Научная статья на тему 'ZANJABIL BEBAHO NE’MAT'

ZANJABIL BEBAHO NE’MAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
440
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tib qonunlari / universal dori vositasi / darmondorilar / ziravor / ateroskleroz / konditer / zanjabilli choy. / Medical Laws / Universal Medicine / Medicines / Spices / Atherosclerosis / Confectionery / Ginger Tea.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdunazar Eshqobilovich Sharipov, Bahriddin Sobirjon O’g’li Rajabov, Muxlisa Jalol Qizi Jalolova

Zanjabil o’simligining shifobaxshlik xususiyatlari haqida so’z boradi hamda ushbu osimlikning qisqacha morfologik belgi va xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT GINGER (ZANJABIL)

The medicinal properties of ginger are discussed, as well as a brief description of the morphological features and characteristics of this plant.

Текст научной работы на тему «ZANJABIL BEBAHO NE’MAT»

ZANJABIL BEBAHO NE'MAT

Abdunazar Eshqobilovich Bahriddin Sobirjon o'g'li Muxlisa Jalol qizi Sharipov Rajabov Jalolova

Termiz davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Zanjabil o'simligining shifobaxshlik xususiyatlari haqida so'z boradi hamda ushbu osimlikning qisqacha morfologik belgi va xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Tib qonunlari, universal dori vositasi, darmondorilar, ziravor, ateroskleroz, konditer, zanjabilli choy.

ABOUT GINGER (ZANJABIL)

Abdunazar Eshkobilovich Bahriddin Sobirjon ugli Mukhlisa Jalol kizi Sharipov Rajabov Jalolova

Termez State University

ABSTRACT

The medicinal properties of ginger are discussed, as well as a brief description of the morphological features and characteristics of this plant.

Keywords: Medical Laws, Universal Medicine, Medicines, Spices, Atherosclerosis, Confectionery, Ginger Tea.

KIRISH

Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asarida ko'plab hastaliklarni davolashda qo'llanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo'shish lozim, deb yozgan. Qadim qadimdan zanjabil "universal dori vositasi" va ziravor sifatida keng qo'llaniladi. Ayniqsa virusli kasalliklarni davolashda, xususan, qadimda o'latning oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblangan. U immunitetni oshirishi, mikroblarga qiron keltirishi bilan ham sarimsoqqa o'xshab ketadi. Alloma Ibn Sino piyoz va mingdevona urug'larini aralashtirib dudlatish yo'li bilan kariesni davolashni eng afzal vosita deb bilgan. Zanjabil muqaddas o'simliklar qatorida Qur'oni karimda keltiriladi. (Jannat ahli)u joyda aralashmasi zanjabil bo'lgan qadahlarda -(jannatlardagi salsabil ataladigan chashma) bilan sug'orilurlar. (Inson surasi 17-18 oyat). Zanjabilning quruq ildizi dorivor bo'lib, tarkibida 1,5 dan 3 foizgacha efir yog'lari, 70 foizgacha organik birikmalar, shuningdek, kamfen, sineol, bisabolen, borneol, sitral, linalool moddalari, C, B1, B2 darmondorilari, aminokislotalar mavjud. Ko'pincha tuyilgan holda ishlatiladigan zanjabil ildizi qo'ng'irsimon-sariq unga

o'xshaydi. U oftobda quritiladi. Tozalanmagan qoramtir -zanjabilning hidi va ta'mi o'tkir bo'ladi. Zanjabil atir-upa sanoatida xam foydali xom ashyo sifatida nixoyatda qadirlanadi. Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda ba'zi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida qo'shib ishlatiladi. Ko'pincha u quritib tuyilgan holda taomlarga qo'shiladi. Xamir qorilganda yoki qorib bo'lingach qo'shiladi. Go'shtni dimlaganda taom tayyor bo'lishidan 20 daqiqa oldin aralashtiriladi. Sharbat, kisellarga 2-5 daqiqa avval, souslarga esa olovdan olingandan so'ng qo'shiladi. Bir kilogramm xamir yoki bir kilogramm go'shtga bir chimdim -zanjabil solish kifoya. Zanjabil ildizi dorixonalarga tozalangan va yarim tozalangan holda chiqariladi. U og'iz bo'shlig'i va tomoq yallig'langanda yaxshi muolajadir. Damlamasi va kukuni dengiz kasalligiga, oshqozon yarasiga davodir. Ishtahani ochadi, taomlar hazmini yaxshilaydi. Aterosklerozda, yog'lar va xolesterin almashinuvi buzilganda, qon tomirlar holatini me'yorga soladi.

