Научная статья на тему 'HARBIY QISMLARDA QUROL-ASLAHA VA HARBIY TEXNIKALARDAN FOYDALANISH'

HARBIY QISMLARDA QUROL-ASLAHA VA HARBIY TEXNIKALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
126
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jangovar razvedka / qurol va texnikalarni ta’mirlash / texnik xizmat ko‘rsatish / artilleriya qurilmalari / transportyor / jangovar mashinalar. / combat intelligence / repair of weapons and equipment / maintenance / artillery devices / transporter / combat vehicles.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. Mirzaliyev

Ushbu maqolada harbiy qismlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalardan foydalanish, shuningdek, guruhlariga bo‘linishi mashinalardan tinchlik davrida foydalanish tartiblari borasida ma’lumotlar o‘z aksini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF WEAPONS AND MILITARY EQUIPMENT IN MILITARY UNITS

This article reflects information on the use of weapons and military equipment in military units, as well as the procedures for the peaceful use of machines in their division into groups.

Текст научной работы на тему «HARBIY QISMLARDA QUROL-ASLAHA VA HARBIY TEXNIKALARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

HARBIY QISMLARDA QUROL-ASLAHA VA HARBIY TEXNIKALARDAN

FOYDALANISH Mirzaliyev Zoxidjon Rayimaliyevich

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi

katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7111675

Annotatsiya. Ushbu maqolada harbiy qismlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalardan foydalanish, shuningdek, guruhlariga bo'linishi mashinalardan tinchlik davrida foydalanish tartiblari borasida ma'lumotlar o'z aksini topadi.

Kalit so'zlar: jangovar razvedka, qurol va texnikalarni ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish, artilleriya qurilmalari, transportyor,jangovar mashinalar.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВООРУЖЕНИЯ И ВОЕННОЙ ТЕХНИКИ В ВОИНСКИХ

ЧАСТЯХ

Аннотация. В данной статье отражены сведения о применении вооружения и военной техники в воинских частях, а также делении на группы и порядок применения транспортных средств в мирное время.

Ключевые слова: боевая разведка, ремонт вооружения и техники, техническое обслуживание, артиллерийские установки, транспортер, боевые машины.

USE OF WEAPONS AND MILITARY EQUIPMENT IN MILITARY UNITS

Abstract. This article reflects information on the use of weapons and military equipment in military units, as well as the procedures for the peaceful use of machines in their division into groups.

Keywords: combat intelligence, repair of weapons and equipment, maintenance, artillery devices, transporter, combat vehicles.

KIRISH

Ma'lumki, harbiy qo'shilmalar, qismlar va bo'linmalarning komandirlari va ularning qurol-aslaha bo'yicha o'rinbosarlarining har tomonlama nazariy tayyorgarligi, amaliyotdagi malaka darajasi, tashkilotchilik qobiliyati, ularning ishlash uslublarini asosiy maqsadlari - harbiy qo'shilmalar, qism va bo'linmalarning safidagi qurol-aslaha va harbiy texnikalarni yuqori darajadagi jangovar shaylikda saqlashdan iborat bo'ladi.

Qo'shilmalar, harbiy qism va muassasalarda mashinalar jangovar tayyorgarlik, jangovar navbatchilikni olib borish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish hamda harbiy okrug qo'shinlari qo'mondonining maxsus ko'rsatmasiga asosan yillik motoresurslar sarfi me'yorlari doirasida o'ta muhim davlat ob'ektlari va harbiy shaharchalarni qo'riqlash hamda mudofaa qilish uchun foydalaniladi. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va sinov ishlari rejasi bo'yicha mashinalarni ekspluatatsiya qilish mudofaa vazirining tegishli buyruqlari bilan belgilanadi. Bajaradigan vazifasi va konstruktiv xususiyatlariga qarab, zirhli tank qurol va texnikalari, zirhli tank qurollariga hamda zirhli tank texnikalariga bo'linadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Zirhli tank qurollari safiga tanklar, o'ziyurar artilleriya qurilmalari (O'AQ), piyodalar jangovar mashinalari (BMP), desant jangovar mashinalari (BMD), zirhli transportyor (BTR), jangovar razvedka - dozor mashinalari (BRDM), yengil zirhli transportyorlar (yeZT) va ularning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

modifikatsiyalari, shuningdek, boshqa turdagi qurol-aslaha va texnikalarni o'rnatish (montaj qilish) uchun mo'ljallangan ushbu mashinalarning bazalari kiradi.

