Научная статья на тему 'ZARAFSHON DARYOSI QUYI OQIMIDA SHAKLLANGAN TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY HOLATI'

ZARAFSHON DARYOSI QUYI OQIMIDA SHAKLLANGAN TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
46
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproqning mexanik tarkibi / makrova mikroagregatlik holati / zichlik / qattiqlik va g‘ovaklik / yirik chang / mayda qum fraksiyalari / unumdorlik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xakimova Nodira Xayrulloevna, Akramova Moxina Mirg‘Olib Qizi

Zarafshon daryosi quyi oqimida shakllangan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarning umumiy fizikaviy xossalari atroflicha o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra tuproqlarning solishtirma og‘irligi 2,56-2,67 g/sm ni tashkil qilib uning zichligi 1,27-1,63 oralig‘ida bo‘lishi aniqlangan. O‘rganilgan tuproqlarda fizik loy miqdori (<0,01 mm) juda keng oraliqda, 14,2 va 55,2 % atrofida tebranib turishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZARAFSHON DARYOSI QUYI OQIMIDA SHAKLLANGAN TUPROQLARNING AGROFIZIKAVIY HOLATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ZARAFSHON DARYOSI QUYI OQIMIDA SHAKLLANGAN TUPROQLARNING

AGROFIZIKAVIY HOLATI 1Xakimova Nodira Xayrulloevna, 2Akramova Moxina Mirg'olib qizi

1BuxDU dotsenti b.f.f.d. PhD., 2 BuxDU tuproqshunoslik yo'nalishi 4 bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8007043

Annotatsiya. Zarafshon daryosi quyi oqimida shakllangan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning umumiy fizikaviy xossalari atroflicha o'rganilgan. Olingan natijalarga ko'ra tuproqlarning solishtirma og'irligi 2,56-2,67 g/sm ni tashkil qilib uning zichligi 1,27-1,63 oralig'ida bo'lishi aniqlangan. O'rganilgan tuproqlardafizik loy miqdori (<0,01 mm) juda keng oraliqda, 14,2 va 55,2 % atrofida tebranib turishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: tuproqning mexanik tarkibi, makro- va mikroagregatlik holati, zichlik, qattiqlik va g'ovaklik, yirik chang, mayda qum fraksiyalari, unumdorlik.

Dunyoda qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, sug'oriladigan tuproqlar unumdorligini tiklash, saqlash va oshirish, agrofizikaviy holatini aniqlash, meliorativ va ekologik holatini sog'lomlashtirish, ularni antropogen omillar ta'sirida o'zgarishini aniqlash, zichlanish, gumusli gorizont qalinligining pasayishi, sho'rlanish va boshqalar kabi hodisalarning oldini olish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish kabi ustuvor yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, tuproqlarning morfogenetik belgilari, mexanik tarkibi va tuproq paydo bo'lishining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, antropogen omillar ta'sirida yuzaga kelgan salbiy holatlarni aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish, eroziya jarayonlari natijasida yo'qolgan tuproq gumusini saqlash va tiklashning samarali usullarini ishlab chiqishga doir tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamiz xududida yetishtiriladigan asosiy qishloq xo'jaligi ekinlari bilan band bo'lgan tuproq tiplari, tipchalarining agrokimyoviy va agromeliorativ xossalari va ularni boshqarishga qaratilgan agrotexnik va gidrotexnik tadbirlar to'g'risida tavsiyalar chop etilgan bo'lsada, tuproqlar unumdorligini boshqarishda agrofizik xossalar va tartibotlarning ahamiyati, ularni boshqarish tadbirlari kam yoritilgan. Vaholanki, tuproq qatlamlarida kechayotgan suv-oziqa, suv-tuz, suv-havo almashinishi faqatgina tuproqlarning fizik ko'rsatkichlaridan-mexanik tarkibi, makro- va mikroagregatlik holati, zichligi, qattiqligi va g'ovakligiga bog'lik bo'ladi.

Tuproq mexanik tarkibi uning hosil bo'lish sharoitiga bog'liq ravishda uzok muddatda o'zgarmaydigan fizik ko'rsatkich xisoblanadi. Unda tuproq hosil bulish jarayonining butun davriga hamda tuproqlarning barcha xossa- xususiyatlari, tartibotlari o'z ifodasini topadi. Shu bois, tuproqning mexanik tarkibi tuproq hosil bo'lish jarayonida va yerlardan qishloq xo'jaligida foydalanishda muhim o'rin tutadi. Zarafshon vohasi o'rta va quyi oqimi sug'oriladigan tuproqlarida o'tkazilgan tadqiqotlarimizda tuproq mexanik tarkibining nihoyatda xilma-xilligi va profil bo'ylab keskin o'zgaruvchanligi ma'lum bo'ldi (jadval). O'rganilgan tuproqlarda fizik loy miqdori (<0,01 mm) juda keng oraliqda, 14,2 va 55,2 % atrofida tebranib turadi.

