Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIMDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI VA TADQIQ ETISH USULLARI'

ZAMONAVIY TA’LIMDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI VA TADQIQ ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fizika / kompyuter / modellashtirish / animatsiya / virtual laboratoriya / EHM / monotexnologiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdiyxamidova Soniya Jamshid Qizi, Abdulloyev G’Iyos G’Ulomovich

Ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikastiya va pedagogik texnologiyalarning elektron darsliklari, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik listeylar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalari keng laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‘quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIMDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI VA TADQIQ ETISH USULLARI»

ZAMONAVIY TA'LIMDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI VA TADQIQ

ETISH USULLARI

1Abdiyxamidova Soniya Jamshid qizi, 2Abdulloyev G'iyos G'ulomovich

1BuxDPI o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11116163

Annotatsiya. Ta'lim jarayonida yangi axborot kommunikastiya va pedagogik texnologiyalarning elektron darsliklari, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik listeylar va oliy o'quv yurtlarida o'qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta'lim muassasalari keng laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o'quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikalari bilan mustahkamlash, shuningdek, o'qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirish bo'yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish.

Kalit so'zlar: fizika, kompyuter, modellashtirish, animatsiya, virtual laboratoriya, EHM, monotexnologiya.

Ma'lumki, o'rta umumta'lim maktablarda fizikani o'qitish jarayonida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslari, mantiqiy tafakkur, aqliy zakovat va ta'lim olishlarini davom ettirish uchun zaruriy bilim, ko'nikma, malakalar shakllanadi. O'rta maxsus ta'lim muassasalarida esa bu pedagogik hodisa davom etib, fizikani o'qitish jarayonida yanada rivojlantiriladi. Chunki, fizika dasturining asosiy maqsadi ham umumiy ta'lim asosida umumiy fizikadan fundamental bilim berish: fizikaviy nazariya, kuzatishlar, tajribalar va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirilgan shakli ekanligini ko'rsatish; hamda fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va shaxs hayotidagi ahamiyatini ta'kidlash orqali ularda ushbu fanga nisbatan qiziqish uyg'otish va uni o'rganishni davom ettirishga zamin yaratishdir.

Keyingi o'n yillikda ilg'or ta'lim muassasalarida to'plangan tajribalar shuni ko'rsatdiki, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishda yuqori samaradorlikka faqat uslubiy jihatdan yuksak darajada ishlab chiqilgan multimediali interfaol dasturiy ta'limotni va kompyuterli hamda internet texnologiyalarni qo'llash orqali erishish mumkin. Kompyuter maxsus fanlarni o'qitishda eng samarali didaktik vositasi hisoblanadi. O'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, ta'lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarini qo'llash o'qitish davrini kuchaytiradi. Ta'lim oluvchilarni faollashtiradi, sekin o'zlashtiruvchi talabalarning qo'shimcha shug'ullanishlari uchun imkoniyat yaratadi. Ta'lim oluvchilar doimo o'zlarining bilimlarini baholashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Shuni ta'kidlash joizki, muvaffaqiyatli ta'lim tizimi yuksak malakali va pedagogik mahoratga ega ilg'or o'qituvchilardan boshlanadi. Kompyuterdan o'qitish texnologiyasida o'qituvchi ta'lim jarayonida markaziy figura hisoblanadi. Kompyuter o'qituvchi o'rnini bosa olmaydi, faqat unga qo'shimcha didaktik vosita bo'lib xizmat qiladi. Kompyuterli o'qitish- ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasiga, intellectual imkoniyatiga moslashtirilgan bo'lib, amaliyotda informatsion maxsus texnik vositalar (EHM, audio, video, kino) qo'llaniladigan barcha texnologiyalar kompyuter texnologiyalari deyiladi. Kompyuterlar keng foydalana boshlangandan keyin " yangi informatsion texnologiy " termini paydo bo'ldi. Umuman har qanday pedagogik texnologiya - bu informatsion texnologiyadir, chunki o'qitish texnologik jarayonining asosini informatsiya (axborot) va uning uzatilishi tashkil qiladi. Bizning fikrimizcha, kompyuterdan foydalanib o'qitishni - kompyuterdan o'qitish texnologiyasi deb

yuritilishi ma'qulroqdir. Kompyuter texnologiya dasturlashtirilgan o'qitish g'oyasini rivojlantiradi. Bu texnologiya - ta'lim oluvchiga kompyuter orqali informatsiyani (axborotni) tayyorlash va uzatish jarayonidir. Xorijiy tadqiqotchilar fikricha, kompyuterli o'qitish texnologiyasi quyidagi 3 variantda amalga oshiriladi:

1. Kiruvchi texnologiya - fanning alohida bo'limlari, mavzuni o'rganish yoki didaktik topshiriqlarni bajarishda kompyuterdan foydalaniladi.

