Научная статья на тему '8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI HUDUDIY TASHKIL ETISH MAVZUSIDA INTERFAOL O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH'

8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI HUDUDIY TASHKIL ETISH MAVZUSIDA INTERFAOL O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
71
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
METOD / BKM / NOAN’ANAVIY YONDASHUV / DIDAKTIKA / SWOT - “UNIVERSAL TAHLIL QILISH” / ” TEGISHLI RAQAMGA MOSLANG”

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Arabboyev A.R., Foziljonov Z.A.

O’qitish jarayoni - o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning - ularda aqliy qobiliyatlarni o’stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida BKM tizimini ongli hamda puxta o’zlashtirishga asoslangan ilmiy asosdagi ishlarning majmuyidir. Ushbu maqolamizda O’zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish mavzusida interfaol metodlardan foydalanib, o’quv jarayonini tashkil etish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING AN INTERACTIVE EDUCATIONAL PROCESS ON THE SUBJECT OF REGIONAL ORGANIZATION OF THE UZBEKISTAN ECONOMY IN 8TH CLASS GEOGRAPHY

The learning process is a set of scientifically based work of the teacher and the students guided by him, based on the conscious and thorough development of the BCM system in order to develop their mental abilities, comprehend the basics of the dialectical worldview and prepare for life. This article will focus on the organization of the educational process using interactive methods on the topic of the territorial organization of the economy of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI HUDUDIY TASHKIL ETISH MAVZUSIDA INTERFAOL O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH»

Arabboyev A.R.

Foziljonov Z.A.

Tabiiy fanlar fakulteti Andijon davlat universiteti

8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI

HUDUDIY TASHKIL ETISH MAVZUSIDA INTERFAOL O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH

Annotatsiya. O'qitish jarayoni - o'qituvchining va u rahbarlik qiladigan o'quvchilarning - ularda aqliy qobiliyatlarni o'stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida BKM tizimini ongli hamda puxta o'zlashtirishga asoslangan ilmiy asosdagi ishlarning majmuyidir. Ushbu maqolamizda O'zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish mavzusida interfaol metodlardan foydalanib, o'quv jarayonini tashkil etish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Metod, BKM, noan 'anaviy yondashuv, Didaktika, SWOT -"universal tahlil qilish ", Domino, " Tegishli raqamga moslang".

Arabboyev A.R.

Foziljanov Z.A.

Faculty of Natural Sciences Andijan State University

ORGANIZING AN INTERACTIVE EDUCATIONAL PROCESS ON THE SUBJECT OF REGIONAL ORGANIZATION OF THE UZBEKISTAN ECONOMY IN 8TH CLASS GEOGRAPHY

Annotation.The learning process is a set of scientifically based work of the teacher and the students guided by him, based on the conscious and thorough development of the BCM system in order to develop their mental abilities, comprehend the basics of the dialectical worldview and prepare for life. This article will focus on the organization of the educational process using interactive methods on the topic of the territorial organization of the economy of Uzbekistan.

Keywords: method, BCM, unconventional approach, didactics, SWOT -"universal analysis ", Domino, " pick a suitable figure ".

KIRISH

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son qonunining 1-bob 3-moddasida quyidagi atamalarga izoh berib o'tilgan.

Davlat ta'lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo'lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta'lim standartlariga va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim beradigan muassasa;

Davlat ta'lim standartlari — davlat tomonidan ta'limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;

Davlat ta'lim talablari — ta'limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo'yiladigan majburiy talablar;

Malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko'nikmalar darajasi;

Ta'lim — ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.

Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqqan holda quyidagi fikrga kelishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

1997-yil 29-avgustdagi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 5 bo'lim va 34 moddadan iborat. Qonunning 5-moddasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi aniq ifodalangan. Ya'ni "Tegishli kasb malakasiga ega bo'lgan, o'zida yuksak axloqiy sifatlarni mujassamlashtirgan kishilar pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga egadirlar."

Didaktikaning predmeti ta'lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o'quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta'lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta'lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o'qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo'llari hamda ta'limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.

Didaktika yunoncha "didaktos" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'qitish, o'rganish ma'nosini bildiradi. Yaqin va O'rta sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn sino, Umar Xayyom kabi mutaffakirlar ilmiy didaktikaga asos slogan bo'lsalar, Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog I.G. Pestalossi, nemis pedagogi A.Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.

