Научная статья на тему 'ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR FENOMENINING TARIXIY TALQINI'

ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR FENOMENINING TARIXIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ulus / sulola / istilo / mezbon / muzokara / tarqoqlik. / Ulus / dynasty / conquest / master / negotiations / disunity.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xojibekova M.A.

Ushbu maqolada Mirzo Bobur hayotining ayrim yorqin lahzalari, uning tajribasi, tarixda tutgan o’rni shu bilan bir qatorda uning buyuk davlat arbobi, buyuk sarkarda va shoir sifatidagi faoliyati bayon etilgan. Hayotining so’ngi kunlari va farzandlari o’rtasidagi munosabatlar chuqur taxlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL INTERPRETATION OF THE PHENOMENON OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR

Abstract. In this article that is described some bright moments of Mirza Babur's life, his experience, his place in history, as well as his work as a great statesman, a great general and a poet. The last days of his life and the relationship between his children were deeply analyzed.

Текст научной работы на тему «ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR FENOMENINING TARIXIY TALQINI»

Xojibekova M.A.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti o'qituvchisi

ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR FENOMENINING TARIXIY

TALQINI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Mirzo Bobur hayotining ayrim yorqin lahzalari, uning tajribasi, tarixda tutgan o'rni shu bilan bir qatorda uning buyuk davlat arbobi, buyuk sarkarda va shoir sifatidagi faoliyati bayon etilgan. Hayotining so 'ngi kunlari va farzandlari o'rtasidagi munosabatlar chuqur taxlil qilingan.

Kalit so'zlar. Ulus, sulola, istilo, mezbon, muzokara, tarqoqlik.

Xojibekova M.A.

teacher

Andijan institute of agriculture and agrotechnologies

HISTORICAL INTERPRETATION OF THE PHENOMENON OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR

Annotation. Abstract. In this article that is described some bright moments of Mirza Babur's life, his experience, his place in history, as well as his work as a great statesman, a great general and a poet. The last days of his life and the relationship between his children were deeply analyzed.

Keywords. Ulus, dynasty, conquest, master, negotiations, disunity.

Jahonga mashxur davlat arbobi, buyuk sarkarda, olim, shoir va adib, boburiylar sulolasi asoschisi Zaxiriddin Muxammad Boburshoxning nasi- nasabi to'rt ota-bobo osha soxibqiron Amir Temur Ko'ragonga borib tutashadi. Chunonchi, Amir Temurning uchinchi o'g'li Mironshox Mirzo (1366- 1408) bo'lib, uning oltinchi o'g'li Sulton Muxammad Mirzo degan rivoyatlar bor. Sulton Muxammad Mirzoning ikki o'g'li bo'lib, ikkinchi o'g'li tarixda mashxur Movarounnaxr va Xuroson xukmdori Sulton Abusayid Mirzodir (1424-1469). Sulton Abusayid Mirzoning to'rtinchi o'g'li - Umarshayx Mirzo (1456--1494) bo'lib, uning katta o'g'li Zaxiriddin Muxammad Mirzodir. Onasi Kutlug' Nigorxonim Toshkent xoni mo'g'il Yunusxoyning qizi edi.

1494 yil 9-iyunda Umarshayx Mirzo fojeali xalok bo'lgach, ertasi - 10 iyun seshanba kuni, xali balog'atga yetmagan 12-yoshli Zaxiriddin Muxammad Mirzo Farg'ona ulusining mavrusiy hukmdori sifatida taxtga o'tiradi. Yosh Boburning ota taxtiga o'tirish davri - Movarounnaxrda feodal tarqoqlik kuchaygan hamda o'zaro kurashlarning avjiga chiqqan davriga to'g'ri keladi. Binobarin, davr, sharoit va muhit taqozosi Boburni ham bu mojorolarda faol qatnashmoqqa majbur qiladi. O'n yildan ko'p vaqt davomida olib borilgan to'htovsiz urishlar va nihoyat

Movorounnahrni Shayboniyhon tomonidan bosib olinishi, pirovard natijada Shayboniyxon ta'qibiga uchragan Bobur Mirzo o'z vatanidan ajralib, Afgonistonga bosh olib ketishga majbur bo'ladi.

Zaxiriddin Muxammad Bobur 1503-1504 yillar Qobul va G'azna viloyatlarini qo'lga kiritib, u yerda o'z xokimiyatini o'rnatadi. Eron shoxi Safaviy yordamida Samarkanda qayta qo'lga kiritish uchun yurish muvaffaqiyatsiz chiqqach, Bobur 1519-yildan boshlab Xindistonni zabt e'tishga kirishadi. Nixoyat, 1526-yilning baxorida Xindiston podshoxi Sulton Ibroxim Ludiy ustidan g'alaba qozonib, Xindistonda boburiylar sulolasiga asos soladi. Bobur podshox garchi shimoliy Afg'oniston bilan shimoliy Xindistonni birlashtirib, yirik saltanat barpo etib, buyuk hukmdor shox darajasiga ko'tarilgan bo'lsada, biroq u o'z vatanini esdan chiqara olmadi. U vatanini orziqib qumsadi, unga bo'lgan muxabbati yanada ortdi. U umrining oxirigacha Movarounnaxrda sodir bo'layotgan voqealardan ko'z-quloq bo'lib yashadi. Bobur begona yurtlarga borib qolib, vatanni so'ginib, zamondan norozi bo'lib, takdirga e'tiroz bildirib, o'zining mashaqqatli qismatidan achchiq-achchiq nolidi: "Yana mahrum xonumon kilding, Yana ovorayu jahon qilding. Tol'e yo'qi jonimga baloliq bo'ldi Xar ishniki ayladim, hatoliq bo 'ldi. O'zyerni qo'yib Hindsariyuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi ".