2. Asosiy texnologiya - fanni to'liq kompyuter yordamida amalga oshiriladi.

3. Monotexnologiya - o'quv jarayonini bajarish, o'qitish va monitoring kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.

Kompyuterli o'qitish texnologiyasini qo'llanishdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning axborot bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, optimal yechimlarini mustaqil izlash, topish, tadqiqotchilik faoliyatlarini kuchaytirishdan iboratdir. Shu maqsadda ta'lim berish jarayonida fizika fani laboratoriyalarini virtual holatda tashkil etish bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Virtual laboratoriya - integrallashgan ma'lumotlar muhiti bo'lib, unda o'quv, o'quv-uslubiy, amaliy, kompyuter imitatsion modeli (animatsiya) va nazorat-test materiallari mujassamlashgan. Kompyuter imitasion modelining vazifasi fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarni va jarayonlarni kompyuterda animatsiya yordamida namoyish qilishdan iborat.Virtual laboratoriya ishlari fizika, kimyo, biologiya, bioximiya kabi fanlarda jarayonlarning borishiga turli omillar ta'sirini modellashtirish va har xil sharoitlarda borish qonuniyatlarini o'rganishda keng qo'llaniladi.

Ularning eng afzallik tomonlari inson hayotiga xavf tug'diruvchi, davomiyligi o'ta uzoq muddatlarni tashkil etuvchi yoki real haroitlarda o'tkazish imkoni bo'lmagan tajribalar, hodisalarni modellashtirish imkonini beradi. Quyida keltirib o'tilgan suratlarda aks etgan tajribalar tushunish darajasini hamda o'rganuvchi faolligini oshiradi. Virtual laboratoriyada o'tkazilgan tajribalar asosida tassavvur doirasida yangicha g'oyalar va takliflar takomillashadi, ko'nikma va malaka rivojlanadi. Fizika bo'limlaridan biri mexanikaning kinematika sohasida dekard koordinatal sistemasini jonli tabiatda kuzatish bir qancha noqulayliklar kuzatiladi ammo virtual laboratoriya yoki modellashtirish jarayonida barcha kattaliklar belgilangan qiymatlar asosida o'zgarishini kuzatish mumkin.

Programma-pedagogik vositalarga ko'yiladigan talablar mavjud bo'lgan didaktik prinsiplarni yangisi, sirtki ta'lim talabalari uchun,masofaviy ta'lim uchun yaratilayotgan kompyuter programmalarini o'rgatish va qo'llash samaradorligini oshiradigan psixologik-ergonomik (kishining jismoniy kobiliyatini o'rganish) vosita bilan to'ldirish zarur. Zamonaviy kompyuter vositalari masofaviy ta'limda laboratoriya mashg'ulotlarini virtual o'rganish

imkoniyatini berib ularda mustaqillik va tafakkurni rivojlantiradi. Shubhasiz ta'limning bunday shakli zamonaviy rivojlangan texnologiyalarni qo'llashni talab etadi. Bizning fikrimizcha bunday texnologiyani yaratishda tasavvurni rivojlantirish har xil turdagi axborotlar bilan ishlarni bilish muvofiq bo'lgan yechimlarni tayyorlash va qabul kilishga e'tibor berish lozim. Chunki talaba individual shug'ullanadi va maslahatlashuvchi hech kim bo'lmaydi. Bunday vaqtda telekommunikatsion tarmoqlarda virtual o'quv guruhlar tashkil qilinadi. Modellashtirish jarayoni turlari turlicha bo'lib har birining fan taraqqiyotiga va bilish sohasidagi rivojlanish bosqichlari o'ziga xosdir. Shundan, Geometrik modellar o'rganilayotgan ob'yektning geometrik xususiyatlari, ya'ni nisbiy o'lchamlari, shakli va geometrik elementlari to'g'risida ma'lumot beradi. Masalan, ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining geometrik modeli uning geometrik tuzilishi, nisbiy o'lchamlari to'g'risida ma'lumot beradi.

Fizik modellar o'rganilayotgan ob'yektning fizik xususiyatlarini namoyon qiladi. Masalan, ishqalanish, bosim, harorat, magnit maydoni, aylanma harakat va boshqa xususiyatlarni ko'rsatish uchun fizik modellardan foydalanamiz. Yuqoridagi misolni davom ettirsak, ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining fizik modeli silindr yonuv kamerasida temperatura oshishi natijasida bosim paydo bo'lishi va porshenni harakat qilishga majbur etishini tushuntirishimiz mumkin.

