Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA‟LIM YONDASHUVLARI ASOSLARIDA TALABALARNING KREATIV FIKRLASHLARINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI'

ZAMONAVIY TA‟LIM YONDASHUVLARI ASOSLARIDA TALABALARNING KREATIV FIKRLASHLARINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA‟LIM YONDASHUVLARI ASOSLARIDA TALABALARNING KREATIV FIKRLASHLARINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ZAMONAVIY TA'LIM YONDASHUVLARI ASOSLARIDA TALABALARNING KREATIV FIKRLASHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

METODIKASI

M. I. Abdumajitova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi

O. F. Yigitaliyeva

Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Instituti talabasi, O'zbekiston

Yangi O'zbekistonni rivojlantirishga qaratilgan xatti-xarakatlar shunga guvohlik beryaptiki, hozirgi kunda ta'lim olishga qaratilgan vaqtning katta qismi tushuntirish, yangi bilimlarni berishga sarflanadi. Ta'lim dasturlarini qayta qurish ushbu nuqtainazardan qaraganda birinchi navbatda ta'lim olish vaqtini qayta taqsimlashga, shuningdek pedagoglar tomonidan talabaga beriladigan ma'lumotning mazmuniga, uni o'zlashtirish va qo'llay olish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog'i bilan axamiyatli ekanligini ilgari surmoqda.

Mazkur jarayonda ta'lim olish jarayo nini boshqarish va nazorat qilishga jiddiy e'tibor talab qilinadi. Birinchi navbatda ta'lim olishni nazorat qilishni tubdan o'zgartirish kerak, chunki u faqatgina baho qo'yish bilan cheklanadi xolos. Chunki baho qo'yish usulida asosiy e'tibor ta'lim berishdan maqsad ko'zlangan natijaga erishishga emas, yuqori baho olishga qaratiladi.buning natijavdorligi mazkur jarayonda kreativ va kommunikativ yondashish bilan belgilanadi. Bu esa o'quv jarayonida motivatsiya masalasi bo'yicha jiddiy ishlash kerakligini talab qiladi. Ta'lim sohalari borasida kreativ va kommunikativ yondashish quyidagi ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerakligini taqozo etadi.

- ilmiy tadqiqot o'tkazish tajribasiga ega bo'lish;

- fan sohasi bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lish;

- boshqaruv-menedjerlik tajribasiga ega bo'lish;

- konsalting ishi bo'yicha tajribaga ega bo'lish.

O'z-o'zidan ma'lumki, bunday talablarga javob beradigan va yetarli tayyorgarlikga ega o'qituvchilarni topish oson emas. Bunday o'qituvchilarni tayyorlash uchun oliy ta'lim muassasalari tashkiliy jihatdan transformatsiya jarayoniga tortilishlari lozim. Transformatsiya jarayoni oliy ta'limda innovatorlik kompetensiyasini rivojlantirishga shart- sharoit yaratib beradi. Bu jarayonning o'ziga xos xususiyati shuki, u uzluksiz xarakterga ega bo'lmog'i kerak. Oliy ta'lim muassasalarini transformatsiya qilish uchun turli xil takliflar bildirilgan. Ularning

130

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

ichida e'tiborga loyiqlaridan biri bo'lib Jeyms Dudershtadt tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv hisoblanadi. U universitetlarga quyidagi yo'nalishlarda ishlashni taklif qilgan: transformatsiya jarayonida saqlanib qolishi kerak bo'lgan asosiy qadriyatlar va rollarni aniqlab olish. Masalan: rollarfundamental tadqiqotlar va ilmiy salohiyat, boshqaruvni taqsimlanishi. Qadriyatlar: akademik erkinlik, ta'lim oluvchilarga qo'yiladigan talabning to'g'ri asoslanishi, ta'limning o'z ustida ishlashga yo'naltirilganligi, tanqidiy yondashuv. Jamiyatga quloq solish va uning o'zgarib borayotgan ehtiyojlarini tushunib yetish, olimlar jamoasini raqobat muhitiga tayyorlab borish.

Yuqorida qo'yilgan vazifalar oliy ta'lim muassasasiga loyihaga yo'naltirilgan kreativ ryondashuv asosida talabalarni prdagogik faoliyatga muhim ahamiyat kasb etishini belgilaydi.

Respublikamizda talabalarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash va ularda ijodkorlikni tarkib toptirish sohasida fundamental tadqiqotlarni amalga oshirgan olim Sh.Sharipovning fikricha, ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo'lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko'ra tasniflash mumkin: ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, pedagogik, didaktik, kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o'rta muddatli, uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta'limiy, investitsion, aralash); umumiy jihatlariga k o'ra (yangi g'oyalarni hayotga tatbiq etish; prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo'llash); yaratilgan ijod mahsulining ma'nosi va murakkabligiga ko'ra ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot o'ziga xos ahamiyatga ega sanaladi.

Kreativlikni tasniflashga doir yuqoridagi yondashuvdan ma'lum bo'ladiki, ijodkorlik hamma vaqt subyektning ijodiy faoliyatini talab etadi. Shu bilan birga mazkur tushunchaga berilgan ta'riflardan ijodkorlik hodisasini izohlash murakkab ekanligi anglanadi.

Kreativlikni rivojlantirish ijodiy jarayonni tashkil etish, shaxsning ijodiy salohiyati, ijodiy fikrlash, ijodiy faollik, ijodiy qobiliyat va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish bilan o'zaro aloqador ekanligini ko'rsatdi.

