Научная статья на тему 'KDJ-3 KOMPLEKS KIMYOVIY QO’SHIMCHA QO’SHILGAN KONSTRUKTSION-ISSIQLIK IZOLYATSION POLISTIROLBETONNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI'

KDJ-3 KOMPLEKS KIMYOVIY QO’SHIMCHA QO’SHILGAN KONSTRUKTSION-ISSIQLIK IZOLYATSION POLISTIROLBETONNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
321
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kengaytirilgan polistirol granulalari / KDJ-3 kompleks kimyoviy qo’shimcha / qulay joylashuvchanlik / qo’zg’aluvchanlik / o’rta zichligi / fraksiya / suv talabchanlik. / Polystyrene concrete / expanded polystyrene granules / KDJ-3 complex chemical additive / convenient location / excitability / medium density / fraction / water demand.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Abduholiqov, Abulqosim Abdujabborovich, Yoqubov, Alimardon Abdug’appor O’g’li

Ushbu maqolada, polistirolbeton xaqida umumiy ma’lumotlar, ishlatilish soxalari, polistirolbetonni tayyorlash uchun xomashyo materiallari uning fizik-mexanik xossalari xaqida umumiy ma’lumotlar ko’rsatilgan va tadqiqot usullaridan foydalanilgan xolda polistirolbetonning fizik-mexanik xossalarini o’rganildi. KDJ-3 kompleks kimyoviy qo’shimcha yordamida konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbetonning fizik-mexanik xossalari shakllantirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHYSICAL-MECHANICAL PROPERTIES OF KYDJ-3 COMPLEX CHEMICAL ADDITIONAL CONSTRUCTION-HEAT INSULATION POLYSTYROLBETON

This article provides general information about polystyrene concrete, areas of application, general information about the physical and mechanical properties of raw materials for the production of polystyrene concrete and studied the physical and mechanical properties of polystyrene concrete using research methods. Physical and mechanical properties of structural and thermal insulation polystyrene concrete were formed with the help of complex chemical additive KDJ-3.

Текст научной работы на тему «KDJ-3 KOMPLEKS KIMYOVIY QO’SHIMCHA QO’SHILGAN KONSTRUKTSION-ISSIQLIK IZOLYATSION POLISTIROLBETONNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI»

Scientific Journal Impact Factor

KDJ-3 KOMPLEKS KIMYOVIY QO'SHIMCHA QO'SHILGAN KONSTRUKTSION-ISSIQLIK IZOLYATSION POLISTIROLBETONNING

FIZIK-MEXANIK XOSSALARI

1.Ilmiy rahbar t.f.n.,dots Abduholiqov Abulqosim Abdujabborovich

[email protected] Toshkent arxitektura qurilish instituti ilmiy kotibi Yoqubov Alimardon Abdug'appor o'g'li

architectmardon@gmail .com Namangan muhandislik-qurilish instituti o'qituvchisi

Ushbu maqolada, polistirolbeton xaqida umumiy ma'lumotlar, ishlatilish soxalari, polistirolbetonni tayyorlash uchun xomashyo materiallari uning fizik-mexanik xossalari xaqida umumiy ma 'lumotlar ko 'rsatilgan va tadqiqot usullaridan foydalanilgan xolda polistirolbetonning fizik-mexanik xossalarini o 'rganildi. KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimcha yordamida konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbetonning fizik-mexanik xossalari shakllantirildi.

Kalit so'zlar: Kengaytirilgan polistirol granulalari, KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimcha, qulay joylashuvchanlik, qo'zg'aluvchanlik, o'rta zichligi, fraksiya, suv talabchanlik.

В статье приведены общие сведения о полистиролбетоне, областях применения, общие сведения о физико-механических свойствах сырья для производства полистиролбетона и изучены физико-механические свойства полистиролбетона с помощью исследовательских методов. Физико-механические свойства конструкционного и теплоизоляционного полистиролбетона формировались с помощью комплексной химической добавки КДЖ-3.

