Научная статья на тему 'TURKISTONDA MILLIY MATBUOTNING SHAKLLANISHI VA JADIDCHILIK'

TURKISTONDA MILLIY MATBUOTNING SHAKLLANISHI VA JADIDCHILIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
234
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidchilik / milliy matbuot / gazeta / jurnal / maqola / targ‘ibot maydoni. / struggle / national press / newspaper / magazine / article / propaganda field.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sharipov, Rustam

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarda Turkistonda faoliyat olib borgan jadidchilik harakatining yorqin namoyandalari tomonidan milliy matbuotni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, ularning publitsistik asarlari o‘z zamonasining siyosiy-ijtimoiy muammolari fonida atroflicha ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESTABLISHMENT AND DEVELOPMENT OF THE NATIONAL PRESS IN TURKESTAN

In this article, the efforts aimed at the formation of the national press by the bright representatives of the Jadidist movement, which operated in Turkestan in the late 19th early 20th centuries, and their journalistic works against the background of the political and social problems of their time have been thoroughly reviewed.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA MILLIY MATBUOTNING SHAKLLANISHI VA JADIDCHILIK»

о

TURKISTONDA MILLIY MATBUOTNING SHAKLLANISHI VA

JADIDCHILIK

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10366611

Filol.f.n. Rustam SHARIPOV,

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston.

Tel: +998 99 819 51 04; e-mail: rustamsh@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarda Turkistonda faoliyat olib borgan jadidchilik harakatining yorqin namoyandalari tomonidan milliy matbuotni shakllantirishga qaratilgan sa'y-harakatlari, ularning publitsistik asarlari o 'z zamonasining siyosiy-ijtimoiy muammolari fonida atroflicha ko'rib chiqilgan.

Tayanch so'zlar: jadidchilik, milliy matbuot, gazeta, jurnal, maqola, targ'ibot maydoni.

Аннотация. В данной статье рассматривается деятельность джадидов Туркестана в конце XIX - начале XX вв., направленная на формирование новой национальной прессы, а также исследуются их публицистические статьи на фоне социально-политических событий того времени.

Ключевые слова: джадидизм, национальная пресса, газета, журнал, статья, пропагандистское поле.

Abstract. In this article, the efforts aimed at the formation of the national press by the bright representatives of the Jadidist movement, which operated in Turkestan in the late 19th - early 20th centuries, and their journalistic works against the background of the political and social problems of their time have been thoroughly reviewed.

Key words: struggle, national press, newspaper, magazine, article, propaganda

field.

XX asrning boshlarida Turkiston jadidlari faqat badiiy ijod, ilmiy faoliyat, maktab va maorif islohoti masalalari bilangina emas, ayni paytda milliy matbuotni shakllantirish masalalari bilan ham shug'ullandilar. Bir tomondan, o'zbek jadidchilik harakatiga oziq bergan kuchlar millatning o'tmishida yashab o'tgan buyuk alloma va mutafakkirlar bo'lib, ularning ma'naviy-ilmiy merosini o'rganish orqali xalqimiz qanchalik yuksaklikka erishgan ekan, jadidlar ham o'tmish ma'naviyatini bilish va uning ayrim muammoli o'rinlarini isloh qilish yo'lidan borganlari ma'lum haqiqat. isloh qilish uchun esa har bir ma'naviy merosning o'z davri va shu kundagi ahamiyatini belgilash, uning kelajakka daxldorlik darajasini aniqlash hamda ularni xalqning milliy yuksalishi uchun o'ziga xos shakllarda yetkazib berish zarur edi. Bu

haqda taniqli fitratshunos olim H.Boltaboyev shunday yozadi: "Turkiston tarixiga olamshumul o'zgarishlarning muallifi sifatida kirgan jadidchilik nafaqat markaziy osiyoda, balki yevroosiyoda ham ahamiyatli iz qoldirgani uchun u jahon afkori ilmiyasi tomonidan e'tibor bilan o'rganilmoqda... jadidchilik o'z xalqini ozod va yurtini obod ko'rish shiorini o'rtaga qo'yish barobarida uning oliy pirovard niyati xalqning o'z shonli tarixi, madaniyati bilan jahon afkori umumiyasiga tanitishni istadi. Shuning uchun ham jahonni titratgan temur qilichining zarblari va jahon adabiyotida yangi sahifa yaratgan navoiy qalami jadidchilar uchun zamon timsoliga aylandi. o'tmishni ideallashtirish orqasida yangi va yuksak jamiyat yaratib bo'lmasligini yaxshi anglagan jadidchilar o'tmish merosini o'zlashtirish barobarida jahonning eng taraqqiy etgan millatlari sifatida o'zini ko'rishni istadi. Biroq bu ildizlardan yaralgan daraxt quyoshga bo'y cho'zib, iymon, milliy shuur va istiqlol kurtaklarini chiqargunga qadar mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi va ko'p qurbonlar berdi".1

