Научная статья на тему 'TURKISTONDA VAQTLI MATBUOT VA MATBAA ISHLARINI YUZAGA KELISHIDA TATAR MA’RIFATPARVARLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI'

TURKISTONDA VAQTLI MATBUOT VA MATBAA ISHLARINI YUZAGA KELISHIDA TATAR MA’RIFATPARVARLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

957
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rossiya imperiyasi / fon Kaufman / “Turkiston viloyatining gazeti” / Shohimardon Ibrohimov / “Sadoi Turkiston” / Husayn Makayev / “Mehnat bayrog‟i” / Russian Empire / von Kaufman / "Gazette of Turkestan Region" / Shohimardon Ibrohimov / "Sadoi Turkestan" / Husayn Makayev / "Labor Flag"

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akmaljon Abdurasulov

Ushbu maqolada Turkistonda vaqtli matbuot va matbaa ishlarining vujudga kelishi va rivojlanishida tatar ma‟rifatparvarlarining faoliyatini yoritishga harakat qilindi. Rossiya imperiyasi mustamlakachilarining matbuotni tashkil etishdan ko‟zlagan maqsadi, jadid ma‟rifatparvarlarining milliy matbuotga asos solish yo‟lida tatar taraqqiyparvarlari bilan hamkorlik aloqalari yoritildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, an attempt was made to shed light on the activities of the Tatar enlighteners in the development and development of the periodical press and printing works in Turkestan. The goal of the colonizers of the Russian Empire to establish the press, the cooperation of modern enlighteners with the Tatar progressives on the way to the foundation of the national press were highlighted.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA VAQTLI MATBUOT VA MATBAA ISHLARINI YUZAGA KELISHIDA TATAR MA’RIFATPARVARLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI»

TURKISTONDA VAQTLI MATBUOT VA MATBAA ISHLARINI YUZAGA KELISHIDA TATAR MA'RIFATPARVARLARI BILAN HAMKORLIK

ALOQALARI

Akmaljon Abdurasulov

Namangan davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Turkistonda vaqtli matbuot va matbaa ishlarining vujudga kelishi va rivojlanishida tatar ma'rifatparvarlarining faoliyatini yoritishga harakat qilindi. Rossiya imperiyasi mustamlakachilarining matbuotni tashkil etishdan ko'zlagan maqsadi, jadid ma'rifatparvarlarining milliy matbuotga asos solish yo'lida tatar taraqqiyparvarlari bilan hamkorlik aloqalari yoritildi

Kalit so'zlar: Rossiya imperiyasi, fon Kaufman, "Turkiston viloyatining gazeti", Shohimardon Ibrohimov, "Sadoi Turkiston", Husayn Makayev, "Mehnat bayrog'i"

ABSTRACT

In this article, an attempt was made to shed light on the activities of the Tatar enlighteners in the development and development of the periodical press and printing works in Turkestan. The goal of the colonizers of the Russian Empire to establish the press, the cooperation of modern enlighteners with the Tatar progressives on the way to the foundation of the national press were highlighted.

Keywords: Russian Empire, von Kaufman, "Gazette of Turkestan Region", Shohimardon Ibrohimov, "Sadoi Turkestan", Husayn Makayev, "Labor Flag"

KIRISH

Yurtimiz istiqlolga erishganidan so'ng tariximizni to'laqonli va xolis o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik. Ayniqsa milliy matbuotning shakllanishi va uning rivojlanishi mavzusida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va olib borilmoqdi.

