Научная статья на тему 'O‘ZBEK JADID YETAKCHILARINING TIL VA YOZUV MASALALARIGA MUNOSABATI'

O‘ZBEK JADID YETAKCHILARINING TIL VA YOZUV MASALALARIGA MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
52
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidchilik / til / alif va imlo / islohot / “Chig‘atoy gurungi”. / Jadidism / language / alphabet and spelling / reform / “Chigatay Gurungi”.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tog‘ayev, To‘lqin Mamanazarovich

Ushbu maqolada o‘zbek jadidlari yetakchisi Munavvar qori va uning tarafdorlari hamda “Chig‘atoy gurungi” a’zolarining til, alifbo va imlo masalasiga yondashuvi yoritilgan. Ular o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar bu davrdagi konkret tarixiy sharoit, taraflarning Turkiston o‘lkasida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ne chog‘li ishtiroki, tutgan pozitsiyalaridan kelib chiqib talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ATTITUDE OF UZBEK JADID LEADERS TO ISSUES OF LANGUAGE AND WRITING

This artile examines thye approach of Munavvarkori, his supporters and members of thye Chigatoi Gurungi to thye issue of language, alphabet and orthography. Thye onflits that arose between thyem were interpreted based on thye speifi historial onditions of this period, thye ative partiipation of thye parties in thye soio-politial proesses taking plae in Turkestan, and thye positions thyey oupied.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK JADID YETAKCHILARINING TIL VA YOZUV MASALALARIGA MUNOSABATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEK JADID YETAKCHILARINING TIL VA YOZUV MASALALARIGA

MUNOSABATI

Tog'ayev To'lqin Mamanazarovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

togay-tm@mail .ru

Ushbu maqolada o 'zbek jadidlari yetakchisi Munavvar qori va uning tarafdorlari hamda "Chig'atoy gurungi " a 'zolarining til, alifbo va imlo masalasiga yondashuvi yoritilgan. Ular o 'rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar bu davrdagi konkret tarixiy sharoit, taraflarning Turkiston o 'lkasida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ne chog'li ishtiroki, tutgan pozitsiyalaridan kelib chiqib talqin qilingan.

Kalitso'zlar: jadidchilik, til, alif va imlo, islohot, "Chig'atoy gurungi".

ATTITUDE OF UZBEK JADID LEADERS TO ISSUES OF LANGUAGE AND

WRITING

ABSTRACT

This artile examines thye approach of Munavvarkori, his supporters and members of thye Chigatoi Gurungi to thye issue of language, alphabet and orthography. Thye onflits that arose between thyem were interpreted based on thye speif historial onditions of this period, thye ative partiipation of thye parties in thye soio-politial proesses taking plae in Turkestan, and thye positions thyey oupied.

Keywords: Jadidism, language, alphabet and spelling, reform, "Chigatay Gurungi ".

O'zbek jadidchiligi yetakchisi Munavvar qori Abdurashidxonov (1878-1931) millat va yurt istiqloli uchun kurashgan yirik va atoqli siymodir. U nafaqat Toshkent jadidlarining otasi, balki Behbudiydan keyin butun Turkiston jadidlarining yetakchisi edi. Chor mustamlakachiligi davrida zulmat va asoratga solingan, erki, huquqi va taraqqiyotdan bebahra tutilgan xalqini ma'rifat yo'li bilan tarbiyalashga bel bog'ladi. Jadid ziyolisi bo'lishdan tortib, safdoshlari, maslakdoshlarini siyosiy harakatlarga boshlagan yo'lboshchi o'laroq faoliyat ko'rsatdi. O'lkada sho'rolar hokimiyati o'rnatilgach, hali dolg'ali pallalarda qizg'in siyosiy kurashlar girdobida bo'ldi. Mustabid tuzum qudratga kelgach, imkoniyati bo'lgan barcha jabhalarda o'z yorug' g'oyalarini, niyatlarini amalga oshirishga intildi.

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Munavvarqori jadid yetakchisi, buyuk istiqlolchi, siyosiy arbob bo'lish qatorida o'lka madaniy hayotida kechgan til, alifbo-imlo masalalari bilan ham jiddiy shug'ullangan. Bunga doir o'tkazilgan anjuman va qurultoylarda faol ishtirok etgan. Matbuotda chiqishlar qilgan. Pedagog, tilshunos sifatida o'zi tashkil qilgan yangi usul maktablari uchun "Adibi avval", "Adibi soniy" (1907), Qayum Ramazon, Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda uch qismdan iborat «O'zbekcha til saboqlig'i» (1925) kitobini nashr etdi.

