¿> vi,
I ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 J
YOSHLARNING ESTETIK TAFAKKURINI YUKSALISHIDA MUSIQA MADANIYATIDAGI KONSEPSIYALAR
Djalalova N.X. -
FarDU tadqiqotchisi
Yoshlarning estetik tafakkurini yuksalishida musiqiy madaniyat katta rol o'ynaydi.Musiqiy madaniyat estetik, psixologik, ijtimoiy va boshqa sohalar o'zaro bog'liq bo'lgan juda murakkab ta'limlardan biridir. Bu murakkab ta'limning asosi esa musiqa bilan bog'liqdir. Musiqaning qadr-qimmati odob-axloq bilan tanilgan bo'lib, komil va go'zallikka ko'tariladi. Platon va Aristotel musiqaning jamoat ishlarida tarbiyaviy, o'zgartiruvchi va tartibga soluvchi rolini tasdiqlash uchun juda ko'plab tadqiqotlar o'tkazishgan. Antik davridayoq musiqaning munosabat, shakllanish, jarayon, harakat kabi ma'noviy kategoriyalari tasdiqlangan.Musiqa umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o'ziga xoslik nafaqat shaxsning estetik-axloqiy ehtiyojlarini rivojlantirishda, balki yuksak axloqiy mazmunga ega musiqa qudrati doirasidagi ma'naviy madaniyatning yuksalishida ham katta ahamiyatga egadir.
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etar ekanmiz, Abu Nasr Forobiyning musiqaga oid qarashlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Forobiy musiqani tarbiyaviy ilm deb ataydi va uning ahamiyati haqida shunday deydi: "Ushbu fan xulq-atvori mutanosib yoshlarni muvozanatlashtirish uchun foydalidir, mukammal bo'lmaganlarni mukammal qiladi va muvozanati buzganlarning muvozanatini saqlaydi. Tananing sog'lig'i uchun ham foydalidir, chunki tana kasal bo'lganda, ruh o'ladi va tanada muammo bo'lganda ruh azoblanadi. Shuning uchun, tananing shifo topishi uchun ruh musiqa sadolari ostida davolanadi". Xususan, u musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo'jizakor ta'siri haqida «Ilmlarning kelib chiqishi to'g'risida» asarida shunday deydi: «Bu ilm shu ma'noda foydaliki, u o'z muvozanatini yo'qotgan odamni tartibga keltiradi, mukammallikka etmagan xalqni mukammal qiladi va muvozanatini saqlab turadi»[6].
Musiqiy estetika muammosi musiqa san'ati rivojlanishining barcha bosqichlarida ko'rib chiqilgan, chunki musiqiy estetikaning chuqur ildizlari qadimgi antik davrlarga borib taqaladi. Bunda esa buyuk faylasuflar: Pifagor, Platon va Aristotel tomonidan taklif qilingan musiqaning estetik va qadriyat mezonlari bilan bog'liq bo'lgan insonning eng muhim axloqiy fazilatlari o'z aksini topadi. Ushbu muammoni faylasuf olimlar qadim zamonlardan beri o'rganishga harakat qilganlar.
Buyuk musiqa faylasufi, sovet olimi A.F.Losev bo'lib, uning ijodiy merosi musiqa falsafasi muammolari bilan bevosita bog'liq bo'lgan estetika sohasidagi ko'plab tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. A.F.Losev butun ilmiy faoliyati davomida musiqa hodisasining har qanday jismoniy va psixofiziologik hodisalardan mustaqilligi tamoyilini qat'iy himoya qilib, musiqa insonlarda go'zlikni his etishni, ahloqiy normativalrni rivojlantirib, estetik tafakkurni yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etishini aytib o'tgan[7].
Ish jarayonida mahalliy va xorijiy olimlarning (I.A.Gerasimova, L.I.Goldin, Yu.N.Davidov, I.B.Rodnyanskaya, O.V.Larmin, L.Varadi, E.Molnar) asarlari ko'rib chiqildi, unga ko'ra zamonaviy badiiy jarayonning bir qator dolzarb muammolari ko'rsatilgan. Musiqa madaniyati vositasida shaxsiyatni estetik tafakkurlarini yuksaltirish ko'rsatadigan oz sonli asarlar (V.Korrell, D.Kuznetsova, G.G.Lekveishvili, N.Moreva, I.P.Ruppert) ishlatilgan.
