Научная статья на тему 'ABDULLA ORIPOV POETIKASIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING O’RNI'

ABDULLA ORIPOV POETIKASIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoir / metod / xalq og`zaki ijodi / she`r / urf-odat. / poet / method / folk oral creativity / poem / tradition.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ravshonbekova G.

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov uslubining o‘ziga xos belgilaridan biri xalq jonli tiliga yaqinlikdir. Jonli tilga yaqin degani esa xalq turmushi bilan yaqin degani bo‘ladi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, ishonch e’tiqodlarini chuqur bilish shoir qo‘llagan metaforalarning xalqona bo‘lishini ta’minlaydi, ularga soddalik, go‘zallik va samimiyat baxsh etadi. Shu bilan birga shoir ijodida folklorning – xalq og‘zaki ijodining ta’siri ham sezilarli darajada kuchli ekanini payqash mumkin. Mazkur maqolada shoir ijodida xalq og`zaki ijodi xususiyatlarining namoyon bo`lishi ko`rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF FOLK ORAL CREATIVITY IN THE POETRY OF ABDULLAH ORIPOV

One of the distinctive signs of the style of the people's poet of Uzbekistan Abdullah Oripov is the proximity to the folk living language. And closer to the living language means closer to the people's marriage, they cannot be separated from each other. A deep knowledge of the lifestyle, customs, beliefs of trust of the people ensures that the metaphors used by the poet are folk, giving them simplicity, beauty and sincerity. At the same time, it can be noticed that the influence of folklore – folk oral creativity-is also significantly stronger in the work of the poet. This article examines the manifestation of the features of folk oral creativity in the work of the poet.

Текст научной работы на тему «ABDULLA ORIPOV POETIKASIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING O’RNI»

Ravshonbekova G.

Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi Filologiya tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi

2-bosqich talabasi

ABDULLA ORIPOV POETIKASIDA XALQ OG'ZAKI IJODINING

O'RNI

Annotatsiya. O 'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov uslubining o 'ziga xos belgilaridan biri xalq jonli tiliga yaqinlikdir. Jonli tilga yaqin degani esa xalq turmushi bilan yaqin degani bo 'ladi, ularni bir-biridan ajratib bo 'Imaydi. Xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, ishonch e'tiqodlarini chuqur bilish shoir qo'llagan metaforalarning xalqona bo'lishini ta'minlaydi, ularga soddalik, go 'zallik va samimiyat baxsh etadi. Shu bilan birga shoir ijodida folklorning -xalq og'zaki ijodining ta'siri ham sezilarli darajada kuchli ekanini payqash mumkin. Mazkur maqolada shoir ijodida xalq og^zaki ijodi xususiyatlarining namoyon bolishi ko^rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Shoir, metod, xalq og^zaki ijodi, she^r, urf-odat.

Ravshonbekova G.

Urgench State University Uzbek philology Philology language training: Uzbek language education direction

State 2 student

THE PLACE OF FOLK ORAL CREATIVITY IN THE POETRY OF ABDULLAH ORIPOV

Abstract: One of the distinctive signs of the style of the people's poet of Uzbekistan Abdullah Oripov is the proximity to the folk living language. And closer to the living language means closer to the people's marriage, they cannot be separated from each other. A deep knowledge of the lifestyle, customs, beliefs of trust of the people ensures that the metaphors used by the poet are folk, giving them simplicity, beauty and sincerity. At the same time, it can be noticed that the influence of folklore - folk oral creativity-is also significantly stronger in the work of the poet. This article examines the manifestation of the features of folk oral creativity in the work of the poet.

Keywords: poet, method, folk oral creativity, poem, tradition.

XX asrning o'rtalaridagi o'zbek lirikasi davr she'riyatida alohida maqomga ega. Negaki, soxtakorlik, quruq shiorbozlik davom etayotgan tarixiy bir sharoitda inson ko'ngli, qalbida kechayotgan inja tuyg'ularni ayta olish ulkan hodisa edi.