O'zbek jadidchilik harakatining yana bir yirik vakili Ashurali Zohiriy (18851937) sanaladi. Samarqandda Behbudiy, Toshkentda Munavvarqori jadid ijtimoiy harakatining boshida turgan bo'lsa, Ashurali Zohiriy Farg'ona vodiysi ma'rifatparvarlarining yetakchisi edi. U o'zbek ma'rifatparvarlarining ko'pchiligi singari milliy uyg'onish davri ijtimoiy-ma'naviy hayotining turli sohalarida faoliyat ko'rsatdi. Zohiriy mashhur pedagog, jur'atli jurnalist, yetuk tilshunos olim, adabiyotshunos, tarixchi va tarjimon sifatida faoliyat olib bordi. Yurt istiqloli uchun siyosiy maydonda qizg'in kurashgan qahramon bu yo'lda qurbon bo'lgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Keyingi yillarda chop etilgan o'zbek tilidagi ilmiy tadqiqotlarda XX asrning birinchi choragida Turkiston o'lkasida milliy ziyolilarning arab alifbosini isloh etish harakatlariga baho berilganda, ko'proq bir yoqlama yondashuv ko'zga tashlanadi. Turkiston ziyolilari o'rtasida shu tufayli yuzaga kelgan ziddiyatlarni baholashda hozirda turlicha qarashlar mavjud. Ko'p hollarda bu yuzadangina o'rganilib, eski imlochi va yangi imlochilar o'rtasidagi kurash, nari borsa, o'zbekparastlarning panislomist va panturkistlarga qarshi kurashi sifatida talqin qilinadi.

Sho'rolar davrida milliy burjuaziya ziyolilari, «to'dachilar» sifati bilan badnom qilib kelingan Munavvarqori, Ashurali Zohiriy va ularga hamfikr milliyatchilar bilan "Chig'atoy gurungi" a'zolari o'rtasida alifbo, imlo, adabiy til masalalarida kelib chiqqan ziddiyat, kurashlarni avvalo bu davrdagi konkret tarixiy sharoitdan, bu ikki guruhning Turkistonda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ne chog'li ishtiroki, voqelikka munosabatlari, tutgan pozitsiyalaridan kelib chiqib izohlash zarur.

Fitrat rahbarligida ish olib borgan "Chig'atoy gurungi" madaniy-ma'rifiy, adabiy-badiiy tashkilot sanalgan. 1919-yilning boshida Milliy ishlar komissarligi tomonidan rasman tasdiq qilingan. "Chig'atoy gurungi" madaniy merosimizni to'plash, o'rganish va ulardan xalqni bahramand etish, o'zbek adabiy tili, milliy yozuv va adabiyotimizni yaratish va yuksaltirish masalalari bilan shug'ullangan. Jamiyat a'zolaridan Qayum Ramazon, Elbek, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnun, Oltoy va Botu imlo masalalari bilan maxsus shug'ullanuvchi "Chig'atoy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

gurungi"ning "imlo to'dasi"da ish olib borganlar. Yangi imlochilar o'zlari isloh etgan imloni gazeta sahifalarida e'lon qilib, targ'ib qila boshladilar. Ikki oylik o'qituvchilar tayyorlash kurslari ochib, yangi imloni o'rgata boshladilar. "Chig'atoy gurungi" a'zolarining o'qituvchilar uchun imlo qo'llanmasi bo'lgan "Bitim yo'llari" nomli bitikchasi 1919-yilda Maorif komissarligi ruxsati bilan chop etildi. Ko'pchilik yosh ziyolilar, o'qituvchilar "Chig'atoy gurungi" imlosini yoqladilar va ularga ergashdilar.

