Научная статья на тему 'ZAMONAVIY JAMIYATDA ASTRONOMIK TA’LIMNING ROLI VA AHAMIYATI (KOSMONAVTIKA MISOLIDA)'

ZAMONAVIY JAMIYATDA ASTRONOMIK TA’LIMNING ROLI VA AHAMIYATI (KOSMONAVTIKA MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
66
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Astronomy / Cosmonautics / history of Cosmonautics / motivation / pedagogy / competence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muslimova Yulduz Choriyevna

The article considers space education as a spectrum of educational and educational activities that ensure the development of a cosmic worldview in society.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY JAMIYATDA ASTRONOMIK TA’LIMNING ROLI VA AHAMIYATI (KOSMONAVTIKA MISOLIDA)»

APRIL 27-28, 2023

ZAMONAVIY JAMIYATDA ASTRONOMIK TA'LIMNING ROLI VA AHAMIYATI

(KOSMONAVTIKA MISOLIDA) Muslimova Yulduz Choriyevna

Fizika-matematika fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi TDPU "Fizika va uni o'qitish

metodikasi" kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7860896

Abstract. The article considers space education as a spectrum of educational and educational activities that ensure the development of a cosmic worldview in society.

Keywords: Astronomy, Cosmonautics, history of Cosmonautics, motivation, pedagogy, competence.

Bugungi kunda ta'lim muassasalarida fizika va astronomiya fanini o'qitish sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga zamonaviy o'qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli talabalarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo'naltirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Fizika va astronomiya ixtisosliklari bo'yicha ta'lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta'lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o'quv jihozlari bilan ta'minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko'rsatib o'tilgan[1]. Kosmonavtika fani astronomiya kursining bir bo'limi bo'lib, unda kosmik uchishlar nazariyasi (kosmik aparatlarni trayektoriyalarni hisoblash va boshqalar), uchuvchi raketalar, raketa dvigatellari, boshqarishning bort tizimlari, kosmik apparatlar, uchirish qurilmalari, ilmiy asbob-uskunalar, Yerdan turib boshqarish tizimi, telemetriya, orbital stansiyalarni jihozlash va boshqa yana bir qancha tashkiliy tizimlarni tuzishni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, kosmonavtika Quyosh energiyasini qabul qiladigan va qayta ishlaydigan kosmik qurilmalarni yaratish hamda kosmosga juda ko'p energiya talab qiladigan sohalarni olib kirish orqali global energiya muammosini hal qilishda yordam bera oladi. Kosmonavtika xalqaro a'loqa tizimlarini takomillashtirish, uzoq muddatli ob-havoni oldindan aytib berish, dengiz va havo transporti navigatsiyasini rivojlantirish kabi muhim muammolarni hal qilish imkoniyatni taqdim etgan katta potentsial imkoniyatlarga ega fandir. Shuningdek, kosmonavtika global geofizik axborot tizimini yaratish uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi, uning yordamida Yer modelini va uning yuzasida, atmosferada va Yerga yaqin kosmosda sodir bo'ladigan jarayonlarning umumiy nazariyasini, bugungi kunda uchirilayotgan Yerning suniy so'ldoshlari, avtomatik sayyoralararo stansiyalar, kosmik kemalar, orbital stansiyalar, planetaxodlar kuzatuvlari tahlili asosida ishlab chiqilmoqda. Bunda ayniqsa, eng mashxur sayyoralararo kosmik stansiyalar Voyajer1, Voyajer2, Pioner, Luna, Venera, Viking, Vega, Messenjer va kosmik teleskoplar Galileo, Kassini, Noviye Gorizontiy, Parker, Dawn, Pozetta, James Webblarning hissasi katta. Biz dunyoda ilmiy va texnologik inqilob sodir bo'lgan davrda yashayapmiz. Kosmik tadqiqotlar nafaqat kosmonavtika fani rivojlanishidagi yangi bosqichni, balki umuman ilm-fan rivojlanishidagi davr, fan va texnikaning ko'plab sohalarida sezilarli yutuqlar davrini boshlab bergan bugungi davrda talabalarga bu fanni turli pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars jarayonini tashkil qilish juda katta ahamiyatga

APRIL 27-28, 2023

ega[2,3,4,5]. Talabalarning bu fanga bo'lgan qiziqishlarini orttirish uchun eng so'nggi kosmik tadqiqotlar bilan tanishtirish, ilg'or internet texnologiyalarini qo'llagan holda kosmik apparatlarni bevosita onlayn kuzatish va kosmik apparatga o'rnatilgan kamera orqali Yerni va boshqa sayyoralarni onlayn kuzatish mumkin[6,7,8].

