgisi bilan ajratilgan. An'anaviy tilshunoslikda gap bolaklari orqali atributiv, ob'ektiv, relyativ, predikativ kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanishi takidlanadi. Shu bilan birga undalma va kirishlar ham malum munosabatlarni ifodalaydi. Lekin undalma va kirishlar orqali ifodalangan mazmuniy munosabat boshqa mazmuniy munosabatlardan tubdan farq qiladi. Atributiv, ob'etkiv , relyativ munosanbatlar gap orqali ifodalanayotgan sintaktik vaziyatning (propozitsiya, diktum) ikki unsur o'rtasidagi munosabat bo'lsa, undalma va kirishlar ifodalangan munosabat gap orqali ifodalanayotgan sintaktik vaziyat yoki uning malum unsuri bilan so'zlovchi o'rtasidagi munosabatdir. XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,sevimli shoirimiz Abdulla Oripov o'zining she'rlarida undalmalarning go'zal namunalaridan foydalanib,o'zining badiiy mahoratini namoyish qila olgan.Shuning uchun ham shoirning she'rlari biz kitobxonlar tomonidan tez eslab qolinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Karimov I. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T. 2008.

2. Abdullaev A.Ozbek tilida ekspressivlikni ifodalash. Tosh., 1983.

3. Abdurahmanov G, SHoabdurahmonov SH, Xojiev A. O'zbek tili grammatikasi, "Fan", nashriyoti , Toshkent, 1996.

4. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

5. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

6. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.