Abdulla Oripov mana shunday shoirlar sirasiga kiradi. U she'riyat bilan birga o'sdi, ulg'aydi. Har bir odam o'ziga xos individual qobiliyat va intellekt sohibi. Lekin buning o'zi yetarli emas. Odam ma'lum sohada muayyan natijaga erishishi uchun albatta ilmiy va amaliy maktablarni o'tamog'i lozim. Abdulla Oripov mana shu maktabni ulug' ustozlarga ma'naviy shogirdlikka tushish, qolaversa, hayot tajribasi yordamida o'tadi. Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Davlat madhiyasining muhokamasiga bag'ishlangan majlisda: "Abdulla Oripovdek shoirlar yuz yilda bir marta dunyoga keladi"[ 1], deb aytgan edi.

Lekin she'rlarida baribir xalqona ohanglar, tasvirdagi xalqchillik, inson va jamiyatning azaliy orzusi qaysidir nuqtalarda saqlanib qolaveradi. Masalan, "Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi" [2], asari xalq og'zaki ijodidan ta'sirlanish omiliga yorqin misol bo'la oladi. Milliy ruhda bitilgan mazkur she'rda olamdagi barcha tirik mavjudotlarga mehr xuddi quyosh nuridek zarur degan fikr ilgari suriladi. She'rdagi shoir fantaziyasi xalq ertaklarida aks etgan xayolotning uchqurligiga, cheksizligiga o'xshash. Badiiy g'oya ilmiy fantastikaga yaqin bo'lsa-da, unda xalqona poetik tafakkur uyg'un. Unda soddalik va aniqlik mavjud. Adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov asar haqida shunday yozadi: "Mehr-oqibat, adolat, insof, vijdoniy poklik, ma'naviy go'zallikni ulug'lash va ularga monelik qiluvchi har bir hodisaga qarshi beshafqat kurashish Abdulla Oripov she'rlaridagi yuksak ma'nodagi gumanizmning hujayralaridir. Bu masalaga shoir izchil realistik uslub asosiga qurilgan she 'rlaridagina emas, fantastika elementlaridan unumli foydalangan asarlarida ham murojaat etadi. "Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi" ana shunday asarlardan biridir"[3].

Qissaning bosh g'oyaviy maqsadi - mehr-oqibatni ulug'lash. Shoir asar botinidagi badiiy muammoni sarlavhaga olib chiqqan. "Samoviy mehmon" o'rganilishi lozim bo'lgan tekshirish ob'ekti. Asosiy tadqiqotchilar - besh donishmand. Donishmandlarning yo'l qo'ygan xatolarini ko'rsatib beruvchi "opponent" - farrosh kampir. Sarlavhaning mazmunidan ham ma'lum bo'lyaptiki, "mehr-oqibat"ni himoya qilish maqsadida shoir hatto donishmandlarni ham ayab o'tirmaydi. She'riy quyidagicha boshlanadi: Xabar keldi Fan shahriga Olis Jungli tomondan. O 'tgan kecha allanarsa Yonib tushmish osmondan [4].

Bu xabar tezda ilm ahliga yetkaziladi; voqeani o'z joyida o'rganish uchun nufuzli komissiya tuziladi: "Jo'natdilar Jungli tomon topib beshta vakilni. Beshovi ham tengsiz olim, Besh qit'adan bo'lmish jam. Dunyodagi barcha ilm shul beshovda mujassam. Dunyodagi tillarni-ku Besh barmoqday bilishar. Kerak bo'lsa qushlar bilan xandon suhbat qurishar. Xullas, beshov yig'ilishib Jungli tomon yeldilar. Hatto farrosh kampirni ham Birga olib keldilar"[5]. Besh donishmand samoviy mehmonni o'rganishga kirishadi. Olimlarning ish uslubi

qanchalik mukammal bo'lmasin, lekin mehmon bilan muloqotga kirisha olmaydilar. "Ish chiqmadi, demak bizni tushunmadi u taraf!" - deb, tekshirishni to'xtatadilar. "O'sha payt, deng farrosh kampir Kirib keldi tentirab. - Voy bechora bolaginam, Dard zabtiga opti-ku! Holdan toyib, boshqa ko'zi Yumilib ham qopti-ku! Rangini ko'r, somon deysan, Suvdanmikan yo o'tdan!"

"Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi" asari davrimizning dolzarb masalalaridan biri - inson mehr tuyg'usini asrab- avaylash mavzuiga bag'ishlangan. Zero, ma'naviy qadriyatlar ham tabiat ekologiyasi misoli yo'qolib boryapti. To'g'ri, ilmiy-texnika inqilobi davlat qudratini oshirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, zamondoshlarimiz ma'naviy dunyosining ma'lum darajada qashshoqlashishiga olib keldi. Bu holat barcha ijodkorlar kabi Abdulla Oripovni ham tashvishga soladi. Shu ma'noda inson ma'naviy-axloqiy madaniyatining muhim belgisi bo'lgan mehr tuyg'usini e'zozlashga bag'ishlangan she'riy qissa shoirning sara asarlaridan biridir. "Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlik buzilganda, buni oldin qushlar bilan shoirlar anglab yetadilar,- deb yozadi adabiyotshunos olim I. G'afurov. - Buloq qurisa, oldin shoirlar iztirobga tushadi, u boshqa buloqlar ham qurishiga befarq qarab turolmaydi. Tabiatda muvozanat buzilgan chog'da u tinimsiz signallar bera boshlaydi. Abdullaning she'rlari mana shuning qarshisida g'aflatda qolmaslikka bir chaqiriq kabi tuyuladi"[6]. Biz tahlil etayotgan "Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi" ana shunday ma'naviy ekologiyaning himoyasiga chaqiriq sifatida jaranglaydi. She'riy qissani qisqacha "Farrosh kampir" deb atasa ham bo'lar ekan. Negaki, farrosh kampir asarning markaziy qahramoni sanaladi. Obraz har tomonlama mukammal yaratilgan. Uning har bir harakati, har bir so'zi san'atkorona mahorat bilan gavdalantirilgan. Kampirning xatti-harakatlari (O'sha payt, deng farrosh kampir Kirib keldi tentirab) va so'zlarida (Voy bechora bolaginam, Dard zabtiga opti-ku! Holdan toyib, boshqa ko 'zi Yumilib ham qopti-ku! Rangini ko 'r, somon deysan, Suvdanmikan yo o 'tdan!) yuksak insoniy fazilatlar, o'zbek onalariga xos tengsiz mehr-shafqat ufurib turadi. Xalq og'zaki ijodi motivlari asosida (Rangini ko 'r, somon deysan, Suvdanmikan yo o 'tdan!) berilgan Kampir obrazi tasvirida ham shoirning o'zbek onalariga ulkan ehtiromi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Aytilganidek, Abdulla Oripov ijodida mehr-oqibat tushunchasi uning ijodidagi yetakchi mavzular sirasiga kiradi. Ular haqidagi kechinmalarini kitobxonga yetkazmoq uchun shoir xalq og'zaki ijodi namunalaridan tashnalik bilan zo'r ilhom oladi. Shoirning maqsadi rivoyatlarni she'riy tizimga solish emas aslo. Asl maqsad el orasida tobora siyraklashib borayotgan mehr-oqibatni saqlab qolishga da'vat, ezgu intilishdir. Ana shu badiiy-estetik qimmatiga ko'ra "Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissa"ni so'z san'atining nodir namunalari qatorida sanash mumkin.

Boshdan-oyoq chuqur donishmandlarga xos mazmun va shaklan xalq og'zaki motivlari bilan sug'orilgan asarlardan yana biri "Sharq hikoyasi" (1980) she'ridir. Unda aytilishicha, juda kambag'al ota-o'g'il uzoq yo'lga otlanishadi.

