Научная статья на тему 'KEYINGI AVLOD KOSMIK TELESKOPI'

KEYINGI AVLOD KOSMIK TELESKOPI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
26
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
future / telescope / information / space.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sheroz Eraliyevich Nurmamatov, Gulhayo Zafar Qizi Ziyodullayeva

Of course, everyone wants to see the past or the future. These possibilities can be implemented at least a little, that is, a telescope has been created that can bring us closer to the point of origin of the universe or provide detailed information about small celestial bodies that are just emerging.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KEYINGI AVLOD KOSMIK TELESKOPI»

APRIL 27-28, 2023

KEYINGI AVLOD KOSMIK TELESKOPI 1Sheroz Eraliyevich Nurmamatov, 2Gulhayo Zafar qizi Ziyodullayeva

1 Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika kafedrasi o'qituvchisi 2 Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika va astronomiya yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7860898 Abstract. Of course, everyone wants to see the past or the future. These possibilities can be implemented at least a little, that is, a telescope has been created that can bring us closer to the point of origin of the universe or provide detailed information about small celestial bodies that are just emerging.

Keywords: future, telescope, information, space.

Albatta hamma o'tmishni yoki kelajakni ko'rishni xohlaydi. Shu imkoniyatlarni oz bo'lsada amalga oshirsak bo'ladi, ya'ni bizni koinotning boshlang'ich paydo bo'lgan nuqtasiga yaqinlashtiradigan yoki endigina paydo bo'layotgan mayda osmon jismlari haqida batafsil ma'lumot bera oladigan teleskop yaratilgan. Teleskop 1961-yildan 1968-yilgacha "Merkury", "Gemini" hamda "Apollon" dasturlari davomida NASA ma'muri bo'lib ishlagan Jeyms E.Wabb sharafiga "Jeyms Webb teleskopi" deb nomlangan.

Bu teleskop NASA, Yevropa kosmik agentligi hamda Kanada kosmik agentliklari hamkorligida ishlab chiqilgan katta loyiha hisoblanib, 17 ta davlat qatnashgan, taxminan 10 milliard dollar sarflangan hamda dunyodagi eng ko'p moliyalashtirilgan teleskop hisoblanadi. Teleskop loyihasini dastlab 1996-yilda tayyorlashni boshlashgan, bir qancha kamchiliklar va kechikishlar bilan muddatidan ancha keyin tayyor bo'ldi. Ya'ni teleskop aslida undan oldin yaratilgan Xabbl teleskopining kamchiliklarini to'g'irlash maqsadida yaratilgandi hamda u 2007-yilda tayyor bo'lishi kerak edi, ayrim

muammolar tufayli 2021-yilda tayyor bo'ldi. Ungacha jamiyat NASAni korrupsiyada aybladi, xatto 2011-yilda loyiha bekor bo'lishigacha borgan. Va nihoyat teleskop 2021-yil dekabr oyida kosmosga uchirildi va 2022-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Teleskop hozirda Xopkins universitetining Baltimordagi kosmik teleskop ilmiy instituti tomonidan boshqariladi.

Teleskop tuzilishi Xabbldan ancha farq qilib ko'rinishi noodatiy bo'lganligi uchun omma e'tiborini tortdi. Chunki u 18 ta 6 segmentdan iborat. Uchish davomida uning ko'rinishi noqulayliklar keltirib chiqarmasligi uchun qismlarga bo'linadigan qilib yaratilgan. Teleskop segmentlari dastlab yig'ilgan holatda kosmosga uchirildi, keyinchalik barcha oynalarini birlashtirdi hamda natija olishga tayyor bo'ldi. JWST (Jemes Webb Space Teleskop) ko'rinadigan, yaqin infraqizil va o'rta infraqizil diapozonda ishlaganligi uchun ko'zgulari berilliydan qilingan va usti oltin bilan qoplangan, sababi oltin infraqizil nurlarni spektrini yaxshi

