Научная статья на тему 'ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR MARKAZLARIDA QO‘LLANILADIGAN ISSIQLIK IZOLYATSION MATERIALLAR VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR'

ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR MARKAZLARIDA QO‘LLANILADIGAN ISSIQLIK IZOLYATSION MATERIALLAR VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
293
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish / issiqlikni saqlaydigan materiallar turlari / issiqlikni saqlaydigan materiallarga qo‘yilgan talablar. / heat generation / types of heat storage materials / requirements for heat storage materials.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Bexzod Burxonjon O‘g‘li Abdullayev

Ushbu maqolada issiqlik elektr markazlarida issiqlik energiyasini uzatishda keng qo‘llanilayotgan issiqlikni saqlaydigan materiallar, turlari, ularga qo’yiladigan asosiy talablar va ularining ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HEAT INSULATION MATERIALS USED IN MODERN HEATING ELECTRICAL CENTERS AND THE MAIN REQUIREMENTS FOR THEM

This article describes the types of heat-retaining materials, their main requirements and their importance, which are widely used in the transmission of thermal energy in thermal power plants.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR MARKAZLARIDA QO‘LLANILADIGAN ISSIQLIK IZOLYATSION MATERIALLAR VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR»

ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR MARKAZLARIDA QO'LLANILADIGAN ISSIQLIK IZOLYATSION MATERIALLAR VA ULARGA QO'YILADIGAN

ASOSIY TALABLAR

Bexzod Burxonjon o'g'li Abdullayev

Farg'ona politexnika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada issiqlik elektr markazlarida issiqlik energiyasini uzatishda keng qo'llanilayotgan issiqlikni saqlaydigan materiallar, turlari, ularga qo'yiladigan asosiy talablar va ularining ahamiyati yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, issiqlikni saqlaydigan materiallar turlari, issiqlikni saqlaydigan materiallarga qo'yilgan talablar.

HEAT INSULATION MATERIALS USED IN MODERN HEATING ELECTRICAL CENTERS AND THE MAIN REQUIREMENTS FOR THEM

ABSTRACT

This article describes the types of heat-retaining materials, their main requirements and their importance, which are widely used in the transmission of thermal energy in thermal power plants.

Keywords: heat generation, types of heat storage materials, requirements for heat storage materials.

Issiqlikni tejash unga sarf bo'layotgan xarajatlarni tejashdir. Issiqlikni behudaga sarflash, keraksiz joylarni isitish to'g'ri emasligini hamma biladi. Bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalar qurish va ta'mirlash bosqichidayoq issiqlik resurslarini tejash imkonini beradi.

Issiqlik elektr markazlaridagi ishlab chiqarilayotgan issiqlikni uzatishda issiqlik isroflari asosan bug' o'tkazayotgan quvurning tashqi yuzasida va izolyatsiyasi zararlangan joylarda ro'y beradi. Xuddi shu joylardan issiqlik chiqib, issiqlikni yo'qolishiga olib keladi.

Energiya tejamkor materiallarni qo'llash issiqlik isroflarini kamaytirish bilan birgalikda bug' o'tkazish quvurini tashqi ta'sirlardan, korroziyadan, zanglashdan himoya qiladi, montaj va demontaj ishlari vaqti va sarfini kamaytirish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari issiqlikni saqlovchi materiallarga qo'yiladigan asosiy talablar mavjud bo'lib, bular quyidagilardan iborat bo'lishi kerak:

Temperaturaga chidamlilik - Yuqori temperatura sharoitida ishlaydigan sanoat qurilmalarida ya'ni, bug' o'tkazish quvurlari, yuqori haroratga ega bug' qozonlarida izolyatsiya o'z xususiyatlarini saqlashi lozim.

Texnik temperatura deganda material o'zining ekspluatatsion xossalarini saqlaydigan maksimal temperatura tushuniladi.

Issiqlikni saqlovchi materiallarning ishlatilishi shuni ko'rsatadiki, issiqlik o'tkazuvchanligi yuqori bo'lgan materiallarni texnik chegara temperaturasi yuqori bo'lsa ham yuqori temperatura sharoitida qo'llash maqsadga muvofiq emas.

Bug" o^tkazishi. Ochiq g'ovaklari bir-biri bilan tutashgan issiqlikni saqlovchi materiallar o'zidan qancha havo o'tkazsa, deyarli shuncha suvni o'zidan o'tkazadi. Materialni bug' o'tkazishiga qarshiligi kichik bo'lgani uchun material har doim quruq bo'ladi, bug' sovuqroq bo'lgan keyingi qatlamda kondensatsiyalanadi.

Havo olkazmasligi. Yumshoq izolyatsion materiallar havoni shunchalik yaxshi o'tkazadiki, natijada havoning xarakatini to'xtatish uchun aloxida shamoldan ximoya vositalarini qo'llash lozim bo'ladi.

