"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
ZANJABIL (ZINGIBER OFFICINALE L.) O'SIMLIGINING XALQ TABOBATIDAGI
AHAMIYATI Qodirova Dilbar Normo'minovna b.f.n. dotsent
Termiz Davlat Universiteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri Ko'chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti magistranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7194811
Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi "O 'zbekiston Respublikasi xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4668 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan izlanishlar hamda dorivor o'simliklar orasida o'z o'rniga ega bo'lgan, shifobaxsh zanjabil o'simligining o'sish sharoiti, biologiyasi, xalq tabobatidagi ahamiyati, qo'llanilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Zanjabil, xalq tabobati, zanjabildoshlar oilasi, efr moyi, zanjabil ildizi, farmatsevtika, yallig'lanish, Abu Ali ibn Sino, gingerol, dori-darmon, zanjabilli choy, oqzanjabil, qora zanjabil.
ЗНАЧЕНИЕ РАСТЕНИЯ ЗИНГЕР (ZINGIBER OFFICINALE L.) В НАРОДНОЙ
МЕДИЦИНЕ
Аннотация. В данной статье исследования проводятся в целях обеспечения реализации постановления Президента Республики Узбекистан от 10 апреля 2020 года №PQ-4668 «О дополнительных мерах по развитию народной медицины Республики Узбекистана» и представлены сведения об условиях произрастания, биологии, значении в народной медицине и применении целебного имбиря, занимающего свое место среди лекарственных растений.
Ключевые слова: Имбирь, народная медицина, семейство имбирных, эфирное масло, имбирь корень, фармацевтика, воспаление, Абу Али ибн Сина, гингерол, лекарство, имбирный чай, белый имбирь, черный имбирь.
SIGNIFICANCE OF ZINGER (ZINGIBER OFFICINALE L.) PLANT IN FOLK
MEDICINE
Abstract. In this article, research is carried out in order to ensure the implementation of the decision of the President of the Republic of Uzbekistan dated April 10, 2020 No. PQ-4668 "On additional measures for the development of folk medicine of the Republic of Uzbekistan" and information about the growth conditions, biology, importance in folk medicine, and use of the healing ginger plant, which has its place among medicinal plants, is presented.
Keywords: Zingiber, folk medicine, ginger family, essential oil, ginger root, pharmaceutical, inflammation, Abu Ali Ibn Sina, gingerol, medicine, ginger tea, white ginger, black ginger.
Kirish. Dorivor o'simliklar - bu inson va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarni davolash hamda ushbu kasalliklarning oldini olish maqsadida foydalaniladigan o'simliklarga nisbatan qo'llaniladi. Bu esa o'z navbatida xalq tabobatining asosi bo'lib xizmat qiladi. Yana bir jihati
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
shundaki, bunday o'simliklar xomashyosi farmatsevtika sohasida tayyorlanadigan dorilar tarkibining bir qismini tashkil qiladi.
Butunjahon Sog'liqni Saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, mavjud dori-darmonlarning 60% ni dorivor o'simliklar xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida ham noyob dorivor o'simliklar ko'plab madaniy va yovvoyi holda uchraydi va keng miqyosda xalq tabobatida qo'llanilib kelinadi.
Aholi salomatligini ta'minlash, tibbiy-sanitar yordam ko'rsatish, turli xil, ayniqsa, surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4668 sonli qarori xalq tabobatining naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rsatadi.
Xalq tabobatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan fitoterapiya va fitoprofilaktika maqsadida foydalaniladigan o'simliklardan biri bu zanjabil o'simligidir.
Zanjabil (Zingiber officinale L.) - zanjabildoshlar oilasiga kiruvchi yo'g'on ildizpoyali ko'p yillik o'simlik hisoblanadi. Asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Janubiy va janubi-sharqiy Osiyoda o'stiriladi. Zanjabil yovvoyi holda uchramaydi. U madaniy holda Hindistonning Bengaliya qismida, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy kabi mamlakatlarda ko'plab ekiladi. Uning tog' va sahrolarda o'sadigan navlari ham bor. Markaziy Osiyo bozorlarida bu giyohni tez-tez uchratamiz. Uning yer osti qismi efir moyiga boy hisoblanadi. Zanjabil kishilarga ziravor va shifobaxsh vosita sifatida qadimdan ma'lum. Zanjabil ildizi xalq tabobatida bir necha ming yillardan beri ishlatilib kelinadi. Xususan, bu o'simlik haqida Abu Ali ibn Sino ham uning xosiyatlari xususida to'xtalib, uning dilni xursand qiluvchi va unga quvvat berishini, qusishni to'xtatishini, ich ketishini qoldirishi to'g'risida o'z fikrlarini aytib o'tgan.
