Научная статья на тему 'MOTIVATSIYA: MAQSAD, EMOTSIYA VA QIZIQISH'

MOTIVATSIYA: MAQSAD, EMOTSIYA VA QIZIQISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
952
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xulq-atvor / psixologlar / motiv va motivatsiya / “SHaroit – operatsiya”

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ernazarova Shahnoza Nizomiddin Qizi, Mirzabekova Shohida Muytanboevna, Erjigitova Xilola Botirbekovna

Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy an’analarda o‘z ifodasini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOTIVATSIYA: MAQSAD, EMOTSIYA VA QIZIQISH»

MOTIVATSIYA: MAQSAD, EMOTSIYA VA QIZIQISH

Ernazarova Shahnoza Nizomiddin qizi

Jizzax viloyati Zafarobod tumani 14-maktab psixologi Mirzabekova Shohida Muytanboevna Jizzax viloyati Zafarobod tumani 18-maktabi amaliyotchi psixologi Erjigitova Xilola Botirbekovna

Jizzax viloyati Zafarobod tumani 9-maktab amaliyotchi psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.7394284

Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e'tiqodda, qarashlarda, g'oyalarda, milliy an'analarda o'z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg'ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, xulq-odobi, muomala maromi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg'unlashuviga bog'liq. Odamning faoliyati jamiyatning maqsadlari va talablari bilan ko'p jixatdan belgilanadi. Odam faoliyatining ko'zga tashlanib turadigan belgisi maqsadni anglash va uni amalga oshirishda qilinadigan ishlarning ijtimoiy tajribaga bog'liqligidir.

Odamning faoliyatida uning tashqi va ichki tomonlari ajralmas bog'liq bo'ladi. Od'm faoliyatining tashqi tomoni — tashqi olamga uning yordami bilan ta'sir ko'rsatadi. Bunday harakatlar motiv, bilim va boshqharish kabi ichki faoliyat-orqali aniqlanadi va boshqhariladi.

Bizga yuqoridan ma'lumki ichki qalb faoliyatni buyumlar bilan qilinadigan tashqi faoliyatining interiorizatsiyasi natijasi deb qarash mumkin.shunga muvofiq narsalar bilan qilinadigan tashqi faoliyatni ichki qalb faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb qarash mumkin.

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bolalarda ham o'yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish formalaridandir.Sof xoldagi "o'yin" faoliyati organizmning roxatlanishi bilan bog'liqdir.O'yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab faoliyatiga bo'lgan ehtiyoj bo'lsa, uning manbai taqlid va tajribadan iboratdir. Biroq bolaning o'yin paytida qiladigan harakatlari avval kattalar raxbharligi ostida va kattalar bilan o'zaro munosabatda o'zlashtirilgan insoniy xatti — harakat formalari hamda narsalaridan insoniy foydalanish asosida rivojlanadi.

Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya tushunchalari qo'zg'atuvchilar va qo'zg'ovchilarning barcha turlarini o'z ichiga oladi, chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar. Motiv va motivatsiya keng ma'noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida belgilanishiga qaramay, ko'pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma'noda tadqiq qilib, ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga kiritadilar. Bir qator psixologlar motiv va motivatsiyani energetik; ma'noviy tomonlarini o'zaro solishtiradilar, tadqiqotchilar ularni tub ma'nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma'noviy va ma'naviy jabhalarni hisobga olmay turib tushuntirishga intiladilar.

Motiv va motivatsiya tuzilishini genetik bosqichda tarkib topish ehtimolini tahlil qilish natijasida ularning sodda bir bosqichli tizimlardan murakkab, ko'p bosqichli yuksak darajaga o'sib o'tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko'rsatib beriladi. Umumlashgan ma'lumotlarning ko'rsatishicha, motiv va motivatsiyaning tuzilishi muammosini tadqiq etilishi tufayli ularning dinamik va ma'noviy jabhalari birligi prinsipidan kelib chiqilish maqsadga muvofiq. Motiv va motivatsiya tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e'tiborni ularning mazmuniy jihatini alohida ko'rsatishga ma'noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga qaratiladi.

Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va takomillashadi. Biroq ehtiyoj paydo bo'lishi bilan bir davrda uni shakllanish bosqichlariga o'xshash darajalarni bosib o'tish orqali motiv vujudga keladi. Motiv mazkur negizda vujudga

kelib, barqarorlashib, ehtiyojning mustahkamlanishiga yordam beradi va o'z navbatida ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Odatda inson faoliyati va harakatiga ta'sir o'tkazuvchi jarayonda o'zaro bog'liq holda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi (belgilanadi). Harakat faoliyatning tarkibi bo'lganligi sababli faoliyat maqsadi va motivi bilan boshqariladi. Lekin psixologiyada "Motiv - faoliyat", "Maqsad -harakat", "SHaroit - operatsiya" munosabatlari o'rtasida qat'iy aloqa (uyg'unlik) hukm surmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Inson va olam: "Psixologiyaning nazariy va metodologik muammolari" kitobi. M.,1969, 370-bet;

2. Madsen K.B., T.Heories 1968, 46-bet.

3. Aseev V.G. Motivatsiya povedeniya i formirovaniya lichnosti. M.Izd-vo "Mo'sl", 1976.

4. Vasilev I.A. , Magomed-Eminov M.SH. Motivatsiya i kontrol za deystviem. Izd. MGU, 1991.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.