Kimyoviy chidamlik. Mineral issiqlikni saqlovchi materiallarning organik moddalar (yog'lar, erituvchilar) ta'siriga chidamliligi yuqori. Kuchsiz ishqoriy moddalar ham materialga deyarli ta'sir qilmaydi.

Normal namlik sharoitida ular korroziya hosil bo'lishini oldini olmasa ham uni hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.

Bug' o'tkazish quvurlari konstruktsiyalarini va issiqlik izolyatsiyasini o'rnatishni loyixalashda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim:

1. Izolyatsiya loyixada belgilangan xossalarini butun ishlatish davrida saqlashi lozim. Loyixada issiqlikni saqlovchi materiallarni o'rnatish usullari keltirilishi kerak.

2. Quvurning ochiq joylarda o'rnatilganligi va unga qo'llanilayotgan issiqlikni saqlovchi materiallarni albatta shamoldan himoya qilish lozim. Himoya qatlami butun izolyatsiyani qoplashi va shunchalik zich bo'lish lozimki, konstruktsiyalarni izolyatsion xususiyatlarini keskin kamaytiradigan havo oqimlari o'tmasligi lozim.

3. Izolyatsion materiallarni saqlash va to'plashda quyidagilarga e'tibor berish lozim, birinchidan ular nam bilan to'yinmasligi lozim, ikkinchidan mexanik ta'sirlarga uchramasligi kerak.

4. Ko'p qatlamli izolyatsiyada keyingi qatlam oldingi qatlamning shovlarini berkitishi lozim.

Izolyatsiya ishlarida yo'l qo'yilgan kichkina xato ham konstruktsiyalar orqali issiqlik isroflarini yo'l qo'yilgan miqdordan ham keskin ortib ketishga sabab bo'ladi.

To'g'ri tanlangan materiallar va talab darajasida olib borilgan izolyatsiya ishlari quyidagi natijalarni beradi:

1. Isitish uchun shartli yoqilg'i sarfi kamayishi xisobiga issiqlik elektr markazlari bo'yicha ekspluatatsion sarflar qisqaradi.

2. Bug' o'tkazish quvuridagi bug'ning temperaturasi kam miqdorda o'zgarishi iste'molchi foydalanishiga qulaylik yaratadi.

3. Izolyatsiyadagi nosozliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'ladigan qiyin va qimmat ta'mirlash ishlariga xojat qolmaydi.

Demak, yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib, iste'molchilar uchun zarur bo'lgan issiqlikni saqlovchi materiallarga quyidagi talablarni keltirish mumkin:

1. Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti kichik bo'lishi lozim;

2. Suvni o'ziga singdirmasligi zarur;

3. Ultrabinafsha nurlarga chidamli bo' lishi lozim;

4. Kimyoviy chidamliligi yuqori bo'lishi kerak;

5. Temperaturaga chidamli bo'lishi lozim;

6. Montaji oson va sodda bo'lishi kerak;

7. Ko'p marta ishlatish mumkin bo'lsin;

8. Narxi qimmat bo'lmasligi kerak. Xulosa

Tadqiqot natijasi bo'yicha tahlil qilish natijasida zamonaviy issiqlik elektr markazlarida qo'llaniladigan issiqlik izolyatsion materiallari me'yordan ortiqcha ko'tarilishi tashqi muhit haroratiga bog'liq ravishda o'zgarib bormoqda. Ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir ko'rsatmaslik uchun tashqi muhit harorati tas'irini issiqlik elektr markazlariga ta'sirini kamaytirish zarur. Buning uchun maxsus havo-sovutgichlardan foydalanish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Mukhammadyusuf, M., Sherzod, P., & Behzod, A. (2020). Study of compensation of reactive power of short-circuited rotor of asynchronous motor. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 625-628.

2. Таиров, Ш. М., & Абдуллаев, Б. Б. У. (2020). Чрезвычайные и критические изменения климата в странах центральной Азии. Universum: технические науки,

(2-1 (71)).

3. Umurzakova, G. R., Mukhtorov, D. N., & Mukhammadzhonov, M. S. (2019). Preimushchestva al'ternativnykh istochnikov energii. Vestnik nauki i obrazovaniya, (193), 73.

4. Умурзакова, Г. Р., Мухторов, Д. Н. У., & Мухаммаджонов, М. Ш. У. (2019). Преимущества альтернативных источников энергии. Вестник науки и образования, (19-3 (73)).

5. Mukhammadjonov, M. S., Tursunov, A. S., & Abduraximov, D. R. (2020). Automation of reactive power compensation in electrical networks. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 615-618.

6. Umurzakova, G. R., Mukhtorov, D. N., & Muhammadjonov, M. S. (2019). Advantages of alternative energy sources. Herald of science and education., (19-3), 73.

7. Мухаммаджонов, М. Ш. У. (2019). Исследование использования асинхронных машин при уменьшении энергетических потерь. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).