Bazasiga termoqarshilik ulangan tranzistorli kalitning chizmasi: 1-tranzistor, 2-rezistor, 3-termorezistor, 4-o'zgartirgichli rezistor, 5-isitkich, 6-lampochka.

Funksíonal modellar murakkabligi bilan ajralib turadi. Ular o'rganilayotgan ob'yektning bajaradigan funksiyasini ko'rsatish uchun mo'ljallangan bo'lib, yurgizish, ko'tarish, kesish kabi bajariladigan operatsiyalarni ko'rsatadi. Yuqorida keltirilgan misolni rivojlantirsak, ichki yonuv dvigatelidagi porshenning ilgarilanma - qaytma harakati tirsakli valga aylanma harakatni berishini va dvigatelning bajarayotgan funksiyasini ko'rsata olamiz.

Maketlar modellarga nisbatan murakkabroq hisoblanib, bir nechta ob'yektlarni o'z ichiga olishlari mumkin. Shu jihatdan maket tarkibida bir necha modellar bo'lishi ham mumkin. Ular texnologik mashina va jihozlarning maketlari, bino va inshootlarning maketlari hamda texnologik jarayonning maketlari bo'lishi mumkin.

Texnologik mashina va jihozlarning maketlari yordamida ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va bajaradigan texnologik jarayonlarni ko'rsatishimiz mumkin. Masalan, parmalash dastgohining maketini oladigan bo'lsak, unda dastgohning asosiy elementlari: zagotovkani mahkamlash stoli, dastgoh korpusi, parma, elektrodvigateli va reykadan tashkil topgan bo'lishi mumkin.

Bino va inshootlarning maketlari esa turli korxonalardagi binolar va inshootlarning tuzilishi, joylashishi va bajaradigan vazifasini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Masalan, turar joy binosining maketi, elevatorning maketi. Bunday maketlarda binoning elementlari, inshootning tuzilishi, qanday texnologik mashina va jihozlardan iboratligi, ular o'zaro qanday texnologik operatsiyalarni bajarishini ko'rsatishimiz mumkin.

Texnologik jarayonlarning maketlari esa eng murakkab maketlar bo'lib, ular to'liq korxona to'g'risida ma'lumot beruvchi bir majmuiy maketdir. Uning tarkibida turli modellar, texnologik mashina va jihozlarning, hamda bino va inshootlarning maketlari ham bo'lishi mumkin. Bunday maketlar yordamida korxonaga xom-ashyo keltirilishidan mahsulot ishlab chiqarilgungacha bajariladigan texnologik jarayonlar yoki boradigan jarayonlar immitatsiya qilinishi mumkin. Natijada talabalarda bu jarayonni o'rganishga qiziqish ortib, uni tasavvur qilish va tushunish osonlashadi. Masalan, konserva zavodining maketini oladigan bo'lsak, bu maketda korxonaning ishlab chiqarish binolari va inshootlari ketma-ket texnologik jarayon asosida joylashtirib chiqilgan bo'ladi. Bunday maketlarni hatto harakatlanuvchan qilib ham tayyorlash mumkin. Umuman olganda bu maketlar talabalarga kasb mahoratini rivojlantirishlariga, mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida texnologik operatsiyalarni ketma-ketligini boshqarishni o'rganishga katta yordam beradi.

REFERENCES

1. Аверилл М. Лоу, В. Девид Кельтон Имитационное моделирование.- СПб.: Питер; Киев: Издательская группа BHV, 2004. - 847 с.

2. Arabov J.O., Niyozxonova B.E., Qobilov B.B. Integrativ dars mash-g'ulotlarini o'tkazishda multimedia texnologiyalarini qo'llash. // Oliy va o'rta maxsus, kasb hunar ta'limida aniq va

tabiiy fanlaming o'zaro aloqadorlik va uzviyligi masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.Qarshi, 2014. -107-108 Ь.

3. Нуркасымова С., Сапарбаев Т., Койтолеува А. Применение виртуаль-но -анимационных технологий в преподавании физики. // Материалы XX Межд. научно-практ. интернет-конф. 27- 28 февраля, 2014 г.

4. Теория и методика обучения физике в школе. Общие вопросы. Под ред. С.Е. Каменецкого, Н.С. Пурышевой. // М.: Академия, 2000.

5. "Texnologiya va dizayn" Z. Sattarova, N. Abdusalomova, N. Ahmedova Toshkent " О^Ье^Шп" 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.