Научная статья на тему 'XUDOYORXON O’RDASI'

XUDOYORXON O’RDASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
659
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’rda / zarrin saroy / xovuzaklar / darvozaxona / Usta Qodirxon / xaram / peshtoq / zaxonor / Horde / golden palace / swimming pools / gatekeeper / Master Kadyrkhan / harem / roof / zakhonor

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shohista Shavkat Qizi Ashuraliyeva, Farzona Shamsutillo Qizi Qurbonova, Gulshan Tursunmurot Qizi Boymirova

Ushbu maqolada Qo’qon xonligining ko’zga ko’ringan xonlaridan biri bo’lgan Xudoyorxon tomonidan 1863-1870 – yillarda qurilgan Xudoyorxon o’rdasi qurilish ishlari , o’ziga xos me’morchilik sanoati haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information about the construction of the Khudoyorkhan Horde, built by Khudoyorkhan, one of the Kokand khanate, in 1863-1870, and its unique architectural industry.

Текст научной работы на тему «XUDOYORXON O’RDASI»

XUDOYORXON O'RDASI

Shohista Shavkat qizi Ashuraliyeva

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

Farzona Shamsutillo qizi Qurbonova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

Gulshan Tursunmurot qizi Boymirova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qo'qon xonligining ko'zga ko'ringan xonlaridan biri bo'lgan Xudoyorxon tomonidan 1863-1870 - yillarda qurilgan Xudoyorxon o'rdasi qurilish ishlari , o'ziga xos me'morchilik sanoati haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zi: O'rda , zarrin saroy, xovuzaklar, darvozaxona, Usta Qodirxon, xaram, peshtoq, zaxonor.

ABSTRACT

This article provides information about the construction of the Khudoyorkhan Horde, built by Khudoyorkhan, one of the Kokand khanate, in 1863-1870, and its unique architectural industry.

Keywords: Horde, golden palace, swimming pools, gatekeeper, Master Kadyrkhan, harem, roof, zakhonor

KIRISH

Qo'qon - qadimiy va navqiron, go'zal va latif shahar. Undagi har bir me'moriy obida o'zining o'zgacha uslubi bilan kishini lol qoldiradi. Qo'qonning haqiqiy marvaridi va shaharning asosiy tarixiy, diqqatga sazovor joylaridan biri -Xudoyorxon saroyidir. Tarixdan ma'lumki, bir yarim asrdan ko'proq vaqt mobaynida Qo'qon xonligida 29 dan ortiq xon o'tirgan, ammo eng qudratli va esda qolarli jihati shundaki , Xudoyorxon 1845-yil 12 yoshida taxtga o'tirgan .

Qo'qon xonligi mavjud bo'lgan davrda (1709-1876) xonlar tarafidan qurilgan 6 ta saroy yo'q bo'lib ketgan. Shulardan yettinchisi bo'lgan Xudoyorxon saroyi 1871-yilda Xudoyorxon tomonidan barpo etilgan. O'sha paytda bu saroy hukmdorning qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va mahtasham bezaglari bilan ustun bo'lishi kerak edi . Xudoyorxon saroyi ,,O'rda'' deb ham atalgan. ,,O'rda''

atamasining ma'nosiga e'tibor beradigan bo'lsak, dastlab bu so'z ,, davlat'', ,,saltanat'' ma'nolariga ega bo'lgan. Keyinchalik ,,davlat boshlig'i qarorgohi tariqasida o'zgarib borgan. Demak, ,,O'rda'' xon qarorgohi demakdir. Manbalarda ma'lum bo'lishicha Xudoyorxon saroyi o'rnida Sayid Muhammad Umarxon tomonidan qurilgan ,,Zarrin saroy''i nomli saroyi bo'lgan. 1842-yilda Buxoro amiri Amir Nasrulloxonning Qo'qonga bostirib kelishi oqibatida bu saroyi vayron bo'lib ketgan. Sayid Muhammad Xudoyorxon o'z hokimyatining dastlabki yillarida ,,Jahonor'' saroyida istiqomad qilgan. Mazkur saroy davr talabiga javob bermay qolganligi va bu yerda otasi hamda akasining o'ldirilganligi sababli Xudoyorxon unda yashashni istamay, ,,Zarrin saroy'' o'rnida yangi saroy qurdirishni farmon beradi. Unga sarkor etib mashhur me'mor Mir Ubaydullo Muhandis Xo'qandiy tayinlanadi . Shuningdek, me'morchilikda dong taratgan ustalardan Usta Abdulla Roshidoniy, Muhammad Turdiali, Usta Fozilxo'ja, Isavoy Mahsum, Mullo Ahmad Domullo Muhammad Olim Sirchi va boshqalar bino qurilishiga jalb etilganlar. Dastlab ganchdan saroyning kichik nusxasi (maketi) tayyorlanadi.U xon tomonidan tasdiqlanganidan keyin qurilish ishlari boshlanadi. Xudoyorxon vaqtincha taxtdan ketganidan so'ng qurilish ishini Sulton Sayidxon bir muddat davom ettiradi . 1865-yili Xudoyorxon taxtni qayta egallagach, qurilish ishlari keng ko'lamda davom ettirilib, 1870-yilda yakunlanadi .

