Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
ZAMONAVIY XORIJIY TIL DIDAKTIKASIDA MADANIYATLARARO MULOQOTGA OID ATAMALARNING MUHOKAMASI TO'G'RISIDA
Zamira Allaberdiyevna Shirnazarova
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Chirchiq davlat pedagogika universiteti Email: zamira@cspu.uz
ANNOTATSIYA
Quyida xorijiy tillarni o'qitish didaktikasida tez-tez ishlatiladigan ba'zi bir atamalarni ko'rib chiqamiz. Va bunda kommunikativ va madaniyatlararo muloqot kompetentsiya atamalariga alohida e'tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, germenevtika, xorijiy tillarni o'qitish didaktikasi, mamlakatshunoslik, "o'zgalarni tushunish", kommunikativ kompetensiya, madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasi
ABSTRACT
Below we will consider some terms that are often used in the didactics of foreign language teaching. And in this, special attention is paid to the terms of communicative and intercultural communication competence.
Keywords: intercultural communication, hermeneutics, foreign language teaching didactics, country studies, "understanding others", communicative competence, intercultural communication competence
"Men uchun eng muhimi, shogirdlarim o'zlarining noto'g'ri qarashlarini yo'q qilishlari va boshqa xorijiy mamlakatlardan kelgan insonlarni shunchaki malum bir millat vakillari sifatida emas, balki inson sifatida idrok qilishlaridir" [1, 55] Ushbu fikrlar 21 yillik kasbiy tajribaga ega bo'lgan nemis va ingliz tili o'qituvchisi tomonidan aytilgan va xorijiy tillarni o'rganish uchun turli xil kompetensiyalarning ahamiyati haqida yuzaga kelgan savollarni muhokama qiladi. Xorijiy til o'qituvchisi uchun oddiy so'zlar bilan ifodalanishi mumkin bo'lgan oddiy fikr ham akademik adabiyotlarda muhokama qilish uchun sabab bo'lishi ma'lum. Kop marta tilga olinadigan kommunikativ, madaniyatlararo, multimadaniy va transmadaniy kabi tushunchalarni ilmiy adabiyotlarda turli kontekstlarda uchratish mumkin, shuningdek, bunda o'zgalarni tushunish, madaniyatlararo tushunish, madaniyatlararo mamlakatshunoslik asosiy maqsad sifatida tilga olinadi. Bu xilma-xillikni zamonaviy xorijiy tillarni o'qitish didaktikasi boshqa bir qancha turdosh fanlar ta'sirida ekanligi
207
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
bilan izohlash mumkin. Roxening fikricha[2,83], quyidagi fanlar zamonaviy xorijiy tillar didaktikasi bilan chambarchas aloqada: Tilshunoslik va uning tarmoq fanlari, ayniqsa, Pragmatika, Sotsiolingvistika, Kognitiv Lingvistika; Til pedagogikasi; Madaniyatlararo trening; Psixolingvistika, Psixologiya, Neyrologiya; Germenevtika, Adabiyotshunoslik, Falsafa kabi gumanitar fanlar; Ijtimoiy fanlar va Madaniyatshunoslik: Sotsiologiya, Antropologiya, Siyosatshunoslik, Tarix; Iqtisodiyot; Huquqshunoslik; Tabiiy fanlar; muhandislik kabilar. Quyida ta'lim va xorijiy tillarni o'qitish didaktikasi tushunchalaridan kelib chiqqan va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasi atamasini aniqlashga katta ta'sir ko'rsatadigan ba'zi yondashuvlar keltirilgan. Jumladan: •Ozgalarni tushunish •Madaniyatlararo tushunish •Kommunikativ kompetentsiya •Madaniyatlararo muloqot kompetentsiyasi O'z va o'zga madaniyat o'rtasidagi qarama-qarshilik muammolari bilan shug'ullanuvchi madaniyatlararo germenevtika ta'siri ostida „o'zgalarni tushunish" yondashuvi xorijiy tillarni o'qitish maqsadlariga yo'l topdi. Bunda "Tushunish" diqqat markazda bo'ladi va nafaqat jarayon, balki maqsad sifatida ham tushuniladi. „O'zga, begona" tushunchalari bu yerda o'zlashtiriladigan kategoriya sifatida qaraladi. Buni „o'zga, begona" haqidagi bilimlarga ega bo'lish orqali amalga oshirish mumkin, va buning natijasida o'zga madaniyat vakilining nuqtai nazariga yaqinlashishga, ya'ni uning qarashlarini anglash imkonini tug'diradi. Bu jarayon o'z-o'zini aks ettirish bilan birga kechadi. O'zgalar haqida bilimlarni o'zlashtirib, tushunish orqaligina o'zinikini ya'ni o'zlikni ham anglash va mulohaza yuritish mumkin. Shu o'rinda nemis faylasufi va yozuvchisi Gyotening fikrlari keltirishni joiz deb toptik. „Kimda kim xorijiy tillarni o'rganmas ekan, o'zligini ham anglay olmaydi". O'zgalarni, boshqalarni tushunish-bu o'zining o'ziga xosligini va o'ziga xos xususiyatlarini yo'qotmaydigan ikki yoki undan ortiq madaniyatning o'zaro boyitilishidir [3, 101] (taqqoslang. Serebryannikova 2000, Kaspari 1997, Kallenbax 1997). Bu yerda muhim jihat shundaki Tushunish jarayoni muloqot jarayoni sifatida anglanilishi va bu jarayonlarning o'zaro hamohangligidir.
