Научная статья на тему 'ZIRHLI TRANSPORTYORLARNI SUZISH JIHOZLARINING UMUMIY TUZILISHI VA SUV TO‘SIQLARIDAN O‘TISHGA TAYYORLASH'

ZIRHLI TRANSPORTYORLARNI SUZISH JIHOZLARINING UMUMIY TUZILISHI VA SUV TO‘SIQLARIDAN O‘TISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
19
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zirhli transportyor / yuqori o‘tuvchanlik / mexanik-haydovchi / zirhli qobiq / ognemyot / Armored personnel carrier / high mobility / driver / armored shell / flamethrower

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yo‘Ldoshov O.

Zirhli transportyorlar yuqori o‘tuvchanlik xususiyatiga ega va suvda suv to‘siqlarini yengib o‘tishga qodir. Ko‘p tonnalik mashinaning suzish qobiliyatiga qaramay, ba’zi mexanik-haydovchilar, ushbu maqsadlar uchun nisbatan kam ishlatilishini hisobga olgan holda, ba’zi shubhalarga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur maqola zirhli transportyorlarning rivojlanish tendensiyalariga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL STRUCTURE OF FLOATING EQUIPMENT OF ARMORED TRANSPORTERS AND PREPARATION FOR THE PASSAGE OF WATER OBSTACLES

Armored personnel carriers have high maneuverability and are able to overcome water obstacles on the water. Despite the ability of a multi-ton machine to float, some mechanical drivers may have some doubts, given its relatively small use for these purposes. This article is devoted to the development trends of armored personnel carriers.

Текст научной работы на тему «ZIRHLI TRANSPORTYORLARNI SUZISH JIHOZLARINING UMUMIY TUZILISHI VA SUV TO‘SIQLARIDAN O‘TISHGA TAYYORLASH»

Yo'ldoshov O.

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Texnik ta'minot kafedrasi katta oqituvchisi

ZIRHLI TRANSPORTYORLARNI SUZISH JIHOZLARINING

UMUMIY TUZILISHI VA SUV TO'SIQLARIDAN O'TISHGA

TAYYORLASH

Annotatsiya. Zirhli transportyorlaryuqori o 'tuvchanlik xususiyatiga ega va suvda suv to'siqlarini yengib o'tishga qodir. Ko'p tonnalik mashinaning suzish qobiliyatiga qaramay, ba'zi mexanik-haydovchilar, ushbu maqsadlar uchun nisbatan kam ishlatilishini hisobga olgan holda, ba'zi shubhalarga ega bo'lishi mumkin. Mazkur maqola zirhli transportyorlarning rivojlanish tendensiyalariga bag'ishlanadi.

Kalitso'zlar: Zirhli transportyor, yuqori o'tuvchanlik, mexanik-haydovchi, zirhli qobiq, ognemyot.

Yoldashov O. senior lecturer Technical Support Department Chirchik Higher Tank Command Engineering Educational Institution

GENERAL STRUCTURE OF FLOATING EQUIPMENT OF ARMORED TRANSPORTERS AND PREPARATION FOR THE PASSAGE OF

WATER OBSTACLES

Abstract. Armored personnel carriers have high maneuverability and are able to overcome water obstacles on the water. Despite the ability of a multi-ton machine to float, some mechanical drivers may have some doubts, given its relatively small use for these purposes. This article is devoted to the development trends of armored personnel carriers.

Key words: Armored personnel carrier, high mobility, driver, armored shell, flamethrower.

Zirhli transportyorlarning yaratilishi

Zirhli transportyorlar avvalboshda piyoda qo'shinlarni, kerak bo'lganda xar hil qurollarni evakuatsiya qilish uchun yaratilgan. Dushman bilan to'qnash kelganda, yo'q qilish uchun bort qurollari ham o'rnatilgan.

Birinchi mashina 1915 yil Angliyada ishlab chiqilgan. Mashinalar jang maydonida (50 tagacha) odam tashish uchun mo'ljallangan. (Angliyaning quriqlikdagi og'r Mark IX transportiyori birinchi bo'lib tank bazasida yaratilgan).

Vaqt o'tishi bilan nemislar zanjirli xarakatlanadigan zirhli mashinani takomillashtirgan.

Shunungdek, zirhli qobiq va xar hil ognemyotlar bilan jixozlana boshlagan. Bundan ilxomlangan amerika, qurollanish bo'ycha xech kimdan ortda qolib ketmaslik uchun ikkinchi jaxon urishi oldidan BTR-M2 va M3 ishlab chiqishga qaror qildi va ishlab chiqdi.

Zirhli transportyor SSSR ga oxirgi bo'lib kirib keldi. Usha vaqtda SSSR konstruktorlari tank va boshqa jangovar texnikalarni ishlab chiqish bilan mashg'ul edi.

Zirhli transportyorlarning turlari

Komandir mashinasi, Piyodalar mashinasi, Olovli qo'llash mashinasi, O'ziyurar zenit-raketa kompleksi, O'ziyurar minamyot, Qo'mondonlik shtab mashinasi, Radiatsion Kimyoviy Biologik Ximoya mashinasi, Zirhli ta'mir evakuatsiya mashinasi, Zirhli tibbiyot mashinasi.

Zamonaviy zirhli transportyorlarga qo'yilayotgan talablar

Zirh, Qurol, Tezlik, Modullashtirish.

