Научная статья на тему 'ZAMONAVIY PSOXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI'

ZAMONAVIY PSOXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sirojiddinova Ma’Muraxon, Shomurodova Zilola Yo’Lchiyevna

Ijtimоiy hayotdа, shахslаrаrо munоsаbаtlаrdа аyrim аlоhidа nizоlаr, o’zaro kеlishmоvchiliklаrni bo’lib turishi muqаrrаr. Shuning uchun bа`zаn оlimlаr ziddiyat yoki nizоlаrning nаfаqаt sаlbiy, bаlki ijоbiy tоmоnlаri hаm bo’lishi mumkinligini оchiq e`tirоf etаdilаr. Mаsаlаn, G.Аndrееvа аyrim ziddiyatlаrning kоnstruktiv оqibаtlаri to’g’risidа yozаdi. Uning fikrichа, bа`zаn ikki shахs o’rtаsidа kеlib chiqqаn nizо ulаrning istiqbоldа to’g’ri хulоsа chiqаrib, shundаy hаrаkаtni boshqa qаytаrmаslikkа, оmilkоrlikkа, хushyorlikkа undаydi. Yoki bir qаrаshdа tаnbеhgа аsоslаngаn shахslаrаrо ziddiyat shахsni o’z ustidа muttаsil ishlаshgа, o’z хulqini o’zi tuzаtishigа оlib kеlаdi. Bundаy nizоlаr оqibаtigа ko’rа kоnstruktiv dеb аtаlаdi. Dеstruktiv nizоning оqibаti esа ko’pinchа sаlbiy bo’lib, u shахslаrаrо аntоgоnizmni kеltirib chiqаrаdi, tоmоnlаrning аsаblаri chаrchаydi, ulаr хаstаlаnib qоlishi hаm mumkin. Yoki er vа хоtin o’rtаsidа, yoхud qаynоnа vа kеlin o’rtаsidаgi nizо оilа аjrimigа sаbаb bo’lishi vа bir butun оilа buzilib kеtishi mumkin. Xush, ijtimоiy-psiхоlоgik fеnоmеn sifаtidа nizо yoki ziddiyatgа qanday tа`rif bеrish mumkin?

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PSOXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

ZAMONAVIY PSOXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI

1Sirojiddinova Ma'muraxon, 2Shomurodova Zilola Yo'lchiyevna

1Qo'qon DPI Maktabgacha ta'lim fakulteti tuytori, 2Qo'qon DPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11202223

Ijtimoiy hayotda, shaxslararo munosabatlarda ayrim alohida nizolar, o'zaro kelishmovchiliklarni bo'lib turishi muqarrar. Shuning uchun bazan olimlar ziddiyat yoki nizolarning nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlari ham bo'lishi mumkinligini ochiq etirof etadilar. Masalan, G.Andreeva ayrim ziddiyatlarning konstruktiv oqibatlari to'g'risida yozadi. Uning fikricha, bazan ikki shaxs o'rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to'g'ri xulosa chiqarib, shunday harakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, xushyorlikka undaydi. Yoki bir qarashda tanbehga asoslangan shaxslararo ziddiyat shaxsni o'z ustida muttasil ishlashga, o'z xulqini o'zi tuzatishiga olib keladi. Bunday nizolar oqibatiga ko'ra konstruktiv deb ataladi. Destruktiv nizoning oqibati esa ko'pincha salbiy bo'lib, u shaxslararo antogonizmni keltirib chiqaradi, tomonlarning asablari charchaydi, ular xastalanib qolishi ham mumkin. Yoki er va xotin o'rtasida, yoxud qaynona va kelin o'rtasidagi nizo oila ajrimiga sabab bo'lishi va bir butun oila buzilib ketishi mumkin. Xush, ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida nizo yoki ziddiyatga qanday tarif berish mumkin?