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Xudoyorxon saroyining peshtoqlari rang-barang,guli-guliga monand koshinlar bilan bezatilgan . Koshinlar - turli xil ranglarga bo'yalgan, sirlangan , ya'ni usti yaltiroq parda bilan qoplangan sopol lappaklardir . Koshinlar maxsus xumdonlarga pishirib keltirilganidan so'ng koshinkor ustalar gulini-guliga , shaklini shakliga moslab devorga maxsus loy vositasida o'rnatganlar peshtoqining chap tomonidagi burj mezanasi ostiga ,,Olloh''degan so'z yozilgan .Koshinlar orasidan turtib chiqqan yog'ochlar esa imorat sarroflarining ichki qismi bo'lib ,devordagi namni surib chiqarish ,fonus osish hamda ko'z tegishini oldini olish kabi vazifalarni bajargan. Xudoyorxon saroyi darvozasi chinor daraxtidan tayyorlangan .Ushbu darvozada fors tilida o'yib bitilgan hikmatlar naqshlar bilan shu darajada uyg'unlashib ketganki ,uni darxol ilg'ab olish qiyin . Darvozaxonadan to'g'ri yurilsa asosiy xovliga chiqiladi. Bunda o'ng tomonda devon, chap tomonda esa xonning qabulxonasi joylashgan. Xudoyorxonga bu saroyda besh yilgina yashash nasib etgan . 1876-yilda Qo'qon xonligi ruslar tomonidan tugatilgandan so'ng saroy pastki qismlari buzib tashlanib ,o'rniga qal'a qurilgan . Saroyning qolgan qismi Shahar garnizoni ixtiyoriga berildi . Binoning yuqori qismi xam asta sekin buzilib ,114 ta xonadan atigi 19 ta xona

saqlanib qolgan .Keyinchalik Xudoyorxon saroyi rus hokimyati davrida tamirlanib ,ayrim xonalarning qiyofasi o'zgargan . Biroq asli holati saqlanib , qolgan xona ham mavjud hisoblanib ,ilgari saroy masjidi bo'lgan. Ba'zi manbalarda esa bu xona xonning bosh vaziri Otabek noibing xonasi bo'lganligi aytib o'tilgan. Xona go'zal ,uni bezatishda xalq amaliy san'atining barcha turlari qo'llanilgan .Xona shifti murakkab va go'zal uslubda ishlangan bo'lib, ulardagi xovuzaklar go'zallik baxsh etish bilan birga xonaning salqinligini ham ta'minlagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xudoyorxon saroyini batamom buzish boshlanmasdan oldin rus harbiylari saroy tarixini chizib qoldirgan ekan .Shu asosda me'morlar tomonidan saroy ichki qismlarining elchilik nusxasi (maketi)tayyorlangan ushbu maketda saroyning barcha xonalari va hovlilari :peshtoq ,darvozaxon ,devon ,xazina, zarbxona ,mehmonxona ,salomxona ,xujra xos ,xonzodalar xonasi va xaram o'z aksini topgan .Xudoyorxon saroyi haqida , malakali me'morlardan biri I.Azimov ham o'zining ,,Farg'ona vodiysining me'morchilik yodgorliklari''nomli risolasida yozib o'tgan. 1876 -yil kapitan N.N.Voronkov hamda keyinchalik A.I.Borisoviski chizgan rejadan ko'rinib turibdiki ,saroyning oldida mustahkamlangan darvozalar bilan berk maydon bo'lgan uning atrofida esa bog' va kazarma bor edi. Butun maydon baland devorlar bilan o'ralgan.Saroyning murakkab rejasi esa yuzdan ortiq xonalarni to'g'ri to'rtburchakka mujassamlagan edi .Odamlar yashaydigan xonalar va mehmonxonalar ajralib turardi.Xovlining birinchi qismida kirish tomoni va atrofida joylashgan ayvonlar ,ko'rinishxona ,zarrinxona va alohida xovlilar machitlar bor edi markaziy qismida esa salomxona ,shoxishin va xo'jalik xonalari joylashgan edi .Saroyning ikkinchi qismida esa bir-biri bilan tutashgan uchta xovli-xonning xarami joylashgan bo'lib , u yerda xonning uch -to'rt qonuniy xotinlari va 40 nafar cho'risi xizmatkorlari bilan yashardi .1878-yil Qo'qonga kelgan Mari Budronning ,,Parijdan Samarqandgacha''nomli kitobidagi rasmlarga qaraganda xaram ikki yarusli bo'lib, yozgi ayvonlari , pavilionlari (uylari) yuqori qismida o'tiladigan yo'llari bor edi. Binoning me'moriy bezatishda Xudoyorxonning tejamkorligi ta'sir qilgan,saroyning oldini ,darvoza xonani ,mehmoxonani boy bezab , qolgan binolarga g'amxo'rlik qilmagan .Sharqiy qismidagi peshtoqning bezatilgan darchali minoralari kiradigan joyni salobatli qilib ko'rsatadi .O'ymakor darvozalari Usta Qodirxon Xaydarov tomonidan 1956-yilda ta'mirlangan . Old tomonining ikki qanoti bir qarashda simmetriyasi buzilganga o'xshaydi ,to'g'ri to'rtburchakli darchalari hamda chekkalaridagi minoralari (janubi-sharq tomondagisi qirrali ,qolganlari silindir shaklida ) naqishli sirli koshinlar bilan bezatilgan . Devorlari bir nechta qator kunguralar bilan bezatilgan .Boshqa tomonlari

