Научная статья на тему 'ZAVQIYNING IJTIMOIY -TARIXIY VA IJROVIY LIRIKASI'

ZAVQIYNING IJTIMOIY -TARIXIY VA IJROVIY LIRIKASI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xon / siyosiy lirika / muxammas / matniy oʻzgarish / mafkura / tahlil / talqin

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Shermamatova Shohista

Maqolada Ubaydullo Solih oʻgʻli Zavqiyning ʻʻDemish xonʼʼ, ʻʻAjab ermasʼʼ nomli muxammaslari tahlil qilingan. Shuningdek, unda muxammaslarning shoʻro mafkurasi taʼsirida talqin qilingani, qisqartirish va matniy oʻzgarishlarga uchragani xususida atroflicha toʻxtalingan va muhim xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAVQIYNING IJTIMOIY -TARIXIY VA IJROVIY LIRIKASI»

Kl

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZAVQIYNING IJTIMOIY -TARIXIY VA IJROVIY LIRIKASI

Shermamatova Shohista Baxtiyor qizi

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi shohistashermatova707@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada Ubaydullo Solih o'g'li Zavqiyning "Demish xon", "Ajab ermas" nomli muxammaslari tahlil qilingan. Shuningdek, unda muxammaslarning sho'ro mafkurasi ta'sirida talqin qilingani, qisqartirish va matniy o'zgarishlarga uchragani xususida atroflicha to'xtalingan va muhim xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: xon, siyosiy lirika, muxammas, matniy o'zgarish, mafkura, tahlil, talqin

SOCIO-HISTORICAL AND PERFORMATIVE LYRICS OF ZAVQI

Annotation: The article analyzes the novels of Zavqi, son of Ubaydullah Salih, titled "Demish Khan" and "Ajab Ermas". It also elaborated on the fact that mukhammas were interpreted under the influence of Shura ideology, were reduced and textually changed, and important conclusions were drawn

Keywords: Khan, political lyrics, epic, textual change, ideology, analysis, interpretation.

ОБЩЕСТВЕННО-ИСТОРИЧЕСКАЯ И ИСПОЛНИТЕЛЬСКАЯ ЛИРИКА

ЗАВКИЯ

Аннотация: В статье анализируются романы Завки, сына Убайдуллы Салиха, под названием «Демиш Хан» и «Аджаб Эрмас». Также подчеркнуто, что мухаммы интерпретировались под влиянием идеологии Шуры, сокращались и подвергались текстуальным изменениям, и были сделаны важные выводы.

Ключевые слова: Хан, политическая лирика, эпос, текстуальная смена, идеология, анализ, интерпретация.

KIRISH

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XIX asr oxiri - XX asr boshi Qo'qon adabiy muhitining yetakchi ijodkorlaridan biri Ubaydullo Solih o'g'li Zavqiydir. Zavqiy o'zbek mumtoz adabiyoti an'analarini davom ettirgan, Qo'qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyondalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Mumtoz adabiyotning g'azal, muxammas, muvashshah singari janrlarida ijod qilgan. Zavqiy ijodida ishqiy lirika bilan birgalikda siyosiy, hajviy asarlar ham katta o'rin tutadi. Xususan, sobiq Ittifoq davrida shoir siyosiy lirikasining ayrim namunalari:

birinchidan, yuzaki va mazmun-mohiyatiga zid talqin qilingan, ikkinchidan, hajmi qasddan qisqartirilgan; uchinchidan, matniy o'zgarishlarga uchragan. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zavqiy ijodi yuzasidan o'tgan asrda va istiqlol yillarida olib borilgan tadqiqotlardan namunalar olindi. XX asrda yaratilgan she'riy asarlardan ham foydalanildi.

Tadqiqot mavzusini yoritishda sotsiologik, struktural, qiyosiy-tarixiy tahlil usullaridan foydalanildi.

