Научная статья на тему 'Zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy tafakkurning analitik tahlili'

Zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy tafakkurning analitik tahlili Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / musiqa madaniyati / musiqiy meros / san’at / obyektiv va subyektiv omillar / ijrochilik san’ati / barkamol avlod / barkamol shaxs / madaniy qadriyatlar / maqom / dostonchilik / folklor / music / music culture / musical heritage / art / objective and subjective factors / performance art / mature generation / mature personality / cultural values / status / yepic / folklore

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tursunova L.

Mazkur maqolada jamiyatning yangi taraqqiyoti bosqichida yoshlar musiqa madaniyatini yuksaltirish, takomillashtirish yuzasidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, musiqa madaniyati olamni bilish, his qilish, idrok yetish va uning go‘zalliklaridan lazzatlanishning alohida bir shakli yekanligi va yoshlarning musiqiy madaniyatini yuksaltirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analytical analysis of musical thinking in improving the aesthetic culture of modern student youth

In this article, at the stage of the new development of the society, a number of systematic works are being carried out in order to raise and improve the music culture of young people, that it is a special form of perception and yenjoyment of is beauties, and the objective and subjective factors of improving the musical culture of young people are philosophically analyzed.

Текст научной работы на тему «Zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy tafakkurning analitik tahlili»

¿>

I ^a^cafoa Ba xyrçyK_philosophy & law journal_2024/2

ZAMONAVIY TALABA YOSHLAR ESTETIK MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA MUSIQIY TAFAKKURNING ANALITIK TAHLILI

Tursunova L. -

FarDU o'qituvchisi

Tafakkur inson ongida borliqni uning tahlili va sintezi bilan aks etish jarayonidir. Tafakkur hissiy bilish (his etish, idrok etish) vositasida va uning chegaralaridan chiqqan holda amaliy faoliyat asosida yuzaga keladi. Tafakkur aniq bilimlar, dalillarga tayanadi, tahlil qiladi, qiyoslaydi, umumlashtiradi, xulosalar chiqaradi. Tafakkur muammolarni ilmiy, falsafiy o'rganish bilan bilish nazariyasi - gnoseologiya shug'ullanadi.

Musiqiy tafakkur olamni bilish, his qilish, idrok etish va uning go'zalliklaridan lazzatlanishning alohida bir shaklidir. U ham go'zallik va mukammallik qonunlari asosida yashaydi va rivojlanadi. U shu ma'noda din, fan va falsafa bilan bir qatorda turadi, insondagi insoniylikni kamol toptiradi, olam sirlarini kashf etadi [4].

Zamonaviy talaba yoshlarda estetik madaniyatni yuksaltirishda, axloqiy fazilatlarni shakllantirishda, ularning ma'naviy dunyoqarashini o'stirishda musiqiy tafakkurning analitik tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqiy tafakkur musiqiy his, musiqiy idrok asosida paydo bo'ladi va ovozli, musiqiy, badiiy obrazlarga tayanadi. Musiqiy tafakkur milliy musiqa madaniyatining o'ziga xosligi, qonuniyatlarini bilishning spesifik, intellektual jarayoni va musiqiy san'at asarini tushunishdir. Milliy musiqiy tafakkur muayyan bir millatning his-tuyg'u va kechinmalarini ifoda etadi, shuning uchun ham unga milliylik xosdir. Unda millatning butun kechmishi, tarixi, fantaziyasi, milliy ruhi, estetik didi, orzu va armonlari, quvonch va tashvishlari, dard va alamlari mujassamlashgan bo'ladi.