Ключевые слова: пенополистирольные гранулы, комплексная химическая добавка КДЖ-3, удобное расположение, возбудимость, средняя плотность, фракция, водопотребность.

This article provides general information about polystyrene concrete, areas of application, general information about the physical and mechanical properties of raw materials for the production of polystyrene concrete and studied the physical and

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

mechanical properties of polystyrene concrete using research methods. Physical and mechanical properties of structural and thermal insulation polystyrene concrete were formed with the help of complex chemical additive KDJ-3.

Keywords: Polystyrene concrete, expanded polystyrene granules, KDJ-3 complex chemical additive, convenient location, excitability, medium density, fraction, water demand.

Hozirgi davrda mamlakatimizda qurilish ishlari hajmi kundan-kunga ortib bormoqda, bu esa qurilishning asosiy qismi bo'lgan, qurilish materiallariga bo'lgan talabni ortib borishiga sabab bo'lmoqda. An'anaviy qurilish materiallari bilan bir qatorda zamonaviy qurilish materiallardan foydalanish jarayoni shiddat bilan orta boshladi.Zamonaviy qurilish ishlarida, binolarning yuqori sifatli issiqlik izolyatsiyasini ta'minlash, energiya va resurslarni tejashga yordam berish dolzarb vazifalardan biridir.

Binolarni loyihalash va qurishda individual binolarning massasini kamaytirish masalasi o'rinli. Qurilishda yengil betondan foydalanish ustuvor yo'nalishlardan biridir. Bunda esa to'suvchi konstruktsiyalarni (polistirolbeton, gazobeton, penabeton) kabi issiqlik izolyatsion va yengil betonlarga almashtirish orqali, massasini kamaytirilmoqda,bu esa binoning massasini sezilarli darajada kamaytirilishiga olib keladi. Binoning massasini kamaytirish,yuk ko'taruvchi elementlarga tushadigan yukni kamaytiradi, buning natijasida qurilish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Polistirolbeton bunday materiallar orasida o'zining aloxida xossalari bilan ajralib turadi. Har qanday yengil betonlarning xossalarini yaxshilashda turli xil kimyoviy qo'shimchalarning o'rni beqiyosdir.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODLAR

Polistirolbetonning ko'plab xossalarini 50-60 yillardan beri o'rganilib kelinmoqda. Tadqiqot natijalari MDH mamlakatlari olimlari va tadqiqotchilari A.A.EB^OKHMOB, B.A.PaxMaHOB, BX.^OB^HK, T.H.MHHX, B.H.MennxoBa, O.B ^ypôa, H... Tohkob, BX.nap^eHOB va boshqalar tomonidan yozilgan ilmiy ishlar va maqolalarda keltirilgan.

Polistirolbeton-kengaytirilgan polistirol granulalari, suv va bog'lovchi asosida ishlab chiqariladigan yengil beton hisoblanadi. Kengaytirilgan polistirol granulalar polistirolbeton uchun to'ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Kengaytirilgan polistirol granulalarning fraksiyasi 20 mm dan katta bo'lmasligi hamda uning namlik miqdori 15% dan ko'p bo'lmasligi kerak. [1.](iqtibos)

KIRISH

H..H.Tohkob issiqlik izolyatsiyalovchi polistirolbetonning sovuqqa chidamliligi xossasini ko'plab experimentlar yordamida tadqiq qildi. Tadqiqotlarni zichligi 150 kg/m3 dan 600 kg/m3 bo'lgan kubik namunalarda amalga oshirdi. U

