Научная статья на тему 'AGRAR TA’LIM SOHALARIDA ADABIY TIL ME’YORLARI VA ATAMALARNING TUTGAN O‘RNI'

AGRAR TA’LIM SOHALARIDA ADABIY TIL ME’YORLARI VA ATAMALARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

381
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / punktuatsiya / modal so„z / undalma / atama / lug„at / language / punctuation / modal word / exclamatory / term / dictionary

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Bekzod Abdikarim O‘G‘Li Qarshiyev

Ushbu maqolada agrar ta‟lim yo„nalishlarida adabiy til me‟yorlarini o„qitishga oid mulohazalar yuritilib, punktuatsion me‟yorlar, modal so„zlar, undalmalarning nutq jarayonidagi ahamiyati, shuningdek, sohaviy atamalarning o„rni haqida so„z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the teaching of literary language standards in agricultural education, talks about the importance of punctuation norms, modal words, exclamations in the speech process, as well as the role of sectoral terms.

Текст научной работы на тему «AGRAR TA’LIM SOHALARIDA ADABIY TIL ME’YORLARI VA ATAMALARNING TUTGAN O‘RNI»

AGRAR TA'LIM SOHALARIDA ADABIY TIL ME'YORLARI VA ATAMALARNING TUTGAN O'RNI

Bekzod Abdikarim o'g'li Qarshiyev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Ijtimoiy va gumanitar

fanlar kafedrasi assistenti

Ushbu maqolada agrar ta'lim yo'nalishlarida adabiy til me'yorlarini o'qitishga oid mulohazalar yuritilib, punktuatsion me'yorlar, modal so'zlar, undalmalarning nutq jarayonidagi ahamiyati, shuningdek, sohaviy atamalarning o'rni haqida so„z boradi

Kalit so'zlar: til, punktuatsiya, modal so„z, undalma, atama, lug'at.

This article discusses the teaching of literary language standards in agricultural education, talks about the importance of punctuation norms, modal words, exclamations in the speech process, as well as the role of sectoral terms.

Keywords: language, punctuation, modal word, exclamatory, term, dictionary.

Til - millatning asosiy belgilaridan, davlat mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri. Til mavjud ekan, millat mangu yashaydi, tilning tirikligi, aytish mumkinki, millatning, xalqning mavjudligidir. O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biri hisoblanadi. Bu tilning keng imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarlari, Ahmad Yassaviy "Hikmatlar"i, Alisher Navoiyning "Xamsa", "Xazoyin ul-maoniy", Boburning "Boburnoma" asarlarida, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi mumtoz shoirlarimiz va keyingi davr adiblarimiz ijodida jilolanib turibdi. Shuning uchun ham milliy til ta'limi millat kelajagi, rivojlanishi, taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi omil hisoblanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Takidlash joizki, tinish belgilari muayyan tilda yozma

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

nutqni to'g'ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda,

October 5-6

yozma nutq qismlarining o'zaro mantiqiy, grammatik munosabatlarini ko'rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va tinish belgilari) mansub bo'lib, u qo'shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma'lum jihatlari bilan farq qiladi.(G'ulomov & Asqarova, 1978) Tinish belgilarining yozuvda qo'llanishi o'ziga xos tizimga ega. Bu tizim belgilar miqdori, qo'yilish tartibi va qo'llanish prinsiplari yig'indisi - punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so'zlar, morfemalar) bilan ko'rsatish mumkin bo'lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo'linishini ko'rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.

"Terminlar fan, texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir"(Jamolxonov, 2005).

Tadqiqot metodologiyasi: Agrar ta'lim yo'nalishlariga adabiy til me'yorlarini o'qitish borasidagi mulohazalarda lingvistik tahlil, qiyosiy-tipologik, analitik va struktural tahlil metodlaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Talabalar tomonidan tayyorlanayotgan matnlar, diktant va insholarda shu narsa ko'zga tashlanyaptiki, ularning yozma savodxonligini oshirish uchun orfografiya qoidalari bilan bir qatorda tinish belgilari haqida ham alohida bo'lim tashkil etish yoki boshqa mavzular tarkibiga har bir tinish belgisini ham qo'shimcha mavzu yoki topshiriq sifatida qo'shib, dars davomida ular haqida ma'lumot berib o'tilishi va tahlil etilishi kerak(Yazdonov, 2019).

Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi modal so'zlar, undalmalar, kirish so'zlar, umuman olganda, gap bo'laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo'laklar haqida bo'lim yoki mavzular "O'zbek tilining sohada qo'llanilishi" fani doirasiga kiritilib, ushbu mavzular bo'yicha talabalarga bilim va ko'nikmalar berilsa, ular kelajakda tinish belgilari bilan bog'liq xatoliklarga yo'l qo'yish ehtimoli kamayadi. Talabalarning yozma nutqida uchraydigan kamchiliklarning aksariyati punktuatsiyaga oidligi bilan birga ushbu ishoraviy xatolarning ko'pchiligi aynan vergul va tireni qo'llash bilan bog'liqligi

ko'rinib qolyapti. Bu o'rinda modal so'zlarni o'qitishda ulami

October 5-6

ma'noviy guruhlarga ajratgan holda ishonch ma'nosidagi modal so'zlar (albatta, shaksiz, shubhasiz), gumon (ehtimol, chamasi, shekilli), tasdiq (darhaqiqat, haqiqatan), quvonch (xayriyat), achinish (attang, afsus, esiz), taajjub (ajabo), fikrning dalillanishi (jumladan, masalan), fikrning tartibi (avvalo, avvalombor), o'z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan), fikrni xulosalash (xullas, demak, umuman) kabi ma'no turlari bilan berilsa, bu kabi modal so'zlarni boshqa gap bo'laklaridan qanday tinish belgisi bilan ajratish lozimligi mashqlar, matnlar yordamida tahlil qilinsa, ko'zlangan maqsadga erishish osonlashadi.

Ma'lumki, "undalma vazifasidagi so'z undash intonatsiyasiga ega bo'ladi. U odatda bosh kelishik shaklidagi (masalan, ega vazifasidagi) so'zga o'xshash bo'ladi, lekin boshqa xususiyatlar bilan birga, undash intonatsiyasi uning ega funksiyasidagi so'zdan farqlanishini ko'rsatib turadi"(Egamberdiyeva, 2022). Bu kabi ko'nikmalar (undalmaning gap bo'lklaridan, xususan, egadan farqli tomonlari) adabiy til me'yorlari bo'limida talabalarga yetkazib berilsa, undalma va undov so'zlar birga kelgan o'rinlarda tinish belgilarining qo'llanishi haqida, shuningdek, yig'iq va yoyiq undalma va ularda tinish belgilarining qo'llanilishi haqida mavzu bayonida tushunchalar berilib, misollar asosida tahlil qilinsa, yuqoridagi kabi holatlarda vergul yoki boshqa tinish belgilarini ishlatishda tushunmovchiliklar kelib chiqmaydi(Yuldosheva, 2022).

Umuman olganda, punktuatsion me'yorlarga chuqurroq ahamiyat berilsa, tire va boshqa tinish belgilarini ham o'z o'rnida qo'llash malakasi shakllanishi, shubhasiz.

Bunda qoidani quruq yodlatish kerak emas, nutq qaysi qonuniyat doirasida ketayotganini anglatish zarur. Odatda mavzu bayonida qoida berilib, ortidan misol berilib ketilaveradi. Bu an'ana doim ham kutilgan natija beravermaydi. Misoldan qonuniyat yaratish kerak. Darsliklarda, odatda, bu hisobga olinmaydi. Talabaning o'zi amaliy mashg'ulot davomida mashq bajarib ko'rishi, o'zi misoldan qoidani chiqarishi kerak. Ya'ni misoldan qoidaga qaytiladi. Misollar asosida tushuntiriladigan barcha mavzularda shu tamoyil asosida yondashilishi, darslik, o'quv qo'llanmalarda zarur mavzularning tahliliy qismi shunday asosda tuzilishi lozim. Ya'ni o'quvchi yoki talaba ushbu tinish belgisini nima uchun qo'llayotgani, o'sha qo'shma so'zni nima uchun qo'shib yoki ajratib yozayotganligini ko'r-ko'rona emas, balki qaysi punktuatsion yoki orfografik me'yorga asosan ish tutayotganligini bilsagina, kelgusida ham bunday o'rinlarda imloviy va ishoraviy

xatolarga yo„l qo'ymaydi deya olishimiz mumkin.