Ma'lumki, kosmonavtika barcha tabiiy fanlar, jumladan, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya va matematika bilan uzviy bog'langan. Kosmik raketa texnikasi mavjud texnika fanlarining yutug'iga tayandi. Kosmik apparat kosmosda ma'lum maqsadga muvofiq harakatlanishi va fazoning mo'ljallangan nuqtasiga yoki kosmik obyektga aniq vaqtda yetib borishi uchun zarur bo'lgan hisob-kitobni olimlar, texnik xodimlar, astronomik jismlarning holati va harakatlanishlari haqidagi ma'lumotlarga tayangan holda amalga oshiradilar. Shuningdek, ular osmon jismlarigacha bo'lgan masofalar, ularning o'lchamlari, massalari va boshqa fizik parametrlari haqida allaqachon talay bilimlarni to'plaganlar. Bu fanga bo'lgan qiziqish nafaqat fizika va astronomiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun, balki tabiiy fanlar yo'nalishidagi talabalarda ham ortib bormoqda. Sababi qisqa vaqt ichida kosmik fizika, kosmik kimyo, kosmik tibbiyot, kosmik geologiya va boshqa fan sohalari paydo bo'ldi va bu sohalarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Butun dunyo bo'ylab uchirilgan kosmik kemalarning umumiy soni mingdan oshdi, ularning faoliyat doirasi tobora kengayib bormoqda. Quyida kosmonavtikaning shu kungacha qo'lga kiritgan yutuqlari qisqacha sanab o'tildi:

• Birinchi sun'iy yo'ldoshni Yer orbitasiga uchirish (SSSR, 1957 yil 4 oktyabr);

• Oyga birinchi sayyoralararo avtomatik stantsiyani ishga tushirish (SSSR, 1959 yil 2 yanvar);

• Oyning orqa tomonini birinchi marta suratga olish (SSSR, 1959 yil 6 oktyabr);

• Insonning kosmosga birinchi parvozi (SSSR, 1961 yil 12 aprel);

• Insonning kemadan kosmosga chiqishi (SSSR, 1965 yil 18 mart);

• Avtomatik apparatlar va boshqariladigan kemalarning birinchi ulanishlari (SSSR, 1967 yil 30 oktyabr-avtomatik ulanish; AQSh, 1966 yil 16 mart — qo'lda ulanish);

• Avtomatik qurilma bilan Oyning birinchi parvozi, so'ngra yerga qaytish (SSSR, 1968 yil 21 sentyabr);

• Oyga birinchi odam parvozi, so'ngra Yerga qaytish (AQSh, 1968 yil 27-dekabr);

• Insonning Oyga birinchi qo'nishi, so'ngra Yerga qaytishi (AQSh, 1969 yil 20-iyul);

• Avtomatik apparatning oyga birinchi parvozi, keyinchalik Yerga qaytishi (SSSR, 1970 yil 20 sentyabr);

• Uchuvchi orbital stansiyaning birinchi parvozi (SSSR, 1971 yil 7 iyun);

• Avtomatik apparatlarning Oy va Venera va Mars sayyoralariga birinchi parvozlari, ularning yuzasida yumshoq qo'nish (SSSR, Luna-1966 yil 3 fevral, Venera — 1970 yil 15 dekabr, Mars — 1971 yil 2 dekabr);

• Merkuriy, Yupiter, Saturnga birinchi parvozlar (AQSh, Merkuriy — 1974 yil 29 mart, Yupiter — 1973 yil 4 dekabr, Saturn — 1979 yil 1 sentyabr);

• Hubble kosmik teleskopi uchirilgan (1990 yil)

• Hubble kosmik teleskopining Yer orbitasiga chiqarilishi (AQSh) (1990, 25 aprel)