Konflikt, nizo yoki ziddiyat - bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o'zaro muloqot va tasir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to'g'ri kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozisiyalarning to'qnashuvi oqibati paydo bo'lgan salbiy xissiyotlarga to'la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy-psixologik xodisadir. Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar nihoyatda ko'p, lekin ularni 5 asosiy guruhga bo'lib o'rganish mumkin:

l.Informasion-axborot omillari: muloqot jarayonida sheriklarga noto'g'ri tarzda etib keladigan noto'liq, noaniq faktlar, mish-mishlar; shubhalar, to'la aniqlik kiritilmagan ataylab yoki bilmay turib deyarli xufyona tarzda yetkazilayotgan malumotlar; axborot manbaiga nisbatan ishonchning yo'qligi; ayrim xodisa, voqealarga aloqador bo'lgan tortishuv va kelishmokchiliklarga sabab bo'lgan qoidalar, aqidalar, chaqirigdar, qonun normalari va boshqalar ham shaxslararo yoki guruhlararo ziddiyatlarning omili bo'lishi mumkin.

2.Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bog'liq omillar: mulkchilikka oid muammolar, ijtimoiy makom talashish, xokimiyat yo'nalishidagi amal va xisobotlarga oid janjallar, turli ijtimoiy normalar, ananalar, standartlar, xavfsizlik masalalaridagi qarama-qarshiliklar, rag'batlantirish va jazolash, uy-joy, mulk tortishuvlari, resurslar, tovar, xizmat va foydalar taqsimoti jarayonlarida kuzatiladigan nizolar;

3.Qadriyatlarga aloqador omillar (o'zimiz e'tirof etgan yoki rad etgan tamoyillar): jamoaviy, gruppaviy yoki shaxsiy e'tiqod, ishonmagan va ishongan qadriyatlarimiz va ularning xulqda namoyon bo'lishi, mafkuraviy, madaniy, diniy, axloqqa oid, siyosiy, professional qadriyatlar va extiyojlar borasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar;

4.Munosabatlar omili: bunday omillar bevosita o'zaro aloqalar va muloqotdan insonning qoniqishi yoki nomaqul, deb etirof etishidan kelib chiqadi. Shaxslararo o'zaro munosabatlarda ko'proq bir shaxsning kutishlariga boshqa bir insonning yoki odamlarning muomalasi mos kelmasligi xolatlarida shaxsiy nizolar kelib chiqadiki, ularning bartaraf bo'lishi turli vaziyatlarda turlicha tus olishi, chuzilib ketganda, battar "gazzak" otishi, qisqa fursatda xal etilsa, muammo xal bo'lishi ham mumkin. Shaxsiy muloqotdagi nizolar shaxsning xayotiy tajribasi, malumotliligi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

darajasi, professional mahoratiga bog'liq ravishda turli ko'rinishlarda o'z yechimini topishi mumkin;

5.Xulq-atvor bilan bog'liq omillar - manfaatlar, qiziqishlar, o'ziga bo'lgan bahoga zid keladigan yoki xavf-xatar tug'diruvchi vaziyat paydo bo'lishi bilan guyoki, ximoya vositasi sifatida paydo bo'luvchi omillar turkumi bo'lib, bu ikkinchi tomonning xudbinligi, adolatsizligi, mas'uliyatsizligi yoki loqaydlik, beparvolik oqibatida kelib chiqadi. Nizokashlar bunday sharoitda o'zlariga nisbatan bo'layotgan salbiy munosabatni xatti-harakatda ko'rib, sezib turganlari bois xafagarchilik kelib chiqadi va bu konflikt bilan tugaydi. Konflikt yoki nizolar o'zaro munosabatlardagi odamlarning subektiv xatolari sababli ham kelib chiqishi mumkinki, shu nuqtai nazardan ham konfliktlarning turlari farqlanadi:

6.Shaxsning o'ziga aloqador bo'lgan ichki nizolar - odatda bevosita ijtimoiy psixologiya tomonidan o'rganilmaydi, bu kabi nizolar umumiy, pedagogik hamda patopsixologiyaning predmeti bo'lib, u asosan bir inson qalbidagi turli xis-kechinmalar, istak- xoxishlar va motivlarning bir- biriga zid kelishi, qarama-qarshi fikrlarning paydo bo'lishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday nizo shaxsgagina malum bo'ladi, bazan esa odam qilib qo'ygan ishining aynan o'zining ichki nizolari oqibati ekanligini anglamaganda unga pisxoanalitik yoki patopsixolog yordamga keladi.

