Научная статья на тему 'ABUJAHL TARVUZI (ACHCHIQ TARVUZ) VA UNING XALQ TABOBATIDA QO'LLANILISHI'

ABUJAHL TARVUZI (ACHCHIQ TARVUZ) VA UNING XALQ TABOBATIDA QO'LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9831
251
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qovoqdoshlar oilasi / tabobat / achchiq tarvuz / sog‘lom insonlar / tarvuz sharbati / ildizli o‘simliklar / mevali usimliklar. / Pumpkin family / medicine / bitter watermelon / healthy people / watermelon juice / root crops / fruit plants

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zubayda Odiljon Qizi Mirzayeva

Abujahl tarvuzi (Achchiq tarvuz)ning asli vatani O‗rta Sharq mamlakatlari va Afrika bo‗lib, insoniyat tomonidan 3 ming yildan beri yetishtirib kelinadi. Uning shifobaxsh xususiyatlari haqida Ibn Sino asarlarida ham batafsil yozilgan. Xalq tabobatida mazkur tarvuzni oz miqdorda iste‘mol qilish tavsiya etilgan. Uning tarkibidagi fruktozalar oshqozon osti bezining yaxshi ishlashini ta‘minlashi aniqlangan. Ayniqsa, undagi sitrulin aminokislotasi buyrak, jigar, yurak faoliyatini yaxshilashda, qon-tomir kasalliklarining oldini olishda hamda davolashda muhim ahamiyatga ega

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABUJAHL WATERMELON (BITTER WATERMELON) AND ITS USE IN FOLK MEDICINE

Abujahl watermelon (Bitter Watermelon) is native to the Middle East and Africa and has been cultivated by humans for 3,000 years. Its healing properties are also described in detail in the works of Ibn Sina. In folk medicine, it is recommended to consume small amounts of this watermelon. Its fructose content has been shown to help the pancreas work better. In particular, the amino acid citrulline in it is important in improving the functioning of the kidneys, liver, heart, prevention and treatment of vascular diseases

Текст научной работы на тему «ABUJAHL TARVUZI (ACHCHIQ TARVUZ) VA UNING XALQ TABOBATIDA QO'LLANILISHI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

ABUJAHL TARVUZI (ACHCHIQ TARVUZ) VA UNING XALQ TABOBATIDA QO'LLANILISHI

Zubayda Odiljon qizi Mirzayeva

Andijon qishloq ho'jaligi va agrotexnologiyalar instituti doktoranti

ANNOTATSIYA

Abujahl tarvuzi (Achchiq tarvuz)ning asli vatani O'rta Sharq mamlakatlari va Afrika bo'lib, insoniyat tomonidan 3 ming yildan beri yetishtirib kelinadi. Uning shifobaxsh xususiyatlari haqida Ibn Sino asarlarida ham batafsil yozilgan. Xalq tabobatida mazkur tarvuzni oz miqdorda iste'mol qilish tavsiya etilgan. Uning tarkibidagi fruktozalar oshqozon osti bezining yaxshi ishlashini ta'minlashi aniqlangan. Ayniqsa, undagi sitrulin aminokislotasi buyrak, jigar, yurak faoliyatini yaxshilashda, qon-tomir kasalliklarining oldini olishda hamda davolashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Qovoqdoshlar oilasi, tabobat, achchiq tarvuz, sog'lom insonlar, tarvuz sharbati, ildizli o'simliklar, mevali usimliklar.

ABUJAHL WATERMELON (BITTER WATERMELON) AND ITS USE IN

FOLK MEDICINE

Zubayda Odiljon Kizi Mirzayeva

Doctoral student of Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology

ABSTRACT

Abujahl watermelon (Bitter Watermelon) is native to the Middle East and Africa and has been cultivated by humans for 3,000 years. Its healing properties are also described in detail in the works of Ibn Sina. In folk medicine, it is recommended to consume small amounts of this watermelon. Its fructose content has been shown to help the pancreas work better. In particular, the amino acid citrulline in it is important in improving the functioning of the kidneys, liver, heart, prevention and treatment of vascular diseases.