ASOSIY QISM

Zanjabil ildizi sharbati asosida tayyorlangan -murabbolar ham shu maqsadda qo'l keladi. "Zanjabilli choy" asal va limon bilan birga shamollash xastaliklarida tez-tez qo'llaniladi. Bosh og'rig'ida, yelkada og'riqlar paydo bo'lganda, surunkali bod xastaligida undan kompress qilinadi. Yangi sog'ilgan sutga qirg'ichdan o'tkazilgan zanjabil qo'shib ichilsa, yo'talda yaxshi muolaja bo'ladi. Anginaga, tish og'rig'iga ham shifo bo'ladi, organizmni zaharli moddalardan tozalaydi. Buning uchun qirg'ichdan chiqarilgan 1 gram zanjabilni limon sharbati va ozgina tuz qo'shib, ertalab nonushtaga qadar iste'mol qilish kerak. Mashinada bosh aylanganida bir bo'lak zanjabil ildizini chaynash kifoya. "Zanjabilli choy"i esa ko'pgina shamollash xastaliklaridan xalos etadi. Bunday choyni tayyorlash usuli. Qirg'ichdan yangi chiqarilgan uch choy qoshiq zanjabil ildizi 100 ml. suv yoki sutga solinib, qopqog'i zich yopilgan emalli idishda past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. So'ng 5-10 daqiqa dimlab qo'yiladi. U ilq holiga kelganida asal va limon qo'shib ichiladi. Chunki asal issiq choyga, qaynoq suvga aralashtirilsa foydali xususiyatlari pasayadi.

Tibetda maydalab kesilgan yoki nafis bo'laklangan zanjabil ildizini choynakka solib, ustidan qaynab turgan suv quyiladi va 10-15 daqiqa damlanadi. Qaynoqligi ketgach, iliq holatda limon va asal qo'shib ichiladi. Bu juda xushta'm bo'lishdan tashqari, nihoyatda foydali shamollashni, tamoq og'rig'ini davolaydi, immunitetni ko'taradi. Umuman aklni va xotirani peshlaydi Meda faoliyatini yaxshilab xazmni kuchaytiradi. Qorinda yig'ilgan yellarni, tanadagi ortikcha xiltlarni haydab quvvat bag'ishlaydi. Iztirobli yutalda balg'amni ko'chiradi. Balki, tibetcha umr uzoqlikning omili ham shundadir. Agar biron bir ziravorni yaxshi ko'rishingiz kerak bo'lsa, u zanjabil bo'lgani ma'qul. Albatta, sog'liq uchun katta foyda keltiradigan ko'plab ajoyib ziravorlar mavjud, ammo ularning ijobiy xususiyatlari zanjabilchalik emas va u

boshqalarga qaraganda yaxshi ta'mga ega. Zanjabilning foydasi gingerol deb ataladigan aralashmaga bog'liq. Ushbu modda yallig'lanishga qarshi, og'riq va shishni yengillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, tarkibida antioksidant bo'lib, tanadagi zararli erkin radikallarni zararsizlantiradi. Bu saraton xavfini kamaytirishi isbotlangan.

XULOSA

Quyida zanjabilning 7 ta foydali xususiyatini bilib olishingiz mumkin.

1. Kislota reflyuksini mag'lub qiling. Kislota reflyuksi iste'mol qilingan ovqat yoki odamning anatomiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ba'zi odamlar bunga moyil. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har kuni maxsus zanjabilli choy ichish yoki ovqatlanish kislota reflyuksiyasini yo'q qilishi mumkin.