Milliy musiqa boshqa xalqlar san'ati bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi, biroq hech qachon u milliy zamindan ajrab, uzilib qolmaydi. O'zbek milliy musiqa san'ati mahalliy xalqlarning milliy ohanglari zaminida shakllanib kelgan. Har bir milliy madaniyat uchun ayni vaqtda umuminsoniylik xosdir, umuminsoniylik milliylik orqali namoyon bo'ladi. Musiqaning milliyligi mazkur xalqning uzoq tarixiy kechmishi, turmush va hayot tarzi, mehnat madaniyati va milliy an'analar bilan uzviy bog'langandir. O'zbek milliy musiqa san'ati xalqimiz hayotining badiiy aks-sadosi sifatida vujudga kelar ekan, unda kishilarning kayfiyati va mehnat faoliyatiga, shuningdek, ularning milliy tafakkuriga juda kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida ma'naviyatga bo'lgan yuksak e'tiborning natijasi o'laroq, zamonaviy talaba yoshlarda estetik madaniyatni yuksaltirishda musiqiy tafakkurni shakllantirish, musiqa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonini zamonaviylashtirish, uni zamon talablariga mos tarzda yuksaltirish hamda yoshlarning badiiy-musiqiy dunyoqarashini kengaytirish bilan bog'liq muammolar jamiyat ijtimoiy hayotining dolzarb masalalariga aylangan. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy tafakkurni shakllantirishning dolzarbligini quyidagicha asoslash mumkin:

Birinchidan, O'zbekistonning yangi taraqqiyoti bosqichida ma'naviyatning ustuvorligiga tayanuvchi falsafiy konsepsiya zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy tafakkur va dunyoqarashning o'ziga xos o'rnini belgilab beradi.

Ikkinchidan, musiqiy madaniyat shaxs kamolotining barcha bosqichlarida unga falsafiy, axloqiy g'oyalarni singdirishda, yuksak insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda, shu bilan birga, estetik madaniyatni yuksaltirishda muhim ruhiy-emotsional omil bo'lib xizmat qiladi.

¿>

I ^a^cafoa Ba xyrçyK_philosophy & law journal_2024/2

Uchinchidan, zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda o'z qobiliyati, iqtidori, iste'dodi va umuman erkin ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli obyektiv, subyektiv sharoitlarni yuzaga keltiradi. Shu bois zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirish jarayonida, jamiyat ma'naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg'un holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Bu o'z navbatida, zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirish masalasini ma'naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi [6].

Musiqiy tafakkur - musiqiy madaniyat o'ziga xosligi, qonuniyatlarini bilishning spesifik, intellektual jarayoni va musiqiy san'at asarini tushunishdir. Musiqiy tafakkurning o'ziga xosligi musiqiy qobiliyatning rivojlanganligiga, shuningdek, inson yashab tarbiyalanayotgan musiqiy muhit shart-sharoitiga bog'liq. Sharq va G'arb musiqiy madaniyatlari orasidagi tafovutlarni alohida ta'kidlash kerak. Sharq musiqasi uchun monodiyaga asoslangan tafakkur: ko'plab lad ko'rinishlari, chorak tonli, nimchorak tonli, glissando usullarining qo'llanilishi, ritm tuzilishining boyligi, tovushlarning notemperatsiyaviy munosabati, tembr va kuy xilma-xilligidan foydalanish bilan musiqiy tafakkurni gorizontal rivojlantirish xosdir. Yevropa musiqa madaniyati uchun esa gomofon-garmonik tafakkur: garmonik ketma-ketlik harakati mantiqi bilan bog'liq musiqiy tafakkurni vertikal rivojlantirish xosdir [3].

Musiqiy tafakkur idrok etish asosida shakllanadi. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, sharq tinglovchisi Yevropa musiqasini har doim to'la tushunavermaydi? Chunki, musiqiy idrokning to'laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo'lib, o'z xususiyatlari sababiga ega.

Bugungi zamonda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirish, yoshlarni yuksak gumanistik ideallar ruhida tarbiyalashda musiqa san'atining o'rni va ahamiyatini hech narsa bilan o'lchab, baholab bo'lmaydi.

Musiqiy mazmun - idrok etilishi natijasida tafakkur darajasida anglanadi, bunda ohanglar obrazlarining ifodaviy va tasviriy imkoniyatlari muhim rol o'ynaydi. Musiqiy tafakkur qadim zamonlardan buyon o'rganib kelinadi. Pifagorning monoxord ustida olib borgan tajribalari jarayonida kashf etgan musiqiy ovozlarning o'zaro munosabatlari tizimi, aytish mumkinki, musiqiy tafakkur fanining rivojini boshlab berdi. Musiqiy tafakkurning barcha turlari ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega, ya'ni ma'lum bir tarixiy davrga tegishli [7].