Madaniyat va san'at sohasidagi islohotlarni jadal davom ettirish, madaniyat organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ijrosini ta'minlash maqsadida chora tadbirlar belgilandi. Jumladan, sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustda "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish to'g'risida"gi PQ-3920-sonli qarori, 2018-yil 28-noyabrda "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038- sonli qarori, 2020-yil 26-mayda
¿> vil
l ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 ^
"Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli farmonlari qabul qilindi.
Shu bilan birgalikda 2021-yil 9-dekabrda "Madaniyat va san'atni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-36-sonli hamda 2022-yil 2- fevralda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarorlarida ham sohaga oid dolzarb masalalar belgilangan bo'lib, ularni amalga oshirishda soha mutasaddilariga juda katta vazifalar yuklatilgan. Madaniyat va san'at sohasida juda ko'p yillar davomida mehnat qilgan fidoyi insonlardan biri bo'lgan siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarov "Har bir vazifada juda katta ezgulik va ulug' maqsadlar mujassam" ligini alohida ta'kidlagan[8;9].
Mavzuni tadqiq qilishda O'zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov[3;4;5], O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari[1;2], nutqlarida ilgari surilgan g'oyalar, madaniyatimizni rivojlantirish va uni yosh avlodning estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati, shuningdek allomalarrning, olimlarning ilmiy tahlil qilish jarayonida bildirilgan konseptual va amaliy takliflari nazariy manba bo'lib xizmat qiladi.
Musiqa - bu insonning hissiy holatiga ta'sir qiladigan tovush tarkibiy qismlarining birlashtirilgan kombinatsiyasi san'ati bo'lib, bu tasvirlar, fikrlar va his-tuyg'ularni etkazishga qaratilgan qat'iy chastota va vaqtni tashkil etadigan intonatsion xarakterdagi tovush faoliyatining o'ziga xos turidir.
Madaniyat - bu inson tomonidan yaratilgan va shu bilan birga insonni yaratadigan, insoniyat hodisasini keltirib chiqaradigan hamma narsadir. Adabiyot, san'at, falsafa - madaniyatning eng shubhasiz tarkibiy qismlaridir, chunki ular insoniyat tomonidan o'z-o'zini anglash va insoniyatni o'zgartirish uchun xizmat qiladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, musiqa va madaniyat bir biri bilan bog'liq.Musiqiy madaniyat misolida yoshlarning estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyatini ijtimoiy -falsafiy jihatdan tadqiq qilish uchun konsepsiyalarni ko'rib chiqdik. Avvalo shuni ta'kidlash kerakki Konsepsiya o'zi nima?
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar degan ma'nolarni anglatadi.
Ushbu tadqiqotimizda biz musiqiy madaniyatga oid kosepsiyalarni aniqlab, quyidagi natijalarga erishish zarurligini aniqladik.
Shaxsning estetik tafakkurini (musiqiy madaniyat orqali) bolalikdan shakllantirish lozim. Buning uchun bolani kichik yoshidan bog'chaga berish tavsiya etiladi.Bola bog'chada har tomonlama shakllanadi, shu jumladan estetik tomondan ham. Estetik tafakkurini shakllanishida ayniqsa bog'cha musiqa rahbarining o'rni kattadir. Musiqa mashg'ulotlari, to'garaklar, turli xil bayram ertaliklari orqali yosh shaxsda estetik tafakkur shakllana boshlaydi. Bola estetik tomondan ushbu tadbirlarni kuzatib, bevosita ishtirok etib emotsional zavq oladi, shakllanadi. Buning uchun esa musiqa rahbari izlanuvchan, qobiliyatli, fantaziyaga boy kadr bo'lishi shart. U mashg'ulotlarini, bayram ssenariylarini, to'garak rejalalrini o'ylab, fikrlab, qiziqarli qilib tashkilashi kerak. Har bir tadbirlarida estetika, go'zallik, ahloq-odob namunalari berilib borilishi kerak. Shundagina yosh shaxsning estetik tafakkuri shakllana boshlaydi. Lekin xozirgi paytda bunday musiq rahbarlarimiz kamayib bormoqda nazarimizda. Bog'chalardagi musiqa mashg'ulotlari, bayram ertaliklari xo'jako'rsinga o'tkazilmoqda. Biron bir qiziqarli reja yo'q! Bu esa albatta achinarli holat. Bola kichik yoshidan shunday tarbiyalansa u yosh avlodga aylansa tafakkuri, dunyoqarashi tor bo'lib qolmaydimi? Buning echimi va yangiligi quyidagicha deb o'ylaymiz:
1. Musiqa rahbari oliy ma'lumotli kadr bo'lishi shart;
2. Musiqa rahbarining rejalalri o'ylangan, puxta bo'lishi kerak;
3. Musiqa rahbari tanlov asosida olinib, u rus va biron bir chet tilini bilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