7.Shaxs va guruh o'rtasida sodir bo'ladigan nizolar odatda bir shaxs qarashlari, xatti-harakatining u mansub bo'lgan yoki ishi tushgan guruhning normalari, xulq-atvor maromlariga zid kelishi, shaxs kutishlarining guruh normalaridan og'ishi oqibatida kelib chiqadi. Agar bu mehnat jamoasida ro'y bersa, bu guruh azolarining malakasizligi yoki rahbarning odamlarni boshqarishdagi o'quvsizligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Demak, bunday jamoada psixologik, ma'naviy muxit nosog'lom bo'ladiki, shaxs bilan boshqa shasxlar o'rtasida kelishmovchilikka olib keladi.

8.Guruhlararo ziddiyat yoki nizo - ikki yoki undan ortiq guruhlarning bir-birlari bilan murosaga kelisholmay qolgan taqdirda ro'y beradi va bunda ularning o'z maqsadlari erishishlariga bir-birlarining xalaqit berishlari asosiy omillardan hisoblanadi. Ko'pincha muayyan formal, rasmiy guruh azolari guruhbozlikka berilib, xar bir kichik guruh, manfaatlari bir-biriga mos kelmay qolganda ham nizo kelib chiqadi, "Guruhbozlik" deb atalmish bunday xolat ham ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan zararli bo'lib, bu yaxlit jamoadagi manaviy muxitga jiddiy salbiy tasir ko'rsatadi. Bazan bir jamoa rahbariyati va rasmiy tizimi bilan guruh ichidagi norasmiy tuzilma o'rtasida ham nizo kelib chiqadi. Lekin bu xolatlarni sog'lom raqobatga asoslangan manfaatlar kelishmovchiligi, masalan, siyosiy partiyalar o'rtasidagi raqobatdan farqlash lozim.

9. Shaxslararo nizo — bir yoki bir necha konkret shaxslarning o'zaro yoki guruh doirasidagi ziddiyatidir. Bu keng tarqalgan nizolardan biri bo'lib, bunday nizolar rasmiy jamoalarda ham norasmiy muloqotlar oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday nizolar odamlarning fe'l-atvoriga ham, konkret vaziyatlarga ham bog'liq tarzda kelib chiqishi va vaziyatning xarakteriga bog'liq xolda turlicha kechishi mumkin. Keng tarqalgan shaxslararo nizolar biri - bu er va xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar hisoblanadi. Ularning tabiati ham, davom etish muddati ham, xal bo'lish yo'llari ham turlicha bo'lib, xar qanday ko'rinishda ham baribir bunday nizo ikki va undan ortiq shaxslar o'rtasidagi psixologik masofani tobora uzoqlashtiradi, samimiyatning kamayishiga olib keladi. Shaxslararo nizolarning kelib chiqishi quyidagi xolatlarga bog'liq bo'ladi:

□ mehnat jarayonlari va ishlab chqarish vaziyatlariga;

□ jamoa azolarining shaxsiy xususiyatlariga;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

□ turli vaziyatlarga shaxsning subjektiv munosabatiga;

□ shaxslararo munosabatlarning turli vaziyatlardagi turlicha namoyon bo'lishiga. Shaxslararo nizo ochiq yoki yashirin tarzda namoyon bo'lishi mumkin.

