Научная статья на тему 'YOSH AVLOD ONGIGA MILLIY ISTIQLOL G’OYASINI SINGDIRISHDA MUSIQA SAN'ATI VOSITALARI IMKONIYATIDAN FOYDALANISH'

YOSH AVLOD ONGIGA MILLIY ISTIQLOL G’OYASINI SINGDIRISHDA MUSIQA SAN'ATI VOSITALARI IMKONIYATIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
59
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
san’ati / ta’lim-tarbiya / o`qitish uslublari / ijro mahorati / musiqiy tafakkur / madaniyat / namuna.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Aziz Xasanovish Rajabiy

Mazkur maqolada o‘quvchi-yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirish hamda yosh avlod ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishda musiqa san'ati vositalari imkoniyatidan foydalanish borasidagi fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLOD ONGIGA MILLIY ISTIQLOL G’OYASINI SINGDIRISHDA MUSIQA SAN'ATI VOSITALARI IMKONIYATIDAN FOYDALANISH»

YOSH AVLOD ONGIGA MILLIY ISTIQLOL G'OYASINI SINGDIRISHDA MUSIQA SAN'ATI VOSITALARIIMKONIYATIDAN FOYDALANISH Aziz Xasanovish Rajabiy

Ozbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Vokal kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7938451

Annotasiya. Mazkur maqolada o'quvchi-yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirish hamda yosh avlod ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirishda musiqa san'ati vositalari imkoniyatidan foydalanish borasidagi fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: san'ati, ta'lim-tarbiya, o'qitish uslublari, ijro mahorati, musiqiy tafakkur, madaniyat, namuna.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИНСТРУМЕНТОВ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА ДЛЯ ВНЕДРЕНИЯ ИДЕИ НАЦИОНАЛЬНОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ В СОЗНАНИЕ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ

Аннотация. В данной статье представлены идеи по использованию средств музыкального искусства для формирования музыкального мышления учащихся и внедрения идеи национальной независимости в сознание подрастающего поколения.

Ключевые слова: искусство, воспитание, методика обучения, исполнительское мастерство, музыкальное мышление, культура, пример.

USING THE POSSIBILITIES OF MUSICAL ART TOOLS TO INTRODUCE THE IDEA OF NATIONAL INDEPENDENCE INTO THE MINDS OF THE YOUNGER

GENERATION

Abstract. This article presents ideas on the use of musical art tools to form the musical thinking of students and to inculcate the idea of national independence in the minds of the young generation.

Key words: art, education, teaching methods, performance skills, musical thinking, culture, example.

Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan "ommaviy madaniyat", shou-biznesning salbiy ta'siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulog'i bo'lgan folklor san'atiga e'tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki, Folklor san'ati, ta'bir joiz bo'lsa, bu - insoniyatning bolalik qo'shig'idir.

Mana shunday noyob va buyuk san'at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, ko'p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo'lib turgani - bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu go'zal va betakror san'atning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan ko'ra ko'proq tashvishga solayotganiga ishonaman.

Shu sababli tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir.

Agar biz bu noyob san'atni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech bo'ladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi[1].

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 may kungi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarorida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

Musiqa tufayli odamda olijanoblik, ulug'vorlik, go'zallik tashqi dunyodagina emas, balki uning o'zida ham mavjud ekanligi to'g'risida tasavvur yuzaga keladi. Musiqa o'z-o'zini tarbiyalashning qudratli kuchidir.

Shunday ekan, yoshlarning xar tomonlama shakllanishida estetik tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Yosh avlodni estetik ruxda tarbiyalashga tayyorlash xozirgi davr talabi va bunda ma'lum muammolar borligi shubhasizdir.

Ayniqsa, bu davrda o'lmas merosimiz ustozdan shogirdga o'tib kelgan xalq an'anaviy ijrochilik maktabi asosiy manba sanaladi. Barkomol avlod tarbiyasida xalq og'zaki ijodining bebaho boyligi musiqa merosimiz o'zining boy tarixiga ega bo'lib davr o'tgani sari uni o'rganishga extiyoj tobora ortib bormoqda. Bizga maolumki milliy istiqlol mafkurasini Xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda musiqiy merosimizni o'rganish milliy qadriyatlarimizni mustaxkamlash va rivojlantirishning o'rni katta. Mustaqil O'zbekiston o'ziga xos va o'ziga mos istiqlol va taraqqiyot yo'lidan borayotgan xozirgi davrda totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan ma'naviy inqirozga xotima berish, kishilarning ongi va dunyoqarashida yangicha tafakkur madaniyati shaklllantirish kechiktirib bo'lmaydigan ijtimoiy vazifadir. Tarix tajribasi shuni ko'rsatadiki, o'zi mansub bo'lgan Xalq tarixini, uning madaniyati, an'analari, urf-odatlari, tafakkur tarzini bilmagan kishi o'zini anglay olmaydi. O'zligini anglamagan insonda milliy oriyat va g'urur bo'lmaydi. Milliy g'ururi bo'lmagan inson tobelikka moyil bo'ladi. I.A.Karimov ta'kidlab o'tganidek, «Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko'ra daxshatlidir»[2;673]

Yoshlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy yangilanishining muxim subeoktlaridan bo'lib, turmushida ro'y berayotgan jarayonlarga o'z taosirini o'tkazadi va taraqqiyotni harakatga keltirishda muxim rol o'ynaydi. Mamlakatimizning ertangi kuni qanday bo'lishi yoshlarning har tomonlama saloxiyati va yetukligiga bog'liq. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, yosh avlod madaniyatimiz va ma'naviyatimizni, taraqqiyotining intelektual kadriyatlarini kelajak jamiyat a'zolarining ongiga yetkazadi.

