Научная статья на тему '8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI DEHQONCHILIK MAVZUSIDA INTERFAOL O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH'

8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI DEHQONCHILIK MAVZUSIDA INTERFAOL O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
45
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
METOD / BKM / NOAN’ANAVIY YONDASHUV / DIDAKTIKA / SWOT - “UNIVERSAL TAHLIL QILISH” / KLASTER / VENN DIAGRAMMASI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Arabboyev A.R.

Ma’lumki, “Innovatsiya” so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, innovations - kiritilgan yangilik, ixtiro degan ma’nolarni bildiradi. Ta’lim tizimiga ham o’quv jarayoniga ham interfaol metodlardan foydalanib o’quv jarayonini tashkil etish bugungi kunimizning asosiy va muhim masalalaridan biridir. Mazkur maqolada 8-sinf geografiyasidagi dehqonchilik mavzusida interfaol o’quv jarayonini tashkil etish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING AN INTERACTIVE EDUCATIONAL PROCESS ON THE SUBJECT OF AGRICULTURE IN 8TH CLASS GEOGRAPHY

As you know, the word "innovation" comes from the English language and means innovation - implemented innovations, inventions. The organization of the educational process with the application of interactive methods to both the education system and the educational process is one of the main and important tasks of our time. This article will focus on the organization of an interactive educational process on the topic of agriculture in the 8th grade in geography.

Текст научной работы на тему «8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI DEHQONCHILIK MAVZUSIDA INTERFAOL O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH»

Arabboyev A.R.

Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti

8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI DEHQONCHILIK MAVZUSIDA INTERFAOL O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH

Annotatsiya. Ma'lumki, "Innovatsiya" so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, innovations - kiritilgan yangilik, ixtiro degan ma'nolarni bildiradi. Ta'lim tizimiga ham o 'quv jarayoniga ham interfaol metodlardan foydalanib o'quv jarayonini tashkil etish bugungi kunimizning asosiy va muhim masalalaridan biridir. Mazkur maqolada 8-sinf geografiyasidagi dehqonchilik mavzusida interfaol o'quv jarayonini tashkil etish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Metod, BKM, noan 'anaviy yondashuv, Didaktika, SWOT -"universal tahlil qilish ", Klaster, Venn diagrammasi.

Arabboyev A.R.

Faculty of Natural Sciences Andijan State University

ORGANIZING AN INTERACTIVE EDUCATIONAL PROCESS ON THE SUBJECT OF AGRICULTURE IN 8TH CLASS GEOGRAPHY

Annotation. As you know, the word "innovation" comes from the English language and means innovation - implemented innovations, inventions. The organization of the educational process with the application of interactive methods to both the education system and the educational process is one of the main and important tasks of our time. This article will focus on the organization of an interactive educational process on the topic of agriculture in the 8th grade in geography.

Keywords: method, BCM, unconventional approach, didactics, SWOT -"universal analysis ", cluster, Venn diagram.

KIRISH

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son qonunining 1-bob 3-moddasida quyidagi atamalarga izoh berib o'tilgan.

Davlat ta'lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo'lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta'lim standartlariga va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim beradigan muassasa;

Davlat ta'lim standartlari — davlat tomonidan ta'limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;

Davlat ta'lim talablari — ta'limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo'yiladigan majburiy talablar;

Malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko'nikmalar darajasi;

Ta'lim — ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.

Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqqan holda quyidagi fikrga kelishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

1997-yil 29-avgustdagi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 5 bo'lim va 34 moddadan iborat. Qonunning 5-moddasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi aniq ifodalangan. Ya'ni "Tegishli kasb malakasiga ega bo'lgan, o'zida yuksak axloqiy sifatlarni mujassamlashtirgan kishilar pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga egadirlar."

Didaktikaning predmeti ta'lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o'quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta'lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta'lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o'qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo'llari hamda ta'limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.

Didaktika yunoncha "didaktos" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'qitish, o'rganish ma'nosini bildiradi. Yaqin va O'rta sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn sino, Umar Xayyom kabi mutaffakirlar ilmiy didaktikaga asos slogan bo'lsalar, Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog I.G.Pestalossi, nemis pedagogi A.Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.