Zirhli tank texnikalariga tanklarni shatakka oluvchilar (TT), zirhli ta'mirlash evakuatsiya mashinalari (BREM), yengil zirhli ta'mirlash va evakuatsiya qilish mashinalari, zirhli tank qurol va texnikalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish ko'chma vositalari hamda mototsikllar kiradi.

Zirhli tank anjomlariga (ZTA) ZTQTlarni texnik soz holda ushlab turish uchun ishlatiladigan yig'ma qismlar, detallar va butlovchi qismlar, hamda o'quv anjomlari (o'quv sinfi to'plami, trenajyorlar, moddiy qismlarni o'rganish uchun ishlatiladigan alohida yig'ma qismlar) kiradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Harbiy qism shtatidagi barcha zirhli tank qurol va texnikalar quyidagi foydalanish guruhlariga:

doimiy shaylikdagi harbiy qismlarda jangovar va saf guruhlariga;

aralash tarkibdagi harbiy qismlarda o'quv-jangovar va o'quv-saf guruhlariga bo'linadi.

Mashinalarning jangovar va o'quv-jangovar guruhlari zirhli tank qurollaridan, saf va o'quv-saf guruhlari esa, zirhli tank texnikalardan yaratiladi.

Harbiy ta'lim muassasalar va o'quv qismlarida barcha shtatdagi mashinalar tegishli ravishda o'quv-jangovar va o'quv-saf guruhlariga kiritiladi.

Jangovar guruhga tanklar, o'ziyurar artilleriya qurilmalari (O'AQ), piyodalar jangovar mashinalari (BMP), jangovar desant mashinalari (BMD), zirhli transportyor (BTR), jangovar razvedka dozor mashinalari (BRDM), yengil zirhli transportyorlar (yeZT) va ularning modifikatsiyalari hamda shu mashinalar bazasida yaratilgan boshqa mashinalar kiradi. Shuningdek, bu guruhga qo'mondonlik hamda boshqarma mashinalari ham kiradi.

O'quv-jangovar guruhiga kiruvchi mashinalardan jangovar tayyorgarlik mashqlarini bajarish maqsadlarida foydalaniladi.

Saf guruhiga tanklarni shatakka oluvchilar (TT), zirhli ta'mirlash evakuatsiya mashinalari (BREM), yengil zirhli ta'mirlash evakuatsiya mashinalari, zirhli tank qurol va texnikalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatuvchi ko'chma vositalari hamda mototsikllar kiradi.

O'quv-saf guruhiga esa, ta'mirlash qism va bo'linmalarida mutaxassislarni tayyorlash va ZTQTlar ekspluatatsiyasini ta'minlash uchun foydalaniladigan shu turdagi mashinalarning bir qismi ajratiladi.

MUHOKAMA

Mashinalar jangovar va saf guruhlariga faqat yangi va kapital ta'mirdan chiqqan, texnik soz, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va kerakli jihozlar bilan to'liq butlangan hamda navbatdagi ta'mirgacha kamaymaydigan zaxiraga ega bo'lgan mashinalar kiritiladi.

Tinchlik davrida zirhli tank qurol va texnikalardan foydalanish jarayoni, harbiy qism va bo'linmalarning doimiy jangovar shayligini ta'minlash, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini muntazam ravishda oshirish, jangovar (saf) guruhi mashinalari uchun belgilangan kamaymaydigan zaxira miqdorini hamda mashinalarni o'rta va kapital ta'mirlashga navbatma-navbat jo'natilishini ta'minlashi kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Foydalanish jarayonida jangovar guruhiga tegishli mashinalarning kamaymaydigan zaxirasi jangovar va o'quv-jangovar guruhiga tegishli mashinalarning motoresurslari hisobidan ushlab turiladi.