g'ishtlik bo'lib bezatilmagan .Ayvon bir nechta qomatli o'yma ustunlar bilan ko'tarilgan ,shiftida mukarnas va asosi eas ko'zagiga o'xshashdir.

Mari Burdoning ,,Q'qon xonining ayollari uchun mo'ljallangan qadimiy qurilma'' deb nomlangan kitobidagi beshinchi gravyurada saroy harami aks ettirilgan. Uning tokcha va derazalar bilan bo'lingan g'ishtli pastki qavatining tekis to'siqlarida ko'plab galeriyalar, ko'rgazmalar, ochiq maydonlar va o'yma panjaralar joylashgan. Bularning bari binoga ko'rk berib turadi. Bu joyning ya'ni haramning yuqoridagi ko'rinishi bilan o'yin-kulgi, ko'ngil ochish joyi ekanligi sezilib turadi. Saroyni janub va g'arb tomondan o'rab turgan bog' ham tantanalar uchun mo'ljallab barpo etilgan. Bog'larda toklar yashil devor hosil qilardi. O'rtadagi ikkita hovuz esa oynadek yalqirardi.

I.I. Ibragimovning yozishicha ,,1871-yilda xonning qabulxonasi osiyocha rang-baranglik bilan yevropacha konfort aralashmasi bo'lib, yevropacha jihozlari ko'proq edi, osiyocha jihozdan juda oz qolgandi: bo'yalgan shift va devordagi tokcha hamda yozilgan gilam, ko'rpacha va yostiqlar. Devorda katta oyna osiqlik turardi. Uning oldida dumaloq stol , uning ustida shamdon va yoqilgan sham turardi. Eshikning o'ng va chap tomonlarida yana ikkita kichik oynalar osilgandi, devorlar oldida bo'k daraxtidan tayyorlangan stullar qo'yilgan, xontaxtalarda chiroqlar yoqilgan edi''.

Xozirgacha bizga yetib kelmagan saroy hududining orqa tomonini tasvirlovchi to'rtinchi va beshinchi gravyuralar g'oyatda ahamiyatlidir. ,,Bog' tomonidan Qo'qon saroyining ko'rinishi'' deb nomlangan to'rtinchi gravyura shundan guvohlik beradiki, ayvon orqasida, hovliga kirish eshigining g'arb tomonida, bog' tomonida derazalari joylashgan yevropacha uslubda qurilgan ikki qavatli bino mavjud bo'lgan. Uning borligini ikkita saroy qurilishi loyihasi ham tasdiqlaydi. Ularni topograf Borisoviskiy tayyorlagan bo'lib, ular ,,1878-yilda Qo'qon o'rdasi va uning atroflari'' va ,,1882-yilda Qo'qon o'rdasi va qalandarxonalar bosh loyihasi'' deb nomlanadi. Ikkala loyihada ham hozir mavjud bo'lmagan kirish qismidan keyin katta qurilma berilgan. Bizgacha faqat birinchi qavatning bir nechta xonalari saqlanib qolgan xolos. Ular kichik qabul zali va unga tutash kutish xonasi, shu bilan birga san'at bo'limi hamda o'lkashunoslik muzeyi joylashgan kichik xonalardan iborat.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida tarixiy obidalarga juda katta e'tibor berildi. Jumladan Qo'qon xoni Xudoyorxon tomonidan qurilgan „Xudoyorxon o'rdasi''da ham katta ta'mirlash ishlari olib borildi. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan „Xudoyorxon o'rdasi''da 2007-yilda yirik ta'mirlash ishlari olib borildi. Natijada birinchi hovlining chap tomonidagi ayvoni qayta yirik

ta'mirdan chiqardi. Saroy va saroy joylashgan bog' maydoni ta'mirdan chiqarilib obodonlashtirildi.

REFERENCES

1. ,, Qo'qon shahrining tarixiy- madaniy yodgorliklari'. T. Nuriddinov, A. Nizomov, O. Rasulov. Toshkent-,,FAN''

2. ,, Qo'qon xonligida tarixnavislik''. Shodmon Vohidov. Toshkent Akademnashr 2010-yil .

3. ,,O'zbekiston tarixi''. B.J.Eshov, A.A. Odilov. Toshkent 2014.

4. Исаева, М. (2020). Оилавий муносабатлар психодиагностикаси. Интернаука, (23-3), 63-66.

5. Isayeva, M. A. (2014). Religious and psychological aspects of family functions. The Way of Science., 90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.