Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ESTETIK MADANIYATINI MILLIY MUSIQA TARBIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ESTETIK MADANIYATINI MILLIY MUSIQA TARBIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / musiqiy rivojlanish / milliy musiqa / estetik tarbiya / musiqa fiziologiyasi / musiqiy psixologiya / estetik madaniyat.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Tursunova Laylo Ergashevna

Ushbu maqolada yangi o‘zbekistonda yoshlar estetik madaniyatini milliy musiqa tarbiyasi asosida rivojlantirish vazifalari, didaktik tarbiya integratsiyasi asosida yoshlarning musiqa madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini hayotga tadbiqetish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolayotganligi masalalari atroflicha yoritib beriladi. Shuningdek, barkamol avlod kamolotida musiqa tarbiyasini amalga oshirishda mazkur soha bo‘yicha kadrlar tayyorlayotgan ta'lim muassasalari katta ahamiyat kasb etayotganligi ilmiy asoslab beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR ESTETIK MADANIYATINI MILLIY MUSIQA TARBIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

p y v HW^ ,1 if&'W

EURASIAN JOURNAL OF

YANGI OZBEKISTONDA YOSHLAR ESTETIK MADANIYATINI MILLIY MUSIQA TARBIYASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI

Tursunova Laylo Ergashevna

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqiy ta'lim va madaniyati kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677588

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th February 2024 Accepted: 18th February 2024 Online: 19th February 2024

KEYWORDS Tarbiya, musiqiy rivojlanish, milliy musiqa, estetik tarbiya, musiqa fiziologiyasi, musiqiy psixologiya, estetik madaniyat.

Ushbu maqolada yangi o'zbekistonda yoshlar estetik madaniyatini milliy musiqa tarbiyasi asosida rivojlantirish vazifalari, didaktik tarbiya integratsiyasi asosida yoshlarning musiqa madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini hayotga tadbiq etish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biri bo'lib qolayotganligi masalalari atroflicha yoritib beriladi. Shuningdek, barkamol avlod kamolotida musiqa tarbiyasini amalga oshirishda mazkur soha bo'yicha kadrlar tayyorlayotgan ta'lim muassasalari katta ahamiyat kasb etayotganligi ilmiy asoslab beriladi.

Kirish. Har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Chunki jamiyatning jamiyat sifatida ravnaq topishi va rivojlanishi ana shu kelajak avlod tarbiyasi va madaniyatiga bog'liq. Ma'lumki, tarbiya shaxsni jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash, shuningdek, uning ma'naviy, aqliy, jismoniy va musiqiy rivojlanishiga muntazam ta'sir etib boruvchi uzluksiz jarayon. Endilikdagi asosiy vazifa ana shu yoshlarga ta'lim va tarbiya berish, ularning kuch va sadoqatini ana shu Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va osoyishtaligi, respublika mustaqilligini mustahkamlash yo'lida safarbar etishdir. Buni dunyoning ko'pgina davlatlari qatori O'zbekistonning olib borayotgan odilona va oqilona siyosati natijasida amalga oshirilayotgan keng ishlar ko'lamida payqash qiyin emas.

O'zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi uning o'ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. Farzand tug'ilishi bilan unga alla orqali ota-onaning orzu umidlari, his-hayajonlari, o'y-kechinmalari ohang orqali singdirilib boriladi. Bola ulg'ayib borgan sari unga turli janrdagi qo'shiq-aytim va kuy-ohanglar hamroh bo'ladi. Qo'shiq aytishning kuy-ohang va she'riy ma'no-mazmuni o'sib kelayotgan yosh avlodni o'z tarbiyasiga oladi. Bolaning hatti-harakatlarida namoyon bo'la boshlaydi. Bu jarayonda farzandlarimiz qanday kuy-qo'shiq eshitayotganligi orqali uning xatti-harakatlaridagi o'zgarishlarni kuzatib borish mumkin bo'ladi.

Asosiy qism. Milliy musiqa va estetik tarbiya integratsiyasi asosida yoshlarning estetik madaniyatini yuksaltirish va rivojlantirish bugungi zamonning eng ustuvor vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Milliy musiqa madaniyatining yoshlar estetik madaniyati yuksaltirishdagi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'rnini aniqlash va uni amalga oshirish maqsadida musiqa ta'limi va tarbiyasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu esa maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablarining boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflarida musiqa madaniyati fanlarini o'qitish orqali singdirilib borilmoqda. "Musiqa ta'limi fan sifatida o'zining tizimi, musiqiy fanlar tarmog'ida o'zining mustaqil o'rniga ega". Unda milliy musiqaning tarbiyaviy mazmuni, metodlari, sifat va samaradorlikka erishish yo'llari, qonuniyatlari o'rganiladi.

Yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda nafosat, musiqa fiziologiyasi, musiqiy psixologiya kabi qator fanlarning tajribalariga tayanish lozim. Chunki musiqa madaniyati inson ruhiyati bilan uzviy bog'liq bo'lib, unga eng oson ta'sir etuvchi kuch hamdir. Shuningdek, jamiyatda milliy musiqaning takomillashishi yoshlar estetik madaniyatini yuksalib borishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga yoshlar estetik madaniyati integratsiyasida milliy musiqa madaniyatining o'rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirish faqatgina ta'lim muassasalarida o'tiladigan dars va mashg'ulotlar ta'siri ostida shakllanmaydi. Uyda, tevarak-atrofda, jamoat joylarida, to'y-hashamlarda, bayramlarda ham shakllanadi. Bunda ommaviy axborot vositalarini ham munosib o'rni bor. Bu esa zamonaviy talaba yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda milliy musiqaning quyidagi tarbiyaviy jarayonlari orqali amalga oshiriladi:

> yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy qobiliyatni erta rivojlantirishda;

> yoshlarning yoshi va individual xususiyatlarini e'tiborga olishda;

> yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda musiqiy faoliyatning turli shakllarini rivojlanishida va ularga keng shart-sharoitlar yaratishda namoyon bo'ladi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirish integratsiyasida milliy musiqa va ta'lim muassasalari yetakchi omil hisoblanadi.

Yoshlar estetik madaniyati integratsiyasida musiqa madaniyatining o'rni va uning tarbiyaviy ahamiyatiga urg'u berish, uzluksiz ta'limda milliy musiqa didaktikasi imkoniyatlaridan oqilona foydalanish talab etiladi. Bu esa bolalarning juda yoshligidan boshlab milliy musiqaga bo'lgan hissiyotini tarbiyalash muhim ekanligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, milliy musiqa madaniyati nafaqat insonning ruhiyatiga samarali ta'sir etuvchi vosita, balki o'z mohiyati, jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko'ra tarbiya vositasi hamdir. Musiqa madaniyati shaxs ma'naviy barkamolligi tarkibiy va o'z o'rnida ajralmas qismlaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga "Xalqimizning ma'naviyatini tiklash va rivojlantirishda milliy til, madaniyat, ong, milliy o'z-o'zini anglash, milliy g'urur va iftixorni o'stirish katta o'rin tutadi". Milliy musiqa madaniyatining yosh avlodga kuchliroq ta'sir ko'rsatishi faqat uni anglash yoki chuqur idrok etishni emas, balki yoshlarning shu san'at bo'yicha musiqa madaniyati darslari jarayonida o'rganilayotgan kuy-qo'shiqlarni yoshlarning tafakkurida shakllantirish va rivojlantirishni taqozo qiladi.

Milliy musiqaning asosiy maqsadi va vazifasi jamiyatda o'sib kelayotgan yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirish orqali milliy musiqa merosimizga vorislik qiladigan, millat va g'ururni umumbashariyat oldida o'zining nafisligi, milliy kuy ohanglari ila ajralib turadigan jihatlari bilan ko'rsata oladigan va uning o'ziga xosligini har qanday tashqi ta'sir va kuchlardan saqlay oladigan kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Musiqiy merosimizni qadrlaydigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, bu

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

borada ularning zaruriy bilim va amaliy malakalarini tarkib toptirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish barchamizning asosiy vazifamizdir.

Musiqiy ta'lim va tarbiya integratsiyasi zamonaviy yoshlarning estetik-axloqiy dunyoqarashini rivojlantiradi. Xalqimiz asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to'pladi, uni takomillashtirdi va ijtimoiy hayotida turli vositalar orqali kelajak avlodga meros qoldirdi. Milliy musiqa madaniyati inson hissiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega, yoshlarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasi sifatida xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al-Forobiy "Bu fan tanning sog'ligi uchun foydalidir", - degan bo'lsa, bobomiz Shayx Sa'diy esa "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir", -deb ta'kidlaydi.

Yoshlar estetik madaniyati integratsiyasi yoshlarda milliy g'urur va milliy tafakkurni shakllantirishni vujudga keltiradi, bu esa, avvalo, o'zlikni anglash tarbiyasidan boshlanadi. O'zlikni anglash esa butun borliq, hayot va adabiyotning tub mohiyatini anglashga yo'l ochadi. Bundan ko'rinadiki, milliy g'urur o'z yurtining tarixini bilish, xalqining madaniy merosini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazish orqali milliy qadriyatlarni tiklash, shu yo'l bilan millat va Vatan taraqqiyotiga xizmat qilishni anglatadi.

