Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
UO'T: 504.062.2
ZOMIN MILLIY TABIAT BOG'INING BIOLOGIK XILMAXILLIGI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Saqiyev Q.B.
Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
mutaxassisi
ANNOTATSIYA
Maqolada Zomin milliy tabiiy bog'ining biologik xilmaxilligi, noyob o'simlik va hayvonot dunyosi haqida ma'lumot keltirilgan. Jumladan milliy tabiat bog'i hududida 20 xil kamyob va yo 'qolib ketish xavfi bo 'lgan yovvoyi holda o 'suvchi o 'simlik turlari, 107 xil yovvoyi holda o 'suvchi o 'simliklarning dorivor va ozuqabop turlari, 6 xil yovvoyi holda o 'suvchi o'simliklarning texnik turlari aniqlangan.
Kalit so'zlar: Zomin, bioxilmaxillik, pedosfera, landshaft, milliy bog', o'simlik dunyosi, hayvonot dunyosi.
АННОТАЦИЯ
В статье представлена информация о биоразнообразии, уникальной флоре и фауне Зааминского национального природного парка. В частности, в Национальном парке выявлено 20 видов редких и исчезающих видов дикорастущих растений, 107 видов лекарственных и съедобных дикорастущих растений, 6 видов технических видов дикорастущих растений.
Ключевые слова: Заамин, биоразнообразие, педосфера, ландшафт, национальный сад, флора, фауна.
ABSTRACT
The article provides information on biodiversity, unique flora and fauna of the Zaamin National Natural Park. In particular, 20 species of rare and endangered species of wild plants, 107 species of medicinal and edible wild plants, 6 species of technical species of wild plants have been identified in the National Park.
Keywords: Zaamin, biodiversity, pedosphere, landscape, national garden, flora, fauna.
KIRISH
Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida barqaror ekologik rivojlanishni ta'minlash maqsadida bioxilmaxillik va agrobioxilma-xillikni saqlash, undan oqilona foydalanish va samarali boshqaruvini tashkil etish borasida qator ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu sohada yetakchilik qilib kelayotgan xorijiy
Scientific Journal Impact Factor
davlatlarda biologik resurslar to'planadigan va ularning saqlanishi ta'minlangan gen banklar tashkil etilgan. Qator davlatlarda biologik va pedosfera xilma-xilligini asrash, ulardan teng xuquqli foydalanish va tuproq qatlami unumdorligini oshirish borasida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda [1].
Tabiatni muhofaza qilish - landshaftlarning bir butunligini, tabiiy komponentlarni o'simlik, hayvon, suv, havo va tabiiy yodgorlik hamda resurslarning o'zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. Landshaftlarni muhofaza qilishning shakllari juda ko'p. Bular: qo'riqxonalar, buyurtmalar, rezervatlar, milliy bog'lar. Dam olish uchun ajratilgan joylar va hakozo. Hozir yer yuzida tabiatni muhofaza qiladigan ob'ektlarning soni 20 mingdan ortiqdir [2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Global ma'noda biologik xilmaxillik insoniyat uchun katta ekologik, genetik, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, ma'rifiy, madaniy, rekreasion va estetik ahamiyatga ega. Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha rivojlanayotgan qismi va butun insoniyat bizning sog'lig'imiz, faravonligimiz va jamiyatimizning kelajagi biologik xilmaxillikning nozik va mo'rt tarmog'ini saqlashga bog'liqligini tushunadi.
O'zbekistonning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari mamlakatimizda bioxilmaxillikni asrashning o'zagi hisoblanadi. Shu sababli hozirgi davrda "Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda mavjud bioxilmaxillikni asrash" mamlakatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Asosiy tahdidlardan biri qishloq xo'jaligining rivojlanishi, aniqroq aytganda, qishloq xo'jaligi uchun yangi hududlarning o'zlashtirilishidir [3].
Zomin milliy tabiat bog'i - Turkiston tog' tizmasining shimoliy yon bag'rida, dengiz satxidan 1200 metrdan 4033 metrgacha balandlikda joylashgan, 1976 yilda milliy bog'ni tashkil qilish va loyihasini tuzish bo'yicha asosiy sxema tashkil qilingan. Ajratilgan maydon milliy bog' tashkil qilish uchun to'liq javob beradi. Milliy bog' tashkil qilingan vaqtda umumiy maydon 24110 ga bo'lib, hozirgi vaqtda 23894 ga teng.
Milliy bog'ning shimoliy chegarasi Molguzar tog' tizmasining janubiy-sharqiy qismidan boshlanib Chortangi darasigacha davom etadi, so'ngra janubdan shimolga tomon qayrilib Yettikechuvsoy bo'ylab Duoba qishlog'igacha davom etadi.
Sharqda Usmonlisoy, O'riklisoy, Sharilloqsoy va kattanishabar orqali Tojikiston Respublikasi bilan chegaralanadi.
G'arbiy tomondan Qashqasuv va Qizilmozorsoy suv havzalari o'rtalig'i orqali Zomin tog' o'rmon qo'riqxonasi bilan chegaralangan.