Zaxiriddin Muxammad Bobur shimoliy Xindiston va Afg'onistonni birlashtirgach, bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo'lgan mayda mustaqil rojaliklarni sekin-asta qurol va muzokara yo'li bilan birlashtirib, to umrining oxirigacha, ya'ni 1530-yilgacha markazlashgan yirik imperiyami vujudga keltiradi. Tabiiyki, bunday katta yirik imperiyani tashkil qilish, bebosh bek va amirlarni boshini qovushtirish osonlikcha bo'lmaydi. Bobur podshox Panipat jangi xaqida "Tangri taollo fazl va karami bilan mundoq dushvor ishni bizga oson qildi va andok qalin cherikni yarim kunda andok yer bilan yakson qildi.

Keyinchalik, Bobur podshoxning uchinchi qizi Gulbadanbegim uzining "Xumayunnoma" asarida otasining Xindistonni fatx qilganidan keyingi voqealar haqida yozar ekan, Bobur podshohning so'ngi hukmronlik davrlarini hamda o'limi sabablarini batafsil izohlaydi. Xattoki Ibrohim Lo'diyning onasiga ko'rsatilgan izzat ikromga qaramay uning onasining Boburni joniga qasd qilishga urinishi voqealari ham yoritilgan. U hatto o'g'lining huni olish maqsadida Bobur podshoxning bakovuli (oshpaz) Axmad Chashnagirni bir bo'lak zaxarni podshox oshiga qo'shib berishga undaydi va katta boylik evaziga rozi kiladi.

Axmad Chashnagir mazkur zaxarni nonga qo'shib beradi. Bobur podshox nondan ozroq tanovul qiladi. Zaxar asta-sekin ta'sir qiluvchi kuchga ega bo'lgan. Ana shu voqeadan so'ng, Bobur podshox kundan-kun ozib,

darmonsizlanib, kasalga chalingan."

Ushbu xodisa xaqida o'qir ekanmiz, Zaxiriddin Muxammad Boburni yuksak darajada olijanob, mexribon va oilaparvar shaxs sifatida ko'rishimiz mumkin. U xatgo o'z dushmandariga xam muruvvat ko'rsata bilgan.

Gulbadanbegim tarafidan yozilgan "Xumoyunnoma"ni o'qishda davom etarkanmiz, kunlarning birida "Bobur podshox saroy ishlaridan ko'ngli sovib, Debalpurga sayr qilmok va biroz ko'nglini yozmok uchun ketadi. Shu asnoda Sumbulga xokim etib tayinlangan Muxammad Xumoyunning betobligi xaqida xabar keladi. Bobur podshox Debalpurdan kaytib kelib, Xumoyunning axvoli o'girligidan qattiq tashvishga tushadi. Shu payt Xumoyunning onasi Moxim begim "Siz mening farzandimdan beparvosiz, chunki siz podshoxsiz, nima g'amingiz bor, sizning boshqa farzandlaringiz bor, meni esa bitta. yakka-yu -yagona farzandim", - deydi.

Gulbadanbegimning yozishicha, Bobur bir kuni barcha shaxzodalar, malikalar, amaldor beklar va o'ziga yaqin kishilarni o'z xuzuriga chorlab, podshoxlik taxtiga Xumoyun Mirzoni munosib ko'rganligini va xamma unga bo'ysunishi lozim ekanligi xaqida vasiyat qiladi. Shundan so'ng 1530 -yil 25-dekabr dushanba kuni 48 yoshida vafot etadi.

Zaxiriddin Muxammad Boburning asosiy maqsadlaridan biri yagona markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod etib, ezgu niyatlarni amalga oshirish edi. Boburning bu maqsadlari Xindistonda amalga oshdi. Uch yildan ortiq davom etgan va Xindiston tarixida muxim axamiyat kasb etgan markazlashgan davlatning vujudga kelishi, albatta, Bobur nomi bilan chambarchas bog'liqdir. O'z vaqtida Javoharlal Neru ''Xindistonning kashf etilishi" nomli asarida Bobur shaxsiyati xaqida shunday iliq so'zlarni aytgan edi: "Bobur eng donishmand va dilbar shaxslardan biri edi. U uyg'onish davriga xos xukmdor, dovyurak, serg'ayrat va epchil inson, u xayot nafosatidan lazzatlana bilgan. Bobur Xindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi saltanat boshlandi. Mamlakat qudrati va shuxrati oshib, boburiylar saltanatining shuxrati butun Osiyo va Yevropa bo'ylab tarqaldi. Unda mazxabiy taassubdan, qoloqlik va qisqa fikrlardan asar xam yo'q edi. U boshqa xokimlar kabi vayron qilish, xarob qilish yo'lidan bormadi" deb ta'kidlaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "O'zbek she'riyati - Uzbekskaya poeziya. "The Uzbek poetry" Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi Toshkent: "Ma'naviyat" - 2010

2. "Zaxiriddin Muxammad Bobur va uning avlodlari" T.Fayziev. Toshkent: "Yozuvchi" - 1996

3. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" jurnali Toshkent:, 2015 yil 2-son

4. "Forming negation with the prefixes" L.T. Toshhonov, H.T. G'ofurova Вопросы науки и образования-2020, 32-36

5. "Development of multy-language competence of university students" L.T. Toshxonov - Академическая публицистика, 2019, 260-262

6. "Ritorik argumentativ nutqning B.Rassel asarlarida ifodalanishi" L.T Toshxonov. Экономика и социум-2022, 408-412

7. "Badiiy matnda inkorni ifodalashning lingvistik vositalari". L.T. Toshxonov. Экономика и социум-2021, 275-278

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.