Munavvar qori va Ashurali Zohiriy o'z tarafdorlari bilan yangi imloga qarshi bo'ldilar. Turkiy xalqlar uchun o'rta bir imlo, yagona yozuv fikrini yoqlagan bu zotlarning pozitsiyasi Turkistonda kechayotgan madaniy, siyosiy voqealar jarayoni bilan bog'liq edi. Ayni chog'da yangi imlochilar ilgari surgan alifbo-imlo tamoyillarida ayrim kamchiliklar mavjud ediki, buni vaqtida Ashurali Zohiriy, hatto bir muddat "Chig'atoy gurungi"ga a'zo bo'lgan Shorasul Zunnun matbuotda ko'rsatib o'tgandi [Ashurali Zohiriy, 1919; Elchi, 1920]. Maorif komissarligi qo'llagan "Chig'atoy gurungi" a'zolari tashabbusi bilan Toshkentda 1921-yilning boshida Til va imlo quriltoyi bo'ldi. Qurultoyda eski alifbo-imlo savod chiqarishga, maktab-maorif rivojiga, madaniy taraqqiyotga to'sqinlik qilayotgani sababli rasmiy isloh etilib, "Chig'atoy gurungi"ning imlo asoslari qabul qilindi. Ko'pchilik ziyolilar, o'qituvchilar yangi imloni yoqlab, buni qo'llab-quvvatladilar. Qurultoyda imlo masalasida ziyolilar o'rtasida fikriy ajralish bo'ldi. Bu borada ziddiyat yangi imlo masalasi o'rtaga chiqqan 1919-yildan paydo bo'lgan edi.

Gurungchilar adabiy til va yozuv masalasida asosan o'zbek millati manfaati nuqtayi nazaridan ish ko'rdilar. To'g'rirog'i, ular yangi o'zbek milliy adabiyoti va adabiy tili, ilm-madaniyatini yaratishni maqsad qildilar. Yangi adabiyot va adabiy tilni chig'atoy adabiyotining chin vorisi bilib, uni Navoiy davridagidek burungi mavqeyiga, shon-shavkatiga qaytishini, boshqa turkiy tillar uchun ham o'rnak adabiyot, namuna adabiy til holiga ko'tarishni istadilar. Faqat buni yangi tarixiy sharoitda, o'zbek millati nomi bilan bog'liq ravishda vujudga chiqarmoqchi bo'ldilar. "Chig'atoy gurungi"ning maqsadi Fitratning ushbu so'zlarida yanada yaqqol ko'rinadi: "Chig'atoy adabiyoti turli shevali turk adabiyoti orasida eng yuksak, eng muhim o'rinni tutg'ondur. Boshqa shevadagi turk adabiyoti bunga ushoqliqlari, buning shogirdliklari bilan maqtanib turalar. Chig'atoy adabiyoti turk adabiyoti orasida yuksak, yuqori, oliy bo'lg'onlig'in qabul etmak mutlaqo lozimdir... Adabiyotimizning turk adabiyotlari orasida eng yuqori o'rinda turg'onidan, tilimizningda turk tillari orasida yuqori mavqe tutg'onini chiqarg'on kabi bo'ldim" [Birinchi o'lka o'zbek til va imlo qurultoyi, 1921].

"Chig'atoy gurungi" azolari «butun turk urug'larining tili bir turli bo'lsin va yozishlari ham bir qoida ostida yozilsin" kabi masalalarni imkonsiz deb bilganidan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yolg'iz o'zbeklarning "o'ziga tegishli bo'lgan shevasida va o'ziga tegishli sanalgan imlosida o'qib, yozishlari hamda shul imlo va tilni yalpi shul xalqning o'ziga qabul etdirish" fikri bilan ish ko'rdilar. Gurung a'zolaridan Elbek bu haqda shunday yozadi: "1921-yilgi Til-imlo qurultoyiga "Turkistonda bo'lg'on turk urug'larining yolg'iz o'zbeklarnigina chaqirmoqchi bo'ldiq ham bu qurultoyni "O'zbek qurultoyi" deb atadik" [Elbek, 1920].

Munavvar qori, Musa Begiyev, Ashurali Zohiriy va ularga maslakdosh millatparvarlar Turkiston ozodligi uchun kurash ketayotgan bir sharoitda milliy-madaniy jabhada yolg'iz o'zbek millati nomi bilan yo'l tutilsa, kurashning dushman foydasiga hal bo'lishi mumkinligini ta'kidlar edilar. Shuning uchun ham ular O'rta Osiyodagi turkiy xalqlar uchun umumiy bir til, yagona yozuv va adabiyot yaratishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar [Мунаввар кори, 2001; 55].

