INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ZARARLI MEHNAT SHAROITLARIDA BAND BO'LGAN XODIMLARNI YAKKA TARTIBDAGI HIMOYA VOSITALARI BILAN TA'MINLASH Mirzaxmedov Jahongir Suratillaevich
"O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti" "Shaxsiy himoya vositalarini sertifikatlashtirish laboratoriyasi"
Laboratoriya mudiri
Mahmudov Farrux Furqatovich "O'zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti" "Shaxsiy himoya vositalarini sertifikatlashtirish laboratoriyasi" Katta ilmiy
xodimi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7435534
Annotatsiya. Zararli mehnat sharoitlarida band bolgan xodimlar alohida toifa hisoblanadi. Ushbu maqolada bu toifadagi ishchilarni yakka tartibdagi himoya vositalar bilan ta'minlashning ahamiyati hamda yo l-yo riqlari muhokama etiladi.
Kalit so'zlar: himoya vositalari, mehnat muhofazasi, zararli mehnat, xodim. ОБЕСПЕЧЕНИЕ СРЕДСТВАМИ ИНДИВИДУАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ РАБОТНИКОВ, ЗАНЯТЫХ В ОПАСНЫХ УСЛОВИЯХ ТРУДА
Аннотация. Особой категорией являются работники, занятые во вредных условиях труда. В данной статье рассмотрены важность и рекомендации по обеспечению данной категории работников средствами индивидуальной защиты.
Ключевые слова: средства защиты, охрана труда, вредный труд, работник. PROVISION OF PERSONAL PROTECTION EQUIPMENT FOR WORKERS WORKING IN HAZARDOUS CONDITIONS
Abstract. A special category are workers employed in hazardous working conditions. This article discusses the importance and recommendations for providing this category of workers with personal protective equipment.
Keywords: means of protection, labor protection, hazardous work, employee.
KIRISH
Mehnat sharoitlarining zararli ta'sir omillariga quyidagilar kiradi: shovqin, vibratsiya, yuqori yoki juda past harorat, tashkilot uchastkalari havosining chang, gaz yoki zaharli aralashmalar bilanifloslanganligi.
Ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil etish ishlab chiqarish muhiti omillarining zararli va xavfli ta'sirini xavfsizlik texnikasi bo'yicha tadbirlar o'tkazish yo'li bilan bartaraf etishni ko'zda tutadi. Biroq xavfsizlik texnikasi talablarini bajarish ishchilar uchun ularning ishlab chiqarish reja-majburiyatini bajarishiga xalaqit beruvchi yoki ish uchun tarif baholariga kirmaydigan qo'shimcha yuklama bo'lib qolmasligi kerak.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
O'zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchilik asoslariga binoan, korxona ma'muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish, dezinfeksiyalash hamda ta'mirlash ishlarini bajarishi kerak. Boshqa tarmoqlar singari yengil sanoat korxonalari ishchilarini ham maxsus korjoma, poyabzal va himoya vositalari bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari hamda shaxsiy himoya vositalariga bo'linadi. Agar ishning xavfsizligini mashinalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari va kollektiv himoya vositalarini qo'llash bilan ta'minlashning iloji bo'lmagan taqdirda, shaxsiy himoya vositalari qo'llaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori bo'lishi, ishlatilishda qulay bo'lishi kerak. Ular texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos bo'lishi lozim. Shu ish uchun mo'ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo'lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo'llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko'rsatilgan yo'riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta'minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo'linadi [2]:
— ihotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotalovchi kostyumlar, skafandrlar);
— nafas a'zolarini himoya qilish vositalari (gaz niqoblar, resperatorlar, havo shlemlari, havo maskalari);
— korjomalar (kombinezonlar, yarimkombinezonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, po'stinlar, fartuklar, nimchalar);
— maxsus poyabzal (etiklar, qo'nji kalta etiklar, botinkalar, qo'njli botinkalar, tuflilar, kalishlar, botilar);
— qo'llarni himoya qilish vositalari (qo'lqoplar);
— boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, beretkalar, shlyapalar);
— yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
— ko'zni himoya qilish vositalari (himoya ko'zoynaklari);
— eshitish a'zolarini himoya qilish;
— ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo'l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni hamda yelkani ehtiyot qilish moslamalari);
— himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pastalar,kremlar, moylar).