polistirolbetonning suv shimuvchanligini 12-15 % ga tengligini va boshqa yengil betonlar (penobeton, gazobeton, keramzitobeton) ga nisbatan bu xossasining yaxshiligi bilan ajralib turadi. Bu xossasining yaxshiligi tufayli polistirolbetonning boshqa fizik-mexanik xossalarini ijobiyligini belgilab beradi. U tadqiqotlar natijasida polistirolbetondan qurilishda konstruktiv-issiqlik izolyatsion material sifatida foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi. [2.]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mahalliy va xorijiy manbalarning taxlili orqali polistirolbetonning ko'plab xossalari o'rganilganligiga va o'rganishlar natijasida ishlab chiqarishni tashkil qilinganligiga e'tibor beradigan bo'lsak , polistirolbetonning ustida ko'plab amaliy-nazariy tadqiqotlar qilingan degan xulosaga kelamiz. Polistirolbeton g'ovakli strukturaga ega bo'lganligi sababli biz uni juda yengil betonlar(g'ovakli betonlar) guruhiga kiritamiz va asosan issiqlikni himoyalash uchun to'suvchi konstruktsiyalarda ishlatiladigan material deb xisobaymiz. Ammo ko'plab ilmiy tadqiqotlar natijasida uning tarkibiga qurilish qumi, kvars qumi, keramzit qumi kabi mayda fraksiyali to'ldiruvchilar qo'shib uning zichligini yuqori qilingan va qurilishda faqat issiqlikni himoya qilish uchun emas balki yuk ko'taruvchi element sifatida ham foydalanishimizga ham imkon beradi.

Bog'lovchi sifatida portlandsement yoki shlakaportlandsement ishlatilshi maqsadga muofiq, chunki bu bog'lovchilarni polistirol bilan bog'lanishi boshqa sementlarga nisbatan ancha ijobiydir.Polistirol granulasining zichligi juda kam bo'lganligi sababli sement bilan bog'lanishdagi bo'ladigan reaksiyani amalga oshirish juda qiyindir, shuning uchun biz kimyoviy bog'lovchilardan foydalanamiz.[1.](iqtibos)

Polistirolbeton ishlatilish joyiga ko'ra quydagi turlarga bo'linadi:

• Issiqlik izolyatsion polistirolbeton: O'rta zichligi 150-225 kg/m3 bo'lgan hamda siqilishdagi mustahkamligi M2 dan past bo'lmagan, binolarning yuk ko'taruvchi elementlarini izolyatsiyalash uchun ishlatiladigan beton.

• Issiqlik izolyatsion-konstruktsion polistirolbeton: Binolarning energiya tejaydigan tashqi yuk ko'taruvchi devorlarida, shu jumladan, ko'priklarda ishlatiladigan, o'rtacha zichligi 250-350 kg/m3, beton klassi B0,5 dan past bo'lmagan beton.

• Konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbeton: o'rtacha zichligi 400600 kg/m3 ga teng beton, beton klassi B1,5 dan past bo'lmagan, uzunligi (1,8 m dan ortiq) peremichkalarda, shuningdek past yuklamali binolarning tashqi devorlarining ko'taruvchi qatlami sifatida ishlatiluvchi beton.

Polistirolbetonning o'rtacha zichligiga qarab, uning siqilishdagi mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi 1-jadval talablarini hisobga olgan holda, qurilish normalariga muvofiq belgilanadi. [4.]

1-jadval

O'rtacha zichlik Siqilishdagi mustahkamlik Siqilishdagi kuchlanish MPa Sovuqga chidamlilik markasi

D150 M2 - F 35

D175 M2,5 - F 50

D200 M3,5 - F 75

D225 B0,35 (M5) 0,27 F 75

D250 B0,5 0,38 F 100

D300 B0,75 0,53 F 150

D350 B1 0,63 F 150

D400 B1,5 0,65 F 150

D450 B1,5 0,68 F 200

D500 B2 0,70 F 200

D550 B2 0,74 F 200

D600 B2,5 0,76 F 300

1-jadval-Polistirolbetonningfizik -mexanikxossalari. [4.] Beton qorishmalari tarkibiga kompleks kimyoviy qo'shimchasini kiritish ularning xossalarini sezilarli darajada o'zgartiradi. Kompleks kimyoviy qo'shimchasi beton qorishmasining qo'zg'aluvchanligini oshiradi, qulay joylashuvchanlik xossalarini yaxshilaydi, suv talabchanlikni kamaytiradi va suv va sement nisbatini pasaytiradi, suv sarfining qisqarishi beton mustahkamlik xarakteristikalarining oshishiga olib keladi, bularning barchasi yuqori mustahkam beton olish imkoniyatlarini ochib beradi. Bunday jihatlar betonning uzoq vaqt xizmat qilishiga ya'ni, uning umrboqiyligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.[3.] (iqtibos)

KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimchasi miqdorining konstruktsion- issiqlik izolyatsion polistirolbetoning fizik-mexanik xossalariga ko'rsatadigan ta'sirini tadqiq qilish uchun "Bekobodsement" AJ ning PS400 D20 markalaridagi portlandsementidan foydalanildi. Olingan natijalarni aprobatsiyadan o'tkazish, KDJ-3 kimyoviy qo'shimchaning konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbetonning fizik-mexanik xossalariga ta'sirini tadqiq qilish maqsadida Toshkent arxitektura qurilish instituti "Qurilish materiallari" labarotoriya bazasida eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi.

O'tkazilgan barcha tadqiqotlar Davlatlararo standart GOST 30459-2008 "Добавки для бетонов и строителных растворов. Определение и оценка эффективности" talablariga muvofiq bajarildi.

Konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbeton qorishmasining reologik xossalarini tadqiq qilish bo'yicha olib borilgan eksperimental tadqiqotlarni taxlil qilish natijalari bilan quyidagilar o'rnatildi, sement massasiga nisbatan 0,4%, 0,6%, 1,0% miqdorlarda qo'shimchalar qo'shilgan qorishmalarning o'rganilgan tarkiblaridan eng yaxshi ko'rsatkichlar 0,6% miqdordagi qo'shimchaga ega bo'lgan qorishmada kuzatildi.

Eksperimentlar asosida konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbetonning fizik-mexanik xossalarini tadqiq qilish uchun KDJ-3 ning optimal miqdori, sement massasiga nisbatan 0,6 % da qabul qilindi.

Beton namunalarining siqilishdagi mustahkamligi bo'yicha sinovlar o'tkazildi.O'tkazilgan sinovlarning natijalari mos ravishda 2 va 3-jadvallar hamda 1, 2-rasmlarda ko'rsatilgan.

2 va 3-jadvallardan ko'rinadiki, KDJ-3 kompleks qo'shimchasini konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbeton tarkibiga mos miqdorda qo'shish polistirolbetonning siqilishdagi mustahkamligi oshishiga olib keldi.

2-jadval.O'tkazilgan sinovlar misolida konstruktsion - issiqlik izolyatsion polistirolbeton qorishmalarning tarkiblari.

Materiallar Beton qorishmasining tarkibi, kg

r ning nomlanishi 1 7 litr 7 litr

3 m3 qorishmaga qorishmaga to'g'ri

to'g'ri keladigan KDJ-3

keladigan kompleks

nazorat kimyoviy

qorishmalari qo'shimchali

qorishmalar

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1 Sement, kg 80,0 3 2,66 0 2,660

Polistirol granula, kg 7 1 0,119 0,119

Suv, l 60 1 1,12 0 *1,120-0,84

Sement 1 - 0,010

massasiga nisbatan KDJ-3, 0,4% ,52

Sement 2 - 0,015

massasiga nisbatan KDJ-3, 0,6% ,28

Sement 3 - 0,026

massasiga nisbatan KDJ-3, 1,0% ,8

*suv miqdori KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimcha miqdoriga qarab

o'zgarishi mumkin.

3-jadval. Konstruktsion - issiqlik izolyatsion polistirolbetonning siqilishdagi mustahkamligining KDJ-3 kompleks kimyoviy qo 'shimcha miqdoriga bog 'liqligi.