Jadidchilik harakati Turkistonga Rusiya istilosi tufayli kirib kelgan temir yo'l, matbaa va matbuot imkoniyatlaridan ham foydalanishga harakat qildi. Garchi rus oxrankasi jiddiy qarshilik ko'rsatganiga qaramay, "Turkestanskie vedomosti"ning turkcha (N.Ostroumov ta'biricha, "sartcha") ilovasi bo'lgan "Turkiston viloyatining gazeti"da Furqat, Sattorxon kabi o'zbek shoir va ziyolilarining maqolalari ham e'lon qilinib turdi.

Sattorxonning bir qator asarlarida sud va davlat tuzilishi, poraxo'rlik, mahalliychilik, ichki nizolarni yo'qotish kabi xilma-xil masalalar yuzasidan bildirgan fikrlari hanuzga qadar o'z qimmatini yo'qotmagan. Sattorxon rus fani va madaniyatining dastlabki targ'ibotchilaridan biri sifatida maydonga chiqdi. U "Turkiston viloyatining gazeti"da e'lon qilgan maqolalarining birida (1890-yil 14 may sonida) bunday deb yozgan edi: "Biz rus xalqi yordamida Ovro'pa xalqlari bilan aloqa o'rnatishimiz mumkin, buning natijasida biz umumbashariy hayot va ilmiy taraqqiyotning ishtirokchilariga aylanamiz".

"Turkiston viloyatining gazeti"ga o'ttiz besh yil davomida muharrirlik qilgan N.Ostroumov o'z navbatida Rossiya va Yevropa madaniyati hamda hayot tarzini targ'ib qilishga katta e'tibor qaratdi. Uning gazetasida Rossiya va Yevropaga sayohat qilgan bir qator o'zbek tujjorlari va ziyolilarining sayohatnomalari muntazam ravishda e'lon qilindi. Masalan, 1887-yilda Xarkovda bo'lib o'tgan qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida ishtirok etgan samarqandlik savdogar Mirza Buxarinning Boku, Xarkov, Moskva va Peterburg taassurotlari (1888, 4-7-sonlar), toshkentlik savdogar Tojimuhammad Isamuhamedovning 1900 yilda Boku-Istanbul yo'li orqali Parijga qilgan sayohati (1900, 44-45 sonlar), gazeta muharrirlaridan Sattorxon

1 Болтабоев X,. Жадидчиликнинг маънавий илдизлари. / Узбекистоннинг янги тарихи: концептуал-методологик муаммолар. -Т.: Академия, 1998. -Б. 151-154.

Abdug'afforov (1893), shoir Zokirjon Furqat (1891, 22-28, 32-sonlar), Xudoyorxonning kichik o'g'li Ibn Yaminbek (1893, 20-son), toshkentlik savdogar Orifxo'janing (1894, 28-son) sayohatnoma va xotiralari gazeta sahifalarida e'lon qilindi. 2

1906-yil 27 iyunda Turkistonda birinchi jadid matbuotining qaldirg'ochi bo'lgan "Taraqqiy" (Ismoil Obidiy muharirligida) gazetasi, 6 sentabrdan esa Munavvar qori boshchiligidagi bir guruh jadidlar "Xurshid" gazetasini chiqara boshlaydilar. Gazetaning 10 soni dunyo yuzini ko'rganidan keyin u hukumat tarafidan yopildi. 1907 yildan Abdulla Avloniyning "Shuhrat" gazetasi chiqa boshladi. 1912-yildan Buxoroda "Buxoroi sharif' nashr qilina boshladi. Fors tilida chiqa boshlagan bu gazetaning Markaziy Osiyoning tubjoy aholisi bo'lgan turklar tilida emas, Navoiy sart tili deb atagan forsiyda chiqishi nafaqat turkistonliklarni, balki xorijdagi ayrim turkshunoslarni o'ylatib qo'ydi. "Turk yurdi" jaridasi bu holdan ajablanib maxsus maqola bag'ishlagani yapon olimi professor Xisao Ko'matsuning tadqiqotlaridan ma'lum.3 Ehtimol, ushbu tanqidlar sabab bo'lib gazetaga o'zbek tilida xaftalik "Turon" ilovasining nashr etilishi yo'lga qo'yildi.

