Научная статья на тему 'ZANJABIL VA UNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI I'

ZANJABIL VA UNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI I Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
150
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KAMFEN / TSINEOL / BISABOLEN / TSITRAL

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — O'Rmonov A.A.

Ushbu maqolada zanjabil o’simligi,dorivorlik xususiyatlari va ildizidan ekstrakt olish usuli xakida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GINGER AND ITS MEDICAL PROPERTIES I

This article talks about the ginger plant, its medicinal properties, and the method of extracting its root.

Текст научной работы на тему «ZANJABIL VA UNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI I»

O'rmonov A.A. Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo kafedrasi assistenti

ZANJABIL VA UNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada zanjabil o'simligi,dorivorlik xususiyatlari va ildizidan ekstrakt olish usuli xakida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: singabera, kamfen, tsineol, bisabolen, borneol, tsitral, linalool.

O'rmanov A.A. assistant

department of medical chemistry Andijan State Medical Institute

GINGER AND ITS MEDICAL PROPERTIES

Abstract: This article talks about the ginger plant, its medicinal properties, and the method of extracting its root.

Key words: singabera, camphene, cineol, bisabolene, borneol, citral, linalool.

Insonlarda uchreydidigan qasalliklar juda xilma xil, ularni davolashda xozirgi kunda tibbiyotda sintetik dori darmonlardan foydalanishga ko'proq etibor berishadi. Ammo bu sintetik dorilar inson organizimining qasallangan orginlaridan boshqa orginlariga xam ta'sir etadi.Gap shundaki sintetik dorilarning ta'sir tez bo'lishi mumkin, og'riqni tez qoldirishi mumkin lek in bu dorilarning ayniqsa filtr organlarga beradigan asorati bemor uchun katta muammolar tug'dirishi mumkin. Tabiiy o'simliklardan olinadigan damlamalar va surtmalar ta'siri bir muncha sekin bo'lsa xam asorati kam bo'ladi. Albatta meyor saqlangan va shifokorlar bilan maslaxat qilgan xolda foydalanilsa. Shundey dorivor o'simliklardan biri dorivor zanjabildir.

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asarida ko'plab xastaliklarni davolashda qo'llanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo'shish lozim, deb yozgan. Zanjabilsimonlar oilasiga mansub bu ko'p yillik o'simlikning vatani Janubiy Osiyo bo'lib, hozir Xitoy va Hindiston, Indoneziya va Avstraliya, G'arbiy Afrika, shuningdek, Yamayka va Barbados orollaridagi tropik va subtropik hududlarda o'stiriladi. Zanjabil ilmiy tilda singabera deb atalib, sanskritchada "shoxli ildiz" degan ma'noni anglatadi va "universal dori vositasi" sifatida keng qo'llanadi[1].

Zanjabil Yevropaga o'rta asrlarda savdogarlar tomonidan olib kelingan hamda undan ziravor va dori-darmon sifatida foydalanilgan. Xususan, o'latning

oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblangan. Zanjabilning quruq ildizi dorivor bo'lib, tarkibida 1,5 dan 3 foizgacha efir yog'lari, 70 foizgacha organik birikmalar, shuningdek, kamfen, tsineol, bisabolen, borneol, tsitral, linalool moddalari, S, V1, V2 darmondorilari, aminokislotalar mavjud.

Ko'pincha tuyilgan holda ishlatiladigan zanjabil ildizi qo'ng'irsimon-sariq unga o'xshaydi. U kvas va asalga qo'shiladi, kulchalar, qandolat mahsulotlari tayyorlashda ham foydalaniladi. Osiyo mamlakatlarida ziravorlarga va ayrim choy navlariga qo'shiladi, go'shtni shamollatishda sepiladi.[2]

Marinadlangan zanjabil ildizi taomlar ta'mini yaxshilaydi. Shuningdek, alohida taom sifatida ham iste'mol qilinadi. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yangi zanjabildan murabbo tayyorlashadi. Xitoy, Hindixitoy, Birma va Angliyada zanjabil murabbosiga apelsin po'sti qo'shilsa, Hindistonda turli un navlariga aralashtiriladi. Angliya, Avstraliya va AQShda undan pivo, spirtsiz salqin ichimliklar tayyorlanadi. Yevropa va Amerikada zanjabil go'shtli taomlarga qayla o'rnida hamda sabzavot va mevalarni marinadlashda ishlatiladi. Go'sht dimlanganda go'sht xushbo'y bo'ladi va mayinligini saqlaydi.

Zanjabil oftobda quritiladi. Tozalanmagan qoramtir zanjabilning hidi va ta'mi o'tkir bo'ladi. Ko'pincha u quritib tuyilgan holda taomlarga qo'shiladi. Xamirga qorilganda yoki qorib bo'lingach qo'shiladi. Go'shtni dimlaganda taom tayyor bo'lishidan 20, sharbat, kisel, pudinglarga 2-5 daqiqa avval, sous-qaylalarga esa olovdan olingandan so'ng qo'shiladi. Bir kilogramm xamir yoki bir kilogramm go'shtga bir gramm zanjabil solish kifoya.

Zanjabil ildizi dorixonalarga tozalangan va yarim tozalangan holda chiqariladi. U og'iz bo'shlig'i va tomoq yallig'langanda yaxshi muolaja bo'ladi. Damlamasi va kukuni dengiz kasalligiga, oshqozon yarasiga davodir. Ishtahani ochadi, taomlar hazmini yaxshilaydi. Aterosklerozda, yog'lar va xolesterin almashinuvi buzilganda, qon tomirlar holatini me'yorga soladi. Zanjabil ildizi sharbati asosida tayyorlangan murabbolar ham shu maqsadda qo'l keladi. "Zanjabilli choy" asal va limon bilan birga shamollash xastaliklarida tez-tez qo'llanadi. Bosh og'rig'ida, yelkada og'riqlar paydo bo'lganda, surunkali bod xastaligida undan kompress qilinadi.[3]

Adabiyotlar:

1. Asqarov I. R. Sirli tabobat. - T.: Fan va texnologiyalar nashryot - matbaa uyi.2021.- B 1084.

2. H.Xolmatov, O. Ahmedov - Farmakaknoziya Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashryoti, 1997 yil.

3. https://gujum.uz/salomatlik/zanjabil-ming-bir-dardga-davo.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.