Научная статья на тему 'ABDULHAMID CHO‘LPON HIKOYALARINING BADIIYATI'

ABDULHAMID CHO‘LPON HIKOYALARINING BADIIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / qahramon / personaj / obraz / estetik kategoriya / janrlar sistemasi / sotsialistik metod. / story / hero / character / image / aesthetic category / system of genres / socialist method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarov, Davron Odiljon O‘g‘li

Ushbu maqolada Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho’lponning XX asr birinchi yarmida ijod qilgan bir qator nasriy asarlarining o’ziga xos jihatlari haqida fikr yuritildi. XX asr 20-30-yillar adabiyotidagi bir qator masalalar yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ART OF ABDULHAMID CHOLPAN'S STORIES

In this article, the specific aspects of a number of prose works created by Abdulhamid Suleiman's son Cholpon in the first half of the 20th century were discussed. A number of issues in the literature of the 20s and 30s of the 20th century were covered.

Текст научной работы на тему «ABDULHAMID CHO‘LPON HIKOYALARINING BADIIYATI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ABDULHAMID CHO'LPON HIKOYALARINING BADIIYATI

Umarov Davron Odiljon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning XX asr birinchi yarmida ijod qilgan bir qator nasriy asarlarining o 'ziga xos jihatlari haqida fikr yuritildi. XX asr 20-30-yillar adabiyotidagi bir qator masalalar yoritildi.

Kalit so'zlar: hikoya, qahramon, personaj, obraz, estetik kategoriya, janrlar sistemasi, sotsialistik metod.

В данной статье рассмотрены особенности ряда прозаических произведений, созданных сыном Абдулхамида Сулеймана Чолпоном в первой половине XX века. Освещен ряд проблем литературы 20-х и 30-х годов ХХ века.

Ключевые слова: рассказ, герой, персонаж, образ, эстетическая категория, жанровая система, социалистический метод.

In this article, the specific aspects of a number of prose works created by Abdulhamid Suleiman's son Cholpon in the first half of the 20th century were discussed. A number of issues in the literature of the 20s and 30s of the 20th century were covered.

Key words: story, hero, character, image, aesthetic category, system of genres, socialist method.

Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon XX asr o'zbek adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning hayoti va ijodiy faoliyati adabiyotimizning eng yorqin sahifalaridan birini tashkil qiladi. U badiiy ijodning deyarli hamma turi bilan faol shug'ullandi. Jumladan, she'r, hikoya, roman, drama, tanqid, tarjima — hammasida ijod etdi. Lekin, birinchi navbatda, yangi o'zbek she'riyatining asoschisi bo'lib tarixga kirdi.

Ijodkorning hayot yo'liga nazar soladigan bo'lsak, «Cho'lpon» taxallusi bilan shuhrat qozongan Abdulhamid Sulaymon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida dunyoga keldi. Otasi Sulaymon Mulla Muhammadyunus o'g'li bazzoz

ИСКУССТВО РАССКАЗОВ АБДУЛХАМИДА ЧОЛПАНА

АННОТАЦИЯ

THE ART OF ABDULHAMID CHOLPAN'S STORIES

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

edi. Bazzoz — gazlamafurush degani. Taxmin qilish mumkinki, oila o'ziga to'q bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, Sulaymon bazzoz zamonasining ko'zi ochiq ziyolilaridan bo'lib, «Rasvo» taxallusi bilan she'rlar yozgan, hatto devon tartib qilgan. O'g'li Cho'lpon bilan she'riy yozishmalari bo'lganini naql qiladilar. Bundan tashqari bo'lajak adib xonadonida zamonning olim-u fozillari tez-tez bo'lib turganlar.

