g
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARIDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH
Hozirgi kunda Ta'limda zamonaviy texnologiyalar ko'payib bormoqda. Bu o'z navbatida o'qituvchlarning ishlarini osonlashtirib, faqatgina zamonaviy texnologiyalarni farqini ajratib olishlari lozim bo'ladi. XX asrning oxirlarida O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasida 4 xil zamonaviy texnologiyalar mavjud bo'lib, jarayonga qarab almashib turishi bilan farq qiladi. Ta'limda zamonaviy texnologiyalarga ta'rif berishdan oldin texnologiyaning o'ziga ta'rif berishimiz lozim Texnologiya- grekcha so'zdan olingan bo'lib, texnos so'zidan olingan bo'lib, mahorat, san'at degan ma'nolarni beradi.
Ta'limda zamonaviy texnologiyalarning birinchi shakli pedagogik texnologiyalarda namoyon bo'ladi
Pedagogik texnologiya birinchi bo'lib, Kembirdj universitetida XX asrning 30 yillarida paydo bo'lgan. Pedagogik texnologiya har bir qilanadigan jarayonni o'quvchiga qaratilgan kichik bir usullarni (Ko'rgazmali, savoljavob, bahs-munozara) ko'rinishidagi usullarni nazorat qilgan.
Zamonaviy pedagogik texnologiya- Usullar va texnik vositalar majmuasidir. XX asrning 50-yillarida fan texnikaning rivojlanishi hamda kompyuter asri boshlanishi bilan bog'liq bo'lib, Pensilvaniya universitetida amalga oshirilgan. Pedagogik texnologiyadagi usullarga olimlar tomonidan qo'llanishiga qarab nomlashgan.
Innovatsion texnologiya-Innovatsiya inglizcha so'zdan olingan bo'lib, innovasion yangilik, yangilik kiritish ma'nosini bildiradi va bu texnologiyada o'quvchilar o'z bilimlarini yaqqol namoyon qiladilar. O'qituvchining vazifasi
1. Kuzatish
2. Nazorat qilish
3. Baholash
Innovatsion texnologiyalar XX asrning 70-80 yillariga to'g'ri keladi va Vashington universitetida qo'llanilgan.
"Innovatsion ta'lim texnologiyalari" tushunchasining mazmuni.
Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda("innovation") "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi. Mazmunan esa
Muhabbat Xudaynazarovna Xalmetova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchisi
October 20, 2023
g
tushuncha negizida "innovatsiya" tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Innovatsiyalaming asosiy ko'rinishlari quyidagilar sanaladi:
- yangi g'oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan'anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo'lmagan tashabbuslar;
- ilg'or ish uslublari.
Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta'lim innovatsiyalari "innovatsion ta'lim" deb ham nomlanadi. "Innovatsion ta'lim" tushunchasi birinchi bor 1979 yilda "Rim klubi"da qo'llanilgan. Ta'lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
1.Faoliyat yo'nalishiga ko'ra: pedagogik jarayonda yoki ta'lim tizimini boshqarishda qo'llaniladigan innovatsiyalar.
2.Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
3.O'zgarishlarning ko'lamiga ko'ra: tarmoq (lokalt), modul va tizim innovatsiyalari. 4.Kelib chiqish manbaiga ko'ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o'zlashtirilgan innovatsiyalar.
Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur. Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" hamda ularning isida so'z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatlimohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'r, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Ta'lim innovatsionlari quyidagi o'zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlastiy):
- pedagogik tizimning tamomila o'zgarishi;
- o'quv jarayonining o'zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o'zgarishi;
- o'qituvchi faoliyatining o'zgarishi;
- o'quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
October 20, 2023
g
g
- pedagogik texnologiyaning o'zgarishi;
- ta'lim mazmunining yangilanishi;
- o'qitish shakl, metod va vositalarining o'zgarishi;
- ta'lim tizimi boshqaruvning o'zgarishi; ta'lim maqsadi va natijalarning o'zgarishi. Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolami yechishga qaratilgan faoliyat. Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.
Pedagogning innovatsion faoliyati:
- yangilikni qo'llashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yo'naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
REFERENCES
1. Achilova, E. S. (2022). ARTISTIC PSYCHOLOGY ON THE EXAMPLE OF THE WORK "SPRING DOES NOT RETURN". Aninternational Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1991-1994
2. ACHILOVA, E. (2022). SUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI. Til va adabiyot ta'limi, 3(1), 26-27
3. Achilova, E. (2022). O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasidagi psixologik tasvir. Til va adabiyot ta'limi, 1(1), 40-42
4. ACHILOVA, E. (2021). O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. "XALQ TA'LIMI", 5(1), 88-91.
October 20, 2023