Zanjabilning dunyodagi ko'pchilik xalqlar o'rtasida ma'lumu-mashhurligi uning shifobaxsh xossalari bilan bog'liq, bu esa, uning kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda universal tabiiy vositaligidandir.
Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari keyingi bir necha o'n yilliklarda zamonaviy mutaxassislar tomonidan faol o'rganilmoqda. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o'ziga xos yoqimli hid berib turadi, qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib chiqadi.
Bugungi kunda zanjabil ko'pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli kasalliklardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng iste'mol qilinmoqda. Ayollarda homiladorlikdagi ko'ngil aynishi, organizmning turli xil shamollashlari, sovuq kunlarda tumov ko'paygan mavsumda immunitetni kuchaytirish, kasallikning oldini olish maqsadida qaynoq sut yoki choyga bir oz zanjabil ildizidan qo'shib ichish inson sog'ligi uchun benihoyat foydali ekanligini mazkur tadqiqotlar isbotladi.
Zanjabilda kaliy, magniy, mis, kalsiy oksidi va V-6 vitamini mavjud bo'lib, inson organizmi uchun zarur bo'lgan kundalik ehtiyojining 3% ini qondiradi. Tabobatda qorin og'rig'i va gaz yig'ilib dam bo'lishini yengillatishda ham ishlatiladi. Zanjabilni imom Ibn Qayyim "At-tibbun-nabaviy" asarida "qizdiruvchi, hazmi taomni yengillatuvchi, qorinni yumshatuvchi, me'da va ichaklarda yig'ilgan yellarni haydovchi, balg'am haydab qurituvchi, kuch-quvvatni ko'paytiruvchi shifobaxsh giyoh" deb ta'riflagan. Hozirgi zamon tibbiyoti ilmiy tadqiqotlari har xil
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
shamollashlar, gripp kasalligi asoratlarini oldini olishda, onkologik va yurak kasalliklarini oldini olishda bu shifobaxsh giyoh ildizi muhim rol o'ynashini tasdiqlamoqda.
Bundan tashqari zanjabilni iste'mol qilgan kishida yod olish qobiliyati oshadi. Zanjabil, asal, limon qo'shib tayyorlangan choy yallig'lanish kasalliklarida qizdiruvchi hamda immunitetni ko'taruvchi, mushak og'riqlarini qoldirishda samarali vosita hisoblanadi. Buning uchun 100 ml qaynab turgan suvga bir choy qoshiq maydalangan zanjabil kukunidan solinadi. Past olovda 2-3 daqiqa qaynatilgach olov o'chiriladi va tabga ko'ra asal va limon sharbati solib yaxshilab aralshtiriladi. Dokada stakanga suzib olinib iste'mol qilinadi.
Zanjabil dunyo bozoriga ikki xil ko'rinishda, ya'ni oq va qora zanjabil ko'rinishida sotuvga chiqariladi. Oq va qora zanjabil bir-biridan tayyorlanishi jihatidan farq qiladi. Zanjabil ildizi qazib olinib, tuproq va boshqalardan tozalanib, yaxshilab yuviladi va quyoshda quritiladi. Bu amaliyotlardan so'ng oq zanjabil hosil bo'ladi. Qora zanjabilni tayyorlashda esa, zanjabil ildizi yaxshilab yuvib tozalangandan so'ng, qozonda qaynatilgandandan so'ng quritishga qo'yiladi. Natijada qora zanjabil hosil bo'ladi.
Zanjabil atir-upa sanoatida turli pardoz mahsulotlariga xushbo'y hid berishda ham foydalaniladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ona tabiatimiz nihoyatda mo'jizakor. Sababi birgina o'simlik o'z tarkibida bir vaqtning o'zida bir qancha kasalliklarga shifo bo'luvchi moddalarni saqlaydi. Zanjabil o'simligi ham inson organizmi uchun foydaliligi jihatidan yuqori o'rinlarda turadi. Bu o'simlikni Surxondaryo hududi sharoitiga introduksiya qilish ishlari ustida Surxondaryo qishloq xo'jaligi olimlari tomonidan ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlar o'z natijasini berib, bizning hududimizda ham zanjabil o'simligi yetishtirilib, ichki bozordagi zanjabilga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga ishonaman.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4668 sonli qarori.
2. Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" saylanma 1-jild T-1983 (Tarjimonlar: A.Rasulov va b.) 200-201-B.
3. A.Abdullayev va b. " Biologiyadan qisqacha izoxli lug'at" T-2016. 134-B.