Ma'lumki 1870-1917-yillar O'zbekiston tarixida Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri sifatida o'rin olgan. Ushbu davrda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy hayotida islohotchilik faoliyati keng ko'lamliligi bilan ajralib turadi. Bu islohotchilik harakati rivojlanish jarayonida vaqtli matbuot va matbaachilik salmoqli vazifani bajardi. Turkiston mintaqasida matbaachilik va vaqtli matbuot Rossiya imperiyasi istilosidan keyin boshlandi. Turkistonda birinchi bosmaxona 1868-yil Toshkentda harbiy

October, 2022

20

okrug shtabi huzurida tashkil qilindi. 1870-yil 28-aprelda dastlabki gazeta "Туркестанские ведомости" iyul oyidan esa uning o'zbek tilidagi ilovasi bo'lgan "Turkiston viloyatining gazeti" nashr qilina boshlandi1. Bu gazeta Rossiya mustamlakachilik siyosatining faol targ'ibotchisiga aylandi.

METODLAR VA O'RGANILGANLIK DARAJASI

XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati o'zining islohotchilik g'oyalarini tarqatishda matbuotga katta e'tibor qaratdi. Jadidlar Turkistonda gazetalar, jurnallar tashkil etishda, matbaa ishlarini yo'lga qo'yishda tatar, boshqird, ozarbayjon, qrim-tatar, rus va boshqa millat vakillari bilan hamkorlik qilishdi. Ushbu maqolada Turkistonda vaqtli matbuot va matbaa ishlarini vujudga kelishida tatar marifatparvarlarining faoliyati yoritiladi.

Turkistonda vaqtli matbuot va matbaa ishlarini vujudga kelishi va rivojlanishida tatar ma'rifatparvarlarining hissasi kattadir. 1870-yilda Turkiston general-gubernatori K.P. fon Kaufman buyrug'iga asosan «Туркестанские ведомости» gazetasiga ilova tariqasida "Turkiston viloyatining gazeti" nashr qilina boshlandi. K.P. fon Kaufman mazkur gazetani nashr qilish uchun Peterburgdan musulmon shriftlari keltirishni iltimos qildi.[1] Ushbu gazetaga dastlab tatar matbaachilari Shohimardon Ibrohimov va M. Chanishev muharrirlik qilishdi. Tatar harf teruvchilari Shahingirey Bekqulov, Abdulatif Yavushev, Ali Bektemirovlar mehnat qildilar. [2] Bu gazeta Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatini targ'ib qilgan bo'lsada, milliy matbuot va matbaachilikning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shdi.

TADQIQOT NATIJALARI

1906-yil iyun oyida birinchi o'zbek milliy gazetasi "Taraqqiy nashr qilina boshlandi. Bu gazetaga tatar millatiga mansub Ismoil Obidiy muharrirlik qilgan. Bu gazeta haqida Abdulhamid Cho'lpon Bokuda nashr qilingan "Turkistonda matbuot" nomli maqolasida shunday yozadi: "Taraqqiy" taraqqiyparvar bir gazeta bo'lib, muharriri ichki Rusiya totorlaridan Ismoil Obidiy yo'ldosh edi.[2] O'ktyabr inqilobindan so'ngra bu kishi so'l susiyolist revolyusioner firqasi vakili o'laroq doxiliya qo'misori mansabinda bulindi. Ikki oy davom etgandan so'ngra hukumat tarafindan bekitildi".[3] Bu gazetada mustamlakachilik va mutaassiblik qoralandi. Musulmonlarni uyg'onishga, millatni ilm olishga chorlovchi maqolalar e'lon qilindi. Hukumatga qarshi fikrlari sabab yopib qo'yildi.

1907-yilda Abdulla Avloniy tomonidan "Shuhrat", 1908-yilda Ahmadjon Bektemirov tomonidan "Osiyo" gazetasi nashr

October, 2022

21

qilina boshlandi. Bu gazetalarga 1906-yilda Qo'qonda tatar ma'rifatparvarlari tomonidan asos solingan "Yosh partiya" nomli jamiyat moliyaviy ko'mak berib turgan.[4] Ahmadjon Bektemirov tatar millatiga mansub bo'lib, o'z gazetasida turkchilik va islomchilik g'oyalarini targ'ib qildi. Shu sababli hukumat tomonidan faoliyatiga chek qo'yildi.

