Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI'

PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
10029
502
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm / fan / psixologiya / xulq / atvor / stress / motiv / refdektor / energetik / science / science / psychology / behavior / attitude / stress / motive / reflector / energetic

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qabulov, Qosimboy Pirjonovich

Maqolada psixologiyada motivatsiya va motivlarni o‘rganish metodlari tahlil etilib, ilmiy va nazariy taklif, tavsiyalar ishlib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOTIVATION AND METHODS OF STUDYING MOTIVATION IN PSYCHOLOGY

The article analyzes the methods of studying motivation and motives in psychology, develops scientific and theoretical proposals and recommendations.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O‘RGANISH METODLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA VA MOTIVLARNI O'RGANISH

METODLARI

Maqolada psixologiyada motivatsiya va motivlarni o 'rganish metodlari tahlil etilib, ilmiy va nazariy taklif, tavsiyalar ishlib chiqilgan.

Kalit so'zlar: ilm, fan, psixologiya, xulq, atvor, stress, motiv, refdektor, energetik

MOTIVATION AND METHODS OF STUDYING MOTIVATION IN

PSYCHOLOGY

The article analyzes the methods of studying motivation and motives in psychology, develops scientific and theoretical proposals and recommendations.

Keywords: science, science, psychology, behavior, attitude, stress, motive, reflector, energetic

МЕТОДЫ МОТИВАЦИИ И ИЗУЧЕНИЕ МОТИВАЦИИ В

ПСИХОЛОГИИ

Кабулов Косымбой Пиржонович

доцент Ургенчского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются методы изучения мотивации и мотивов в психологии, разрабатываются научно-теоретические предложения и рекомендации.

Ключевые слова: наука, наука, психология, поведение, установка, стресс, мотив, рефлектор, энергетика.

Motiv keng ma'noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, ko'pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma'noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini,

Qabulov Qosimboy Pirjonovich

Urganch davlat universiteti dotsenti

ANNOTATSIYA

Kabulov Kosimboy Pirjonovich

Associate Professor of Urgench State University

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma'noviy va ma'naviy tomonlarini o'zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma'nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma'noviy va ma'naviy jabhalarini hisobga olmay turib, o'ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv - bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir (ushbu ta'rifga nisbatan munosabat o'ta bahsli bo'lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni tadqiqotning boshqa bo'limida bildiramiz).

O'tgan asrda psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini belgilashda dinamik va ma'noviy (ma'naviy) tomonlarining uyg'unligidan kelib chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tahlil qilish bilan cheklanamiz, xolos. S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to'g'risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya - bu psixika orqali hosil bo'ladigan determinatsiyadir; motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog'lovchi sub'ektiv tarzda aks etish demakdir. "Motiv inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo'luvchi omil. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo'luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqalar motivlar jumlasiga kiradi"[1]. Bizningcha, shaxs o'zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo'ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo'luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o'rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo'nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg'usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to'plangan nazariy ma'lumotlarning ko'rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta'limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma'naviy va ma'noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Motiv hissiyot bilan ham bog'liq bo'lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo'lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo'lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-tuyg'ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog'lovchilik xususiyatiga ega bo'lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg'un jarayonlarni o'z ichiga oladi. Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, motivlar funksional-energetik tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi. E.G'oziev "motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayoninibevosita tashqi olam bilan bog'lovchi sub'ektiv tarzda aks etish demakdir"[2] - deb ta'kidlaydi. Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik, ma'naviy ta'sir etish munosabatini o'zida aks ettiradi. Motiv bilan qobiliyatning munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarish negizi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo'ladi. Motivlashgan tizimning tarkiblarini amaliyotda ro'yobga chiqaruvchi nafaqat faoliyatnigina aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki faoliyatning keyingi istiqbol rivoji yoki uning boshqa sohalar bilan qorishib ketish ehtimoli darajasini ham belgilaydi. Lekin muayyan insonning funksional imkoniyati, faoliyati va xuddi shu faoliyatning ob'ektiv tomonlarining yaqqol ro'yobga chiqishi motiv barqarorlashuvi, rivojlanish (takomillashuv) ga yo'nalganligi ham faoliyatning ob'ektiv shart-sharoitiga moslasha boradi. Umuman shakllanish jarayoni, shaxsning rivojlanishi motivning faoliyatiga, faoliyatning esa motivga o'zaro ta'siri bilan tavsiflanadi, bizningcha, mazkur ta'sirning ko'rsatkichi, mezoni vazifasini bajaradi. Motivlarning rivojlanishi tufayli tarbiyaviy talablarni anglashda, ehtiyojlarni ichdan qayta qo'rishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari yordami bilan faoliyat doirasining kengayishida, shaxsning borliq bilan munosabati kabilarda o'zgarishlar sodir bo'ladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma'lumotlarning paydo bo'lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o'zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta sekin yoki tez o'zgarishi - motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta'sir etadi. S.L.Rubinshteyn motivatsiya to'g'risida mulohaza qilib, "motivatsiya - bu psixika orqali sodir bo'ladigan determinatsiyadir"[3], - deb ta'kidlaydi. Insonni mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o'rinda faoliyat faol vaziyat hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uzoqlashib boradi, so'ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlami shakllantiradi, motivlar mohiyati va shakllarni o'zgartiradi.

Ushbu mulohazani alohida ta'kidlab o'tish joizki, motivatsiyaning faoliyat darajasidan tashqari chiqishi ehtimoli yoki faoliyatning motivatsiya doirasidan tashqari chiqishi imkoniyati to'g'risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega. Binobarin, motivatsiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivatsiyadan alohidalikka ega degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi hayotiy haqiqatga murojaat qilamiz. Har bir talaba oliy maktabga o'qishga kirayotganida unda diplom olish motivi paydo bo'ladi, o'qishga joylashganda esa o'quv predmetlarini o'zlashtirish jarayoni o'qishga nisbatan intilish, ehtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar yuzaga keladi. A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar va operatsiyalardan iboratdir. Odatda faoliyat o'zining predmeti va motiviga ega bo'lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o'rtasida mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina u tub ma'nodagi faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtihondan (reytingdan) o'tish uchungina birlamchi manbalarni o'qiydi, lekin boshqasi esa o'zini tekshirish va haqiqiy bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o'quvchida motiv imtihonga qaratilgan bo'lib, o'quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir, xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o'quv predmetini o'zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o'sib o'tadi_degan fikrga kelishga kafolat beradi. REFERENCES

1. «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. M harfi. -T.: 2006. 761-bet.

2. G'oziev E. Umumiy psixologiya. - T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2010. - 214 b. (544)

3. G'oziev E. Umumiy psixologiya. - T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2010. - 214 b. (544)

4. .Qabulov Q. P. NATIONAL INTERESTS AND PERSPECTIVES OF GLOBALIZATION //Theoretical & Applied Science. - 2017. - №. 1. - C. 82-85.

5. Nodirbek Kodirov Mamasoliyevich. (2021). Current issues of formation of information culture in youth. https://doi.org/10.5281/zenodo.5770626

6. Kodirov N. Problems of the globalization of information culture in the current time //§tiin|a, educate, cultura. - 2020. - T. 4. - C. 272-274

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.