Научная статья на тему '“3 – 4SINF ONA TILI DARSLIKLARINI OʻTISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISH QULAYLIKLARI”'

“3 – 4SINF ONA TILI DARSLIKLARINI OʻTISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISH QULAYLIKLARI” Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ona tili / metod / dars / oʻquvchi / oʻqituvchi / innovatsion / interaktiv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurullayeva Nafisa Ilhomovna, Nazirova Barnogul Norqul Qizi, Hazratqulova Marjona Maqsud Qizi

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarida ona tili darslarini oʻtishda turlicha metodlardan foydalanish mumkin. Ammo metodlar turlicha boʻladi. Uni qoʻllay bilish oʻqituvchining mahoratiga bogʻliq desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻquvchilar mavzuni yaxshi oʻzlashtirishi, diqqatini dars jarayoniga qarata olishi, darsga boʻlgan boʻlgan qiziqishini oshirish uchun turli xil foydalanishimiz maqsadga muvofiq desak mubolagʻa boʻlmaydi. Dars jarayonida metodlar orqali dars oʻyishning qanday samarali yoʻllari borligini ushbu maqolamizda koʻrib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“3 – 4SINF ONA TILI DARSLIKLARINI OʻTISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISH QULAYLIKLARI”»

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjiimani 2024-yil 17-aprel

"3 - 4- SINF ONA TILI DARSLIKLARINI O'TISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISH QULAYLIKLARI" 1Nurullayeva Nafisa Ilhomovna, 2Nazirova Barnogul Norqul qizi, 3Hazratqulova Marjona

Maqsud qizi

1,2Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti (kechki) 202- guruh talabalari, 3Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10982738

Annotatsiya. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ona tili darslarini o'tishda turlicha metodlardan foydalanish mumkin. Ammo metodlar turlicha bo'ladi. Uni qo'llay bilish o'qituvchining mahoratiga bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi. O'quvchilar mavzuni yaxshi o'zlashtirishi, diqqatini dars jarayoniga qarata olishi, darsga bo'lgan bo'lgan qiziqishini oshirish uchun turli xilfoydalanishimiz maqsadga muvofiq desak mubolag'a bo 'lmaydi. Dars jarayonida metodlar orqali dars o'yishning qanday samarali yo'llari borligini ushbu maqolamizda ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: ona tili, metod, dars, o'quvchi, o'qituvchi, innovatsion, interaktiv.

Аннотация. Учителя начальных классов могут использовать разные методы преподавания родного языка. Но методы разные. Не будет преувеличением сказать, что умение им пользоваться зависит от навыков учителя. Не будет преувеличением сказать, что для того, чтобы учащиеся хорошо усвоили предмет, сосредоточили внимание на процессе урока, повысили интерес к уроку, уместно использовать различные методы. В этой статье мы рассмотрим, каковы эффективные способы обучения посредством методов во время урока.

Ключевое Слово: родной язык, метод, урок, ученик, учитель, инновационный, интерактивный.

Abstract. Primary school teachers can use different methods in teaching mother tongue. But the methods are different. It is not an exaggeration to say that knowing how to use it depends on the teacher's skills. It is not an exaggeration to say that it is appropriate to use various methods in order for students to master the subject well, to focus on the lesson process, and to increase their interest in the lesson. In this article, we will consider what are the effective ways of learning through methods during the lesson.

Keyword: native language, method, lesson, student, teacher, innovative, interactive.

Kirish

Zamon talablariga ko'ra o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanishning keng ommalashib borishi interfaol, interaktiv metodlarga bo'lgan talabni oshiryapti zamonaviy metodlar, didaktik vositalar va enerjayzerlarni dars jarayonida qo'llaganda samaradorlikka erishish yuqori darajani ko'rsatib kelmoqda. Metodlarning fanlarning va darslarning dedaktik vazifalariga mos kelishiga qarab tanlasak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish jarayonida o'quvchilar faolligini oshiradigan, darsning qiziqarli bo'lishini ta'minlaydigan o'ziga xos interfaol metodlardan foydalanish qulayliklarini quyidagi metodik qo'llanma orqali ko'rib chiqamiz. Asosiy maqsad shundaki har bir o'quvchi dars jarayonida qo'rqmasdan o'z fikrini bayon qila olishi, mavzuni talab doirasida o'zlashtira olishi lozim. Hammamizga ma'lumki, innovatsiyalar zamonida hech bir narsa chetda qolib ketmayapti shu borada yoshlarimiz kelajagi eng dolzarb mavzuga aylangan desak mubolag'a

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjiimani 2024-yil 17-aprel

bo'lmaydi.Jamiyatning taraqqiyotida, yurtimizning, millatimizning taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligi, komilligi, intelektual salohiyati muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek : "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdidlar va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviy va ma'rifatga axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir"[1] .Ko'rinib turibdiki, o'qituvchilarga katta vazifalar qo'yiladi va bu biz ustozlar uchun katta bir mativatsiya. Hozirgi kunda interfaol metodlarning ko'plab turlari bor shularni to'g'ri talqinda qo'llay bilish o'quvchilarada albatta ijobiy natijalar beradi.

O'qituvchilar har qanday holatda ham o'zi mustaqil metod yarata olishi kerak bu uning mukammal pedagog bo'lib yetishganidan dalolat beradi. Prezidentimiz yoshlar haqida ko'plab yangi tahrirdagi qonunlarni chiqaryaptilar. Biz boshlang'ich sinf o'quchilariga saboq berganimiz uchun katta mas'uliyat bizga ham yuklanadi. Yoshlarni vatanga mehrli, fidoiy inson qilib tarbiyalashimiz kerak, uni har tomonlama yetuk barkamol inson qilib yetishtirishimiz kerak bu uchun bizga zamon bilan hamnafas bo'lgan holda metodlardan foydalanishimiz va ularni rivojlantirishimiz kerak. Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, innovatsion, interfaol, interaktiv metodlar o'quvchilarning savodxonligini oshirishga va shu bilan birgalikda DTS talablariga qo'yilgan bilim, ko'nikma va malakalarni oson va qiziqarli bo'lishda muhim ro'l o'ynaydi. Dars mashg'ulotlarida quyidagi qo'llaniladigan yoki shu kabi metodlardan foydalanish o'tilgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni sodda va tushunarli o'zlashtirishga katta yordam beradi. Dars jarayonida o'quvchilarning diqqatini mavzuga qaratishda, o'zlashtirishda samaradorligini ko'rsatadi. Yuqorida qo'llanilgan interfaol metodlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining fikrlash jarayonini kenggaytirib, ularni dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. p - □ I I ^^

REFERENCES

1. l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar Vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi.

2. 2.Ilg'or pedagogik texnologiya: "Nazariya va amaliyot —Ma'naviyat asoslari" Darsi asosida ishlangan uslubiy qo'llanma. —Abu Ali ibn Sino. Toshkent. 2001

3. Nizomiy nomidagi TDPU talabasi Nurullayeva Nafisaning maqolasidan olingan.

4. Sinf darsliklaridan 3 - 4 sinf (2023) foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.