Keyinchalik bo 'lajak adibning shakllanishida ayricha rol o 'ynagan hodisalardan biri uning Zaki Validiy (1890-1970) bilan tanishuvi bo'ldi. 1912-yilda Zaki Validiyning «Turk va tatar tarixi» degan kitobi bosiladi. Kitob qisqa muddatda katta shuhrat topadi. «Turk yurdu» (Turkiya), «Tarjimon» (Qrim), «Vaqt» (Orenburg) maqolalar beradi. Mashhur Bartold esa muallifni Peterburgga taklif etadi. Qozon universiteti tarix va arxeologiya jamiyatiga a'zo qilib oladi. Turkistondan taniqli ma'rifatchi Ashurali Zohiriy va Qo'qon xoni og'aliqzodasi Yunus Hoji Og'aliqov Zaki Validiy bilan yaqindan tanishish va suhbatlashish uchun Boshqirdistonga boradilar. Behbudiy Turkiston tarixini yozishni birgina unga ishonib topshirish mumkinligini matbuotda yozib chiqadi va yosh olimni Samarqand madrasalariga taklif etadi.1 15 yashar Abdulhamid ham bu kitobni o'qib, ta'sirlanib, muallifiga minnatdorchilik maktubi yozadi va Andijonga taklif etadi. Bu voqealardan keyin taqdir taqozosi bilan Qozon universiteti Zaki Validiyni 1913-yilning oxirlarida Farg'ona vodiysiga ilmiy safarga yuboradi. Olim Andijonda ekan, Nazir To'raqul bilan birga Abdulhamidlar uyida bo'ladi va bu aloqa Zaki Validiy yashirin faoliyatga o'tgan 1920-yilga qadar davom etadi. Ijodkor ijodining ilk kurtaklari haqida to'xtaladigan bo'lsak, Cho'lponning matbuotdagi dastlabki she'r va maqolalari 1914 -yildan boshlab ko'rinish beradi. O'sha davrdagi mashhur «Sadoyi Turkiston» gazetasi 1914-yil 14-aprel sonida «15 yashar Abdulhamid afandi»ning «Turkistonli qardoshlarimizga» she'rini mushtariylariga havola etar ekan, o'quvchilarni «yoshgina qalbi ila yorug'lik va ilm-maorif yo'liga boshlagan»idan mamnunligini yashirmagan va uning kelajagiga katta umid bildirgan edi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, «Sadoyi Turkiston»ning 1914-yil 29-aprel sonida chop etilgan «Qurboni jaholat» hikoyasi Cho'lponning birinchi nasriy asaridir. Dastlabki asarlari «Abdulhamid Sulaymon», «Abdulhamid Sulaymoniy» imzolari bilan bosildi. Keyinchalik, «Qalandar», «Mirzaqalandar» va nihoyat, «Cho'lpon» taxalluslari ostida ijod qildi. Va adabiyotimiz tarixiga Cho'lpon nomi bilan kirdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Professor Ozod Sharafiddinov Cho'lponning 1924-yilda Moskvada Maorif uyi qoshidagi yosh o'zbek artistlarining mahoratini oshirish uchun tashkil qilingan

^ochmob E Ba 6. Mnnnnn ynroHHm gaBpu y36eK aga6uëTH. - T.: MatHaBHAT, 2004. - E. 274

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

dramatik studiyaning adabiy yetakchisi va rahbarlaridan biri bo'lganini ma'lum qiladi. Zaki Validiy: «...so'ng zamonlarda Moskvada adabiyot va san'at instituti yoxud akademiyasida ham tahsil olgan», deb aytib o'tganki, har ikki ma'lumot mazmuna bir-biriga yaqinligiga guvoh bo'lamiz. Bu yillar, darhaqiqat, Cho'lpon uchun tahsil yillari bo'ldi. Moskva adabiy-madaniy muhiti bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari teatr va teatrchilik sirlarini o'rgandi. 1926-yilda uchinchi she'riy to'plami «Tong sirlari» va «Yorqinoy» pyesasi chop etildi. Bu davrga kelib u zamonasining eng mashhur shoiri bo'lib tanildi.

Abdulhamid Cho'lpon adabiy merosining umumiy ko'lami haqida ma'lumotlar bo'lsa-da, ularning barchasi hali bir joyga to'planishi u yoqda tursin, ayrimlari aniqlanish bosqichida turibdi. Shunday bo'lsa-da, ijodkor asarlari uch tomligining nashr qilinishi va bulardan ikkitasining o'quvchilar qo'liga tekkanligi muhim hodisa bo'lib, muallif ijodi haqida fikr yuritishga bemalol imkoniyat beradi. Jumladan, 1-jildidan shoirning «O'zbek yosh shoirlari» (1922) to'plamiga kirgan 14 ta she'ri va «Uyg'onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) va turli davr matbuotida e'lon qilingan she'rlar, jami — 252 she'r o'rin olgan. Shunga qaramasdan, bu adib she'rlarining tugal nashri emas, albatta. Goh-goh matbuotda yangi topilgan she'rlari e'lon qilinib turibdi.