Scientific Journal Impact Factor
Milliy bog' hududi orqali Zomin va Baxmal tumanlarini bog'laydigan avtomagistral o'tgan. Bu magistral asosan O'riklisoy va Sharilloqsoy orqali o'tib, Supa dovoni hamda Chortangi darasi orqali Ko'lsoy bilan tutashib ketadi. Trassa orqali Qashqasuv posyolkasidan o'tib Qumbel dovoni orqali Tojikiston bilan tutashadi.
Milliy bog' hududida bir qancha aholi punktlari mavjud bo'lib, ulardan eng yiriklari Yettikechuvsoy, O'rikli, Tog'terak. Milliy bog' markazidan Zomin va Baxmal tumanlari markazlarigacha 50 km. Dashtoboddagi temiryo'l stansiyasigacha 70 km, Jizzax shaxrigacha 110 km, Samarqandgacha 310 km tashkil etadi. Milliy Bog'ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar hisoblanadi: -tabiiy landshaftlarni saqlab qolish va himoya ostiga olish, asosan katta m aydondagi archali o'rmonlarini saqlab qolish,alohida ahamiyatga ega bo'lgan Qirqqiz darasini saqlab qolish, shuningdek noyob o'simlik turlarini hamda barcha hayvon turlarini saqlab qolish;
-ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borish.
Milliy bog' hududida ekoturizmni tashkil etish va tashrif buyuruvchilarni milliy bog'ning tabiati va alohida ahamiyatli joylari bilan tanishtirish. Asosiy amaliy ishlar quyidagilar hisoblanadi: Milliy bog' hududini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish. Zomin milliy bog'i hududi regionning tabiiy majmualari va jarayonlarining davlat andozasi hisoblanib, ushbu hudud tabiiy ob'ektlarda kechayotgan jarayonlar asosini mukammal tadqiq va tahlil qilish va tabiatdan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqish hamda tadqiqotlar natijalari bo'yicha tavsiyalar beradi. "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga binoan Zomin milliy tabiat bog'i hududidagi yerlar, suv havzalari, yer osti zaxiralari, o'simlik va hayvonot dunyosi unga doimiy foydalanish uchun berilgan.
Bugungi kunda milliy bog'da o'simliklarning 800 dan ortiq, sutemizuvchilarning 30 turi, sudralib yuruvchilarning 14 ta, qushlarning 102 ta turi mavjud bo'lib, shundan 4 ta tur hayvonlar, 6 ta tur qushlar, o'simliklardan 3 ta tur "Qizil kitob"ga kiritilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan sutemizuvchi hayvonlardan 4 tur Tyanshan qo'ng'ir ayig'i, Turkiston silovsini, qor qoploni va tog' arxari, parrandalardan esa 6 turi kiri tilgan. Jumladan lochinsimonlardan Itog'li - Falco cherrug, Gray, Lochin - Falko peregrinus T, Mallabosh lochin - Falco pelegrinoides, Boltayutar - Gypaetus barbatus L, Qora tasqara - Aegypius monaxus L, Burgut - Aguila chrysaetus L, Qumoy - Gyps himalayeensis Hume va boshqalar shular jumlasidandir [4].
Scientific Journal Impact Factor
Milliy tabiat bog'i hududida 20 xil kamyob va yo'qolib ketish xavfi bo'lgan yovvoyi holda o'suvchi o'simlik turlari, 107 xil yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning dorivor va ozuqabop turlari, 6 xil yovvoyi holda o'suvchi o'simliklarning texnik turlari aniqlangan. Jumladan Pufak astragal - Astragalus leptophysus Vved, Belolipov astragali - Astragalus belolipovii Kamelin ex F.O.Khass, Sumbul kovrak - Ferulla sunbul (Kauffm) Hook. f., Fedchenko kovraki -Ferula fedtschenkoana Koso-Pol, Korolkov lolasi - Tulipa korolkovii Rgl, Isoqul piyozi - Allium isakulii R.M. Fritsch et Khass, G'alati uchqat - Lonicera paradoxa Pojark kabi O'zbekston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan endemik turlar Zomin milliy tabiat bog'ining ko'rki bo'lib, bu o'simliklar himoyaga muhtoj turlar hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Zomin milliy tabiat bog'ining o'simlik va hayvonot dunyosini asrash, ularni kelajak avlod uchun asrab avaylash bugungi kunning muhim masalalardan biri sanaladi.
REFERENCES
1. Turabayev A.N. Globallashuv sharoitida biologik resurslarni asrash, samarali foydalanish va boshqarishni tashkil etishning ekologik asoslari Biol. fanlari dok.dis... avtoreferati. -Toshkent, 2019. 4-bet.
2. O'zbekiston Respublikasi biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. -Toshkent, 1998. -140 b.
3. Ruziyev I.D., Safaev M.A., Kamilov Sh.E., Alijanov S.D., Salimov N.R., Urinova A.A., To'laev J.A. Biologik xilmaxillikni saqlash muammolarini va biologik xavfsizlikning ilmiy asoslarini o'rganish // Monografiya. - Toshkent. "Fan ziyosi" nashriyoti, 2021 y. 9-35 betlar.
4. O'simlik dunyosi ob'ektlarini hisobga olish va boshqa ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish kitobi // Zomin, 2020 yil.
XULOSA