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash, ularni o'z vaqtida almashtirish, ta'mirlash,
shuningdek, ularni vazifalari bo'yicha ishlatish yuzasidan korxona ma'muriyatiga quyidagi talablar yuklanadi [3]:
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo'yicha nazorat hamda hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to'g'ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo'llashni taqiqlashni nazorat qilish.
2. Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o'tkazish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan filtrlari, oynalari va boshqa qismlarini o'z vaqtida almashtirish hamda tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati haqida tamg'a qo'yish.
3. Tozalash, yuvish, ta'mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o'z vaqtida amalga oshirish, ishchi hamda xizmatchilarni shaxsiy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
himoya vositalari bilan o'z vaqtida ta'minlash korxona ma'muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo'mitasiga yuklatiladi.
Ishlab chiqarishdagi zararlarning xarakteriga moslab shaxsiy himoya vositalari tikiladi hamda material tanlanadi.
Nafas olishdagi havo orqali ta'sir qiluvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan kishi nafas olish a'zolarini himoya qiluvchi moslamalar to'rt xil bo'ladi [4]:
— gaz niqoblar;
— respiratorlar;
— havo shlemlari;
— havo niqoblari.
Bular kishini ish joyidagi havoda aralashgan har xil iflosliklardan (bug', gaz, aerozollar, changlar) hamda kislorod yetishmasligidan samarali himoya qilishi kerak. Ularni tanlashda sexdagi havo muhitining tarkibi va holatini, ishlab chiqarish jarayonini hamda boshqa mehnat sharoitlarini hisobga olish lozim. Nafas a'zolarining shaxsiy himoya vositalari ishlash prinsipi bo'yicha ikki turda — filtrlovchi (F) va ihotalovchi (I) bo'ladi. Filtrlovchi turlari sex havosida kislorod miqdori yetarli (IS foizdan ko'p) bo'lganda va zararli moddalar miqdori kam bo'lganda qo'llaniladi. Ihotalovchi himoya vositalari esa zararli moddalar sex havosida chegaralanmagan hamda kislorod yetarli miqdordabo'lmagan hollarda ishlatiladi. O'z navbatida, filtrlovchi himoya vositalari o'z vazifasiga ko'ra, aerozollardan himoyalovchi va universal turlariga bo'linadi. Ihotalovchi himoya vositalari konstruksiyasi bo'yicha — ichakli, nafas olish uchun havoni toza zonadan olib beruvchi va avtonom — nafas olish uchun shaxsiy manbai bo'lgan turlarga bo'linadi.
XULOSA VA MUNOZARA
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo'lgan xodimlar belgilangan normalar bo'yicha:
— davolash-profilaktika oziq-ovqati — sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), gazli sho'r suv (issiq sexlardaishlovchilar uchun);
— maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta'minlanishi lozim.
Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilarularning qo'llanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishi hamda ulardan foydalanishga o'rgatilishi lozim.
Tashkilot ma'muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta'minlashi shart:
— amaldagi me'yorlar bo'yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini, himoya vositalarini qo'llash hamda to'g'ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
— shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya hamda dezinfeksiya qilishni (bir marta qo'llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno), qo'llanilayotgan himoyavositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni namunaviy me'yorlariga muvofiq ta'minlashi shart.
REFERENCES
I. Abduraxmanov O.K. O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarish samaradorligini oshirish. T.: Fan., 2GIG. - 326 b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. Darslik. - T.: Fan va texnologiya, 2012. - 388 b.
3. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot.T., 2014. 34 b.
4. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. -T.: Mehnat, 2019. 400 b.
5. Shirshkov A.I. Menedjment oxranbi truda: Uchebnik. Rostov- na-Donu: Feniks, 2001. - 384 b.
6. Ekonomika oxranbi truda / Pod ob^ey red. Prof., d.t.n. Petrosyansa E.V. M.: NII problem oxranbi truda, 2011. - 110 b.