MUHOHAMA VA NATIJALAR

1975-yilda nashr etilgan ''O'zbek adabiyoti tarixi" darsligida shoirning ''Demish xon" she'ri haqida: ''Muxammas shaklida berilgan 7 band, 35 misradan iborat bu she'r Farg'ona tarixida sodir bo'lgan muhim hodisa - 1875-1876-yillarda Xudoyorxonning taxtdan qulashi va Qo'qon xonligining tugatilishi hodisasiga bag'ishlangandir. ... Zavqiy bu she'rda Xudoyorxonni o'z tilidan so'zlatib, uning butun budu shudidan, ishongan va xirs qo'ygan taxtidan ajralib hasrat va nadomat chekayotganini, pushaymon qilayotganini aks ettiradi. Chunonchi, Xudoyorxonning oh-vohidan iborat "hasratnomasi" quyidagi band bilan boshlandi: Chekib hasrat demish xon, shahri Ho'qandimdin ayrildim, Inim Sulton Murodbek erdi payvandimdin ayrildim, Ki Nasriddin degan shahzoda dilbandimdin ayrildim, Yana O'rmonbek otliq yaxshi farzandimdin ayrildim, Boshimda toj, belim uzra kamarbandimdin ayrildim".[2, 193] Tarixdan ma'lumki, 1875-yilda Qo'qonda Po'latxon boshchiligida qo'zg'olon ko'tariladi. Qo'zg'olonni bostirish uchun xon eng ishongan sarkardalarini yuboradi. Ming afsuski, lashkarboshilari Abdurahmon oftobachi, Iso avliyo, inisi Marg'ilon begi Sulton Murodbek, o'g'illari Nasriddinbek va Muhammad Aminbek qo'l ostidagi o'n minglab askarlari bilan Po'latxon tomonga o'tib ketadi. 1875-yilda qo'zg'olonchilar tomonidan taxtdan ag'darilgan Xudoyorxon ikki xotini, o'g'illari

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'rmonbek, Fansurullobek va Ibn Yaminbek hamda xos soqchilari hamrohligida Xo'jandga qochadi. Bu shahar o'sha vaqtda ruslar tomonidan egallab olingan edi. Xudoyorxondan so'ng taxtga o'tirgan Po'latxon uch oylik hukmronligi davrida juda ko'p xunrezliklarni amalga oshiradi, begunoh insonlarni, go'daklarni qonini to'kadi. Tarixchi olim Sharif Yusupov ''Xonning so'nggi ilinji" nomli maqolasida quyidagi ma'lumotlarni keltirib o'tadi: ''Xudoyorxonning soxta Po'latxon kundasiga qo'yilib chopilishdan arang qutulgan o'g'li Ibn Yaminbek ''Turkiston viloyatining gazeti"da chop etilgan tarjimai hol asarida bu qonxo'r yaqindagina u bilan yonma-yon turib, akasi Xudoyorxonni taxtdan ag'darish uchun kurashgan hamtovog'i Sulton Murodbekning o'zinigina emas, balki uning hali voyaga yetmagan olti o'g'lini, shuningdek, xonning bir uch yashar, ikkinchisi to'rt yashar go'daklarini ham qilichdan o'tkazganligini cheksiz alam bilan yozadi" [7].

Furqatning ''Muxammas Muhammad Xudoyorxon tilidan" nomli muxammasida ham ''Atodin yodgorim Bek Sultonlar qayon qoldi?" [1, 246], misralari keltirilgan edi.

Shu o'rinda Xudoyorxonning nega ''inim Sulton Murodbekdan ayrildim", degani oydinlashadi. Otasining o'rniga taxtga o'tirgan Nasriddinbek 1876-yilda Qo'qon xonligi tugatilgach fon Kaufman tomonidan surgun qilinib, Rossiyaning Vladimir shahrida, O'rmonbek esa Toshkentda 1883-yilda 18 yoshida vafot etadi.