Mashinalarning yillik foydalanish miqdorlarini va har bir foydalanish guruhidagi mashinalar sonini belgilashda shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlik talabini bajarish bilan bir vaqtda jangovar mashinalarning kamaymaydigan zaxiralarini ushlab turishni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Harbiy qismning jangovar tayyorgarlik rejasini amalga oshirishni to'liq ta'minlaydigan mashinalar va motoresurslar hisobini ishlab chiqqandan keyin, jangovar guruhdagi mashinalarning kamaymaydigan zaxirasini ushlab turish talabini tekshirib ko'rish kerak bo'ladi. Agarda mashinalarning kamaymaydigan zaxirasi talablari bajarilsa, mashinalardan foydalanish uchun ishlab chiqilgan hisob-kitoblar bo'yicha amalga oshiriladi. Aksincha bo'lsa, bu hisob -kitoblarga o'zgartirishlar kiritiladi. Mashinalardan foydalanish jarayonida shu narsani nazardan qochirmaslik kerakki, bunda o'quv-jangovar guruhidagi mashinalarning motoresurs miqdorini oshirish, shu guruhdagi mashinalar sonini oshirish yoki yillik foydalanish miqdorini kamaytirish hisobiga amalga oshirilsa, jangovar guruhdagi mashinalarni kamaymaydigan zaxirasini ushlab turish sharoiti yaxshilanadi va aksincha, yillik foydalanish miqdorining ko'payishi bu shartning bajarilishini yomonlashtirishi mumkin.

Mashinalarni ekspluatatsiya qilishni rejalashtirishda qo'shilma, qism komandirlari va muassasa boshliqlariga mashinalarning motoresurslarini xuddi shunday rusum va guruhdagi mashinalar hisobidan, faqat bir yillik me'yordan oshmagan holda ko'paytirishga ruxsat beriladi. Shu tariqa, jangovar guruhdagi mashinalarning motoresursi tejaladi va kamaymaydigan zaxirasi ushlab turiladi.

Jangovar guruhdan o'quv jangovar guruhiga eng ko'p ishlatilgan mashinalar, ishlab chiqarilgan yili hamda texnik holatiga qarab o'tkaziladi. Mazkur guruhdagi mashinalar shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarlik darajasini ko'tarish maqsadida va taktik o'quv mashqlarida jadal foydalanadi.

Kapital tamirlashga jo'natilgan mashinaning o'rnini jangovar yoki saf guruhlariga xuddi shunga o'xshash mashina bilan to'ldiriladi, o'rta ta'mirlashga jo'natilgan mashinaning o'rni esa, to'ldirilmaydi, ammo lekin ta'mirlashdan keyin xuddi shu mashinani o'zidan o'quv-jangovar yoki o'quv-safi guruhida foydalaniladi.

Jangovar yoki saf guruhiga tegishli mashinalar o'rni yangi yoki kapital ta'mirlashdan chiqqan mashinalar bilan to'ldirib boriladi. Butlash uchun kelgan mashinalarning motoresurslar sarfi, topshirilgan (kapital ta'mirlashga yuborilgan) mashinalarda sarf qilinmagan motorusurslarning yillik me'yorlar qoldig'i chegarasida sarflanadi.

Harbiy qism yangi texnikalar bilan butlanganda, birinchi navbatda o'quv jangovar guruhi to'ldiriladi, shu bilan birga shaxsiy tarkibni tayyorgarlik rejasini sifatli ta'minlash uchun jangovar va o'quv-jangovar guruhga tegishli mashinalarning motoresurslari yillik miqdor darajasida qoladi. XULOSA

Yangi turkum texnikasi va qurol-aslahalar bilan qurollanganda, shaxsiy tarkibni qayta tayyorlash maxsus dasturlar asosida o'tkaziladi.

Avtomobil texnikalarini foydalanish guruhlariga bo'linishi va mashinalardan tinchlik davrida foydalanish tartiblari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'shilma (harbiy qism)larida har xil namunadagi va turli rusumdagi avtomobil parki mavjud. Ularning aksariyat guruhini g'ildirakli avtomobil texnikalarining ko'p maqsadli avtomobillari tashkil qiladi.

Harbiy avtomobillar murakkab sharoitlarda va yo'llarda ekspluatatsiya qilishga mo'ljallangan va shaxsiy tarkibni, turli xil yuklarni hamda tirkamalarni tashish uchun xizmat qiladi.

Avtomobil texnikasi o'z ichiga avtomobil texnikasi va avtomobil anjomlarni oladi.

Avtomobil texnikasiga quyidagilar tegishli:

ko'p maqsadga mo'ljallangan avtomobillar, g'ildirakli shataklar, ko'p o'qli maxsus g'ildirakli shassilar va ko'p o'qli g'ildirakli og'ir shassilar, qurol-aslahalar, boshqaruv vositalari va maxsus texnikalarni o'rnatish uchun (montaj qilish) mo'ljallangan g'ildirakli bazali shassilar, g'ildirakli shassiga o'rnatilgan avtomobil texnikalariga ko'chma texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash vositalari;

zanjirli shataklar, transportyor-shataklar va transportyorlar, zanjirli shataklarning bazali shassilari, qurol-aslahalar, boshqaruv vositalari va maxsus texnikalarni o'rnatish uchun (montaj qilish) mo'ljallangan transportyor-shataklar va transportyorlar; zanjirli shassiga o'rnatilgan avtomobil texnikalariga ko'chma texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash vositalari;

mexanik shatak va yordam berish ishlari uchun qo'llaniladigan traktorlar;

tirkama va yarim tirkamalar.