Forobiy o'qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliy yo'nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog'liqligi g'oyalarini olg'a surgan. Olim o'qitishning tajriba ko'rsatmali, induktiv va deduktiv, amaliy metodlariga alohida e'tibor bergan.

Rivojlantirish usulining mohiyati bolaning o'z xulq-atvoriga nisbatan uning fikr-maqsadi ijobiy rivojini ta'minlashdan iboratdir.

Birinchi bosqich - fikr-maqsadning dastlabki, birlamchi shakllanishidir. U uchta palladan iborat bo'ladi:

l.O'qituvchining nutqi ta'siri ostida o'quvchi his -hayajonlarining paydo bo'lishi.

2.His-hayajonlar ichki nutqning noaniq mazmunga ega bo'lgan birlamchi fikrlar: bilish yoki xulq-atvor predmeti to'g'risida umumiy tasavvurlargina paydo bo'lishiga yordam beradi.

3.Tashqi muhitda, ya'ni boshqalar uchun bo'lgan nutqda so'zlar yordamida yoki biron biron-bir belgi sistemasi: mimika, qo'l harakati, musiqa, raqs yordamida birlamchi nutq mustahkamlanadi. Dars uchun bu o'quvchining tashqi nutqidir.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

8-sinf geografiyasidagi dehqonchilik mavzusida quyidagi metodikalardan foydalanish o'quvchilarni bilim olishida foydali bo'ladi.

1."Swot - universal tahlil qilish" usuli. Uning nomi inglizcha so'zlarning birinchi harfidan olingan bo'lib ma'nosi quyidagicha:

-strengths - kuchli tomonlar

-Wearnesses - kuchsiz tomon, ojizlik yoki muammolar

-Opportunetiss - ichki imkoniyatlar

-Threats - tashqi xavf-xatar, tahdidlar

Mazkur usul yordamida dehqonchilik mavzusida respublikamiz hududning kuchli, kuchsiz tomonlari hamda ichki imkoniyatlari va tashqi xavf-xatar singari ma'lumotlari joylashtiriladi. Masalan, paxta hosilini yetishtirish

S Respublikamiz quyoshdan ko'p yorug'lik va energiya olgani uchun bu sohani rivojlangan

W Ayrim yillari ob-havoning salqin kelishi oqibatida paxta hosili biroz kamayadi.

O Paxtadan juda ko'p sanoat tarmoqlari foydalanadi. Masalan, paxta tozalash sanoati, yog'-moy ishlab chiqarish, gidroliz sanoati, Don xo'jaligi, kimyo, energetika, mashinasozlik va boshq

T G'oza gommozining tushishi

2.Klaster usuli. Ushbu usul muammoning yechimini toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, dehqonchilik ekin turlari bo'yicha qanday turlarga bo'li

3.Venn diagrammasi metodi. Respublikamizning qaysi viloyatlarida dehqonchilik tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

ш H

Quva va Farg'ona

Dashnobod viloyati

anorlari adirlarida o'rik,

shaftoli yetis

Oltiariq

uzumchilik va

bodring Andijon uzumi

yetishtirish

Hi л

XULOSA.

8-sinf geografiyasidagi dehqonchilik mavzusida interfaol o'quv jarayonini tashkil etish ta'limda ijobiy samaradorlikka olib keladi. O'quvchilarni nafaqat bilimga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash, balki, ularda Vatanparvarlik, atrofida bo'layotgan voqea-xodisalarga nisbatan o'z pozitsiyasini egallashida, yodda saqlash va mulohaza qilish kabi ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ro'l o'ynaydi. Bu esa albatta ijobiy natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni https://lex.uz/docs/-5013007 - internet sayti.

2.R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova - Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent-2010 y.464 b

3.Payoz Musayev, Jahongir Musayev - 8-sinf O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darslik. Toshkent-2019. 176 b.

4.Mamadaliyev Javlonbek "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi uchun mavzulashtirilgan metodlar jamlanmasi". Andijon-2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.