Aslida bu g'oya Munavvar qori, Ashurali Zohiriy kabi millatparvarlarning maslakdoshi, Turkiston istiqlolchilik harakati rahbarlaridan biri yirik olim va siyosat arbobi Zaki Validiy tomonidan ilgari surilib, quvvatlanayotgan edi. Bu umumiy til asosida turkiy xalqlarning umum adabiyotini yaratish ko'zda tutilgan. Z.Validiyning fikricha, "milliy qiymatlar va dostonlar ham faqat qozoq va urug'li o'zbek, qirg'iz, qoraqalpoq guruhlari bo'yicha yaxshi muhofaza etilganligidan kelajakda milliy adabiyotning ham bu guruhlar atrofida vujudga kelajagi, kent turki, totor va boshqird qabilalarining ularga qo'shiluvlari o'z-o'zidan anglashiladi" [Zeki Velidi, 1929; 575].

Bu o'ziga xos panturkistik g'oya Turkiston hudididan chetga chiqmagan, uni butun turkiy dunyoga nisbatan amalga oshirish xomxayol ekanini bu fikr tarafdorlari yaxshi bilishgan. Shuning uchun ham O'rta Osiyo turkiy xalqlari (o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman, qoraqalpoq va boshqalar)ning umumiy til va yozuv birligi bu xalqlarning birdamligini mustahkamlaydi va bunday yagona harakat bilan Turkiston mustaqilligiga tezroq erishish mumkin, deb hisoblar edilar. Bu vaqtda Zaki Validiy, Munavvar qori, Ashurali Zohiriy singari g'oyaviy rahnamolar istiqlolchi kuchlar bilan Turkiston Milliy Birligi tuzib, milliy ozodlik kurashi olib borayotgan edilar [Узбекистоннинг янги тарихи, 2000; 305-312]. Til va yozuv masalasi bu davrda ijtimoiy-madaniy sohada muhim siyosiy ahamiyat kasb etayotgani sababli Munavar qori va uning tarafdorlari hamda "Chig'atoy gurungi" o'rtasida alifbo-imlo, adabiy til sohasida jiddiy kurash kechgan.

1922-yil fevral oyida Toshkentda chaqirilgan O'zbek madaniyati va xodimlarining o'lka qurultoyi ham til-imlo masalasi tufayli ikki taraf guruh o'rtasidagi bahs va janjallar bilan o'tdi. Milliy taraqqiyot omili bo'lgan maktab-maorif, matbuot-nashr ishlarida turlilik, parokandalik yuzaga keldi. Buning salbiy oqibatini anglagan ziyolilar o'rtadagi nizoga barham berishga va birlashishga qaror

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qildilar. Toshkentdagi o'zbek maorif va madaniyat xodimlari butun o'ikadagi maorifparvar kuchlarga qarata "Yerlik xalq maorifida muttahid furunt" shiori bilan chiqdilar. Bunda Munavvar qori, Mannon Ramz, Zahiriddin A'iam, Elbek, Shahid Ehson Ahmadiyev, Salimxon Tillaxonov, Cho'lpon, Xolmuhammad Oxundiy, Majid Qodir va boshqalar faol ishtirok etdilar. "Muttahid frunt"ning o'rtalikda qabul qilingan imlo asoslari matbuotda e'lon qilindi [Yerlik xalq.., 1923]. Ular o'zbek maorifini ko'tarish, ilmiy xizmatni yo'lga qo'yish, o'rtadagi fikr ayirmaligini yo'qotib, samimiyat barpo qilish uchun "Nashri maorif" jamiyatini tuzdilar. Biroq oradan ko'p o'tmay bu birlashuv barham topdi, ziyolilar o'rtasidagi yozuv masalasidagi kelishmovchilik davom etdi. 1923-yilning oktyabrida Buxoroda O'rta Osiyo o'zbeklarining Til va imlo o'lka anjumani chaqirildi. Unda yana alifboni isloh qilish, imlo asoslarini ishlab chiqish masalalari ko'rildi. Konferensiya qarori Turkiston Jumhuriyati Maorif komissarligining 1923-yil 18-oktyabrdagi 48-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan [O'ktam, 1923]. Ta'kidlash kerakki, bu yig'inda kelgusida alifboni lotinlashtirish fikri ma'qullandi. Bu ishning amaliy tomonlari muhokama qilindi. Turkiy dunyoda qo'zg'alayotgan lotinga o'tish harakati, shuningdek, ziyolilar o'rtasidagi noahillik sabab Buxoro anjumanidan so'ng ham yozuvda boshboshdoqlik davom etdi.