Keywords: Pumpkin family, medicine, bitter watermelon, healthy people, watermelon juice, root crops, fruit plants.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

KIRISH

Abujahl tarvuzi - qovoqdoshlar oilasiga mansub yo'g'on, tugunaksimon ildizli ko'p yillik o't. Poyasi chirmashuvchi yoki yer bag'irlab yotuvchi, uzunligi 24 m. Barglari, asosan tuxumsimon, chetlari o'yilgan, gullari sarg'ish-oq; changchili gullari (7-15 tadan) poyaning yuqori qismida - shingidda, urug'chili gullari (5-12 tadan) o'simlikning pastki qismida o'rnashgan. Mevasi qora yoki qo'ng'ir, dumaloq, diametri 7-8 mm. Urug'i yassi-tuxumsimon, mayda. May-iyulda gullaydi. O'rta Osiyo (jumladan O'zbekiston)da, Yevropada, Kavkaz, Eron va Skandinaviyada uchraydi. Abujahl tarvuzi - dorivor o'simlik; ildizida glikozidlar, kraxmal, oshlovchi modda, smola, mochevina, olma kislotaning tuzlari borligi aniqlangan. Abujahl tarvuzining gullamasdan qazib olingan yangi ildizidan tayyorlangan essensiya gomeopatiyatsya qo'llanadi. Ildizining spirtdagi eritmasi xalq tabobatida og'riq qoldirish, jarohat, yaralarni davolash, yo'talni qoldirish hamda bod og'rig'ini yo'qotish uchun ishlatiladi. Abujahl tarvuzi suvi gijjani davolashda ham ishlatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tabiatda tarvuzning yovvoyi turlari ham mavjud bo'lib, ular asosan Osiyo va Afrikada tarqalgan, Bugungi kunda achchiq tarvuz deb ataladigan tarvuz qadimda «Abu jahl» nomi bilan atalgan. Hozirgi kunda yovvoyi holda Janubiy Afrika, Arabiston yarim oroli hamda Eronda uchraydi. Bu tarvuz o'z vatanida ko'p yillik o'simlik, O'rta Osiyoda esa mahalliylashgan bir yillik o'simlik. Achchiq tarvuzni mamlakatimizning barcha joylarida yetishtirish mumkin. Bu tarvuz aprel oyining o'rtalarida ekiladi, iyul oylarida gullaydi va har palakda 2-4 tagacha hosil soladi. Uning og'irligi — 0,5-3 kg, hosildorligi esa gektariga 10-12 tonnani tashkil etadi. Hozirgi kunda butun dunyo aholisi orasida qandli diabet kasalligidan aziyat chekayotganlar soni ortib bormoqda. Ko'pgina mamlakatlarda qandli diabet kasalligini davolashda bemorlarga achchiq tarvuz iste'mol qilish tavsiya qilinmoqda. Achchiq tarvuzni qandli diabet kasalligida yetti yildan buyon sinab kelmoqdamiz. Olingan natijalar esa ijobiydir. Tarvuz sharbatidan 2-3 kun iste'mol qilgan bemorlarning aksariyatida qondagi glyukoza miqdori normal holatga yaqinlashgani aniqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insonlarga soglik bagishlovchi bu meva Iskandar Zulqarnayn zamonasi tibbiyot asarlarida turli xil xastaliklarni, jumladan , qandli diabet, migrenni davolash va nafas

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 4 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723

yo'llarini tozalash uchun tarvuzdan tayyorlanadigan bir qancha dori-darmonlar zikr qilingan.

Tabobat Sultoni Ibn Sino: «Abujaxl tarvuzi , xususan uning urug'i va po'sti tomirlarini kengaytiradi, terini tozalaydi. Abujaxl tarvuzi urug'i oftob urishidan saqlaydi, sepkil va bosh qazg'og'ini yo'qotadi ham siydik xaydash xususiyatiga ega. Buyrak , qovuq va jigardagi toshlarni yo'qotadi» deb yozgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, vujudi toksikoz (zaharlanishdan) zaiflashgan ayolga homiladorlikning birinchi yarmida qovun iste'mol etish ma'qul ko'rilmaydi, bunda bola tushishning oldini olish ko'zda tutiladi. Ammo ayol sog'lom bo'lsa, homiladorlik davri davomida muntazam qovun iste'mol qilishi mumkin. Xalq tabobatida darmoni qurib qolgan kamqon kasallarga ham qovunni tavsiya qilishadi. Yuzga sepkil va husnbuzarlar toshganda , dog' tushganida bir necha soatga yuzga qalin qilib po'sti qoldirilgan qovun po'chog'i bog'lab qo'yiladi. Bu poliz ekinini glyukoza hamda vitaminlarning haqiqiy «chashma»si desa bo'ladi. Foydali bu moddalar jigar, buyrak, yurak, oshqozon, o'pka va boshqa a'zolarni ishini yaxshilaydi, odamni umuman tetiklashtiradi.