Yuqorida nomi keltirilgan darslikda: ''Bundan keyingi bandlarda Xudoyorxon o'z ''o'z kirdikorlari"ni fosh etadi:

Ko'rib davlat g'ururin yurtu eldin bexabar bo'ldim, Zavolini ko'rib, do'stlar, xazondek g'am bilan so'ldim, Gunohsiz nechalar mo'yu soqolin terdirib yuldin, Mukofotin ko'rib, do'stlar, ajal kelmay turib o'ldim, Qolib bu yerda g'amlar birla, xursandimdin ayrildim" [2, 193]. Xudoyorxon o'g'li taxtni egallab olganini Xo'jandda ekanligida eshitgan edi. Biroz vaqt o'tgach fon Kaufman uni Toshkentga chaqirib oladi. Xonni Sank-Peterburgda imperator u bilan ko'rishmoqchi ekanligi haqidagi yolg'on bilan Orenburgga surgunga yuboradi. Xudoyorxon bu yerda o'g'li Nasriddinbekka maktub yo'llaydi. ''Xonning fors tilida yozgan maktubi keyinchalik 1890-yilda ''Turkiston viloyati gazeti"da chop etiladi. Maktubda Xudoyorxon o'g'lini taxtga o'tirgani bilan tabriklaydi. Yana, o'zi taxtga o'tirgan paytda nafsiga qul bo'lgan holda atrofidagi g'arazgo'y kimsalarning so'zlariga kirganligini, Xudo amrini va shariat yo'lini ado etmay xato qilganini afsus-nadomatlar bilan bildiradi" [8].

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tarixdan ma'lumki, Zahiriddin Muxammad Bobur ham "Boburnoma" asarida hayoti davomida yo'l qo'ygan xato-kamchiliklarini ro'y-rost yoritadi. Fransuz olimi Len-Pul, Boburning o'z portretini chizishdagi samimiyligi, fazilat va nuqsonlarini ham tasvirlashi, haqqoniyligi, haqida yozadi [3, 605].

"...She'rning umumiy ruhi va mazmunidan, unda Xudoyorxon obrazining salbiy-tanqidiy usulda chizilishidan ko'rinib turibdiki, shoir xonlar-beklar zamonasiga, feodal tuzumi tug'dirgan qoida-tartiblarga, adolatsizliklarga nafrat bilan qaragan. Xudoyorxonning taxtdan ag'darilishini tabriklab, yangi zamonlar boshlanishidan, xalq uchun tuzuk tartiblar joriy qilinishidan umidvor bo'lgan" [2, 194].

Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun nashr etilgan "O'zbekiston tarixi" darsligida Qo'qon xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi shunday tasvirlangan: "Oktabr oyida Andijon ruslar tomonidan oyoq-osti qilindi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, Andijonda shaxsan Skobelev boshchiligida 20 ming kishi o'ldirilgan" [4,274].

Zavqiyning 1853-1921-yillarda yashab ijod qilganligi hisobga olinsa, "Demish xon" muxammasi Xudoyorxonning 1890-yilda "Turkiston viloyatining gazeti''da bosilgan xati asosida yozilgani oydinlashadi.

Yuqorida keltirilgan darslikda "Ajab ermas" muxammasi: "Bu she'r 1916-yilda yozilgan bo'lib, u 4 band, 20 misradan iboratdir. "Ajab ermas" asari o'zining tematikasi, mazmuni va g'oyaviy yo'nalishi jihatidan Ulug' Oktyabr revolyutsiyasi arafasidagi o'zbek adabiyotining eng yaxshi namunalaridan biridir. ...Tarixiy hodisalarning ichki mazmunini, jamiyatning ilg'or qismi kayfiyatlarini juda tog'ri payqab olgan shoir o'z she'rida, "Muqarrardur zamona inqilob o'lsa ajab ermas", -deb, boshlanib kelayotgan revolyutsiyasidan bashorat qiladi" [2,194]. Muxammasning 1-bandi:

Bu kunlar boshimizda bir sahob o'lsa, ajab ermas, Munavvar zimnida bir oftab o'lsa, ajab ermas, Bu davlat suv yuzinda bir hubob o'lsa, ajab ermas, Ko'rulsa suvrati, asli niqob o'lsa, ajab ermas, Ochilsa pardalar yuzdin, hijob o'lsa ajab ermas [6, 235], -deya shoir yurtining porloq kelajagi haqidagi orzu-umidlarini bayon qiladi. Bunday qarashlarni Abdulla Avloniyning ''Istiqboldin orzularim" she'rida ham uchratamiz:

''Garchi man ma'yusu purg'am millatim ahvolidin, Qat' ummid aylamam ta'mai istiqbolidin'' [5, 295].