1-kesma. Shofirkon tumani Buxoro massivi, "Azim Shofirkon yulduzi" f\x, yangidan sug'oriladigan qumli cho'l tuproqlari mexanik tarkibida fizik loy miqdori yuqori qatlamda 14,2% ni tashkil qilib, qumloqdan quyiga tomon kamayib yopishqoq qum miqdorini ya'ni 5,2% ni tashkil etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

2-kesma Shofirkon tumani Osiyo massivi "Mirzo Jamshid" fermer xo'jaligining sug'oriladigan qumli cho'l tuproqlari mexanik tarkibiga ko'ra qumloq, ya'ni fizik loy miqdori 14,6-11,5 ni tashkil etadi.

3-kesma Shofirkon tumani Bobur massivi "Mirzo Jamshid" f/x eskidan sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarida fizik loy miqdori profil bo'ylab 20,7-57,4% atrofida tebranib turadi, yuqori qatlam o'rta qumoq, o'rtadagi qatlamlar og'ir qumoq, quyi qatlam esa yengil qumoqdan iborat.

Mexanik zarrachalar orasida yirik chang va mayda qum fraksiyalarining ustunlik qilishi kuzatiladi, ayrim hollarda kesmaning quyi qatlamlarida mexanik tarkibning qumgacha yengillashib borishi natijasida yirik qum zarrachalarining oshishi ham qayd etiladi. O'rganilgan tuproqlar fizikaviy xossalari ko'rsatkichlarini kamayishi yoki oshishi birinchi navbatda ularning mexanik tarkibi va organik modda miqdoriga, ona jins tarkibiga bog'liqdir.

1 -jadval

Zarafshon vohasi sug'oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibi (Shofirkon tumani misolida)

Zarrachalar miqdori %, o'lc hami mm

Kesma № va olingan joy Qatlam chuqurli >0,2 0,25 0,1- 0,05 0,01- 0,05 <0,0 Fizik

atamasi gi, sm 5 -0,1 0,05 0,01 0,005 0,00 1 01 loy Tasnifi

kesma. 0-26 25,6 6,4 43,7 9,7 8,3 4,4 1,9 14,6 qumloq

Yagidan 26-41 29,2 7,3 39,3 11 6,2 5,4 1,6 13,2 qumloq

41-71 28,4 7,1 42,6 10,4 3,8 4,5 3,2 11,5 qumloq

sug'oriladigan qumli cho'l tuproqlari. 71-110 36,8 9,2 24,2 23 5,6 1,1 0,1 6,8 qumloq

110-160 24,8 6,2 44,8 19 1,2 3,9 0,1 5,2 qumloq

2-kesma 0-26 25,6 6,4 43,7 9,7 8,3 4,4 1,9 14,6 qumloq

sug'oriladigan qumli cho'l 26-41 29,2 7,3 39,3 11 6,2 5,4 1,6 13,2 qumloq

tuproqlari 41-71 28,4 7,1 42,6 10,4 3,8 4,5 3,2 11,5 qumloq

0-38 2,4 0,6 15,4 43,6 22,6 7,3 8,1 38 O'rta qumoq

38-63 1,2 0,3 24,9 27,7 21,5 24,1 0,3 45,9 Og'ir qumoq

3-kesma 53-85 1,6 0,4 33,8 19 27,3 14,4 3,5 45,2 Og'ir qumoq

Eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlari 85-115 4,4 1,1 26,1 26,6 16 21,5 4,3 41,8 O'rta qumoq

115-156 1,2 0,3 34,3 41 9,7 13,4 0,1 23,2 Yengil qumoq

156-202 6 0,5 4 32,1 31,1 16,7 9,6 57,4 Og'ir qumoq

202-240 5,2 1,2 52,6 20,3 13,9 6,1 0,7 20,7 Yengil qumoq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tuproq fizik ko'rsatkichlarini hisobga olmasdan qo'llaniladigan mineral yoki organik o'g'it, sug'orish, sho'r yuvish, hattoki asosiy haydov (shudgor qilish) xam samara bermaydi. Shu bilan birgalikda qishloq xo'jalik ekinlarini ekish (urug' qadash) sug'orish muddatini belgilash ham tuproqning fizik xossalari asosida bo'ladi. Sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini oshirishda, boshqarishda va himoyalashda uning fizik xossalari muhim axamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Shevchenko A. I. Basic regularities of underground water formation in the Zarafshan basin and hydrogeological zoning of its plain spaces in relation to the issues of land reclamation. Materials on the production forces of Uzbekistan, issue 9, Tashkent, 1957. pp. 33-44.