¿>
I ^a^cafoa Ba xyrçyK_philosophy & law journal_2024/2
4. Bayram ertaliklari ssenariylari har bir bayram tadbirlariga muvofiq ma'noli, ta'lim-tarbiyaga boy bo'lishi lozim.
O'rta maktablarga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat bo'lishi kerakligini tadqiq qildik:
- Musiqa fanini soatini ko'paytirish zarurdir. Musiqa fanini haftada ikki marta o'tish kerak. Chunki hamma bola ham musiqa maktabida o'qimaydi.Musiqa maktabiga bormaydigan bolaning estetik tafakkuri musiqa maktabiga boradigan bolaga qaraganda sustroq, dunyoqarashi torroq bo'ladi.
- Musiqa fani darsligini qayta ko'rib chiqish zarurdir.
- Maktablarda musiqa to'garaklarini san'at kollejlarini, madanyat vazirligiga qarashli oliy ta'limni bitirgan mutaxassislar olb borishsa maqsadga muvofiq bolar edi. Chunki musiqa to'garaklarini o'lib borish juda nozik masaladir. Bunga chuqur, individual bilim, qobiliyat kerakdir. Musiqa darsi bir tizimda o'tilsa, to'garaklar ma'lum bir yo'nalish uchun o'tiladi.Masalan: orkestr to'garagi, xor to'garagi, vokal solisti to'garagi, raqs to'garagi va h.z.o. Ushbu to'garaklarni o'z mutaxssisi o'tsa yoshlarning estetik tafakkuri yanada yuksaladi.
O'quvchilar tafakkurini musiqa orqali shakllantirish va yuksaltirish muammosi quyidagilarni muhim vazifa sifatida belgilaydi:
- o'quvchi-yoshlarninglarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo'naltirish, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, o'rganish, tahlil qilish va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
- o'quvchi-yoshlar estetik tafakkurini shakllantirish yuzasidan musiqa to'garaklari faoliyatini o'rganish;
-musiqa to'garaklari asosida o'quvchi-yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.
- har bir umumta'lim maktabida sinfdan tashqari musiqa to'garaklarini amalga oshirishda mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, uning yo'nalishi, rivojlanish istiqbollari, ijtimoiy normalar, qoidalar va an'analari, moddiy-texnik holati, tadbirlar dasturi, sinfdan tashqari mashg'ulotlarning maqsadi va asosiy vazifalarini belgilash maqsadga muvofiqdir.
Musiqa madaniyati mustaqil Respublikamiz yoshlarini ma'naviy dunyosini boyitish, ularni go'zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi ijobiy xususiyatlarga ega. Ma'naviy g'oyasi yuksak, badiiy jozibali musiqa asarlari kishilar qalbiga tezroq yo'l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta'sir qilish, hayotiy voqea - hodisalarni chuqur mushohada qilishga da'vat etishi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek: "Musiqa-hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga ega!"