APRIL 27-28, 2023

• "Atlantic" bortidan faol galaktikalar, qora tuynuklar, Supernova yulduzlari qoldiqlari va boshqalarni o'rganish uchun gamma-observatoriya (AQSh) ishga tushirilgan. 2000 yil 24 martga qadar ishlagan(1991 yil, 7 aprel)

• Evropaning ERS-1 masofadan zondlash sun'iy yo'ldoshi uchirildi, u 9 yil (10.03.2000 gacha) ishladi. Dunyo bo'ylab 4000 dan ortiq tashkilotlardan foydalangan holda 1,5 million rasm uzatildi (1991, 17 iyul)

• Quyosh va Quyosh atrofidagi fazoni batafsil o'rganish uchun kosmik laboratoriya ishga tushirildi. 2001 yilga kelib u 102 ta kometani kashf etdi (1995, 2 dekabr)

• GPS(AQSh, 1978), GLONASS(Rossiya, 1993) global navigatsiya sun'iy yo'ldosh tizimi sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimi yaratildi. U yerdagi har qanday narsalarning masofasini, harakat tezligini va joylashishini o'lchashga qodir. Ushbu tizimning su'iy yo'ldoshlari tufayli yo'lovchilarni sayyoramizning istalgan joyiga eng qisqa vaqt ichida yetkazib berish imkoniyati paydo bo'ldi.

• KA global suratga olish, sirtni spektrografiya qilish va Mars yuzasi relyefini xaritalash uchun ishga tushirildi. 1997 yil 11 sentyabrda Marsga etib keldi ("Mars Global Seyveyer", AQSh, 1996, 7 noyabr)

• Kassine-Gyugens avtomatik planetalararo stantsiyasi Mars, uning halq a va yo'ldoshlarini o'rganish uchun uchirildi (NASA, ESA, Italiya1997, 15 oktabr -2017, 15 sentabr)

• Xalqaro kosmik stantsiya orbitaga chiqarildi ( 1998, 20 noyabr)

• Kosmik apparat Rosetta kometa orbitasiga chiqdi va dastur doirasida dunyoda birinchi bo'lib kometa yuzasiga qo'ndi (ESA, NASA, 2014, 12 noyabr)

• 2016 yil aprel oyida Amur viloyatida joylashgan Vostochny kosmodromidan birinchi uchirish bo'lib o'tdi.

• WMAP (NASA) sun'iy yo'ldoshi uchirildi (2001 yil, 30 iyun).

• Kepler kosmik teleskopi 2016 yilga kelib 1000 dan ortiq ekzoplanetani kashf etdi.

• Space X-ning 2018 yil fevral oyida Falcon Heavyni ishga tushirdi.

• SpaceX birinchi marta Crew Dragon xususiy kosmik kemasi 2020 yil 30-mayda ikkita NASA astronavti bilan orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi.

• 2022 yilda SpaceX kompaniyasi 61 ta uchirishni amalga oshirib, raketalarni uchirish b'yicha yetakchiga aylandi. Starlink sun'iy yo'ldoshlarini yetkazib beradigan Falcon-9 raketasi (60 ta uchirish) eng ko'p uchirildi.

• Jeyms Uebb (James Webb Space Telescope, JWST) kosmik teleskopi - orbital infraqizil observatoriyasidir. Insoniyat tomonidan uchirilgan eng katta kosmik teleskop bo'lib, "yangi avlod kosmik teleskopi" deb nom olgan. ( Northrop Grumman Corporation, Ball Aerospace & Technologies 2021yil 25-dekabr)

Ro'yxatdan ko'rish mumkinki, oxirgi yigirma yil ichida kosmonavtika sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar insoniyatnig shu yilgacha erishgan yutuqlaridan bir necha marotaba oshib ketdi. Bu esa talabalarda kosmonavtika fannini yanada chuqurroq o'zlashtirishida motivatsiyon ruh berishi va fanga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. Dastlab kosmik kemalar uchun ishlab chiqilgan quyosh panellari hozirgi kunda quyosh energiyasidan xalq xo'jaligida foydalanishning rivojlanishiga olib keldi. Dunyoning bir qator mintaqalarida Quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan kommunal tarmoqlar tabiiy gaz bilan muvaffaqiyatli raqobatlashadi. Sun'iy yo'ldosh