Cho'lponning adabiyotimiz tarixidagi yana bir katta xizmati an'anaviy mumtoz she'riyatimizni isloh qilganidir. Undagi sirlilik, qo'lyetmaslik, tantanavorlik, nuktapardozlik o'rniga samimiy, tabiiy, jonli ifoda usulini olib kirdi. Ma'shuqa tavsifi va hol sharhini yangi asoslarga ko'chirdi. Voqelik uning uchun ham asosiy tasvir obyekti, ham uni baholay digan mezon edi. She'riyat hech qachon kundalik xalq hayotiga bu qadar yaqin kirib bormagan edi. Xalq hayotida yuz bergan har bir hodisa unda o'sha zahotiyoq aks sado topdi. Har bir hodisa Vatan va Millatning manfaati nuqtayi nazaridan yoritildi. Zamon qorishiq edi. Bir tomondan, mustabid chor hukumati qulab, tarix mustamlaka zulmini tortib kelgan millatlarga o'z mustaqilliklarini o'rnatish uchun buyuk bir imkon berdi. Ayni paytda, sho'rolar ijtimoiy ozodlikni, yo'qsulparvarlikni bayroq qilib, mehnatkash Turkiston qalbini zabt etmoq uchun kurashni kuchaytirdilar. Va bunga erishdilar. Hokimiyat garchi bolsheviklarga 1917-yilning noyabrida o'tgan bo'lsa-da, uning o'rnatilishi, tabiiyki, uzoq va shiddatli qurashlar ostida kechdi. Sho'rolar bu sanani, ya'ni «sotsializm tomon buyuk burilish»ni 1929-yil deb belgilaydilar. Shungacha bo'lgan davr o'tish davridir. O'tish davrining o'z xususiyatlari bor, albatta. Masalan, o'zbek milliy she'riyati ifoda va timsollar tizimida oshkoralikdan pinhoniylikka, ohangda esa, keskinlikdan murosaga tomon borgani ko'riladi. Shunga ko'ra, she'riyatimizda 10-

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yillarda xitob va chaqiriqlar kuchli bo'lsa, 20-yillarda ramziy timsollar, imo-ishoralar ko'p degan xulosa chiqadi.

Ma'lumki Cho'lpon nosir sifatida ham adabiyotimiz tarixida alohida o'rin tutadi. Adibning uch jildlik to'plamining 2-jildiga uning mashhur «Kecha va kunduz» romani bilan birgalikda turli davrlarda yozilib chop etilgan 13 ta hikoyasi ham kiritilgan. Ular orasida 1914-yilda e'lon qilingan ilk hikoyalari «Qurboni jaholat» va «Do'xtur Muhammadyor» hikoyalaridan sovet davrida bosilgan «Kileo'patra» asarigacha bor.

Tadqiq etmoqchi bo'lganimiz, Cho'lpon nasriy asarlarining badiiyati, janr xususiyatlari haqida so'z borarkan, avvalo, bu boradagi adibning o'z fikrlariga to'xtalish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotshunosligimizda «Qurboni jaholat»ning janrini Cho'lponning o'zi «felyeton» deb belgilaganiligini ko'rishimiz mumkin. Bu haqida adabiyotshunos S.Mamajonov: «Garchand «Qurboni jaholat»ni yozuvchining o'zi felyeton desa-da, asl mohiyatiga ko'ra hikoyadir. Cho'lpon uning tanqidiy ruhidan kelib chiqib felyeton belgilagan bo 'lishi mumkin»2, - degan fikrlarni bildirgan. Bu fikrlarga qo'shilganimiz holda «felyeton» masalasiga aniqlik kiritib o'tsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Hikoya e'lon qilingan «Sadoi Turkiston» gazetasining 1914-yil 6-soniga nazar soladigan bo'lsak. katta harflar bilan «felyeton» deb yozilganligi va ikki tarafidan naqsh bilan bezatilganligi; ostida kichikroq harflar bilan hikoya nomi — «Qurboni jaholat» yozilganligiga guvoh bo'lamiz. Odatda janr belgilanganda sarlavha ostiga yozilar edi. Ehtimol, u paytlar bu narsa rasm bo'lib ulgurmagandir? Gazetalar taxlamini varaqlashda davom qilsak, 24-sonda yana yuqoridagicha tartibda yozilgan «felyeton» so'ziga duch kelamiz. Uning ostida hikoya nomi — «Do'xtur Muhammadiyor», sarlavha ostida esa yana ham kichikroq harflar bilan «xayoliy hikoya» deb yozilgan.3 Bu kuzatishlardan so'ng, tabiiy savol tug'iladi: agar Cho'lpon «Qurboni jaholat»ni tanqidiy ruhidan kelib chiqib «felyeton» desa, unda nega keyingi hikoyasining janrini ham shunday belgilaydi? Bundan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, «Do'xtur Muhammadiyor» sarlavhasi tepasidagi «felyeton» so'zi uning janriga ishora qilmaganidek, avvalgi hikoya e'lon qilingan sondagi «felyeton» so'zi ham Cho'lponga aloqador emas degan fikrga borish mumkin. Jumladan, «felyeton» so'zi o'zining dastlabki paydo bo'lgan vaqtdagi ma'nosidan hozirgi kundagi ma'nosi farqli ekanligida ko'rinadi. Fransuz matbuotda ilk bor 1800-yil 28-yanvarda paydo bo'lgan bu atama frantsuzcha «varaq» so'zidan kelib chiqqan edi. . O'shanda «Jurnal de deba» nomli Parij gazetasi birinchi marta gazetada qo'shimcha varaq ilova qildiki,