October 5-6

Bundan tashqari, yaratilayotgan matn, yozilayotgan insholarda uslubiy g'aliz jumlalarni kamaytirish uchun to'g'ri so'z tanlash imkoniyatlarini ham ko'rib chiqish lozim. So'zga uslub jihatdan yondashuv fikrni aniq ifodalashga ko'mak beruvchi so'z tanlash zaruriyatini paydo etadi. Muallif tomonidan so'zning to'g'ri tanlangani faqat uslub alomatlari bo'lib qolmay, matnning axborot tashish qimmatini oshirib, mazmun ta'sirini kuchaytiradi. So'zni o'rinsiz tanlash esa fikrni anglatishda qiyinchilik keltirib chiqarish barobarida, mantiqiy xatoliklarga ham sabab bo'ladi. Bu o'rinda so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarini mavzular tarkibida o'rganib, og'zaki va yozma nutq jarayonida sinonim, paronimlar so'zlarni to'g'ri qo'llash bilan bog'liq ko'nikmalarni shakllantirish, shakldosh (omonim) so'zlarning ma'no qirralarini bilish nutq sohibining lug'at boyligini oshirib, so'z qo'llash mahoratini oshiruvchi asosiy mezon vazifasini bajaradi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar, joriy qilinayotgan ilg'or xorijiy tajriba va zamonaviy texnologiyalar, agrar ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi hamda globallashuvi jarayonlari, bu boradagi zamonaviy innovatsiyalar sohada qo'llanib kelinayotgan atamalar an'anaviy tarkibining o'zgarishiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu yangi so'z va iboralar bevosita bo'lajak mutaxassislar leksikasida aks etib borishi uchun agrar sohadagi atamalarning izohli lug'atini yangi kirib kelgan va yasalgan terminlarni kiritgan holda nashr etish kun tartibidagi masala ekanligi sir emas. Bu borada yetakchi oliy ta'lim muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor, albatta. Ayrim atamalar o'ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qolmoqda. Mazkur jarayon lingvistikada "determinlashish"(Jamolxonov, 2005) hodisasi deyiladi. Bu esa, o'z navbatida, o'zbek tili lug'at tarkibida atamalarning tutgan o'rnini ko'rsatib beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, to'g'ri va ravon so'zlaydigan, bexato yozadigan savodxon mutaxassisni tayyorlash uchun yuqoridagi kabi adabiy me'yorlar chuqurroq tahlil qilinsa, o'ylaymizki, ko'zlagan maqsadimizga erishishimiz osonroq bo'ladi. Kasbiy sohaga oid terminlar bilan ishlashda agrar tarmoq atamalari suv va havodek zarur. Har bir mavzuga oid matn bilan ishlash jarayonida bu kabi lug'atlarning o'rni sezilib qolmoqda. Qishloq xo'jaligiga oid atamalarning lug'ati nashr etilsa, bunday muommalarga barham berilgan bo'lardi. Zero, talaba qancha ko'p atama (termin) bilsa, ularni tushunib sharhlay olsa, uning nutqi

XULOSA

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

ham shuncha ravon bo'lib boradi. Bir so'z bilan aytganda, uning kasbiy leksikasi boyib boraveradi.

REFERENCES

1. Egamberdiyeva, H. S. (2022). GENERAL TECHNIQUE FOR DREAM ANALYSIS. Academic research in educational sciences, 3(1), 699-704.

2. G'ulomov, A., & Asqarova, M. (1978). Hozirgi o 'zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent: O 'qituvchi, 23-24.

3. Jamolxonov, H. (2005). Hozirgi o 'zbek adabiy tili. Toshkent-2007.

4. Yazdonov, U. b. T. (2019). ОРГАНИЗАЦИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ПОД ВЛИЯНИЕМ ФОРМ СОЦИАЛЬНОГО СОЗНАНИЯ. Theoretical & Applied Science(9), 88-92.

5. Yuldosheva, L. T. (2022). IMPLEMENTATION OF VISUAL LITERACY IN A MUSEUM USING THE NEW MODELS OF PEDAGOGUE. Academic research in educational sciences, 3(1), 686-690.

6. Komilova, N. K., Hudayberganova, R. T., Murtazaev, I. B., Abdinazarova, H. O., & Madaminov, Z. H. (2019). Economic and geographic problems of improvement of industrial sectors and local structure of Uzbekistan. J. Advanced Res. L. & Econ., 10, 1916.

7. Обидов, У., Усманов, М., & Мадаминов, З. (2020). ФАРЕОНА ВОДИЙСИДА ЩЛИМИЙ ВА ГИДРОЛОГИК ТАД^ЩОТЛАРНИНГ ОЛИБ БОРИЛИШИ. ОБЩЕСТВА УЗБЕКИСТАНА, 196.

8. Madaminov, Z. K. (2020). PRODUCTION AND CONSUMPTION OF GOODS OF PEOPLE'S CONSUMPTION AS AN OBJECT OF GEOGRAPHICAL RESEARCHES. Экономика и социум, (1), 61-63.

9. Мадаминов, З. Х., Салиджанов, С. О., & Сабиров, Т. С. (2019). ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ПРОИЗВОДСТВА ТОВАРОВ НАРОДНОГО ПОТРЕБЛЕНИЯ В СИСТЕМЕ ПРИРОДА-НАСЕЛЕНИЕ-ХОЗЯЙСТВО (НА ПРИМЕРЕ КОМПЛЕКСНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОСТИ). Экономика и социум, (10), 481-484.

10. Мадаминов, З. Х. (2019). ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОТРЕБЛЕНИЯ НАСЕЛЕНИИ. Экономика и социум, (10), 485-488.

® о

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

О

821

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.