Bir nechta oxirgi modeldagi ishlab chiqarilgan zirhli transportyorlarni ko'rib chiqamiz.

BTR-82A zirhli transportyori

BTR-80 Bazasida ishlab chiqarilgan, birinchi namunasi 2009 yilda ishlab chiqarilgan, Sinovdan 2011 yilda o'tkazilgan va qo'shinlarga sinovdan o'tkazish uchun yuborilgan. Qurollanishda 2013 yildan. Xozirgi kecha kunduzda Rossiya va Ukraina majoralarida ishtirok etmoqda.

Eksportlarning baholashicha jangovar qo'llashda BTR-80 ga nisbatdan ikki marta ustunroq. Kamchiliklari esa zirhning yon tomonlari g'arb mashinalarinikiga o'xshab kompozit emasligi, shuningdek, minaga qarshi ximoyasi yo'qligi.

Ekspluatantlar: Azarbaydjonda 107 ta 2023 yilga, Belorussiyada 31 taga yaqin 2022 yilga, Qozog'istonda 63 ta 2022 yilga, Rossiya quruqlikdagi qo'shinlarda 800 ta, dengiz qo'shinlarida 600 ta, HDQ 120 ta, Milliy gvardyasida nomalum, Suriyada xam soni malum emas, O'zbekistonda 100 yaqin 2022 yilga, Ukrainada 80 ta 2023 yilga, Qirg'isistonda 10 ga yaqin 2021 yilga.

BTR-4 zirhli transportyori

2006 yilda BTR-70 Bazasida ishlab chiqarilgan, sinov 2008 yilda o'tkazilgan. 2009 yildan ekspluatasiyaga topshirilgan. Ayni damda Rossiya va Ukraina majoralarida ishtirok etmoqda.

Ekspluatantlar: Iroq, Qozog'iston bilan 2012 yil birgalikda ishlab chiqarish uchun shartnoma tuzilgan lekin ammo ishlab chiqarish amalga oshmagan.

Indoniziya va Iroqqa junatilgan mashinalarning ko'pida kamchiliklar aniqlanib reklamatsiya qilingan, asosiy kamchiliklari mashinani, otishni boshqarish datchiklari ishlamagan.

LAV-III zirhli transportyori

LAV-II Bazasida ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi Jeneral Dinamiks Land (zirhliqobiq), Delko (bashnya), Katirpeller (dvigatel) 2008 yildan ekspluatatsiya qilib kelinmoqda. Kanadada ishlab chiqarilgan. Kanada va yangi

zellandiyaning mexanizasiyalashgan piyoda qo'shinlarining asosiy transport vositasi xisoblanadi.

Ekspluatantlar: AQSh, Kanada, Yangi zellandiya, Saudiya arabistoni, Kolumbiya.

Stryker zirhli transportyori

2002 yil LAV-II Bazasida ishlab chiqarilgan va ushbu yildan ekspluatatsiya qilib kelinmoqda. Komponvkasi klassik (oldingi qismida motor transmissiya bo'limi, chapda boshqaruv bo'limi, o'rta va orqa qismida desant bo'limi joylashgan) desantlashtirish orqa tomondan. Zirhlanishi yuqori qattiq po'lat.

Strayker deb nomlanishi ikkinchi jaxon va vetnam urishida xalok bo'lgan ikkita harbiy xizmatchilarning sharafiga nomlangan.

Strayker AQShning mexanizatsiyalashagan brigadalarini qurollantirish uchun muljallangan.

Ekspluatantlar: AQSh, Tailand, Ukraina.

2003 oktyabrdan 2011 yilgacha Iroqdagi jangovar xarakatlarda qo'llanilgan, yo'qotishlarni AQSh ochiqlamagan.

VBCI zirhli transportyori

2002 yildan AMX-10 Bazasida ishlab chiqarilgan.

Mashina qobig'i alyuminzirhli payvandlanib ishlangan. Tankka qarshi qo'llaniladigan vositalarga qarshi almashtirib qo'yiladigan po'lat va titanli modul zirhi bilan qoplangan. O'quvlarda moddullar yechib qo'yilishi mumkin. Zirhli ximoya tavfsifi maxfiylashtirilgan ammo shunisi ma'lumki ximoyasi 14.5 mm zirhteshar o'q va kichik kalibirli artilliriya snaryadlarining zarbidan ximoya qilishga qodir.

Yuqorilardagidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, xozirgi bo'layotgan qurolli to'qnashuvlarda ishtirok etayotgan zirhli transportiyorlarni zamon bilan xamnafaslikda, oxirgi qurol yaroq va asbob uskunalar bilan jixozlash, ekipaj va desantlarni yashab qoluvchanlik effektini yuqori o'ringa qo'yib ishlab chiqarish.

Ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, mashina ekipajlarini jangovar ro'xda tarbiyalash, jangovar vaziyatlarda mashinadan to'laqonli foydalanish yo'l yuriqlarini ongiga singdirish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'ulomov F. Sh., Bo'linmalar tarkibida zanjirli zirhli tank texnikalariga texnik xizmat ko'rsatishni tashkillashtirish va o'tkazish. O'quv qo'llanma. II- qism ChOTQMBYu -2016.

2. Internet sayti. www.kommersant.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.