Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANIDAN BADIIY KECHALAR TASHKIL ETISH'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANIDAN BADIIY KECHALAR TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
98
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘quvchilar / astronomiya / Albom va devoriy gazeta / “Birinchi kosmonavt”

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S.G‘. Haitova, H.F. Nasimov, A.M. Bozorova, Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor Qizi

Bugungi kunda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida an’anaviy usullardan ko‘ra, noan’anaviy bo‘lgan usullardan foydalanish o‘quvchilarda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog‘langan holda o‘rganishiga zamin yarata oladi. Biz quyida shunday darslarning noan’anaviy usullardan birini taqdim etamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANIDAN BADIIY KECHALAR TASHKIL ETISH»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA ASTRONOMIYA FANIDAN

BADIIY KECHALAR TASHKIL ETISH ("Kosmonavtlar kuni" misolida)

S.G'. Haitova, H.F. Nasimov, A.M. Bozorova Navoiy davlat pedagogika institute talabalari Ilmiy rahbar: Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.7574988

Bugungi kunda tabiiy fanlarni o'qitish jarayonida an'anaviy usullardan ko'ra, noan'anaviy bo'lgan usullardan foydalanish o'quvchilarda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog'langan holda o'rganishiga zamin yarata oladi. Biz quyida shunday darslarning noan'anaviy usullardan birini taqdim etamiz.

Kechaning maqsadi: O'quvchilarning astronomiya faniga, kosmosga, kosmonavtlarga doir bilimlarni umumlashtirish va yanada chuqurlashtirish.

I. Kechaning rejasi:

1. Ikki guruh tomonidan kosmos ijodkorlari haqida ma'ruzalar tinglanadi.

2. Kosmos haqida devoriy gazeta va albomlarni ko'zdan kechirish.

3. Bilimdonlik va topqirlik musobaqasi.

II. Kechaga tayyorlanish.

Kechani rejasi va o'tkazish usullari bir oy oldin to'garakka yoki o'tkaziladigan sinflarga muhokama qilinadi. O'quvchilarga topshiriqlar beriladi.

1. Samolyot va raketalar rasmlaridan ko'rgazmalar.

2. Albom va devoriy gazeta chiqarish.

3. Zalni jihozlash va kitoblar ko'rgazmasini tashkil qilish.

4. Tuzilgan savollarga j avob topish.

Kecha o'tkaziladigan bino ichiga E.K.Siolkovskiy, S.P.Korolyov, Y.A.Gagarin va boshqa kosmonavtlarning rasmlari va shiorlar yozilgan plakatlar osib qo'yiladi. Undan tashqari, sinflar tomonidan tayyorlangan raketa, samolyotlar maketlari qo'yilaladi. Kechaning rejasiga ko'ra, ikki guruh ma'ruza o'qiydi. Undan oldin kechani olib boruvchi Uyg'unning "Birinchi kosmonavt" she'ridan parcha o'qiladi.

Shu gullagan aprel shu tarixiy kun,

Basharning yodidan chiqmas hech qachon.

Yuz yillik orzular amalga oshar,

Fazoni zabt etadi qudratli inson.

Inson ko'kka chiqdi, fazoga uchdi,

Bu haqiqat - bunga shubha yo'q zarra!

Birinchi kosmonavt samoni ko'radi,

Jumboqni biz yechdik, birinchi karra.

1-boshlovchi:

Assalom ey feruza osmon Assalom ustozlar, aziz mehmonlar Kamtarin davraga bugun mehmonsiz Sizga ehtirom ila egikdir boshlar.

2-boshlovchi:

Dillar cho'g'iyu qalblar qo'ridan, Sadoqat nomasin bitib nomma nom Quyoshning tongdagi teran nuridan. Mehmonlar keltirdik sizlarga salom

1-boshlovchi: Assalomu aleykum hurmatli ustozlar tengdosh o'quvchilar!

2-boshlovchi: Aziz do'stlar sizlarni ajoyib bayram bilan tabriklayman! Endi tabriklash navbatini Fizika fani o'qituvchimizga beramiz. Marhamat ustoz!

Undan so'ng, ikki guruh a'zolari bir-biri bilan salomlashadilar. Har bir guruh o'zining nishoni va nomlanishini izohlaydilar. Albom va devoriy gazetalarini namoyish qiladilar. Bilimdonlik va topqirlik musobaqasiga tuzilgan savollar konvertlarga solinib stolga terib qo'yiladi. Kechani olib boruvchi she'rlardan parchalar o'qib, guruh sardorlariga savol solingan konvertni ochishga undaydi. Biz yulduzlar sari yo'l ochib berdik, Bizning o'lkamizga yuksaldi shunqor. Yuriy Gagarinning qahramonligi, Insonlar uchun buyuk iftixor. U bizga vatandosh, bizga asrdosh, U baland ko'tardi, inson nomini. U qudratimizni namoyon qilib, Fazoda chinqirdi, zafar nomini.

