INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MEHNAT GIGIYENASIXAFSIZLIGI BO YICHA TADBIRLAR Ashurov Olimjon Tursunovich
"O'zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat Bozori Tadqiqotlari instituti" "Mehnat gigiyenasi laboratoriyasi" mudiri Xudoyshukurov Doston Sohibnazar o'g'li "O'zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat Bozori Tadqiqotlari instituti" "Mehnat gigiyenasi laboratoriyasi" Kichik ilmiy xodimi Otabullayev Muzaffar Nematullo o'g'li "O'zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat Bozori Tadqiqotlari instituti" "Mehnat gigiyenasi laboratoriyasi" Kichik ilmiy xodimi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7435495
Annotatsiya. Maqolada mehnat xavfsizligining standartlar tizimi, mehnatni muhofaza qilish, mehnat gigiyenasi hamda ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy masalalari, sanitariya normalari va qoidalari, texnika xavfsizligi, yong'in xavfsizligi kabi masalalar muhokama etiladi.
Kalit so'zlar: gigiyena, mehnat muhofazasi, tartib, intizom, ishlab chiqarish.
МЕРЫ ПО БЕЗОПАСНОСТИ ГИГИЕНЫ ТРУДА
Аннотация. В статье рассматриваются такие вопросы, как система норм безопасности труда, общие вопросы охраны труда, гигиены труда и производственной санитарии, санитарные нормы и правила, техническая безопасность, пожарная безопасность.
Ключевые слова: гигиена, охрана труда, порядок, дисциплина, производство. OCCUPATIONAL SAFETY MEASURES
Abstract. The article deals with such issues as the system of labor safety standards, general issues of labor protection, occupational health and industrial sanitation, sanitary norms and rules, technical safety, fire safety.
Keywords: hygiene, labor safety, order, discipline, production.
KIRISH
Mehnatni muhofoza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi hamda ish qobiliyati saqlanishini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. Mehnat sharoitlari ishchi kuchidan rasonal foydalanishnita'minlaydigan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmuini ko'zda tutadi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash tadbirlari mehnatning yakuniy natijalariga, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishga va uning samaradorligini oshirishga katta ta'sirko'rsatadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Ishlab chiqarishda bajarilayotgan ish psixofiziologik mezonlar bo'yicha mehnat og'irligining birinchi kategoriyasiga to'g'ri kelsa, sanitariya-gigiyena mezonlari bo'yicha ishlab chiqarish muhiti belgilangan normativlarga muvofiq bo'lsa, estetik mezonlar bo'yicha zamonaviy talablar va tavsiyalarga javob bersa, ijtimoiy- psixologik mezonlar bo'yicha xodimlar o'rtasida texnika xavfsizligi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta'minlaydigan qulay muhit yaratilgan bo'lsa, bunday sharoitlarni eng maqbul mehnat sharoitlari deb baholash mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Jahonning 178 mamlakati a'zo bo'lgan Xalqaro mehnattashkiloti (XMT) mehnat, shu jumladan, mehnatni muhofaza qilishning xalqaro me'yorlarini belgilashda asosiy rol o'ynaydi. XMTning konvensiya va tavsiyalarida xodimni mehnat jarayonida ijtimoiy himoya qilishning eng muhim masalalariga doir xalqaro huquqiy standartlar belgilab qo'yilgan. Umumanolganda, Xalqaro mehnat tashkilotining 300 tadan ko'proq konvensiya va tavsiyalarining uchdan bir qismidan ko'prog'i mehnat muhofazasi hamda mehnat gigiyenasi muammolari bilan bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'lib, 40 dan ziyodroq normativ hujjatlar esa to'g'ridan-to'g'ri mehnatni muhofaza qilish muammolariga bag'ishlangan.
Gigiyena xizmatlari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
— ish joyida paydo bo'ladigan sog'liqqa xavfli ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash hamda bu xavfni baholash;
— xodimlar sog'lig'iga noqulay ta'sir ko'rsatadigan ishlab chiqarish muhiti omillari va ishlab chiqarish operatsiyalari ustidan nazoratni yo'lga qo'yish.
Gigiyena xizmati dastlabki va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarini tahlil etishda, shuningdek, kasbiy reabilitatsiya bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi. U korxona xizmatlari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Mehnat gigiyenasi sohasida xizmat ko'rsatadigan, tegishli malakaga ega personal to'la kasbiy mustaqildir. Mehnat jarayoni bilan bog'liq vaziyatlarda xodimlar sog'lig'ining holati ustidan nazorat olib borish ular ish haqi hisobiga bo'lmaydi, ya'ni bepul hamda imkoniyat darajasida ish vaqtida amalga oshiriladi. Mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik tobora ko'proq inson mehnati qulay bo'lishini ko'zda tutuvchi keng profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadiga yo'naltirilmoqda. Bu o'rinda, eng avvalo, xodimlarning jismoniy va aqliy qobiliyatlariga imkon qadar to'liq javob beradigan sharoitlarni yaratish, xavfsiz va sog'lom ishlab chiqarish muhitiga erishish nazarda tutiladi. Buning uchun mashina-uskunalar hamda mehnatni tashkil etishni loyihalashda ergonomika prinsiplari qo'llanilishi, xodimlar ortiqcha zo'riqishining oldini olishga alohida e'tibor berilmoqda.