2. Yallig'lanishdan ozod bo'ling. Yallig'lanish - bu tananing shikastlangan yoki zararlangan qismini boshqa joylarga yetkazilgan zararni cheklash uchun izolyasiya qilish zarur bo'lganda mudofaa mexanizmidir. Shunga qaramay yallig'lanish jarayoni og'riqli va yoqimsiz holat hisoblanadi. Ayniqsa surunkali yallig'lanishli kasalliklarga chalingan odamlar zanjabilni iste'mol qilishdan juda samarali davolanish usulidir.

3. Saraton xavfini kamaytiring. Zanjabil saraton hujayralariga ta'siri boshqa o'simliklarning ta'siriga qaraganda faolroqdir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zanjabil saraton hujayralarini kimyoterapiya dorilariga qaraganda tez va xavfsizroq tarzda yo'q qiladi.Yaxshi bilasizki, kimyoterapiya ko'plab sog'liq muammolarini keltirib chiqaradi. Shuningdek, zanjabil yo'g'on ichak va ingichka ichak yallig'lanishining oldini olish uchun ham qo'llaniladi.

4. Hazm qilish bo'yicha muammolardan xalos bo'ling . Zanjabil ko'ngil aynishini to'xtatishi mumkin. Buning sababi, zanjabil oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan zararli bakteriyalarni yo'q qiladi. Zanjabil shuningdek, ovqat hazm qilish jarayonining ajralmas qismi bo'lgan so'lak bezlarini qo'zg'atish uchun ham foydalidir.

5. Bosh og'rig'idan xalos bo'ling va oldini oling. Zanjabilning yallig'lanishga qarshi xususiyatlari bosh og'rig'ini davolashda ham yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har kuni zanjabilni iste'mol qilish bosh og'rig'i, hatto migrenni ham oldini olishga qodir.

6. Ozishni istaysizmi? Vazn tashlash juda qiyin masala. Tanada to'planayotgan yog' zahirasi me'yordan ortishi ko'plab kasalliklarning bosh omili hisoblanadi. Parhez ozishda katta rol o'ynaydi, ammo semizlikning sababi genga ham bog'liq bo'lishi mumkin.Zanjabil moddalar almashinuvini ham bir me'yorda saqlaydi. Parhez moddalar almashinuviga salbiy ta'sir o'tkazadi.

7. Mushaklar og'rig'idan ortiq azob chekmang. Og'riqning yana bir keng tarqalgan turi bu mushaklarning og'rig'i bo'lib, ko'pincha u jismoniy mashqlar yoki kunlik mashqlar tufayli yuzaga keladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, zanjabil bunday holatda ham yordam beradi. Shunday bo'lishiga qaramasdan bu borada zanjabil ta'siri

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

mushaklarning og'rig'ini darhol yengillashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan davolab boradi. Har kuni zanjabil iste'mol qilish keyinchalik tanangizda sodir bo'ladigan og'riqlarning oldini oladi.

REFERENCES

[1] Ahmedov O'., Ergashev A., Abzalov A., Yulchieva M. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. -Toshkent, 2009.

[2] Murdaxaev Yu. M. O'zbekistonda vatan topgan dorivor o'simliklar. - Toshkent: Fan, 1990. -76 b.

[3] Begmatov A.M., Allamuratova M.R. Janubiy O'zbekiston sharoitida dorivor o'simliklarni o'stirishning istiqbollari. Aktualntie nauchntie issledovaniya v sovremennom mire. Materials VII mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy internet-konferensii. Pereyaslav-Xmelniskiy,2015.S.11-13

[4] Toirov, A. O., & Doniyorov, A. X. (2020). Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan turkiy tillarda yozilgan farmakologiya va veterenariya sohalariga oid manbalar. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(1), 56-60.

[5] Khojimatov, O. K., Khamraeva, D. T., Khujanov, A. N., & Bussmann, R. W. (2020). An overview of Ethnomedicinal plants of Uzbekistan. Ethnobotany Research & Applications, 20(08).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.