APRIL 27-28, 2023

qayd qiladi. Asosiy oynasining diametri 6,6 metr, teleskop og'irligi esa 6,2 tonna. Missiya davomiyligi 10 yil etib belgilangan, uning energiyasi 20 yilga ham yetishi mumkin. Teleskop imkoniyatlariga keladigan bo'lsak, asosan infraqizil astronomiya bilan shug'ullanadi.U taxminan yerdan 1,6 million km uzoqda L2 , (2-Lagranj nuqtasi) chunki aynan bu nuqtada yerning hamda boshqa sayyoralarning tortishish kuchlari mavjud emas.Teleskop 2021-yilning o'zidayoq ilk suratlarini yubordi, uning birinchi bo'lib AQSH prezidenti Jo Baydon e'lon qildi. Keyingi avl od kosmik teleskopi nomini olgan bu teleskop davrimizning eng zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan bo'lib, Xabbl 10 kunda olgan suratni 12 soatda tez va sifatli qilib oldi. Jemes Webb qisqa muddatda to'plagan ma'lumotlari jamiyatni lol qoldirdi:

- barcha sayyoralarning sifatli rasmlarini xatto eng uzoqda joylashgan Neptunning halqasini juda aniqlik bilan qayd etdi;

-eng qadimgi va eng uzoq gallaktikalarni suratga olishga muvaffaq bo'ldi;

- yerdan 12milliard yorug'lik yili uzoqda joylashgan mukammal Eynshteyn halqasi rasmini oldi

-tarixdan 1-marta quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoralarni rasmini bizga taqdim etdi;

- "qizil siljish" (yorug'lik harakatlanganda qoldiradigan iz)deb nomlangan jarayon yordamida juda eski gallaktikalarni o'rgandi;

- birinchi tosh sayyorani aniqladi;

- 33000 yosh yulduzlar uchun "yulduz tug'ilishi" ning belgilarini aniqladi va bizni koinotning paydo bo'lgan davriga yaqinlashtirdi;

- tarixda ko'rilgan eng sovuq yulduzlararo muzni topdi;

- eng muhimi allaqchon 5 ta qora tuynukni aniqladi. Uning oldida turgan vazifalaridan biri endi quyosh

tizimidan tashqaridagi ekzosayyoralarni o'rganish, aniqrog'i ularning atmosferasi tarkibida suv miqdorini aniqlab ularda hayot bor yoki yo'qligini aniqlash. Uning boshqa teleskoplardan farqli tomoni shundaki osmon jismlaridan keladigan elektromagnit to'lqinlarni ancha iqsmini yo'lda chang zarralari to'sib qoladi, ammo infraqizil nurlar chang zarralarini yorib o'tadi va buni teleskop qayd etadi.

Keyingi avlod kosmik teleskopining oldinda qiladigan kashfiyotlari bulardan ham ko'p bo'ladi deb umid bildiramiz va yerdan boshqa sayyoralarda ham hayot borligi haqida xabar kutib qolamiz.

REFERENCES

1. Nurmamatov, Sheroz Eraliyevich. "ASTRONOMIYA FANIDAN O 'QUVCHILARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH." Academic research in educational sciences 2.CSPI conference 3 (2021): 580-584.

2. Nurmamatov, Sh. "Studying The Main Elements Of The Celestial Sphere In The Laboratory Lessons Of The Astronomy Course." Science and innovation 2.A1 (2023): 213-216.

APRIL 27-28, 2023

3. Nurmamatov, S. E. (2023). The role of astronomy course laboratory training in the development of scientific-research competence of students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 13(1), 86-88.

4. Burxonov, O., and Sh Nurmamatov. "ASTRONOMIK KUZATUVLARDA OLINGAN TASVIRLARNI "MAXIM DL" YORDAMIDA TEZKOR ASTROMETRIYA QILISH." Science and innovation 1.A8 (2022): 863-870.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.