Bilimdonlik va topqirlik musobaqasiga tuzilgan savol javoblar quyidagicha tartibda o'tkaziladi, Masalan:

1. Birinchi sun'iy yo'ldosh qachon uchirilgan va nima maqsadda?

Javob: Birinchi sun'iy yo'ldosh 1957-yil 4-oktabrda uchirilgan. Bu yangi eradan darak berib, fanni va texnikamizning rivojlanishidan dalolat beradi.

2. Ikkinchi Yerning sun'iy yo'ldoshi qachon va qanday maqsadlarda uchirilgan?

Javob: Yerning ikkinchi sun'iy yo'ldoshi 1952-yil 3-noyabrda uchirildi. Bunda har xil asbob-uskunalar bo'lib, kabina ichida Layka laqabli it ham bor edi. Bundan maqsad tirik jonivorlarni uchishga bardosh berishini tekshirish edi.

3. Yerning uchinchi sun'iy y o' ldo shi qachon uchirilgan?

Javob: Uchinchi yo'ldosh 1958-yil 15-mayda uchirilgan bo'lib, massasi 1327 kg ni tashkil qiladi.

4. Birinchi kosmik raketa qachon va qanday maqsadda uchirilgan?

Javob: Birinchi kosmik raketa 1959-yil 2-yanvarda Oy yaqiniga uchirildi. Dunyoda birinchi marotaba Quyosh sistemasining yo'ldoshiga aylandi.

5. Ikkinchi kosmik raketa qachon va qanday maqsadda uchirildi?

Javob: Ikkinchi kosmik raketa 1959-yil 2-sentabrda sobiq ittifoqning gerbini va vimpelini oyga qo'yib keldi.

6. Ichida odam bor raketa qachon uchirildi? Kosmik kemaning massasi qancha va unga kim uchdi?

Javob: 1961-yil 12-yanvarda Jahonda birinchi kosmonavt Y.U.Gagarin Kosmosga parvoz qildi. Yer atrofini 108 minutda aylanib chiqib, 1 soat-u 48 minut uchdi. Raketaning hamma massasi 4,73 tonna edi.

7. Birinchi marta qaysi ayol kosmosga parvoz qildi? U qancha vaqt parvoz qildi?

Javob: 1963-yil 16-iyunda 1-marta ayol kishi kosmosga parvoz qildi. U Valintina Vladimirovna Terishkovadir, samoda 70 soat-u 50 minut parvoz etdi. 1963-yil 19-iyunda yerga qo'ndi.

Bundan keyin quyidagi she'rlar aytiladi. Butun dunyo oyoqqa turib, Senga olqish aytayotgan payt. Qay yulduzga o'xshatay seni, Zuhrami? Yo Oygami? Ayt! Bir yulduzki xalqning sevgisi, Qudratingdan nur olib, porlab. Jilolanib ko'kka yuksalgan, Ayollarni mardlikka chorlab. Bir barq bilan chaqmoq singari, Nurga ko'mding olamni darhol. Ming ofarin, mardlik bobiga, Zo'r mo'jiza yaratgan ayol. Senday asl farzand tufayli, G'ururlanib millionlab ona. Sening dadil parvozong bilan, Bashariyat yuksaldi yana.

8. Qachon va qaysi raketaga kimlar ko'pchilik bo'lib parvoz qildilar?

Javob: 1964-yil 12-oktabrda "Vosxod" nomli 3-o'rinli kosmik kemaga Yegorov, Flaktistov va Komarovlar uchdi.

9. Ochiq kosmosga kim chiqdi? Qachon va qaysi kosmik raketa bilan ?

Javob: 1965-yil 18-19 martda 2-o'rinli "Vosxod" kosmik raketasiga A.A.Lionov ochiq kosmosga chiqib jasorat ko'rsatdi.

Guruhlar Uyg'unning "Fan yo'lida" she'ridan parcha o'qiydilar.

Parvozidan kosmonavtlarning, Bajarildi ular tufayli, Ha jazoga o'ynashib emas, Fan ishi deb yer atrofini, Ming ofarin ularga yangi, Bir aylanib cheksiz fazoni,

Taajjubga tushadi kishi. To'rt kunda to'rt asrning ishi. Ishlagani shaylanib chiqdi. Oltmish karra aylanib chiqdi. Hissa qo'shib ilmga, fanga. Qaytib tushdi, shonli vatanga.

10. Oyga qanday kosmik raketa uchirildi?

Javob: 1966-yil 3-fevralda Oyga Luna 9 avtomatik stansiyaga uchirilgan va Oy sirtiga yumshoq qo'ngan.

11. Oyga birinchi marta qaysi mamlakatning kosmonavtlari ekspeditsiya qilgan? Qachon?

Javob: 1969-yili 16-24 iyulda AQShning Alpon 11 kosmik kemaga Armstrong va Oldringlar birinchi marta oyga sayr qildi.

