Научная статья на тему 'ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILLARI'

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA MUAMMOSINING

NAZARIY TAHLILLARI

M. R. Inagamova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston

I. U. Karimov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi, O'zbekiston

Hozirgi kunda psixologiyada "motivatsiya" termini psixologik yangilanishlar, o'zgarishlar, holatlar, jarayonlar yig'indisini umumlashtiruvchi tur(jins) tushunchasi sifatida qo'llaniladi. Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarga, jismlarga, xulq-atvorni yo'naltiruvchi qo'zg'atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Chunki u pirovard maqsadga yo'nalganlikni, tanlovchanlik, fikr yuritishdagi g'arazgo'ylikni aniqlovchi psixik aks ettirish, shuningdek, uning yordami bilan faollikni boshqarish holati tasavvur qilinadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, ushbu psixologik voqelik negizida xulq-atvorning sababiy shartlanganlik omili yotadi.

Motivatsiya mohiyati bo'yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga unga berilgan umumlashgan tariflar mutlaqo mutanosibdir:

1) Rubinshteyn S.L.: "Motivatsiya bu - psixika orqali amalga oshuvchi Determinatsiyadir", - deb ta'riflaydi. Ushbu ta'riflar motivatsiya doirasining mavhumligi, shartliligi, rasmiyligi va nisbiyligidan dalolat beradi. Hatto jahon psixologlari "motivatsiya" tushunchasini "talab", "intilish", "qo'zg'ovchi", "ehtiyoj", "zaruriyat" kabi atamalar bilan almashtirishga harakat qiladilar. Bunday yondashuvlar, qarashlar, pozitsiyalar mavjudligi ta'riflarning xilma-xilligini keltirib chiqaradi.

Rus psixologi A.N. Leontev "Motiv" termini qo'llanishida shu darajada xilma-xillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning iloji ham yo'qdir. "Motiv" terminini shu yo'sinda qo'llanilishi shunday ta'sirot qoldiradiki, go'yoki "motiv" tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta qopga aylanib qolganga o'xshaydi. Motivlar yoki motivlashtiruvchi omillar qatoriga, jumladan ishtaha, mayl, impuls, odat, malaka, xohish, his-tuyg'ular, qiziqish, maqsad, hattoki yanada yaqqolroq motivlar, masalan, elektr toki bilan qitiqlash, huzur-halovat yoki mamnuniyatni sezish, o'ziga bino qo'yishlik, ideallar kabi tushunchalar kiritiladi.

Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya chushunchalari qo'zg'atuvchilar va qo'zg'ovchilarning barcha turlarini o'z ichiga oladi, chunonchi, motivlar, ehtiyojlar,

236

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Toshkennqisodzis^^

qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar. Motiv va motivatsiya keng ma'noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida belgilanishiga qaramay, ko'pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma'noda tadqiq qilib, ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga kiritadilar.

S.L.Rubinshteyn tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko'rsatib o'tishning o'zi kifoya. S.L.Rubinshteyn "ong bu - faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir" deb yozadi. Jahon psixologiyasida motivatsiyaning keng ko'lamda o'rganilishi natijasida u mazmun, ma'no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy va amaliy materiallar bilan boyidi. Shu bilan birga, motivatsiya bir qancha mustaqil yo'nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti quyidagilarga qaratila boshladi:

a) jabhalarga (ma'noviy dinamik tomonlarga),

b) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy),

v) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko'rsatish, siqib chiqarish va hokazolarga).

Rus psixologi P.K. Anoxiniing mulohazasicha, harakat akti bosqichlari quyidagilardan:

1) afferent sintezi, dominant motivatsiya, qidiruv afferentatsiya, xotira;

2) harakatning shakllanishi va axborotlarni oldindan aytish apparati;

3) harakat natijalari umumlashmasi; teskari afferentatsiyaning amalga oshishi maqsad bilan olingan natijalar o'rtasida ajrimlik namoyon bo'lishidan iboratdir.

Motiv va motivatsiyaning biologik mexanizmlari yuzasidan izlanishlar olib borgan N.A. Bernshteyn "Kelajak modeli" nazariyasini yaratadi. Ushbu konsepsiyaga qaraganda, "Kelajak modeli" mana bunday bosqichlardan tashkil topganligi ta'kidlab o'tiladi:

1) holat va vaziyatni (situatsiyani) baholash;

2) vaziyat (situatsiya) qanday bo'lishini aniqlash;

3) buning uchun nima qilmoq kerak;

4) qanday tarzda harakat qilmoq lozim.

Xorij psixologlarining motivatsiya tadqiqot yo'nalishlari tag negizida Ch.Darvinning evolyutsiya nazariyasi yotadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, motivatsiyani o'rganish zamirida genetik, biologik shartlangan manbalar turadi. Tadqiqotchilar - I.A. Vasilev va M.Sh.Magomed-Eminovlarning uqtirshiicha, Ch.Darvinning evolyutsiya nazariyasi motivatsiya muammosini uch yo'nalishda tadqiq etishga zamin bo'lib xizmat qiladi.

237

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Shunday qilib, inson xulk atvorining determinatsiya qiladigan sabablar majmuasi hazirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o'rganadigan u yoki bu munosabatni o'zida aks ettiruvchi, o'ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va tag - zamin, genetik va vaziyatli, to'g'ri va teskari atamalar bilan nomlash imkoniyatini vujudga keltirdi.

References / Adabiyotlar

1. Умарова Н.Ш. Экономическая социализация личности в контексте возрастных периодов // Вестник науки и образования. 2019. №22-(76). URL: https://cyberleninka.ru/article/n7ekonomicheskaya-sotsializatsiya-lichnosti-v-kontekstevozrastnyh-periodov (дата обращения: 30.04.2022).

2. Шарохина В.Л. Коррекционно-развивающие занятия в большой группе: Демонстрационный материал. - М.: Прометей, Книголюб, 2001.

3. Каримова В.М., АбдуFаффоров Б.Т., Акрамова Ф.А. Ташкилий хулк. Психологиядан маъруза матнлари. - Т.: 1999. - 27 б.

238

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.