Forobiy o'qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliy yo'nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog'liqligi g'oyalarini olg'a surgan. Olim o'qitishning tajriba ko'rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e'tibor bergan.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

8-sinf O'zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish mavzusida quyidagi interfaol metodlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi.

1.SWOT - "universal tahlil qilish" usuli.

Uning nomi inglizcha so'zlarning birinchi harfidan olingan bo'lib ma'nosi quyidagicha:

-strengths - kuchli tomonlar

-Wearnesses - kuchsiz tomon, ojizlik yoki muammolar

-Opportunetiss - ichki imkoniyatlar

-Threats - tashqi xavf-xatar, tahdidlar

Mazkur usul yordamida O'zbekistonning iqtisodiy rayonlarining tabiiy geografik ma'lumotlarini ma'lumotlarini o'rganib, bu hududning kuchli, kuchsiz tomonlari hamda ichki imkoniyatlari va tashqi xavf-xatar singari ma'lumotlari joylashtiriladi. Masalan, Toshkent iqtisodiy rayonining geografik o'rnini ko'rib chiqamiz._

S Mamlakatimiz poytaxtining shu rayondaligi

W Suv resurslari bir xil taqsimlanmaganligi

O Sug'orish tiziming yaxshi rivojlanganligi

T Qo'qon shamolining esishi

2.Domino usuli. Mazkur usulda mavzuyimizga oid biror yod olish qiyin bo'lgan ma'lumotni o'rganishda qulay hisoblanadi. Metodning maqsadi bir qator tartib bilan yozilgan axborotlarni o'zaro farqlab yod olish hisoblanadi.

X Iqtisodiy rayonlar qanday vujudga keladi?

Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o'z ixtisoslashuviga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi hududlar yuzaga keladi. HICHM bu nima?

Ishlab chiqarish sohasidagi barcha tarmoqlarga qarashli har xil korxonalarning bir umumiy hududdagi o'zaro bog'langan uyg'unligidir. Hududiy mehnat taqsimoti nima?

Mamlakatning ayrim qismlari o'rtasida mehnatning taqsimlanishiga aytiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz hududini shartli ravishda nechta iqtisodiy rayonga bo'lish mumkin?

Oltita iqtisodiy rayonga bo'lish mumkin. X

3."Tegishli raqamga moslang" usuli.

Ushbu metod o'quvchilarni fan bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Mazkur metodni mavzuyimizga qo'llash ijobiy natijalar beradi. O'quvchilarda yodda

saqlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

_"YAIMni shakllantirishda hududlarning ishtiroki (2017-y)

Ma'muriy birliklar % hisobida

Toshkent 2.0

Sirdaryo 2.3

Jizzax 3.2

Xorazm 3.2

Qoraqalpog'iston Respublikasi 4.2

Namangan 4.2

Surxondaryo 4.8

Buxoro 4.9

Navoiy 5.7

Andijon 6.6

Farg'ona 6.8

Qashqadaryo 7.1

Samarqand 9.1

Toshkent vil 15.5

XULOSA.

8-sinf geografiyasidagi O'zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish mavzusida interfaol o'quv jarayonini tashkil etish ta'limda ijobiy samaradorlikka olib keladi. O'quvchilarni nafaqat bilimga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash, balki, ularda Vatanparvarlik, atrofida bo'layotgan voqea-xodisalarga nisbatan o'z pozitsiyasini egallashida, yodda saqlash va mulohaza qilish kabi ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ro'l o'ynaydi. Bu esa albatta ijobiy natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

l.O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni https://lex.uz/docs/-5013007 - internet sayti.

2.R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova - Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent-2010 y.464 b

3.Payoz Musayev, Jahongir Musayev - 8-sinf O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darslik. Toshkent-2019. 176 b.

4.Mamadaliyev Javlonbek "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi uchun mavzulashtirilgan metodlar jamlanmasi". Andijon-2019.

5.X.B.Nikadambayeva, D.I.Ro'ziyeva, Z.A.Karabazov "O'rta Osiyo tabiiy geografiyasini interfaol metodlardan foydalanib o'qitish imkoniyatlari". Toshkent-2017.224 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.