12. Birinchi kosmik tezlik nimaga teng? Bu tezlikda uchayotgan jism harakat trayektoriyasi qanday?

Javob: Birinchi kosmik tezlik 7,9 km/s ga teng. Jismning harakat trayektoriyasi aylanma bo'ladi.

Olib boruvchi ushbu she'rlar bilan savol-javoblarni yakunlaydi.

Do'stlar navbatda turibdi, Venera, Oy, Mars,

G'alabaga endi aslo shubha yo'q.

Bu inson aqlining zo'r tantanasi,

Bu fanning yutug'i, dushmanlar ko'ksiga o'q.

Ha unday botirga o'lim yo'q also,

Dildan tushmas nomi bor ekan bashar.

Yuriy Gagarinning qahramonligi,

Insonlar qalbida abadiy yashar.

IV. Badiiy qism:

O'quvchilar o'zlari tayyorlangan kosmosga doir she'rlar, qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari va musiqiy chiqishlarni namoyish qiladilar.

Bu kabi astronomik kchlarning tashkil etilishi o'quvchilaring fanga bo'lgan qiziqishlarini no'ananaviy usullar yordamida mustaqil izlanishga undaydi. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning konstruktorlik qobiliyatlarini ham shakllantiradi

Adabiyotlar:

1. Vapoyevna, N. U. (2022). METHODS OF DEVELOPMENT OF SPEECH COMPETENCES OF STUDENTS OF THE 8TH GRADE THROUGH TEXT TYPES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(5), 1242-1425.

2. Vapoyevna, N. U. (2022, May). THE USE OF MODERN METHODS IN THE DEVELOPMENT OF SPEECH COMPETENCES IN THE 8TH GRADE SYUENTS. In Conference Zone (pp. 278-279).

3. Akhmadalievich, T. K. (2021). Ivan Bunin's Orientalism. CENTRAL

ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 1-10.

4. Топволдиев, К. А. (2021). ВОСТОЧНАЯ СТИЛИЗАЦИЯ.

Составители, 66.

5. Двинятина, Т. М. (2021). СТИХОТВОРЕНИЯ ИА БУНИНА ИЗ

КНИГИ «ХРАМ СОЛНЦА» (1917): КОНТЕКСТ И КОНСПЕКТ БЛИЖНЕВОСТОЧНОЙ ЛИРИКИ. In ИА БУНИН И ЕГО ВРЕМЯ: КОНТЕКСТЫ СУДЬБЫ-ИСТОРИЯ ТВОРЧЕСТВА (pp. 890-899).

6. XUSANOVA, M. R. A. (2021). THE USE OF EXPRESSIVE PHONETIC MEANS IN FARIDA AFROZS WORKS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 642-645.

7. Xusanova, M. R. A. (2016). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНДИВИДУАЛЬНО-СТИЛИСТИЧЕСКИХ НЕОЛОГИЗМОВ-ПРИЗНАК

СТИЛИСТИЧЕСКОГО СВОЕОБРАЗИЯ. Актуальные научные исследования в

современном мире, (5-1), 125-130.

8. Xusanova, M. R. A. (2021). THE USE OF ARCHAISM IN THE WORKS OF FARIDA AFROZ. Theoretical & Applied Science, (4), 252-254.

9. Hojaliyev, I., & Shodiyeva, A. EXTRALINGUISTIC SIGNS OF THE OFFICIAL STYLE.

10. Shodiyeva, A. (2022, November). RASMIY USLUBNING EKSTRALINGVISTIK BELGILARI. In E Conference Zone (pp. 65-68).

11. Jurayeva, E. E. (2023). ARCHITECTURE OF TASHKENT REGISTON SQUARE. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 77(1), 190-203.

12. Elmuradovna, J. E. (2021). The Architecture of Karshi Castle, The Establishment, The Past and the Present. Middle European Scientific Bulletin, 18, 247-252. https://doi.org/10.47494/mesb.2021.18.878

13. Avramenko, I. A. Candidate of Philology, Associate Professor at the Department of Foreign Languag-es. Research interests: history of English literature, narratology, theory of novel. E-mail: iavramenko@ hse. ru. Новый филологический вестник, 105.

14. Uralov, A., & Jurayeva, E. (2018). ARCHITECTURE OF NAKIBBEK PUBLIC BATH OF 17th and 18th CENTURIES IN KATTAKURGAN CITY.

ARCHITECTURE, 4, 21-2018.

15. Жураева, Э. Э. (2018). ИСТОРИЯ ФОРМИРОВАНИЯ И СТРОИТЕЛЬСТВО НАРОДНОЙ БАНИ-" ХАММАМ" XVII В. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-12), 80-83.

16. Elmuradovna, J. E. (2021). Bukhara Registan: Past And Present. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(1), 160-166.

17. Jurayeva Elvira Elmuradovna.Processes of Architectural Formation of Registan Square in Samarkand.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.