1913-yilning aprel oyida chiqa boshlagan "Samarqand" gazetasiga mufti Mahmudxo'ja Behbudiy mas'ul muharrir etib tayinlanadi. O'zbek, fors va rus tillaridagi maqolalar e'lon qilingan bu gazeta sahifalarida Mirzohid Miroqilov, Akobir Mansur, Hoji Muin kabi jadid ziyolilarning asarlari ham o'rin egallagan edi. Olti yuzga yaqin nusxada tarqalgan bu gazetaning 45 soni chiqqanidan keyin mablag' tanqisligi sababli yopiladi. 1913-yil 20-avgustdan e'tiboran esa Behbudiy o'zining "Oyina" jurnalini chiqara boshlaydi. Uning sahifalarida Munavvar qori, Mahmud Sattor, Akobir Mansurlarning bir qator maqolalari o'rin egallagan bo'lib, jurnal "Millat, islomiyai saodat" shiorini ko'targan edi. Ammo "Oyina" jurnali ham 136 soni e'lon qilinganidan keyin 1915-yil 15- iyunda yopiladi.

1914-yildan nashr etila boshlagan "Sadoi Turkiston" jadidchilik tarixida chuqur iz qoldirgan nashrlardan biri edi. Uning bosh muharriri Ubaydullaxo'ja Asatillaxo'jaev bo'lib, gazeta ishlariga Munavvar qori va Abduraufzodalar yaqindan yordam berishgan. "Sadoi Turkiston" bilan deyarli ketma-ket nashrga chiqqan "Sadoi Farg'ona" gazetasining ishiga Obidjon Mahmudiy muharrirlik qilgan. Prof. B.Qosimov 1917-yil fevral voqealaridan so'ng nashrdan chiqqan gazetalar haqida fikr bildirib, chunonchi shunday yozadi: 1917-yilning fevralidan keyin "Najot" (Munavvar qori), "Sho'roi islom" (A.Battol), "Turon" (Avloniy), "Hurriyat" (Fitrat), "Kengash" (Zaki Validiy), "El bayrog'i" (B.Soliev, A.Zohiriy), "Ulug' Turkiston"

2 Dog'an Zeki Velidi. Bugunku Turkeli (Turkustan) ve yakin tarixi. 2-baski. - Istanbul, 1981. - S. 502.

3 Komatsu H. 20-Yuzyil Baslarinda Orta Asiyada Turkcilik ve Devrim Hereketleri. -Ankara: 1993. -S.53-55.

(K.Bakir) kabi ko'plab gazetalar chiqdi".4 Bular orasida Samarqandda nashr etilgan "Hurriyat" gazetasi sahifalarida yuzlab, minglab maqola va xabarlar, she'r va hikoyalar chop etildiki, bu hol jadid adabiyotining taraqqiyotiga xizmat qilgan asosiy omillardan biri jadid matbuoti degan da'voni tasdiqlaydi. Turkiston jadid matbuoti tarixi haqida ham maqola va tadqiqotlar paydo bo'ldi. Dastlab Cho'lpon "Turkistonda matbuot" maqolasi bilan chiqdi.5 So'ngra Abdulla Avloniy 1905-1917-yillarda chop qilingan nashrlarni umumlashtirib, "Burungi o'zbek vaqtli matbuotining tarixi" maqolasini yozdi6. Oradan o'n yil o'tgandan keyin Ziyo Saidning "O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927)" nomli mashhur kitobi nashrdan chiqdi7. Jadid matbuoti tarixiga nazar tashlaganda, shunga amin bo'lamizki, haqiqatan ham jadidchilar tomonidan amalga oshirilgan nashrlar millatning uyg'onishiga sabab bo'ldi, ikkinchidan, deyarli barcha jadidchilik harakatining rahbarlari matbuotchilik ishiga faol qatnashib, o'zlarining maqola va badiiy asarlarining ommaga yetib borishi uchun qulay bo'lgan usul va yo'l topdi.