Qurib ketsin yo 'qchilik ham Kim nelarga zor edi. Ikkovining o'rtasida Bitta eshak bor edi ll[6].

Ota-bola uzoq tortishuvdan keyin eshakni navbat bilan minishga kelishib oladi. Birinchi bo'lib eshakka ota minadi. Bir qishloqdan o'tayotganda, to'rt -besh odam orqalaridan piqirlashib kulishib qoladi: - Ahmoq ekan manavi chol, Ahmoq haddan ziyoda. O 'zi ulov minib olgan, O 'g 'li esapiyoda (O'sha joyda).

Uyalib ketgan ota shartta eshakdan tushib, o'g'lini mindirib qo'yadi. Yana bir qishloqdan o'tayotganda, ortlaridan to'rt-besh odam piqirlashib kulishadi. Bolaning oriyati qo'zg'ab, shartta eshakdan tushib, piyoda keta boshlaydi. Bir qishloqdan o'tayotganda, orqalaridan yana kulishib qolishadi, unga chiday olmagan ota-bola janjallashib qoladi.

Abdulla Oripov to'rtliklaridagi falsafiy xulosa, maqollarning o'ziga xos badiiy tasviri, o'zbek xarakterining betakror ifodasi aslida yuksak iste'dodning xalq dahosi bilan uyg'un namoyon bo'lishi bilan izohlanadi. Jajji go'dak, sen tug'ilding, sen uchun Kim belanchak yasab turar shu damda. Kimdir senga uchqur tulpor egarlar, Kimdir senga hassa yo'nar shu damda.[7]

Mazkur she'r g'oyasi umr haqidagi xalq donishmandligining namunasi hisoblangan bitiklar mazmunida ham uchraydi. Ertaklardagi uch kunlik dunyo to'g'risidagi savol-javoblar, umrni uch faslga ajratish - go'daklik, balog'at, qarilik kabilarni esga soladi. Beshik, tulpor va hassa predmetlari majoziy ma'noda qo'llanilgan.

Abdulla Oripovning she'rlarida ko'plab xalq maqollari va iboralarini uchratamiz. Shoir ana shu xalq tafakkuri durdonalarini tayyor holatda asarga kiritish, shu tariqa asarini badiiy bezash yo'lidan bormaydi. Aksincha, she'r mazmunini yangi ijtimoiy-axloqiy g'oyalar bilan boyitadi. O'zbek xalqining yuksak odob-axloqi va madaniyatini ko'rsatadigan maqol va matallari juda ko'p. Xalqning ko'ngliga ko'zgu bo'lgan bunday hikmatlar she'rda ibratli chuqur ma'no kasb etadi; uning estetik ta'sir kuchini oshiradi. Shoir xalq iboralarini, maqol va matallarini shunday o'rinli qo'llaydiki, kitobxon bu hikmatlar xalqnikimi yoki shoirning o'zi to'qiganmi, payqamay qoladi. Bu hol Abdulla Oripovning she'rlari mohiyatidagi xalqona poetik tafakkurni namoyon etadi. Shoirning xalq ruhini, uning fikrlash tarzi va ijodkorligining asosiy jihatlarini puxta o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. A.Oripov. Adolat ko'zgusi. - T.: Adolat, 2005.

2. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. To'rt tomlik. 1-tom, Toshkent, 2011 yil,

302-bet

3. Nazarov B. Sevinch-dardim - bari Vatanim. Abdulla Oripov bilan suhbat. Bu haqda qarang: Abdulla Oripov. Adolat ko'zgusi. T., 2015. 120- 121-betlar.

4. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. To'rt tomlik. 1-tom, Toshkent, 2011 yil, 302-bet

5. G'afurov I. Yam-yashil daraxt. - Toshkent, Adabiyot va san'at nashriyoti, 2016. - B.221.

6. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. To'rt tomlik. 1-tom, Toshkent, 2011 yil, - B. 304.

7. Oripov A. Tanlangan asarlar. To'rt jildlik. 1 jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000, - B. 34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.