1914-yil aprelidan chiqa boshlagan "Sadoi Turkiston" gazetasining bosh muharriri Ubaydulla Asadullaxo'jayev bo'lsada, bosh maqolalarni tatar gazetachisi Abdurauf Muzaffarov yozib berar edi. Ushbu gazeta faoliyatida yana bir tatar ziyolisi No'shiravon Yavushev o'z maqolalari bilan qatnashib turdi.[5] Gazeta sahifalarida maktab va madrasalarni isloh qilishga, yangi usul maktablarini kengaytirishga, yoshlarni ilm olishga chorlovchi maqolalar e'lon qilingan. "Sadoi Farg'ona" gazetasida tatar tarjimoni Usmon Nuriy faoliyat olib bordi. [6]

1917-yil may oyida chiqa boshlagan "Sho'roi islom" gazetasiga tatar ziyolisi A.Battol muharrirlik qilgan bo'lsa, yana bir tatar ma'rifatparvari No'shiravon Yavushev muhbirlik qilgan . Gazeta o'z sahifalarida Turkistonliklarni Rossiyaning boshqa hududlarida yashagan turkiy halqlar bilan aloqalarini rivojlantirish, maktab va madrasalarni isloh qilish g'oyalarini ilgari surdi.

1917-yil 15-martdan tatar matbaachisi Husayn Makayev muharrirligida "Farg'ona sahifasi" gazetasi chiqa boshladi.[8] Husayn Makayevni Farg'onaga Is'hoqxon Ibrat taklif qilgan edi. Ushbu gazeta o'quvchilariga xabarlarni tez va aniq yetkazib berishi bilan ajralib turgan

1917-yil Toshkentda tatar burjuaziyasi tomonidan "Ulug' Turkiston" gazetasi nashr qilina boshlandi. Fevral inqilobidan so'ng tatar burjuaziyasi "Ittifoq" deb nomlangan jamiyat tuzadilar. Bu jamiyat o'z fikr va g'oyalarini yetkazish maqsadida gazeta nashr qilishga qaror qiladi. Muharrirlikka Tataristondan A. Battol chaqiriladi. Undan javob bo'lmaganidan so'ng tatar ziyolisi Kabir Bakir muharrir etib tayinlanadi. Toshkentdagi bir necha boy va ziyoli ishtirokida "Nashriyot" shirkati tuzilib, bir kishidan Nadejda (Umid) matbaasi sotib olinadi. "Ulug' Turkiston" gazetasi shu nashriyotda chop qilina boshlanadi.[9] Bu gazeta muhofazakor gazeta bo'lib, milliy qadriyatlarni rivojlantirish, muxtoriyatni qo'llab-quvvatlash, xususiy mulkni himoya qilish, Turkiston aholisini yagona maslak va fikr asosida birlashtirish g'oyalarini ilgari surdi.

1918-yil 31-mayda Toshkentda "Xalq dorilfununi" gazetasi chiqa boshladi. Muharriri tatar ma'rifatparvari Kabir Bakirning ukasi Muxtor Bakir edi. Bu gazetada tatar ziyolilari Abubakir Divayev va Fotih Bakirlar faol ishtirok etishdi10. Gazeta oktabr inqilobidan so'ng chiqa boshlaganligi uchun imkon qadar siyosatga aralashmaslikka intildi. Gazeta buni

October, 2022

22

o'z sahifalarida doim takrorlab turgan. "Xalq dorilfununi"ning maqsadi ta'limni rivojlantirish, maktab va madrasalarni isloh qilish, xalqni jaholatdan xalos qilish edi.

1917-yil oktabr to'ntarishidan so'ng Turkistonda hokimiyatni qo'lga olgan bolsheviklar o'zlarini sotsialistik g'oyalarini yoyish uchun turli matbuot nashrlarini tashkil eta boshlashdi. Bolsheviklar bu gazetalardan Turkistonda sinfiy kurashni avj oldirishda foydalandi. Shuningdek, muqaddas Islom dinini tanqid qiluvchi maqolalar e'lon qilindi. Jadidlarga qarshi kurash olib borildi. Yurt istiqloli uchun kurash olib borgan qo'rboshilarni obro'sizlantiruvchi maqolalar chop etildi.

