Научная статья на тему 'ZAMONAVIY O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI HUQUQLARI'

ZAMONAVIY O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI HUQUQLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Huquq / qonun / qishloq xo'jaligi / qishloq xo'jaligi huquqi / mustaqil huquq sohasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nazarov Elbek, Ne’Matov Nursulton

Mazkur maqolada O'zbekistonda zamonaviy qishloq xo'jaligi huquqlari qanday ahamiyatga ega ekanligini haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI HUQUQLARI»

ZAMONAVIY O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY QISHLOQ XO'JALIGI

HUQUQLARI

Ilmiy rahbar: Nazarov Elbek Alimovich

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti "Gumanitar fanlar va

Huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi Ne'matov Nursulton Shavkat o'g'li Toshkent Davlat Agrar Universiteti Huquq va turizm fakulteti Yurisprudensya

yo'nalishi 3 bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekistonda zamonaviy qishloq xo'jaligi huquqlari qanday ahamiyatga ega ekanligini haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, qonun, qishloq xo'jaligi, qishloq xo'jaligi huquqi, mustaqil huquq sohasi.

Annotation: This article provides information about the importance of modern agricultural rights in Uzbekistan.

Key words: Law, law, agriculture, agricultural law, independent field of law.

Аннотация: В данной статье представлена информация о важности современных сельскохозяйственных прав в Узбекистане.

Ключевые слова: Право, право, сельское хозяйство, сельскохозяйственное право, самостоятельная отрасль права.

Qishloq xo'jalik huquqi mamlakatimiz huquq tizimida mustaqil huquq sohalaridan biri hisoblanadi. Mustaqil huquq sohasi sifatida qishloq xo'jalik huquqi ma'lum turdagi ijtimoly minosabatlarni tartibga soladi. Qishloq xo'jalik huquqi tartibga soladigan ushbu ijtimoiy munosabatlar o'ziga xosligi, ma'lum turda bo'lishligi, umumiy jihatlari, bir maqsadga yo'naltirilganligi bilan. xarakterlanadi. Qishloq xo'jalik Utimoly munosabatlarining umumiy hirligini uning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga qaratilganligi bilan izohlash mumkin, Xuddi shu maqsad bu ijtimoiy munosabatlarni

bitta huquq sohasi bilan tartibga solish mumkinligini, ya'ni qishloq xo'jalik huquqi sohasini mustaqil huquq sohasi sifatida tan olishlikni bildiradi.

Qishloq xo'jalik huquqining umumiy tushunchasi haqida fikr yuritganda, uning uchta tavsiflarda tushunchasi borligini ta'kidlash o'rinlidir. Shulardan birinchisi, qishloq xo'jalik buquqi O'zbekiston huquq tizimining mustaqil huquq sohasidir. Qishloq xo'jalik huquqida har bir huquq sohasi uchun kerak bo'lgan belgilar mavjud. Bular birinchidan, qishloq xo'jalik huquqi o'z maxsus predmetiga ega; ikkinchidan, u o'z maxsus huquqiy tartibga solish uslubiga ega, uchinchidan, davlat shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga soladi; to'rtinchidan, u alohida guruhlangan me'yoriy-huquqly hullatlar yig'indisiga ega.

Ikkinchidan, qishloq xo'jalik huquqi O'zbekiston huquq fanining mustaqil sohasidir. Shu o'rinda unga huquq fanlariga tegishli bo'lgan barcha xususiyatlar xos bo'ladi.

Uchinchidan, qishloq xo'jalik huquqi maxsus o'quv kursi ham hisoblanadi. Uning o'quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va maqsadlari turli o'quv yurtlarida uchun har xil bo'lishi mumkin.

Yuqorida sanab o'tilgan asoslar, qishloq xo'jalik huquqi o'z tartibga solish predmetiga ega ekanligidan dalolat beradi Bunda qishloq xo'jalik huquqi normalari tartibga solishi kerak bo'lgan barcha ijtimoly munosabatlarning markazida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar yotadi.

Huquq tizimining alohida sohasi sifatida qishloq xo'jalik huquqi maxsus tartibga solish uslubi bi mavjud. mavjud. Bu Bu uslubning qo'llanilishi qishloq xo'jalik ishlab ishlab chiqarishini rivojlantirish, qishloq xo'jaligida tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, mulkchilik va xo'jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratish, qishloq xo'jalik xodimlarining huquqlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan bo'ladi.