Ijodiy jarayon o'zida ikkita muhim belgini aks ettiradi. Ulardan biri - intuitsiya (zehn, fahm-farosat), ikkinchisi - intuitiv fikrlash jarayonida qo'lga kiritirilgan natijani rasmiylashtirishdir. Faqat uning samarasi anglangan va intuitiv va mantiqiy fikrlash birligi sifatida mantiqiy fikrlash vositasida ishlab chiqilganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy jarayon turli darajada insonning ijtimoiy tashabbuskorligining

131

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

barcha ko'rinishlari, asosan, uning kasbiy faoliyati bilan bo g' liq shakllarida mutlaq o'z aksini topadi.

Ijodiy salohiyat - bu murakkab integral tushuncha bo'lib, o'zida ijtimoiy axloq me'yorlari va axloqiylik doirasida turli sohalarda faoliyatni amalga oshirishga doir shaxsning bilim, ko'nikma, qobiliyat va shaxsiy intilishlari yig' indisini aks ettiruvchi tabiiy-genetik, ijtimoiy-shaxsiy va mantiqiy komponentlarni aks ettiradi. Bo'lajak defektologlarda ijodiy salohiyat shaxsiy qobiliyat, bilim, ko'nikmalar tizimi sifatida shaxsiy o'zlikning ahamiyatini anglash, o'quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o'z-o'zini namoyon etishga intilish, hayotiy maqsadlarning anglanganligi, ijodiy faoliyatga yo'nalganlikda namoyon bo'ladi.

Ijodiy fikrlash insonning muammoli vaziyat sharoitida obyektlar o'rtasidagi yangi aloqalarni izlab topish, mavjud tajribalarga asoslanib, yangi harakat usullaridan foydalanish, muvaffaqiyatli yechim topishi uchun zarur jarayon bo'lib, verbal-mantiqiy, ong osti va intuitiv-amaliy komponentlar birligini aks ettiradi. Ijodiy jarayon tuzilmasida ijodiy fikrlash motivatsiyasi asosiy o'rinni egallaydi. U bilish va subyektiv ahamiyatga ega motivlarda o'z ifodasini topadi. Ijodiy fikrlshning asosiy mexanizmi intellektual faollikdir. Intellektual faollik shaxs ijodiy salohiyatining muhim tayanch komponenti sifatida aqliy faoliyatning intellektual va motivatsion omillarini aks ettiradi. Ana shu jihat bilan bog'liqlikda intellektual faollik uch darajada namoyon bo'ladi: reproduktiv, evristik va kreativ

Ijodiy qobiliyat - bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g'oya farazini ilgari surish uchun kerak bo'ladigan bilimlardan foydalanish, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash hamda yechimini topish, natijada yangi original mahsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san'at asari, tavsifnoma va boshqalar) sifatlari majmuidir.

P.Ergashev, G.G'ozibekova, G.Bayqunusovalar ta'kidlab o'tishganidek, shubxasiz yuksak ijodiy kobiliyatlar qandaydir yagona va xatto bir necha omilning emas balki pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning kattagina kompleksi maxsulidir. Biroq ushbu inkor etish kiyin bo'lgan mulohazani e'tirof qilish, birinchidan, kreativlikni rivojlantiruvchi bir kator omillarni sun'iy xosil kilishning iloji yo'q, degani emas, ikkinchidan, psixik taraqqiyotning kompensatsiya qonuniga ko'ra, muayyan omilning etishmayotgan ta'siri boshka omillar bilan muayyan darajada qoplanishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas.

Xususan, bir qator tadqiqotlarda maxsus uyushtirilgan mashg' ulotlar yordamida shaxs ijodiy qobiliyati taraqqiyotida ijobiy dinamikaga erishish mumkinligi isbotlanmoqda. Jumladan, o'quvchilar bilan art-terapiya va

132

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

improvizatsiya usullari vositasida amaliy mashg' ulotlar o'tkazilganda kreativlikning qator ko'rsatkichlari bo'yicha sezilarli o'sishga erishish mumkinligini ko'rsatdi.

Ijodiy faoliyat - bu sub'ekt faoliyatining o'z mehnatiga (ishdan qoniqish, uni bajarish jarayonida yangilikka intilish, muammo yechimini topishda ijodiy motivatsiya) munosabati va masalani ijodiy hal etish (avval o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni hamda faoliyat usullarini yangi holatga mustaqil ko'chirish, muammoli, ma'lum ob'ektni yangi funksiyasini ko'ra bilish) jarayonidir. Ijodiy faoliyat o'zida quyidagi muhim jihatlarni aks ettiradi: tizim ichida va tizim o'rtasidagi bilim va ko'nikmalarni yangi tizimga qisqa va uzoq muddat ichida o'tkazishni mustaqil amalga oshirish; kutilmagan vaziyatda (holatda) yangi muammoni ko'ra bilish; ob'eekt tuzilishini ko'ra bilish; muammoni hal etishda muqobillikni hisobga olish; yangi muammolarning yechimini izlab topishni ijodiy faoliyatning avvaldan ma'lum bo'lgan usullari bilan uyg' unlashtirish; muammolarni hal etishda butunlay yangicha yondashuvni qaror toptirish.

References / Adabiyotlar

1. Mirziyoyev.Sh.M Erkin va Farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: 0'zbekiston,2017: Xalq so'zi 2016 yil 15 dekabr., 2017. № 247. - 2 b.

2. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Mas'ul muharrir O'zbekiston Respublikasi FA haqiqiy a'zosi M.M.Xayrullaev. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1975, 71-72 b.

3. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I-t.Toshkent, 1968, 151 b.

4. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. Mas'ul muharrir O'zbekiston Respublikasi FA haqiqiy a'zosi M.M.Xayrullaev. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1975, 71 -72 b. 5. Bespalko, V.P. O vozmojnostyax sistemnogo podxoda v pedagogike / V. P. Bespalko // Sovetskaya pedagogika, 1990. - № 7. - S. 59 - 62.

133

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.