Biz Vollmerda yana bir atamaga etiborimizni qaratamiz. U „ madaniyatlararo tushunish" atamasini afzal ko'radi va uni „ko'p tillilik sharoitida muayyan madaniyat yoki o'zga madaniyat vakillari bilan muloqot qilish qobiliyati" deb tushunadi. [4, 172] Bu konseptsiya nafaqat o'zgalarni tushunishga, balki o'zini, o'zligini ham anglash, tushunishga qaratilgan. U xorijiy tillarini o'rgatish yoki o'qitish vazifasini ikki madaniyat tajribasini qarama-qarshi kontrastiv taqqoslashda deb biladi:
208
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CjrcMq^avlat^edagogika^niVi^
birinchisi, boshqa bir o'zga madaniyat vakili bilan muloqot natijasini ifodalaydi, ikkinchisi, o'z-o'zini anglash. Ikkala tajribani baholash madaniyatlararo tushunishni rivojlantirishga olib kelishi mumkin, "chunki u aynan til vositasida, chet tilidagi ma'ruzachi yoki matn bilan uchrashishda, ijtimoiy-madaniy ma'noni egallash va muzokaralar orqali o'ziga xos sanaladi va xorijiy tajribalar bir-biri bilan bog'liq hamda ayniqsa yaxshi yetkazilishi mumkin „[5, 496].
"O'zgalarni tushunish" atamasini maqsad sifatida adabiyot o'qitish didaktikasi ham qo'llab-quvvatlaydi, garchi biz bu fanda bu borada yakdil fikrni uchratmasak-da "O'zgalarni tshunish" atamasini afzal ko'rgan adabiyot o'qitish didaktikasi [6, 32] xorijiy til darslarida taklif etilayotgan badiiy matnlarning axborot va rivojlanish imkoniyatlari bilan shug'ullanadi. Ushbu matnlar bilan ishlash orqali o'quvchilar nafaqat xorijiy kontekstlarni bilishlari, balki ular bilan tanishishlari kerak bo'ladi. Madaniyatlararo mamlakatshunoslikdan farqli o'laroq, asosiy e'tibor o'zgalarni tushunishga qaratilgan. „Maqsadi istiqbollarni muvofiqlashtirish bo'lgan mamlakatshunoslik didaktikasidan farqli o'laroq, o'zgalarni tushunish kontseptsiyasi nuqtai nazarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirishga erishishga qaratilgan" [7, 69].
Xorijiy tillarni o'qitishda madaniyatlar o'rtasidagi qarama-qarshilik muammolari bilan shug'ullanadigan fan sohalari, ayniqsa multi madaniyatli jamiyatda yoki bir madaniyat vakillarining boshqa madaniyat doirasida (bu yerda makon nazarda tutilmoqda) ma'lum vaqt ichida bo'lishida yanada turtki bo'lgan omillardan biri bo'ldi. Fanning bunday sohalariga misol sifatida nemis tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda chet elliklar uchun ishlab chiqilgan „madaniyatlararo ta'lim" yoki „madaniyatlararo pedagogika"fanini kiritish mumkin. Shu o'rinda ingliz va amerika ilmiy dunyosining Cultural Studios (madaniyatshunoslik) deb ataladigan fanlari ham o'z g'oyalari va nazariyalari bilan xorijiy tillarni o'qitish didaktikasini rag'batlantirdi. Aynan Cultural Studiosda 1980-yillarda „madaniyat" tushunchasi yangicha izohlanganligi sababli, xorijiy til darslariga qo'shimcha madaniy ma'lumotlar kiritildi. Bunda e'tibor nafaqat geografiya, tarix yoki siyosatga, balki, kundalik turmush tarzi to'g'risidagi bilimga, ya'ni kundalik madaniyatga ham qaratildi.
Xorijiy til darslari uchun ushbu mavzular ustuvorligini hisobga olish o'quv rejasini ham kengaytirishni va qayta ko'rib chiqishni anglatadi.
REFERENCES / FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
209
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CMrcMqdavjat^
1. Caspari, D. (1997). Lernziel „interkulturelles Lernen/Fremdverstehen": Was Fremdsprachenlehrer und -lehrerinnen darüber denken - drei Fallbeispiele. In Bredella, Christ, Legutke (Hrsg.), a.a.O., S. 55-75.
2. Roche, J. (2001). Interkulturelle Sprachdidaktik. Eine Einführung. Tübingen: Narr.
3. Serebrjannikowa, S. (2000). Interkulturelle Germanistik: Probleme und Aussichten.
4. Vollmer , H. J. (1994). Interkulturelles Lernen - interkulturelles Kommunizieren: Vom Wissen zum sprachlichen Handeln. In Bausch, Christ, Krumm (Hrsg.), a.a.O.,
5. 172-185.
5. Vollmer, H. J. (1995). Fremdsprachenlernen in multikulturellen Gesellschaften. In Brandella (Hrsg.), a.a.O., S. 495-508.
6. Bredella, L. (1995). Verstehen und Verständigung als Grundbegriffe und Zielstellungen des Fremdsprachenlehrens und -lernens? In L. Brandella (Hrsg.), Verstehen und Verständigung durch Sprachlernen? Dokumentation des 15. Kongressesfür Fremdsprachendidaktik, veranstaltet von der Deutschen Gesellschaft für Fremdsprachenforschung, Gießen, 4.-6. Oktober 1993 Bochum: Universitätsverlag, S. 1-34.
7. Gehring, W. (2002). Kulturelle Kontexte in Sprachlehrgängen an Haupt - und Realschule. In Volkmann, Stierstorfer, Gehring (Hrsg.), a.a.O., S. 69-97.
210