APRIL 27-28, 2023

tizimlari orqali navigatsiyani aniqlash dastlab harbiy maqsadlar uchun ishlab chiqilgan edi, ammo bu tizim bizning hayotimizga kirib keldi va iqtisodiyotga yordam bermoqda. Sun'iy yo'ldosh televideniesi va Internet butun dunyo bo'ylab odamlarning hayot sifatini yaxshiladi. Kosmik texnologiyalar insoniyatga yangi tibbiyotni taqdim etdi (magnit-rezonans va kompyuter tomografiyalari, gemodializ va kardioangiografiya uskunalari, defibrilatorlar, robot-jarrohlar). Havodagi zararli aralashmalarni nazorat qilish datchiklari, suvni tozalash uchun filtr tizimlari, oziq - ovqat sifatini nazorat qilish, shuningdek, yerdagi sog'liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi texnikalarning barchasi kosmik texnologiyalar natijasidir. Kosmik faoliyatga dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlari qo'shilgan, ulardan 20 tasi o'zlarining milliy kosmik dasturlariga ega. Ushbu davlatlar milliy kosmik fan va texnologiyalarni yaratish va rivojlantirishga, kosmik ob'ektlar va kosmik kemalarni tashuvchi raketalarni ishlab chiqishmoqda va xalqaro kosmik loyihalarni amalga oshirmoqda.

Astronomik ta'lim va kosmonavtika fanining rivojlanishi kosmik tadqiqotlar ustuvorligini saqlab qolish, aloqa, navigatsiya, logistika, axborot texnologiyalari va mamlakat taraqqiyotining boshqa strategik yo'nalishlarini takomillashtirishni ta'minlaydi, shuningdek, mamlakatimizning dunyodagi obro'sini oshirishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda Yerda ishlatiladigan en g yangi texnologiyalarga e'tibor qaratgan holda astronomiyani o'qitish (masalan, kometalar va asteroidlarni qidirish uchun robot tizimlari, shu jumladan yerga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xavfli tizimlar, dunyodagi eng katta teleskoplarda adaptiv optika tizimlari, turli xil elektromagnit nurlanish diapazonidagi kosmik teleskoplarning ishlash tamoyillari) samarali amalga oshirish vositasidir.

Kosmonavtikani o'qitish va o'rganishning asosiy maqsadi talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, kosmik savodxonlikning darajasini oshirish, zamonaviy axborot oqimlarida ma'lumotlarni yetarli darajada idrok etish uchun zarurdir. Bu fanning muhim xususiyati talabalarning ilmiy-tadqiqotga bo'lgan qiziqishini uyg'otish hamda fanni chuqur o'rganish nazariy bilimlarni rivojlanishini, tadqiqot va loyiha kompetentsiyalarini, ularni amalda qo'llash qobiliyatlarini shakllantirishni ta'minlashdan iborat. Astronomiya fani va uning bir bo'limi bo'lgan kosmonavtikadan ta'lim berish sifatini oshirish - rivojlanayotgan mamlakatimizning ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalardan xabardor malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida. 2021 y.,19 mart, PQ-5032-son.

2. Burxonov, O., & Nurmamatov, S. (2022). Express astrometry of images obtained during astronomical observations using "MAXIM DL". Science and Innovation, 1(8), 863-870.

3. Nurmamatov, S. (2022). method for observing a lunar eclipse. Science and innovation, 1(A8), 746-748.

4. Nurmamatov, S. (2022). sferik va amaliy astronomiya bo 'limidan masalalarni yechishda osmonning surilma xaritasidan foydalanish. Science and innovation, 1(A8), 909-913.

5. Tillaboyev, A., & Nurmamatov, S. (2022). hulkar yulduzlari yorug 'ligini elektrofotometr yordamida о 'lchash. Science and innovation, 1(A8), 875-882.

APRIL 27-28, 2023

6. Muslimova Y. Ch. "Improve the teaching of Astrophysics course". "Science and innovation" International Scientific Journal Volume1, Issue 5, UIF-2022:8.2, ISSN:2181-3337

7. Daminova S, Muslimova Y. Ch Use of Internet technologies in teaching astronomy course. Internauka: electronic. nauchn. Journal. 2021. No. 2(178).

8. Muslimova Y. Ch. Pedagogik oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy astrofizikani oqitishdagi muhim omillara. HmepHayKa, № 1(177), 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.