8. Султонов, Р. А. У., Кодиров, Х. М. У., & Мирзалиев, Б. Б. (2019). Выбор механических двигателей электрического тока, используемых в системе электропривода. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

9. Kodirov, H. M. (2020). Innovations in the reform of continuing education in the republic of uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, (01 (81)), 777.

10. Кодиров, Х. М. У. (2020). РАСЧЕТ ТЕПЛОВОГО БАЛАНСА КОНДЕНСАТОРА. Кронос: естественные и технические науки, (5 (33)).

11. Obidov, J. G., & Alixonov, E. J. (2021). Organization of the education process based on a credit system, advantages and prospects. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1149-1155.

12. Obidov, J. G. O. (2020). About safety technique and issues of supplying electricity of the textile industry. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(9), 123-127.

13. Obidov, J. G., & Ibrohimov, J. M. (2021). Application and research of energy-saving lighting devices in engineering networks. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1370-1375.

14. Рубидинов, Ш. F. У. (2021). Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули. Scientific progress, 1(6), 413-417.

15. Рубидинов, Ш. F. У., & Акбаров, К. И. У. (2021). МАШИНАСОЗЛИКДА СОЧИЛУВЧАН МАТЕРИАЛЛАРНИ ТАШИШДА ТРАНСПОРТЕР ТИЗИМЛАРИНИНГ АХДМИЯТИ. Scientific progress, 2(2), 182-187.

16. Рубидинов, Ш. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2021). Штампларни таъмирлашда замонавий технология хромлаш усулидан фойдаланиш. Scientific progress, 2(5), 469-473.

17. Юлчиева, С. Б., Мухамедбаева, З. А., Негматова, К. С., Мадаминов, Б. М., & Рубидинов, Ш. Г. У. (2021). Изучение физико-химических свойств порфиритовых жидкостекольных композиций в агрессивной среде. Universum: технические науки, (8-1 (89)), 90-94.

18. Рубидинов, Ш. Г. У., & Fайратов, Ж. Г. У. (2021). Куп операцияли фрезалаб ишлов бериш марказининг тана деталларига ишлов беришдаги унумдорлигини тахлили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 759-765.

19. Akramov, M., Rubidinov, S., & Dumanov, R. (2021). METALL YUZASINI KOROZIYABARDOSH QOPLAMALAR BILAN QOPLASHDA KIMYOVIY-

TERMIK ISHLOV BERISH AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 494-501.

20. Тешабоев, А. Э., Рубидинов, Ш. F. У., Назаров, А. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2021). Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш. Scientific progress, 7(5).

21. Nomanjonov, S., Rustamov, M., Rubidinov, S., & Akramov, M. (2019). STAMP DESIGN. Экономика и социум, (12), 101-104.

22. Юсупов, С. М., Fайратов, Ж. F. У., Назаров, А. F. У., & Юсуфжонов, О. F. У. (2021). КОМПАЗИЦИОН МАТЕРИАЛЛАРНИ БОРЛАШ. Scientific progress, 7(4).

23. Юсуфжонов, О. F., & Fайратов, Ж. F. (2021). ШТАМПЛАШ ЖАРАЁНИДА ИШЧИ ЮЗАЛАРНИ ЕЙИЛИШГА БАРДОШЛИЛИГИНИ ОШИРИШДА МОЙЛАШНИ АДАМИЯТИ. Scientific progress, 7(6), 962-966.

24. Qosimova, Z. M. (2021). Influence of The Design of The Rolling Roller on The Quality of The Surface Layer During Plastic Deformation on the Workpiece.

25. Fayzimatov, S., & Rubidinov, S. (2021). DETERMINATION OF THE BENDING STIFFNESS OF THIN-WALLED SHAFTS BY THE EXPERIMENTAL METHODOLOGICAL METHOD DUE TO THE FORMATION OF INTERNAL STRESSES. International Engineering Journal For Research & Development, 6(2), 55.

26. Рустамов, М. А. (2021). Методы термической обработки для повышения прочности зубчатых колес. Scientific progress, 2(6), 721-728.

27. Косимова, З. М., & Акрамов, М. М. У. (2021). Технологические особенности изготовления поршней. Scientific progress, 2(6), 1233-1240.

28. Акрамов, М. М. (2021). ДЕТАЛЛАРНИНГ ЮЗАЛАРИНИ КИМЁВИЙ-ТЕРМИК ИШЛОВ БЕРИШГА КАРАТИЛГАН ТАКЛИФЛАР. Scientific progress, 2(6), 123-128.

29. Акрамов, М. М. (2021). Повышение физико-механических свойств стальных деталей при пластической деформационной обработке. Scientific progress, 2(6), 129-133.

30. Akramov, M. M. (2021). Metallarni korroziyalanishi va ularni oldini olish samarodorligi. Scientific progress, 2(2), 670-675.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.