1920-yilda Bokuda nashr etilgan "Fuqaro fuyuzato" jurnalida e'lon qilingan yuqorida tilga olingan "Turkistonda matbuot" nomli maqolasida Cho'lpon mahalliy matbuot faoliyati, uning xalq hayoti va siyosiy voqelikda tutgan o'rniga shunday baho bergan edi: "Eski vaqtlarda: "Matbuot yettinchi davlatdir", derlar edi. Bu so'z, bu da'vo endi-da ahamiyatini yitirmabdir. Bu kunda-da matbuotning ahamiyati buyukdir. Xususan, Sharq xalqi bu kun matbuotning ahamiyatini tushunmishdir. Buyuk inqilob olamining ketishidan bexabar yotgan sharqliklarni uyg'otmish, qonsiz tomirlariga qon, "yashamak uchun muboraza edajak" muqaddas qon savk etmishdir. Qamoqda matbuotni ajnabiylarga - xorijliklarga maxsus bir "shay" bilan sharqlilar bukun uni izlar, topar, uning ustida mulohaza yuritarlar. Olamning tugul, hatto shaharning hayotiga-da ko'zining ichi bilan boqqan ko'yli, kandli bu kun ko'yning tashqarisida, yiroqlarda tantanali, muborazali va o'ziga ham taalluqli bo'lgan hayotni bilmoq va o'rganmoq istab ta'qib etadilar". Cho'lponning mazkur maqolasi bilan bir qatorda "Sharq isyoni" she'rining ham Ozarbayjon matbuotida e'lon qilinishi 1920 yilning sentabr oyi boshlarida Bokuda bo'lib o'tgan Sharq xalqlarining tarixiy qurultoyi bilan bog'liqdir. Ma'lumki, Cho'lpon ham bu qurultoyda Turkistondan borgan bir guruh vakillar qatorida qatnashgan edi. Cho'lponning "Turkistonda matbuot" maqolasi esa, yozilish sanasiga ko'ra, bu mavzudagi dastlabki ish bo'lishi bilan birga, o'zbek vaqtli matbuoti tarixida nashr etilgan gazeta va jurnallarning o'z

4 KpcMMOB E. MM^MM ytffOHMw: wacopaT, Ma"bpM$aT, ^M^OMM^MK. -T.: MatHaBMAT, 2002. - E. 63.

5 Hy^noH. TypKMCTOHga MaTÔyoT (Hampra Tatfëp^oBHM T.ToFaeB). // WaMMflT Ba ôowrçapyB. -1998. -2-coH.

6 KOCMMOB E. MM^MM yMFOHMm: wacopaT, Matpw^aT, ^M^OMM^MK. -T.: MatHaBMAT, 2002. - E. 58.

7 Cawfl 3uë. TaH^aHraH acap^ap. -T., 1974. -E.13-116.

davrida millatimizga qay darajada xizmat qilganini sho'rolar hokimiyati sharoitida haqqoniy va xolisona baholagan ish sifatida ham qimmatlidir.

Toshkent va Buxoroda bu vaqtga kelib musulmon matbaa (bosmaxona)lari ham faoliyat ko'rsata boshlaydi. Toshkentlik boylardan Fulom Hasan Orifjonov matbaasida bir qator fors va o'zbek tillaridagi asarlar litografiya usulida chop etila boshlandi. Toshkentdagi Porsov va Buxorodagi Livnin matbaalari tarix va adabiyotga oid bir qator asarlarni, jumladan, Alisher Navoiyning "Xamsa" asarini, Ahmad Yassaviyning "Devon"ini, "Abo Muslim rivoyatlari", "Temurnoma", "Shohnoma" kabi asarlarni chop etdi. Toshkentda yangi asarlarni nashr etish maqsadida "Turkiston" nomli nashriyot shirkati ham tashkil etildi.

Xullas, XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jididchilik harakatining yorqin namoyandalari o'zlari uchun keng targ'ibot maydoniga aylangan milliy matbuotning shakllanishiga katta xissa qo'shdilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Boltaboev H. Jadidchilikning ma'naviy ildizlari / O'zbekistonning yangi tarixi: konseptual-metodologik muammolar. -T.: Akademiya, 1998.

2. Dog'an Zeki Velidi. Bugunku Turkeli (Turkustan) ve yakin tarixi. 2-baski. -Istanbul, 1981.

3. Komatsu H. 20-Yuzyil Baslarinda Orta Asiyada Turkcilik ve Devrim Hereketleri. -Ankara, 1993.

4. Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. -T.: Ma'naviyat, 2002.

5. Said Ziyo. Tanlangan asarlar. - T., 1974.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.