1918-yil sentabrdan Namangan ishchi-dehqon va qizil askarlar vakillari sho'rosining rasmiy nashri sifatida tatar Tohir Fathullin muharrirligida "Ishchilar qalqoni" gazetasi chiqa boshladi11. Bu Namanganda eng ko'p yashagan gazeta bo'ldi. Gazeta haftada ikki marta nashr qilingan va 40-sonidan so'ng to'xtab qolgan.[10]

1918-yil 4-dekabrdan Qo'qonda "Xalq" gazetasi chiqa boshladi. Mas'ul muharrir tatar millatiga mansub Ahmad Devishev edi. Gazeta faoliyatida tatar va boshqird millatiga mansub matbuotchilar - Ismoil Berishev, G'ani Tinchurin, Abdulla

19

Aynullin va boshqalar bo'lgan . Gazetaning bosilgan nusxasi 1000-1500 orasida bo'lib, bir qismi pullik, bir qismi pulsiz tarqatilgan. Gazeta 39 son chiqib to'xtagan.

XULOSA

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki Turkistonda vaqtli matbuot va matbaa ishlarini vujudga kelishi va rivojlanishida tataг ma'гifatpaгvaгlaгining faoliyati deyarli tadqiq qilinmagan. Turkistonda tatar ziyolilari bilan hamkorlikda nashr qilingan gazetalarda mushtariylar jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishtirib borildi. Turkiston ahlini jaholatdan halos etish, maktab va madrasalarni isloh qilish, millatni ma'rifatli qilish g'oyalari ilgari suгildi. Xuгofotga va aqidaparastlikka qaгshi kurashildi. Ayniqsa mustamlakachilikni qoralovchi va Turkiston ozodligini yoqlovchi maqolalaг e'lon qilindi. Shu sababdan bu gazetalaming ko'pini umri qisqa bo'ldi.

REFERENCES

1. Ernazarov T. Turkistonda vaqtli matbuot (187G-1924-yillar). - Toshkent: O'zbekiston SSR davlat nashriyoti, 1959. - B. 7.

2. Isoqboyev A. A. Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tatar-boshqird ma'rifatparvarlarining faoliyati (XIX asr oxiгi-XX asr boshlari). Tarix fanlari nomzodi diss ... - Namangan: 2GG8. - B. 1G8.

3. Cho'lpon. Turkistonda matbuot. "Jamiyat va boshqaruv", 1998, №2, 40-44-betlar.

October, 2022

4. Isoqboyev A. A. Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tatar-boshqird ma'rifatparvarlarining faoliyati (XIX asr oxiri-XX asr boshlari). Tarix fanlari nomzodi diss ... - Namangan: 2008. - B. 97.

5. Ziyo Said. O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). - Toshkent-Samarqand: O'zbekiston davlat nashriyoti, 1927. - B. 43.

6. Isoqboyev A. A. Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tatar-boshqird ma'rifatparvarlarining faoliyati (XIX asr oxiri-XX asr boshlari). Tarix fanlari nomzodi diss ... - Namangan: 2008. - B. 112.

7. Ziyo Said. O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). - Toshkent-Samarqand: O'zbekiston davlat nashriyoti, 1927. - B. 50.

8. Qosimov B. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. - Toshkent: Manaviyat, 2004. - B. 111.

9. Ziyo Said. O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). - Toshkent-Samarqand: O'zbekiston davlat nashriyoti, 1927. - B. 54.

10. Abduazizova N. Turkiston matbuoti tarixi (1870-1914). - Toshkent: Akademiya, 2000. - B. 128.

11. Ziyo Said. O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). - Toshkent-Samarqand: O'zbekiston davlat nashriyoti, 1927. - B. 56-57

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.