2. Pankov M. A. Soil Science. Publishing house "O'qituvchi", T., 1970.320 p.

3. Felitsiant I. N., Konobeeva G. M., Gorbunov B. V., Abdullaev M. A. Soils of Uzbekistan (Bukhara and Navoi regions). Fan Publishing House, Vol., 1984,152 p.

4. Kurvantaev R., Nazarova S. Evolution and forecast of development of irrigated soils in the middle part of the Zerafshan valley. // Collection of articles 1-part. IX International Conference "Development of Science in the XXI Century". Kharkiv, Ukraine, 2015. pp. 125-129.

5. Nazarova S., Kurvantaev R. Evolution and forecast of development of irrigated soils in the lower part of the Zerafshan valley. // V International scientific and practical conference "Actual problems of science of the XXI century". Collection of articles 1-part. Moscow, 15/12/2015. Pp. 111-116.

6. Kimberg N. V. Zarafshan valley. // Cotton blend, vol. 2, Izd-vo an UzSSR, Tashkent, 1957. Pp. 3-102.

7. Kuziev R. K., Sektimenko E. V. Soils of Uzbekistan. Tashkent, 2009. 352p.

8. Хакимова Н.Х., Артикова Х,.Т., Акрамова П.А. Некоторые свойств почв в орошаемой пустынной зоны Бухарского Оазиса. / O'zMU Xabarlari.-Toshkent, 2018. №3/1.-B.296-299.

9. Hakimova N.X.,Kurvantayev R. Evolution of raflux soils of the midrange of the valley Zerafshan./ Annali-d'Italia. Рим №4/2020.- P. 68-71.

10. Hakimova N.X., Tokhirov B.B., Rakhmatova Z.B.,Sayfiyev T.F. Dynamics of enzyme activity in salted soils. / Novateur publications Journal NX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581- 4230 Volume 6, Issue 10, Oct. -2020. Р.301-303.

11. Курвантаев Р., Мазиров М.А., Хакимова Н.Х., Солиева Н.А. Эволюция и прогноз развития орошаемых типичных и светлых серёзомов на третьей терассе реки Зарафшан. / Владимирский земледелец. Научно-практический журнал. №4(98) 2021 D0I:10.24412/2225-2584-2021 -4-14-20.

12. Qurvantayev R., Xakimova N., Soliyeva N. General physicalproperties of Zarafshan low and medium stream irrigated soils / International Conference on Sustainable Management of Earth Resources and Biodiversity (SERBEMA-2022) dedicated to the "April 22 - World Earth Day". SCOPUS

13. Kurvantayev R., Hakimova N.X. Zarafshon vohasining o'rta qismida tarqalgan sug'oriladigan tuproqlar. // Qishloq xo'jaligida ekologik muammolar va ularning yechimi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

mavzusidagi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman. -Buxoro, 2020-yil 17-18-dekabr.-B. 118120 .

14. Курвантаев. Р., Хакимова Н.Х. Почвы средней части долины Зерафшана. // Национальная академия наук Беларусси институт почвоведения и агрохимии. Плодородие почв и эффективное применение удобрений. Материалы международной научно-практической конференции -Минск,22-25 июня 2021.- С.100-103.

15. Xakimova N.X., Shofirkon tumani Mirzo Jamshid fermer xo'jaligi eskidan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarining biologik faolligi. // Tuproq unumdorligi va qishloq xo'jaligi ekinlar hosildorligini oshirishning zamonaviy-innovatsion texnologiyalari, muammo va yechimlar mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.- Buxoro, 2021 yil 19-20 noyabr B.

16. Hakimova N.X., Islomova U. Biological activity of old irrigated meadow soils of "Mirzo Jamshid" farm of Shafirkan district of Bukhara region.// Современные научныеи исследования. Актуалъные вопросы, достижения и инновации. Сборник статей XXII Международный научно-практической конференции. - Пенза. 2021 - С. 26-28.

17. Курвантаев. Р., Хакимова Н.Х., Орошаемые почвы средней части долины Зарафшана. // Почвы-стратегический ресурс России. Тезисы докладов VIII съезда Общества почвоведов им. В.В.Докучаева и Школы молодых ученых по морфологии и классификации почв.-Москва-Сыктывкар, 2021 г. Часть 2. С. 232-234. Skopus.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.