Isayev A.A.
Arabboyev A.R.
Tabiiy fanlar fakulteti Andijon davlat universiteti
8-SINF GEOGRAFIYASIDAGI RANGLI METALLURGIYA MAVZUSIDA INTERAKTIV TA'LIM BERISH USULLARI
Annotatsiya. Ushbu maqola 8-sinf geografiyasidagi Rangli metallurgiya mavzusida interaktiv ta'lim berish usullari haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: DTS, malaka, ta'lim, chizig'iga moslang, FSMU, Sokin test
usuli.
Isayev A.A.
Arabboyev A.R.
Faculty of Natural Sciences Andijan State University
INTERACTIVE TEACHING METHODS ON THE SUBJECT OF
COLORFUL METALLURGY IN 8TH CLASS GEOGRAPHY
Annotation. This article is written about the methods of interactive teaching on the topic of non-ferrous metallurgy in the 8th grade geography.
Keywords: DTS, qualification, education, line compliance, FSMO, Silent testing method.
KIRISH
Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son qonunining 1-bob 3-moddasida quyidagi atamalarga izoh berib o'tilgan.
Davlat ta'lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo'lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta'lim standartlariga va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim beradigan muassasa;
Davlat ta'lim standartlari — davlat tomonidan ta'limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
Davlat ta'lim talablari — ta'limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo'yiladigan majburiy talablar;
Malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko'nikmalar darajasi;
Ta'lim — ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqqan holda quyidagi fikrga kelishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
1997-yil 29-avgustdagi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 5 bo'lim va 34 moddadan iborat. Qonunning 5-moddasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi aniq ifodalangan. Ya'ni "Tegishli kasb malakasiga ega bo'lgan, o'zida yuksak axloqiy sifatlarni mujassamlashtirgan kishilar pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga egadirlar."
Pedagogikada o'qitish metodlarini tasniflashga yagona yondashuv mavjud emas. Hozirgi didaktikada o'qitish metodlarini bilimlar manbayi bo'yicha (S.O. Lordkipanidze, Y.Y.Golant), didaktik maqsadlar bo'yicha (B.P.Yesip), bilish faoliyatining saviyasi bo'yicha (I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, M.I.Maxmutov) farqlash eng ko'p tarqalgan.
M.A. Danilov, va B.P.Yesipning tasnifi ma'lum turdagi darslarda qo'yiladigan vazifalarga bog'liqdir.
1.Bilimlarni bayon qilishda: hikoya-tushuntirish, ma'ruza suhbatlar, ko'rsatmali qo'llanmalarni namoyish etish.
2.O'quvchilarda ko'nikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shakllantirish va amaliy ishlar.
3.Bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirish - joriy kuzatishlar og'zaki so'rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR
8-sinf geografiyasidagi rangli metallurgiya mavzusida quyidagi metodikalardan foydalanish o'quvchilarni bilim olishida foydali bo'ladi.
1.Chizig'iga moslang usuli. Ushbu usul o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqishi va intilishini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
l.Og'ir metallarAlyuminiy, magniy, titan
2.Yengil metallarMis, qalayi, qo'rg'oshin, nikel, rux
3.Qimmatbaho metallar Volfram, molibden
4.Qiyin eruvchi metallar Oltin, kumush, platina
5.Nodir metallar Uran, germaniy
2.FSMU usuli. Ushbu usul to'rt bosqichli yozilgan varoqlarni tarqatadi. O'quvchilar yakka tartibda ularni to'ldirishadi. F - fikringizni bayon eting; S -fikringiz bayoniga sabab ko'rsating. M - ko'rsatgan sababingizni aniqlovchi misol keltiring; U - fikringizni umumlashtiring.
F - "Oltin - noyob metall. U yer ostida ham, namlikda ham o'z xususiyatini yo'qotmaydi. Ammo uni izlab topish va tog' jinslaridan ajratib olish juda ko'p mehnat, mablag' talab etadi."
S - Samarqand bilan Buxoro oralig'idagi tog'lardan ikki ming yil burun ham oltin qazib olingan.
M - XX asr o'rtalaridan o'zbek olimlarining izlanishlari asosida Muruntov, chodak, Zarmitan, Qo'shbuloq, Qizilolma, Marjonbuloq, oltin konlari aniqlandi.
U - "Oltin - noyob metall. U yer ostida ham, namlikda ham o'z xususiyatini yo'qotmaydi. Ammo uni izlab topish va tog' jinslaridan ajratib olish juda ko'p mehnat, mablag' talab etadi. Samarqand bilan Buxoro oralig'idagi tog'lardan ikki ming yil burun ham oltin qazib olingan. XX asr o'rtalaridan o'zbek olimlarining izlanishlari asosida Muruntov, chodak, Zarmitan, Qo'shbuloq, Qizilolma, Marjonbuloq, oltin konlari aniqlandi."
3."Sokin test" metodi. Ushbu usul o'quvchilarni qisqa vaqtda sinashda, harakatlarni ketma-ketligini to'g'ri va aniq tashkil etishg, mantiqiy fikrlashga xizmat qiladi. Bugungi mavzuyimizga quyidagicha foydalaniladi.
l.Og'ir metallar A) Alyuminiy, magniy, titan
2.Yengil metallarB) Mis, qalayi, qo'rg'oshin, nikel, rux
3.Qimmatbaho metallar C) Volfram, molibden
4.Qiyin eruvchi metallar D) Oltin, kumush, platina
5.Nodir metallarE
Uran, germaniy.
S/J 1 2 3 4 5
1
2
3
4
5
XULOSA.
8-sinf geografiyasidagi rangli metallurgiya mavzusida interfaol o'quv jarayonini tashkil etish ta'limda ijobiy samaradorlikka olib keladi. O'quvchilarni nafaqat bilimga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash, balki, ularda Vatanparvarlik, atrofida bo'layotgan voqea-xodisalarga nisbatan o'z pozitsiyasini egallashida, yodda saqlash va mulohaza qilish kabi ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ro'l o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni https://lex.uz/docs/-5013007 - internet sayti.
2.R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova - Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent-2010 y.464 b
3.Payoz Musayev, Jahongir Musayev - 8-sinf O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darslik. Toshkent-2019. 176 b.
4.Mamadaliyev Javlonbek "Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi uchun mavzulashtirilgan metodlar jamlanmasi". Andijon-2019.
5.A.Isayev, A.Arabboyev Teaching technology of the course of economic and social geography of the world using interactive methods. "EKONOMIKA I SOTSIUM".
6.A.Isayev, A.Arabboyev Secondary schools 8th grade in the subject of economic and social geography of Uzbekistan the use of oral methods in teaching the subject of the Tashkent economic region. American Journal of Research 9-10 September -October 2022 ISSN: 2573-5616 Doi 10.31057/25735616