Keyinroq sho'rolar tuzumi mustahkam oyoqqa turib, o'zbek adabiyoti va adabiy tilini, milliy madaniyatini proletarlashtirish, sovetcha "baynalminallashtirish" jarayoni boshlangach, jadid ziyolilarining har ikki guruhiga "burjua millatchilari" tamg'asi bosildi. Hatto A.K.Borovkovdek yirik tilshunos olim ham hukumron mafkura nog'arasiga o'ynashga majbur bo'ldi. U keyinchalik shunday yozadi: "Umum turk" tili va "chig'atoy" tilini o'zbek xalqiga tiqishtirish Turkistonda milliy burjuaziyaning madaniy hukmronligini ta'minlash, burjua madaniyatini sotsialistik madaniyatga qarshi qo'yish uchun zarur edi" [Боровков, 1941]. Ayniqsa, katta avlod ziyolilarining sho'ro tuzumi, xalq uchun ziyonli ekanini fosh etishda Ziyo Said (Qosim Solihov)ning xizmatlari ajralib turadi. U Munavvar qori va uning tarafdorlarini ham, ular bilan alifbo-imlo masalasida tortishgan "Chig'atoy gurungi" a'zolarini ham xalq e'tibori uchun o'zaro kurashgan millatchilar, aksilinqilobchilar sifatida birday qoralaydi. Jadidlar keskin tanqid qilingan turkum maqolalari va matbuotga oid kitobini e'lon qiladi [Ziyo Said, 1974]. Keyinchalik o'zi ham ular kabi sho'rolar qatog'oni qurboni bo'ladi.

Arab alifbosi bu davrlarda bir necha bor isloh etilganiga qaramay, 1929-yilgacha, ya'ni o'zbek xalqi lotin alifbosiga o'tgunga qadar yozuv birligiga erishib

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

bo'lmadi. Bu alifbo 1921-yildan boshlab o'zbeklar orasida uch bor isloh qilingan bo'lsa-da, uni tuzatib, bu sohada yagona fikrga kelib bo'lmadi. Shu sababli, turkiy xalqlar, jumladan, o'zbeklar ham o'z tillari uchun ancha sodda va ancha qulay bo'lgan lotin alifbosini qabul qildilar. Fitrat, Ashurali Zohiriy, Cho'lpon, G'ozi Olim, Qayum Ramazon, Elbek, Abdulla Alaviy, Shokirjon Rahimiy, Rahim In'omov singari mashhur olim va yozuvchilar, ko'zga ko'ringan madaniyat xodimlari, milliy ziyolilar lotin yozuvi asosidagi yangi o'zbek alifbosi va imlosini ishlab chiqish, uni hayotga joriy etish ishiga katta hissa qo'shdilar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ashurali Zohiriy. Imlo masalasi haqida ikkinchi turli mulohaza // Ishtirokiyun, 1919, 19-iyun; Elchi (Sh.Zunnun) // Ishtirokiyun, 1920, 26-sentyabr.

2. 1921-yil yanvarda bo'lg'on Birinchi o'lka o'zbek til va imlo qurultoyining chiqarg'on qarorlari. Toshkent: Turkiston jumhuriyatining davlat nashriyoti, 1922.

3. Elbek. Imlo va til qurultoyining chaqirilishi oldidan // Ishtirokiyun. 1920, 27 noyabr.

4. Мунаввар кори. Хотираларим /Нашрга тайёрловчи С.Холбоев. Toshkent: Шарк, 2001.

5. Zeki Velidi Togan. Bugünkü Türkili (Türkistan ve yakin tarihi). Istanbul: Enderun kitabevi, 1929. -575 b.

6. Узбекистоннинг янги тарихи, Тошкент: Шарк, 2000.

7. Yerlik xalq maorifida muttahid frunt //Turkiston, 1923, 1-yanvar.

8. O'ktam (Qayum Ramazon). O'rta Osiyo o'zbeklarining til va imlo konferensiyasi //Turkiston, 1923, 31-oktyabr.

9. Боровков А.К. Узбекский литературный язык в переод 1905-1917. Toshkent: 1941.

10. Ziyo Said. Ziyolilar masalasi ustida // Qizil O'zbekiston. 1926, 88-son; 100-son. Shu muallif. Tanlangan asarlar. Toshkent: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1974.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.