Bundan tashqari, achchiq tarvuz sharbati inson organizmini turli parazit chuvalchanglardan ham tozalaydi. Sog'lom insonlar ham tarvuz sharbatidan har yili 1-2 marta ichsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Tarvuzning gipoglikemik imkoniyatlarini o'rganishga alohida ahamiyat berilmoqda, O'tkazilgan dastlabki laboratoriya tekshiruvlarida achchiq tarvuz tarkibidagi achchiq ta'm beruvchi glikozidni kimyoviy tarkibi va struktura tuzilishi aniqlandi. Istiqbolda bizning laboratoriya tekshiruvlaridan o'tgandan so'ng achchiq tarvuz asosida qandli diabet kasalligini davolashda foydalaniladigan dori vositalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi mumkin.

Achchiq tarvuzning o'zini ham, sharbatini ham uzoq saqlab bo'lmaydi. Chunki uning tarkibidagi faol moddalar o'zgarishi natijasida ta'sir xususiyatlari kamayadi, ta'mi o'zgaradi va iste'molga yaroqsiz bo'lib qoladi. Achchiq tarvuz sharbatini ma'lum muddat saqlash uchun uni ochiq idishda 60-70 darajali suvda aralashtirish yo'li bilan bug'latib, bo'tqa holiga kelguncha quyultiriladi va ustiga oz miqdorda toza asal solib, idish qopqog'i yopib qo'yiladi.

Muxtasar aytganda, xalq tabobatida achchiq tarvuz sharbatidan keng foydalanilgan. Lekin faqat bugungi kunga kelib olimlarimiz tavsiyasiga ko'ra, undan qandli diabet kasalligini davolashda foydalanilmoqda. Ilmiy tekshirish muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida achchiq tarvuzning

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

biologiyasi, agrotexnikasi va biokimyoviy tarkibini to'la o'rganish va undan turli dori-darmonlar ishlab chiqish yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

XULOSA

Bundan tashqari, achchiq tarvuz sharbati inson organizmini turli parazit chuvalchanglardan ham tozalaydi. Sog'lom insonlar ham tarvuz sharbatidan har yili 1-2 marta ichsa, foydadan xoli bo'lmaydi. "Tarvuzning gipoglikemik imkoniyatlarini o'rganishga alohida ahamiyat berilmoqda", — deydi O'zRFA o'simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya va toksikologiya bo'limi ilmiy xodimi Nigora Yuldasheva. O'tkazilgan dastlabki laboratoriya tekshiruvlarida achchiq tarvuz tarkibidagi achchiq ta'm beruvchi glikozidni kimyoviy tarkibi va struktura tuzilishi aniqlandi. Istiqbolda bizning laboratoriya tekshiruvlaridan o'tgandan so'ng achchiq tarvuz asosida qandli diabet kasalligini davolashda foydalaniladigan dori vositalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi mumkin. Achchiq tarvuzning o'zini ham, sharbatini ham uzoq saqlab bo'lmaydi. Chunki uning tarkibidagi faol moddalar o'zgarishi natijasida ta'sir xususiyatlari kamayadi, ta'mi o'zgaradi va iste'molga yaroqsiz bo'lib qoladi. Achchiq tarvuz sharbatini ma'lum muddat saqlash uchun uni ochiq idishda 60-70 darajali suvda aralashtirish yo'li bilan bug'latib, bo'tqa holiga kelguncha quyultiriladi va ustiga oz miqdorda toza asal solib, idish qopqog'i yopib qo'yiladi. Muxtasar aytganda, xalq tabobatida achchiq tarvuz sharbatidan keng foydalanilgan. Lekin faqat bugungi kunga kelib olimlarimiz tavsiyasiga ko'ra, undan qandli diabet kasalligini davolashda foydalanilmoqda. Ilmiy tekshirish muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida achchiq tarvuzning biologiyasi, agrotexnikasi va biokimyoviy tarkibini to'la o'rganish va undan turli dori-darmonlar ishlab chiqish yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

REFERENCES

1. Saodat Temirova. „Gijja va uni davolash yo'llari". Toshkent, 2013-yil

2. To'lqin Topivoldiyev. Andijon qishloq xo'jalik instituti xabarnomasi 2019 y.

3.L.T.Ikromov, M.A.Tojiyev va X.S.Zaynutdinov . «Toksikologik kimyodan praktikum» darslik 2007-yil

4. L.T.Ikromov va M.A.Tojiyev, dotsentlar T.Mirxaitov va Z.A.Yuldashevlar muallifligida «Toksikologik kimyo» darsligi . 2010-yil

5. S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev va A.I.Nuritdinova. "Tayyor dori turlari texnologiyasi" fanidan darslik 1991-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.