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Zavqiyning "Ajab ermas" she'ri haqida 2017-yilda umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari uchun nashr etilgan "Adabiyot" darsligida quyidagi ma'lumotlar keltirilgan: "...Asli 7 banddan iborat bo'lsa-da sho'rolar davrida 4 banddan iborat she'r tarzida taqdim etildi. Qo'qonlik adabiyotshunos olim Rustam Tojiboyev 1997-yili muxammasning matnini tiklab, matbuotda e'lon qildi" [6, 234].

Muxammasning tiklangan matniga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ittifoq davrida uning 2-, 3- va 7-bandalari tushirib qoldirilgan. Boisi ularda shoirning millatdoshlariga da'vati, islomiy so'z va atamalarning qo'llanganligidir. Muxammas matni nafaqat qisqartirishga, balki tahrirga ham uchragan. Xususan, muxammasning shoir taxallusi qo'llangan oxirgi bandi tushirib qoldirilgan holda taxallus 6-bandda qo'llanilgan. Yuqorida nomi keltirilgan darslikda 6-bandning so'nggi misrasi: Qarigan chog'da Zavqiy bir shabob o'lsa ajab ermas [2, 194].

Istiqlol yillaridagi nashrda:

Qarigan chog'da bir ahli shabob o'lsa ajab ermas [5, 237].

Muxammasning 7-bandi:

Bashoratlarni bilsang, Zavqiy olam ogahindindur, Bu ra'y, albatta, islom ahli bo'lsa matlabindindur, Bo'lur bu kanzi maxfiy oshkoro deb Jalidindur, Degan tarixlari ul Ne'matullohi Validindur, Bu so'z Vallohu a'lam bissavob o'lsa, ajab ermas [6, 237]. Zavqiyning ''Demish xon", ''Ajab ermas" muxammaslari, umuman, shoirning hayoti va ijodini istiqlol yillarida oliy o'quv yurtlarining talabalari uchun nashr etilgan adabiyot tarixiga doir darslik va o'quv qo'llanmalarning aksariyatida uchratmadik. Mulliflarimizdan bu masalaga e'tibor qaratishlarini so'rab qolamiz. XULOSA

Ko'rib o'tilganidek, Zavqiyning ''Demish xon'', ''Ajab ermas'' muxammaslari birinchidan, sho'ro mafkurasi talabidan kelib chiqib o'z mazmun-mohiyatiga zid talqin qilingan; ikkinchidan, ''Demish xon'' muxammasidan sinfiy yondashuvda foydalanilgan; uchinchidan, 'Ajab ermas'' she'ri qisqartirish va matniy o'zgarishlarga uchragan. Aslida bu muxammaslar shoir siyosiy lirikasining betakror namunalaridir.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Furqat. Muhabbat yo'lida. She'rlar. - T.: ''Yangi asr avlodi'', 2009

2. Karimov, G'. O'zbek adabiyoti tarixi. 3-kitob. - T.: O'qitivchi, 1975.

3. Mallayev, N. O'zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. - T.: O'qituvchi, 1965

4. Murtazayeva, R. O'zbekiston tarixi. Darslik. - T., 2005

5. Qosimov, B. va boshqalar. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. - T.: Ma'naviyat, 2004.

6. Yo'ldoshev, Q. va boshqalar. Adabiyot. Darslik. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2017

7. https: //kh-davron. uz/kutubxona/uzbek/sharif-yusupov-xonning-songgi-ilinji.html

8.https://kun.uz/news/2022/11/20/xudoyorxonning-chigal-taqdiri-qoqonning-sobiq-xoni-nega-orenburgga-surgun-qilingan-

edi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2022%2F 11 %2F20%2Fxudoyorxonning-chigal-taqdiri-qoqonning-sobiq-xoni-nega-orenburgga-surgun-qilingan-edi

9.https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/sharif-yusupov-xonning-so-nggi-ilinji-birinchi-maqola

10. https: //kun. uz/news/2022/11/27/xudoyorxonning-sovetlar-oldirgan-kenj a-ogli-fansurullobekning-ayanchli

taqdiri?q=%2Fnews%2F2022%2F 11%2F27%2Fxudoyorxonning-sovetlar-oldirgan-kenja-ogli-fansurullobekning-ayanchli-taqdiri

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.