Yoshlar bunday ma'suliyatli vazifani bajarishlari va ularning erkin rivojlanishi ijodiy bunyodkorlik faoliyatiga qulay imkoniyatlar yaratib berish uchun O'zbekistonda katta amaliy ishlar qilinmoqda.

O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor -havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda.

Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo'g'ini bo'lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo'shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida ehtirof etib kelingan. Xalq og'ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo'shiq va musiqa ularga hamroh bo'lgan.

Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo bo'lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an'anaviy ruhdagi qo'shiqlari o'lmas meros bo'lib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo'shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo'lmish musiqiy san'at bilan shug'ullanayotgan barcha mutaxassis va san'atkorlarga muhim vazifa qilib qo'yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o'zgarishlar paydo bo'ldi.

Prezidentimiz tahkidlaganlariday, ma'naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, anhana va rasm- rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o'zlikni anglash singari juda ko'p omillarni o'z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi.

Ushbu tamoyillardan kelib chiqib, ma'naviy jabhalarning barcha yo'nalishlari o'zlarining maqsad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo'ladi. Ayniqsa, bu jabhada musiqiy madaniyatning ma'naviy hayotdagi o'ziga xos o'rnini baholash, uning tahsirchanlik kuchini mustaqillik mafkurasi tomon yo'naltirish uning bosh mezoni ekanligini anglash muhimdir. Madaniy hayotda bugungi kunda shu tamoyilga ko'ra siljishlar kuzatilmoqda. Ijodkorlarning fikri-zikri ana shu tamoyillar yo'liga yo'naltirilgan desak, xato qilmagan bo'lamiz.

Inson tarbiyasi, kamoloti, har qanday jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib kelgan. Chunki jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi, ravnaq topishi shu jamiyatdagi tarbiyaga bog'liq .

Tarbiya bu shaxsni ijtimoiy iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy va jismoniy rivojlanishiga muntazam ravishda ta'sir etib borishdan iborat bo'lgan uzluksiz jarayon. SHunday ekan yoshlarga ta'lim tarbiya berish, ularni mustaqilligimizni mustaxkamlash yo'lida safarbar etish muhim misoldir. Mustaqil Respublikamizda ma'naviyat va madaniiyat masalalariga aloxida etibor berib kelinmoqda .

Shuni ta'kidlash lozimki O'zbekistonda inson ma'naviy hayotini shakllantirish maqsadida musiqaning madaniy hayotga chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilmoqda .

Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta'lim metodikasiga bevosita bog'liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo'lib o'zining mustaqil o'rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o'rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan o'zviy bog'liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

O'quvchilarning kuylash faoliyatlaridagi muammolarni hal qilishda fiziologiya metodlari tamoillari asosida olib borilgan tadqiqotlarga tayanadi.

Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san'ati hamda madaniyati o'sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.

Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san'atini takomillashib borishi bilan bevosita bog'liqdir.

Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy printsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik badiiy va texnik rivojlanish printsiplarda ega. Bu printsiplar o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiylikni tarbiyalashga qaratilgandir.

Musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o'quvchilarga musiqiy tajribalarni to'plashda, ularning ma'naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik printsipi uyg'unlashish ko'payishi orqali tinglanadigan asarni to'g'ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi:

Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich printsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O'quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e'tibor beradi. O'quvchilarga musiqaning rivojlanish printsiplari to'g'risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko'pgina omillarga bog'liq ekanligini e'tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta'siri ostidagina shakllanmaydi. Uyda albatta tevarak atrof, ommaviy axborot vositalari yaxlit xildagi ijtimoiy vositalar tizimi ham katta rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

2. I.A.Karimov. Milliy davlatchilik istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to'g'risida. T.Tojixonov, A.Saidov. T.: Uz.R.I.I.V.Akadem. 1999 y. 673 b.

3. Ma'naviy yuksalish yo'lida. T.: O'zbekistan 1998 y. 480 b.

4. O'zbekiston Res'ublikasi ensiklopediyasi. T.: O'zbekiston 1992 y. 48 b.

5. O'zbeksiton Res'ublikasi ta'lim to'g'risidagi qonun. «Ma'rifat» 1997 y.

6. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСЩА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

7. Насритдинова, М. (2023). ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOLAJAK MUSIQA TA'LIMI OQITUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK TA'MINOTI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(4), 241-246.

8. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

9. Насритдинова, М. Н. (2023). УСТОЗ МУХТОР АШРАФИЙ МА^ОРАТЛИ ПЕДАГОГ СИЙМОСИДА ШОГИРДЛАРИ ХОТИРАСИДА МАНГУ БАРХДЁТ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILIONLAYNILMIY JURNALI, 3(2), 303-305.

10. Murodova, D. (2021). THE CONCEPT OF MUSICAL THINKING AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245-250.

11. Akhrorova, R. U. (2022). EXPRESSION OF THE WORD "ÂGEVAGE" IN FRENCH AND UZBEK. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 97-99).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.