2 Мамажонов С. "Узбек тили ва адабиёти" журнали. // 1991. N 6.- Б.5

3 ^уронов Д. Чулпон насри поетикаси. - Т.: «Шарк», 2004. - Б. 40.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shundan so'ng, bu gazetaning «felyeton» nomli yangi rukniga asos solindi. Asos solinishi bilan Yevropa matbuotida tez ommalashib ketgan bu rukn ostida odatda, nosiyosiy, norasmiy materiallar: e'lonlar, moda yangiliklari, teatr taqrizlari, hikoya va hatto romanlar e 'lon qilina boshlandi. Atamaning hozirgi ma 'noda qo 'llanishi, pub lits istikaning ijtimoiy-siyosiy tanqid ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi esa XIX asr adog 'iga to 'g 'ri keladi.4

Dilmurod Quronovning «Cho'lpon nasri poetikasi» kitobidagi fikrlarga qo'shilgan holda, yuqorida tilga olingan har ikki hikoya e'lon qilinganida uchratganimiz «felyeton» so'zi Cho'lponga taalluqli bo'lmay, balki gazeta tahririyatiga tegishli degan xulosaga kelish mumkin. Tahmin qilish mumkinki, jadid namoyondalari o'z gazetalari orqali shu nom ostida rukn tashkil qilganlar-da, atamaning har ikki ma'nosini nazarda tutishgan.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa chiqadi, janrini bevosita Cho'lponning o'zi belgilagan ilk asar «qurboni jaholat» emas, balki «Doktor Muhammadiyor» bo'lib chiqadi. Yuqorida ta'kidlangandek Cho'lpon asar janrini «xayoliy hikoya» deb belgilaganida unda yaratilgan badiiy voqelik bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi.5 Shuni ta'kidlash kerakki, Cho'lpon adabiyot maydoniga madrasa tahsilini, rus-tuzem maktabi saboqlarini olib kirib kelgandi. Adibni yaqindan bilgan zamondoshlari uning yoshlik yillari o'z ustida qattiq ishlagani, juda ko'p mutolaa qilganini eslashadi. Fikrimizcha, Cho'lpon faqat ijtimoiy-siyosiy yoxud badiiy asarlar o'qish bilangina cheklanmasdan, adabiyotshunoslikka oid asarlar bilan ham tanishganini anglash qiyin emas. Bunday fikrga kelish uchun, adibning ayrim asarlari janrini belgilashdagi aniqlik asos bo'ladi. Bunga yana bir misol qilib, «Turkiston» gazetasining 1922-yil 23-sonida e'lon qilingan «Oktyabr qizi» nomli nasriy asari janrini Cho'lpon «doston» deb belgilaganini keltirishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Мамажонов С. "Узбек тили ва адабиёти" журнали. // 1991. N 6.

2. Крсимов Б ва б. Миллий уЙFOниш даври узбек адабиёти. - Т.: Маьнавият, 2004.

3. Куронов Д. Чулпон насри поетикаси. - Т.: «Шарк», 2004.

4. Umarov, D., & Tojimatova, Z. (2023). INTERPRETATION OF THE HERO OF A LITERARY WORK. Modern Science and Research, 2(6), 1104-1106.

4 Yuqoridagi manba. - B. 41-42

5 Yuqoridagi manba. - B. 42-43

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. Umarov, D. (2023). THE IMPORTANCE OF LITERARY CRITICISM ARTICLES IN LITERARY STUDIES. Modern Science and Research, 2(6), 848853.

6. Tojimatova, Z., & Umarov, D. (2023). THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF "WOMEN'S LITERATURE" IN LITERARY STUDIES. Modern Science and Research, 2(6), 1099-1103. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/21485.

7. Umarov, D. (2023). BRIGHT MANIFESTATIONS OF UZBEK PROSE OF THE SECOND HALF OF THE 20TH CENTURY. Modern Science and Research, 2(6), 842- 847. Retrieved from https://inlibrary.uz/index .php/science-research/article/view/21238

8. Umarov, D. (2023). THE FIRST STAGES OF UZBEK STORYTELLING. Modern Science and Research, 2(6), 854-859. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21240

9. Odiljon o'g'li, U. D. (2023). ADABIY ASAR QAHRAMONI TALQINIDAGI O 'ZIGA XOSLIKLAR. IQRO, 2(2), 777-785.

10. Baxtiyorjon o'g'li, S. J. (2023). SHARQ AGIOGRAFIYASI RIVOJIDA SIYRA JANRINING AHAMIYATI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(14), 38-41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.