/r Sement massasiga nisbatan KDj-3, %da Betonning siqilishdagi mustahkamligi (MPa) kunlarda

1 3 7 1 4 2 8

Qo'shimchasiz nazorat namunasi 1 ,2 1,3 1 ,35 1 ,5 1 ,6

0,4 1 ,2 3 1 ,4 1 ,6 1 5

• 0,6 1 ,3 1,4 1 ,7 1 .8 2 .0

4 1,0 1 ,3 1 ,5 1 ,5 1 ,6

1-rasm. Qo'shimchasiz nazorat namunasi yordamida konstruktsion-issiqlik izolyatsion polistirolbetonning 1,3,7,14,28 kunlardagi siqilishdagi mustahkamligining o'zgarishi qiymatlari.

2-rasm. Sement massasiga nisbatan KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimcha

qo'shimchasining 0.4%,0.6%,1.0% ulushi qo'shilgan konstruktsion - issiqlik izolyatsion polistirolbetonning oddiy sharoitlarda siqilishdagi mustahkamligining o 'zgarishi qiymatlari.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

n> 2 5

a.

£ z аз

JCZ

m

£ 1.5

no

op 1 ~o

JD ro oo

0,5

O"

1,2

1,3 1,3 1,3

1-kun

3-kun

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7-kun

14-kun

28-kun

0,4% -KDJ-3

0,6% -KDJ-3

1% -KDJ-3

2

0

O'tkazilgan tadqiqotlarning taxlillari bilan polistirolbetonning mustahkamligi nazorat tarkiblariga nisbatan 20-22% ga oshganligi, suv yutuvchanlik esa 20-25% kamayganligi kuzatildi. Bunda 0,6% li KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimchali beton xossalarining ko'rsatkichlari 0,4%, 1,0% li KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimchali betonlarnikiga qaraganda yuqori ekanligi aniqlandi. Shunga mos ravishda KDJ-3 kompleks kimyoviy qo'shimchasi qotishning butun muddatida betonning mustahkamligini oshiradi. Biroq mustahkamlikning eng katta o'sishi dastlabki uch kunda kuzatildi. Bunda eng yuqori mustahkamlik KDJ-3 kompleks qo'shimchasi 0,6% miqdorda qo'shilganda ta'minlanadi. 7 kun davomida siqilishdagi mustahkamlik betonning loyihaviy mustahkamligiga nisbatan 76 %ga yetadi.

XULOSA

Konstruktsion - issiqlik izolyatsion polistirolbeton tarkibiga, maxalliy kompleks kimyoviy ko'shimcha KDJ-3 ni 0.6 % sement massasiga nisbatan qo'shilishi,betonning fizik-mexanik xossalari yaxshilanishiga turtki bo'ldi.Agarda KDJ-3 kompleks kimyoviy ko'shimchasini yengil beton tarkibiga optimal miqdorda qo'shilsa,chet mamlakatlaridan kirib kelayotgan kimyoviy qo'shimchalar importini kamaytirishga zamin yaratiladi. KDJ-3 kompleks qo'shimchasining beton fizik-mexanik, kimyoviy va ekspluatatsion xossalariga ko'rsatadigan ta'sirini, shuningdek,

ko'p funksiyali (plastifikatsiya, dastlabki davrdagi qotish jadalligi, zichlikning

126

Scientific Journal Impact Factor

ortishi)ni aniqlash bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar ananaviy superplastifikatorga qaraganda yuqori effektga erishilganlikni ko'rsatdi.

REFERENCES

1. A.Yoqubov. "Yangi avlod kompleks kimyoviy qo'shimchali polistirolbeton texnologiyasi" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi.Toshkent.2020

2. Тонков И. Л. Исследование физико-механических свойств полистиролбетона как материала для ремонта стен из ячеистых бетонов: дис. канд. техн. наук Пермь: ПермГТУ. - 2000.

3. "Полистиролбетон - энергоэффективных теплоизоляционный материал" nomli maqola Mo'minov A.R. (magistrant TAQI ), Yoqubov A.A. (assistent NamMQI) "ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ" nomli jurnal №8 (noyabr,2020)

4. ГОСТ 33929-2016 Полистиролбетон. Технические условия. Дата последнего изменения. 12.09.2016 .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.