Qishloq xo'jalik huquqi qishloq xo'jalik ishlab chiqarish bilan bog'liq Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun xizmat qiladigan me'yoriy-huquqiy asosga ega bo'ladi. Ushbu asos Konstitutsiya, Yer kodeksi qishloq xo'jalik kooperativlari to'g'risida, Fermer xo'jaligi to'g'risida, Dehqon xo'jaligi to'g'risida va qishloq qishloq

88

xo'jalik ishlab chiqarish munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Ushbu asoslar asosan shakllangan bo'lib, u borgan sari takomillashib va rivojlanib bormoqda,

Ma'lumki, huquq predmeti deganda, Ijtimoiy faoliyat jarayonida vujudga keladigan, qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan erkin munosabatlar tushuniladi. Umome'tirof etilgan ushbu qoidaga asoslanib aytish mumkinki, qishloq xo'jalik huquqining predmeti, ya'ni u tomonidan tartibga solish doirasiga qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi tufayli vujudga keladigan erkin ijtimoiy munosabatlar kiradi.

To'laroq ma'noda aytganda, qishloq xo'jalik huquqi mustaqil huquq sohasi sifatida o'zaro bog'liq, bir-biriga yaqin bo'lgan bir maqsadga xizmat qiladigan, bir-biri bilan uzviy bog'langan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga qaratilgan yer, mulkiy, mehnat va tashkiliy boshqaruv sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Aytish mumkinki, qishloq xo'jalik huquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar uziga xosligi, turli tumanligi, keng dotrada ekanligi bilan tavsiflanib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi Jarayonida vujudga keladigan yer, mulkiy mehnat, tashkiliy boshqaruv bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni qamrab oladi. Demak, qishloq xo'jalik huquqi kompleks agrar munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo'ladi.

Qishloq xo'jalik huquqini qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan yer, mulkiy, mehnat, tashkiliy-boshqaruv munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy qoidalar va institutlarni jamlovchi majmuaviy huquq sohasi ARXT sifatida tavsiflash mumkin. Shundan kelib chiqqan holda qishloq xo'jalik huquqining predmeti bo'lib, ya'ni u tomonidan tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar bo'lib, birinchidan, yer-huquqiy munosabatlar; Ikkinchidan, mehnat huquqiy munosabatlar, uchinchidan, mulkiy huquqiy munosabatlar; to'rtinchidan, tashkiliy boshqaruv munosabatlari hisoblanadi.

Aytilganlardan qishloq xo'jalik huquqining o'ziga xos xususiyatlarini, birinchidan, bu huquq majmualashgan huquq sohasi bo'lib, o'zida yer, suv, o'mon, mehnat, ma'muriy, fuqarolik va boshqa huquq sohalarining institutlarini mujassamlashtirishida; ikkinchidan, qishloq xo'jalik huquqi qishloq xo'jalik ishlab

89

chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan yer, mulkiy, mehnat, tashkiliy-boshqaruv munosabatlarini tartibga solishida; uchinchidan, qishloq xo'jalik huquqi xo'jalik yuritish va mulk shaklidan qat'i nazar barcha turdagi xo'jalik tuzilmalarining teng huquqliligini ta'minlashida; to'rtinchidan, barcha turdagi mulk shakllarini teng huquqliligini, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga bir xilda joriy etishga keng Imkoniyatlar yaratib berishida; beshinchidan, qishloq xo'jalik huquqi qishloq xo'jalik tashkilotlarining erkin xo'jalik yuritish, yetishtirilgan mahsulotlarni mustaqil ayirboshlash huquqini mustahkamlashida beradi; oltinchidan, qishloq xo'jalik huquqi qishloq sharoitining tablly-iqlimiy sharoitlarini e'tiborga olib tartibga solishida; yettinchidan, qishloq xo'jalik huquqi demokratiya mezonlarining barcha tamoyillarini mustahkamlashida ko'rishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/huquqshunoslik/qishloq-xo-jalik-huquqi-tushunchasi-predmeti-va-tizimi

2.https://lex.uz/docs/-4410875?0NDATE=26.03.2022

3.https://lex.uz/acts/-30236

4.https://president.uz/oz/lists/view/1119

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.