"Zamonaviy musiqa pedagogikasida musiqani janr tahlili asosida o'qitishda katta tajriba to'plangan. Musiqashunoslikda o'rganilgan janr tasnifi deyarli barcha o'quv dasturlarida musiqa materialini tanlash va tartibga solish uchun asos bo'lib xizmat qiladi". "Musiqa oddiy yoki murakkab tuzilgan bo'lishi, dag'alroq yoki nozik, ommaviylashgan yoki o'ziga xos bo'lishi mumkin". Bularning barchasi yoshlarda shakllanadigan musiqiy did darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi va tinglanadigan musiqa asarlariga bildiriladigan munosabat o'smirlar tomonidan ushbu asarlarga beriladigan baho tarzida qabul qilinishi maqsadga muvofiq. Musiqiy tafakkurning rivojlanishi ilm-fanning gullab-yashnashi hamda badiiy madaniyatning gurkirab rivojlanishi bilan bir vaqtda ro'y bergan. Ilm-fan va san'atni bir-biridan ajratish aslo mumkin emas. Ilmiy kashfiyotlarning doyasi, ilhomchisi doimo musiqiy tafakkur bo'lgan, musiqiy tafakkur natijasida inson sezgilari ijtimoiylashadi, fikr tiniqlashadi, butun borliqni idrok etish faollashadi. Insondagi mehr-shafqat va hamdardlik singari insoniy fazilatlar milliy musiqiy tafakkur orqali shakllanadi va kamol topadi [2].

Musiqiy tafakkurni inson ongi va hissiyotlariga ta'sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlariga hamohang bo'lgan protsessual - muayyan jarayonli tabiati bilan bog'liqdir. Mumtoz musiqa madaniyatiga oid asarlar mazmuniga badiiy g'oyalar umumlashgan holda berilib, musiqiy obrazlarning o'zaro munosabatlari, ya'ni taqqoslash, to'qnashuv, rivojlanish jarayonida shakllanadi.

¿> vb,

I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^

Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko'ra musiqa mazmuni ham turli epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo'ladi [8].

Musiqa shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qadriyatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda mazlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalari to'g'risidagi umumlashmalar ifoda etiladi. Musiqiy madaniyat har bir davrning ma'naviy-ma'rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining ko'pgina jabhalari bilan mushtarakdir. Musiqiy tafakkurning inson axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish vositasi sifatidagi roli juda muhimdir.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-sonli Farmoni.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - Toshkent, 2017.

3. Арзиматова И.М. Эстетик маданият. - Тошкент, "Фан", 2007.

REZYUME:

Mazkur maqolada jamiyatning yangi taraqqiyoti bosqichida yoshlar musiqa madaniyatini yuksaltirish, takomillashtirish yuzasidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, musiqa madaniyati olamni bilish, his qilish, idrok yetish va uning go'zalliklaridan lazzatlanishning alohida bir shakli yekanligi va yoshlarning musiqiy madaniyatini yuksaltirishning ob'ektiv va sub'ektiv omillari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: musiqa, musiqa madaniyati, musiqiy meros, san'at,obyektiv va subyektiv omillar, ijrochilik san'ati, barkamol avlod, barkamol shaxs, madaniy qadriyatlar, maqom, dostonchilik, folklor

РЕЗЮМЕ:

В данной статье показано, что на этапе нового развития общества проводится системная работа по поднятию и совершенствованию музыкальной культуры молодежи, которая является особой формой восприятия и наслаждения ее красотами, а также анализируются объективные и субъективные факторы поднятия музыкальной культуры молодежи.

Ключевые слова: музыка, музыкальная культура, музыкальное наследие, искусство, объективные и субъективные факторы, исполнительское искусство, зрелое поколение, зрелая личность, культурные ценности, статус, эпос, фольклор.

RESUME:

In this article, at the stage of the new development of the society, a number of systematic works are being carried out in order to raise and improve the music culture of young people, that it is a special form of perception and yenjoyment of is beauties, and the objective and subjective factors of improving the musical culture of young people are philosophically analyzed.

Key words: music, music culture, musical heritage, art, objective and subjective factors, performance art, mature generation, mature personality, cultural values, status, yepic, folklore

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.