San'at sohasidagi Oliy ta'lim muassasalarida ham mutaxassislik fanlarini ko'paytirish,yakka tartib darslarini yo'lga qo'yish, yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab quvvatlash,ta'lim muassasalarini musiqiy cholg'ular,musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish,talaba-yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra musiqa cholg'ularida kuy ijro etish mahorati to'garaklari tashkil etilish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda inson hayotidagi estetik tamoyil katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning jadal rivojlanishi, ijtimoiy-madaniy modernizatsiya dinamikasini saqlab qolish uchun milliy madaniyatning yuksak badiiy estetik qadriyatlari ustunlik qilishi kerak. Jamiyat doimo go'zallikni anglay oladigan, qadrlay oladigan va yarata oladigan estetik jihatdan rivojlangan shaxsga muhtoj bo'ladi. Bunda esa musiqiy madaniyat katta rol o'ynaydi. Hozirgi sharoitda madaniyat olamida estetik his-tuyg'ularni boshdan kechirishga va estetik salohiyatni ro'yobga chiqarishga qodir yoshlarning estetik tafakkurini yuksaltirish muammosi dolzarb bo'lib bormoqda.
Hozirgi Yangi O'zbekiston bosqichida, ijtimoiy rivojlanishning o'zgargan sharoitida uning roli va funksiyasini tushunish, ta'limga yangi yondashuvlarni izlash davom etmoqda. Jamiyatning yangicha, zamonaviy taraqqiyoti sharoitida yoshlarni ijtimoiy tarbiyalash va har tomonlama izchil yuksaltirish dolzarb bo'lib qoldi. Ijtimoiy tarbiya jarayonida esa musiqa madaniyati katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa yoshlarning estetik tafakkurini yuksaltirishda muhim omildir. An'anaviy va jahon
¿> vb,
I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^
ma'naviy asoslaridan chekinish, maqsadli pedagogik yo'riqning yo'qligi, ommaviy axborot vositalari orqali musiqani passiv idrok etis, bularning barchasi musiqiy madaniyat orqali yoshlarni estetik tafakkurlarini yuksaltirish muammosini qo'yish hamda uni falsafa, estetika, pedagogika , musiqa madaniyati fanlari orqali hal etishga urinishni dolzarb etadi. Yoshlarga e'tibor qaratilishi- bu ijtimoiy kamolotning faol shakllanish davri ekanligi bilan izohlanadi. Yoshlar hozirda sezilarli va tez rivojlanayotgan ijtimoiy guruh bo'lib, ular kelajakda jamiyat muammolarini hal qilishda ishtirok etadigan shaxslar hisoblanadi. Bu esa ularning qay darajada tarbiyalanganliklari bilan bog'liq bo'ladi. Bu holatlar musiqa madaniyati vositalarining yoshlarning ijtimoiy-estetik tafakkurlariga ta'siri muammosini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ishlab chiqish zarurligini ko'rsatadi. Musiqiy madaniyat yordamida yoshlarning estetik tafakkurini yuksaltirish shaxs faoliyatining turli tomonlarini va ijtimoiy yo'nalishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan o'zaro bog'liq chora-tadbirlar majmuini talab qiladi.Bunung uchun esa musiqa madaniyati ta'limini izchillik bilan, istiqbolli zamonaviy dasturlar va yuqori salohiyatlai kadrlar bilan amalga oshirish zarur bo'ladi.Shundagina biz dunyoqarashi keng,estetik tafakkuri yuksalgan yoshlarni tarbiyalashimiz mumkin.
ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: O'zbekiston, 2020.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021.
3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. - Toshkent: Ma'naviyat. 2008.
4. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - Toshkent: O'zbekiston, 2011.
5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
6. Лосев А.Ф. Диалектика художественной формы. 1-е изд.: М., 1927.
7. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021.
8. Haydarov A. Milliy madaniyat Renessans poydevori // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2020.
REZYUME:
Ushbu maqolada yoshlar estetik tafakkurini yuksaltirishda musiqa madaniyati konsepsiyalarining ahamiyati , bu boradagi muammolar va ularning е^тки haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: falsafa, estetika, musiqa madaniyati, falsafa madaniyati,estetik tafakkur, yoshlar, konsepsiya.
РЕЗЮМЕ:
В данной статье говорится о значении концепций музыкальной культуры в совершенствовании эстетического мышления молодежи, проблемах и их решениях.
Ключевые слова: философия, эстетика, музыкальная культура, философская культура, эстетическое мышление, молодежь, концепция.
RESUME:
This article talks about the importance of the concepts of musical culture in improving the aesthetic thinking of young people, problems in this regard and their solutions.
Key words: philosophy, aesthetics, musical culture, philosophical culture, aesthetic thinking, youth, concept.