Avtomobil anjomlariga quyidagilar kiradi: mashina agregatlari va ehtiyot qismlari, elektrojihozlar, avtomobil shinalariva rezinotexnik ashyolar; avtomobil texnikalarni ekspluatatsiya qilish va ta'mirlash uchun uskunalar, asboblar, jihozlar; texnik (avtomobil) tayyorgarlik uchun harbiy-o'quv anjomlar (amaliy ishlar uchun eksponat-mashinalar, kesma agregatlar, trenajyorlar, maketlar, stendlar, adabiyotlar va x.q); qurol-aslaha va texnika majmualariga tegishli avtotraktor turidagi dvigatel va agregatlar.

Avtomobil texnikalar turlari buyicha yengil, yuk tashish va maxsus texnikalarga bo'linadi.

yengil avtomobillarga xizmat faoliyatini ta'minlash, shaxsiy tarkibni tashish(2 tadan 7 kishi miqdorda), yengil texnika va yuklarni tashish uchun mo'ljallangan mashinalar kiradi.

Yuk tashuvchi avtomobillarga yuk platformasi (kungi) bor va shaxsiy tarkibni tashish, qurol-aslahalarni hisobi bilan har-xil moddiy vositalarni yoki qurol-aslaha va texnikalarni shatakka olish uchun mo'ljallangan mashinalar hamda samosvallar va katta (sedelnwy) shataklar yuk tashuvchi tirkamalari kiradi.

Maxsus avtomobillarga ulargaqurol-aslaha o'rnatilgan, aniq bir yuk tashish uchun jihoz yoki moslamalar va shu turga mos kuzovlari bor mashinalar hamda sanitar avtomobillar, passajirli, shtab va boshqa avtobuslar kiradi.

Avtomobil texnikalar tinchlik vaqtida jangovar, saf, transport va o'quv foydalanish guruhlariga bo'linadi.

Jangovar guruhga qurollar-aslahalar, radiolokatsiya apparaturalari, boshqaruv va aloqa vositalari o'rnatilgan, qurol-aslaha majmualariga kiruvchi mashinalar, shuningdek, artilleriya tizimlari, artilleriya o't ochishini va raketalarni boshqarish apparaturalari o'rnatilgan tirkamalarni shatakka olib yurishga (hisoblarni tashib yurishga) mo'ljallangan avtomobillar kiradi.

Saf guruhiga shaxsiy tarkibni, qurol-aslahalarni, o'q-dorilarni, harbiy-texnik anjomlarni va boshqa moddiy vositalarni tashishga, uchuvchi apparatlarni shatakka olish va ularga texnik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

xizmat ko'rsatishga, qurol va texnikalarni evakuatsiya qilishga, shuningdek, maxsus qo'shinlarning muhandislik, yo'lsozlik va boshqa qism (bo'linma)larning texnik ta'minoti bo'linmalarini maxsus jihozlarini o'rnatishga mo'ljallangan mashinalar kiradi.

Transport guruhiga harbiy qismningkundalikxizmat faoliyatini, xo'jalik, madaniy-maishiy, tibbiy va boshqa ta'minotlarni ta'minlash uchun mo'ljallangan mashinalar kiradi.

O'quv guruhiga shaxsiy tarkibni amaliy haydashga o'rgatish va shu mashinalarga o'rnatilgan maxsus jihozlardan amaliy foydalanishga mo'ljallangan mashinalar kiradi.

Tinchlik davrida qurol-aslaha va texnikalarni ekspluatatsiya qilish O'R MV buyruqlarining talablariga asosan tashkillashtiriladi va qo'shinlarni jangovar tayyorgarlik rejasini bajarish maqsadida amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. - T., 2018.

2. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2020 yil 30 martdagi 300 - sonli buyrug'i "Raketa-artilleriya qurol-aslahalari bo'yicha Qo'llanmani tasdiqlash to'g'risida".

3. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2020 yil 3 martdagi 222 - sonli buyrug'i "O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'shinlarida zirhli tank xizmati faoliyatini yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom".

4. "ZTQT saqlashga oid qo'llanma". - T.,2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.