Tibbiy ko'rikdan o'tish jarayonida xodimda kasb kasalligi bilan bog'liq holatlar aniqlangan taqdirda, ushbu xodim tibbiy komissiya tomonidan kasallikning kasb bilan bog'liqligini aniqlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli klinikalariga yuborilishi lozim.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchilar bilan xodimlarning mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish sohasida quyidagi majburiyatlari kiritilishi mumkin:
— bepul sut berish tartibi o'rnatilgan ish joylarida havoning ifloslanishini bartaraf etish bo'yicha choralar, mehnat sharoitlarini sanitariya-gigiyena normativlari hamda qoidalariga to'liq mos keladigan holga keltirish choralari;
— qulay va zamonaviy maxsus kiyim-bosh, poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya vositalari, shuningdek, shaxsiy gigiyena buyumlarini o'z vaqtida berish;
— ish sharoitining xodimlar salomatligiga ta'sirini aniqlash maqsadida ularning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ekspertizasini o'tkazish va boshqalar.
Ilmiy asoslangan mehnat normalari va normativlari ilg'or ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) tajribalaridan kelib chiqqan holda, ma'lum bir konkret sharoit uchun mo'ljallangan bo'ladi. Shuning uchun ham xodimlarning ish vaqtidan foydalanishini o'rganish, kuzatish bilan bir qatorda, ish joyini tashkil etish, rejalashtirish, loyihalashtirish, xizmat ko'rsatish, jihozlash va uskunalash, ixtisoslashtirish, mehnat xavfsizligi hamda sanitariya- gigiyena sharoiti, ishlash va dam olish tartiblari ham batafsil o'rganiladi. Ish joyining holatini o'rganish esa mehnatni tashkil qilish elementlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga imkoniyat yaratadi, dam olish uchun zarur bo'lgan ish vaqti sarfi miqdorini normalash uchun ma'lumotlar beradi, ish joylarini loyihalashga qo'yiladigan talablarni aniqlaydi.
Ish joylarining tashkil etilish holatini vizual kuzatuv uslubi bilan bir qatorda, oldindan tayyorlangan savolnomalar orqali maxsus so'rovlar o'tkazish natijasida ham o'rganish, bunda quyidagi taxminiy savollardan foydalanish mumkin:
^ Ish joylarida faoliyat ko'rsatish davomida ish stolining balandligi va razmeri bilan bog'liq bo'lgan qanday noqulayliklar mavjud?
^ Ishni o'tirib bajarish mumkinmi (to'la ish kuni davomida yoki uning ma'lum bir qismi davomida)?
^ Qanday turdagi jihoz taklif etiladi (o'tirg'ichi tushiriladigan, yig'iladigan stol, taburetka va h.k.)?
^ Qanaqa asbob qo'llanilayapti? U ishlash (foydalanish) uchun qulaymi?
^ Uni takomillashtirish bo'yicha qanday takliflar bor?
^ Ish joyining yoritilganlik darajasi yetarlimi? Uni yaxshilash uchun nima qilmoq kerak va hokazolar.
XULOSA VA MUNOZARA
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash shtatli ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlar va (yoki) korxonaning shtatli faoliyati amalga oshirilishi davomida ishlab chiqarish hamda mehnat jarayoni omillari darajalarini asboblar bilan o'lchash va baholash yo'li bilan amalga oshiriladi. Baholashda normativ-huquqiy hujjatlarda hamda boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan usullardan, shuningdek, belgilangan tartibda tekshirilgan o'lchov vositalaridan foydalanilishi kerak.
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi ko'rsatkichlari, mehnat jarayonining og'irligi hamda jiddiyligi bo'yicha Mehnat sharoitlari gigiyena klassifikatsiyasi bilan belgilanadigan mezonlarga muvofiq o'tkaziladi.
REFERENCES
1. Abduraxmanov O.K. O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarish samaradorligini oshirish. T.: Fan., 2010. - 326 b.
2. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. Darslik. - T.: Fan va texnologiya, 2012. - 388 b.
3. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot.T., 2014. 34 b.
4. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. -T.: Mehnat, 2019. 400 b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
5. Shirshkov A.I. Menedjment oxranbi truda: Uchebnik. Rostov- na-Donu: Feniks, 2001. - 384 b.
6. Ekonomika oxranbi truda / Pod ob^ey red. Prof., d.t.n. Petrosyansa E.V. M.: NII problem oxranbi truda, 2011. - 110 b.