Xulosa. Bugungi kunda bizning eng katta yutug'imizdan biri o'z boyligimiz, o'zligimizga ega bo'lganimizdir. Binobarin, yoshlarga ushbu boyliklarning qadriga yetishni o'rgatishimiz, ularda minnatdorchilik, g'urur, ishonch tuyg'ularini shakllantirishimiz va tarbiyalashimiz kerak bo'ladi.

Ma'naviy-axloqiy mukammallik, vijdonlilik, or-nomuslilik, yaqinlariga g'amxo'r bo'lish va shu kabi insoniy tuyg'ular o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi.

References:

1. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH Ba3Hp^ap Max,KaMacHHHHr 2017 HRA 6 anpe^garu "YMyMHH ypTa Ba ypTa Maxcyc, Kac6-xyHap TabflHMHHHHr gaB^aT Ta^^HM cTaHgapTflapHHH TacgHKflam TyFpHcuga"rH 187-COH Kapopu.

2. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2017 HRA 7 ^eBpa^garu "Y36eKHCToH Pecny6^HKacuHH AHaga puBo^^aHTupum 6yHHHa ^apaKaT^ap CTpaTeruncH TyFpHcuga"rH nO-4947-coH OapMOHH,

3. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2020 HRA 26 Manga эb.floн KH^raH "MagaHHHT Ba caHbaT cox,acuHHHr ^aMHAT x,aéTHgaru ypHH Ba TabcupuHH HHaga omupum Hopa-Tag6up^apu TyFpHcuga"rH OapMOHH.

4. Y36eKHCTOH Pecny6^uacu npe3ugeHTHHHHr 2022 HRA 28 HHBapgaru "2022 2026 HH^apra My^^a^^aHraH HHru Y36eKHCTOHHHHr TapaKKuéTH cpaTeruncu TyFpHcuga"rH OapMOHH. https://sirpublishers.org/ 37 JOURNAL OF ARTS AND HUMANITIES ISSN(Online): 2984-6676 SJIF Impact Factor 1(2023): 5.71| Volume-6, Issue-5, Published |20-12-2023|

5. Mup3HeeB ffl.M. Hhath y^yF xa^KHHHr umu x,aM y^yF, x,aéTH épyF Ba Ke^a^aru ^apoBOH 6y^agu. -TomKeHT: Y36eKHCTOH. HMMY. 3-TOM. 2019. -B. 102

6. Mup3uéeB ffl.M. Mh^hh THK^aHumgaH - mh^hh roKca^um capu. TomKeHT: Y36eKHCTOH. HMMY. 4-TOM. 2020. 344

7. A6gy^^a fflep, Baxpgup XycaHoB. Эcтeтнкa. Yc^y6uñ Ky^^aHMa. 2-Hamp. -TomKeHT: Y3MY. 2008. - B. 34.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

8. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. -Тошкент: Янги аср авлоди. 2018. -Б. 272

9. Абу Хомид Раззолий. Кимеи саодат. Туркий. 2 томлик. -Тошкент: Адолат. 2005. 2-том. -Б. 121-122.

10. Арзиматова И.М. Эстетик маданият. -Тошкент: Узбекистон Республикаси Фанлар академияси "Фан" нашриети. 2007. -Б. 23

11. Арзиматова И.М. Эстетик маданият ва маънавий камолот. -Тошкент: Фалсафа ва хукук;.

12. Турсунова Лайло Ергашевна. (2023). МУСИКД МАДАНИЯТИ ТУШУНЧАСИ МАЗМУН-МОХИЯТИ, ТАРКИБИ ВА КОНЦЕПТУАЛ АСОСЛАРИ. THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES, 2(17), 20-23.

13. Турсунова, Л. (2023). ЁШЛАР МУСИКА МАДАНИЯТИНИ ЮКСАЛТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ОМИЛЛАРИНИ ХАЁТГА ТАДБИК ЭТИШ. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(5 Part 2), 23-34.

14. Erkindjanovna, Z. G., & Ergashevna, T. L. (2022). BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN "O'ZBEK XALQ CHOLG'U ORKESTR" LARI UCHUN REPERTUARLAR TANLASH MASALASI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(10), 61-63.

15. Laylo, T. (2022). FUNCTIONS OF MUSICAL CULTURE IN THE FORMATION OF A SPIRITUAL WORLD VIEW. World Bulletin of Social Sciences, 6, 72-77.

16. Tursunova, L., & Xoliqova, S. (2022). MAKTABDA MUSIQA FANINI O 'QITISHDA YANGICHA YONDASHUV. Science and innovation, 1(B8), 782-785.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.