Ochiqdan ochiq yuz beradigan nizolar odatda tortishib qolgan shaxslarning to'g'ridan-to'g'ri, bevosita xatti-harakatlari tarzida namoyon bo'ladi. Bunday nizoni kuzatish, qayd etish va unga kerak bo'lsa, aralashish ham mumkin bo'ladi. Yashirin nizo esa ochiq namoyon bo'lmaydi, balki u turli xufyona usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqaridan qaragan odam bunday nizoning mavjudligini sezmaydi. Bazan nizolar objektiv sabablar, shart-sharoitlar bois vujudga keladi. Masalan, agar bu ishlab chiqarishda bo'lsa - ish sharoitlarining yomonligi, xizmat vazifalarining noo'rin taqsimlanganligi, kadrlar salohiyatiga bee'tiborlilik, mehnatni rag'batlantirishdagi adolatsizlik kabilar odamlar o'rtasida muayyan tangliklarni keltirib chiqaradiki, bu shaxslararo o'zaro munosabatlarda o'z aksini topib, ularning o'zaro va xodimlarning rahbarlar bilan urushib qolishiga, yashirin yoki ochiq konfrontasiyaga olib keladi. Bu kabi nizolarni bartaraf etish uchun uni keltirib chiqqan ob'ektiv shart-sharoitlarni o'zgartirish yoki kamchiliklarni yuqotish orqaligina amalaga oshiriladi. Chunki jamoadagi bunday nizolar o'ziga xos signal funksiyasini bajaradiki, u orqali rahbarlar mehnat jamoasida nomaqul psixologik muxit paydo bo'layotganligidan xabardor bo'ladilar.

Sub'ektiv sabablar yoki omillar tufayli kelib chiqadigan nizolarga aksariyat xolatlarda odamlarning o'zlari, ularning shaxsiy xususiyatlari, ulardagi ehtiyoj, istak va maslaklarning nomutanosibligi asos bo'ladi. Bunda qaror qabul qiluvchining qarori boshqalarga nomaqul bo'lishi, ular mehnati adolatsiz baholanishi, ayrim shaxslarning esa ochiq tabiatan janjalkash ekanligi sabab bo'ladi. Bundan tashqari, nizolar quyidagicha toifalanadi:

-gorizontal - bir-biriga buysunmaydigan, tobe bo'lmagan oddiy xodimlar o'rtasida; -vertikal - o'zaro bir-biridan amal pog'onasi bo'yicha farq qiluvchilar, masalan, rahbar bilan xodim o'rtasida;

-aralash - shaxslararo munosabatlarda u va bu xolat uyg'un kelganda. Odatda ishlab chiqarish faoliyatida eng ko'p tarqalgan nizo turi vertikal va aralash bo'lib, ular jami nizolarning 70-80 foizini tashkil etadi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. M^3^eB Ш.М. ^нун устувoрлиги - иншн мaнфaaтлaрини тaъминлaш TapaKK^ra Ba xaлк фaрoвoнлигининг rapoB^ "y^öemcTOH"

6. Ä3rooBa 3npoaT. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI RESEARCH ISSN 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

8. 3.A3H30Ba. Экo.пoгннecкoe BOcnuTaHue gomKO.nbHHKOB c n0M0^bK $opM u MeTogoB oGyneHHa.negororHKa u ncuxo^orua b coBpeMeHHOM Mupe.TeopHTHHecKHe u npaKTHnecKue 2022

9. N.G.Malikovna TexHonoruu opгaннзaцнн u ynpaB^eHHa negaroruHecKHMH npo^ccaMH C.TypryHOB,nMaKcygoBa6X.M.To^H6oeBa.r.M.Ha3HpoBa T.CaHO-craHgapT 100.2012

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Scieceand Innavation 1 (8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna . "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'mi'\Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.Nazirova . Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishnin g o'ziga xos xususiyatlari : Qo'qon DPI 06pa3OBaHue u нннoвацнoнннe HcanegoBaHHA Me^gyHapogHbiu HayHHO-MeTOATHecKHH 2021

13. TexHonoruu opгaннзaцнн u ynpaB^eHua negaroruHecKHMH npo^ccaMH C.TypryHOB, H.MaKcygoBa. X.M.To^u6oeBa RM.Ha3HpoBa 100 201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.