Научная статья на тему 'ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA MAVJUD KUCH MOY TRANSFORMATORLARINING QIZISHIGA TASHQI TA’SIRLARNING TAHLILI'

ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA MAVJUD KUCH MOY TRANSFORMATORLARINING QIZISHIGA TASHQI TA’SIRLARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
219
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tashqi muhit xarorati / kuch moy transformatori / qarshilik o‘zgarishi / iqlim o‘zgarishi / ishonchlilik. / Ambient temperature / power oil transformer / resistance change / climate change / reliability.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — D. T. Yusupov, M. Sh. Muhammadjonov, X. M. Qodirov

Atrof – muhit haroratining ko‘tarilishi sababli materiallar qarshiligining ortishi hisobga olingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi iqlim o‘zgarishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta og‘ir vaziyatlarni o‘rganishdir. Bunday sharoitda quvvat va taqsimot transformatorlari xavfsiz ishlashi uchun bosqichma-bosqich baholanishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin, bu nafaqat kommunal xizmatlar uchun tejamkor bo‘lib, balki ko‘plab yirik korxonalarga ishinchli elektr energiyasi yetkazish bilan bog‘liq jarayondir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF EXTERNAL EFFECTS OF HEATING OF OIL POWER TRANSFORMERS IN THE POWER SUPPLY SYSTEM

The increase in resistance of materials due to rising ambient temperatures is taken into account. The main goal of the study is to study the most serious situations that can occur due to climate change. Under these circumstances, it can be concluded that power and distribution transformers need to be evaluated step-by-step for safe operation, which is not only cost-effective for utilities, but also a process of delivering reliable electricity to many large enterprises.

Текст научной работы на тему «ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA MAVJUD KUCH MOY TRANSFORMATORLARINING QIZISHIGA TASHQI TA’SIRLARNING TAHLILI»

ELEKTR TA'MINOTI TIZIMIDA MAVJUD KUCH MOY TRANSFORMATORLARINING QIZISHIGA TASHQI TA'SIRLARNING

TAHLILI

D. T. Yusupov M. Sh. Muhammadjonov X. M. Qodirov

"O'zbekenergo" AJ "Ilmiy- Farg'ona politexnika Farg'ona politexnika

texnika markazi" MChJ instituti instituti

ANNOTATSIYA

Atrof - muhit haroratining ko'tarilishi sababli materiallar qarshiligining ortishi hisobga olingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi iqlim o'zgarishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'ta og'ir vaziyatlarni o'rganishdir. Bunday sharoitda quvvat va taqsimot transformatorlari xavfsiz ishlashi uchun bosqichma-bosqich baholanishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin, bu nafaqat kommunal xizmatlar uchun tejamkor bo 'lib, balki ko'plab yirik korxonalarga ishinchli elektr energiyasi yetkazish bilan bog'liq jarayondir.

Kalit so'zlar: Tashqi muhit xarorati, kuch moy transformatori, qarshilik o'zgarishi, iqlim o'zgarishi, ishonchlilik.

ANALYSIS OF EXTERNAL EFFECTS OF HEATING OF OIL POWER TRANSFORMERS IN THE POWER SUPPLY SYSTEM

ABSTRACT

The increase in resistance of materials due to rising ambient temperatures is taken into account. The main goal of the study is to study the most serious situations that can occur due to climate change. Under these circumstances, it can be concluded that power and distribution transformers need to be evaluated step-by-step for safe operation, which is not only cost-effective for utilities, but also a process of delivering reliable electricity to many large enterprises.

Keywords: Ambient temperature, power oil transformer, resistance change, climate change, reliability.

KIRISH

Yuqori kuchlanishli moy transformatorlarining ishonchli va samarali ishlashi ularning texnik xizmat ko'rsatish darajasi va ekspluatasiya qilinishi bilan bog'liq. Ma'lumki, yuqori kuchlanishli moy transformatorlari quyidagi tarkibiy elementlardan iborat: magnit tizim, o'ram, o'ram simlari, izolyasiya, bak, sovutish qurilmasi, kuchlanishni boshqarish mexanizmi, turli xil himoya va o'lchash qurilmalari.Ushbu elementlarning har biri transformatorning ekspluatasiya jarayonida ishtirok etadi va

uning texnik ko'rsatkichiga turli darajada ta'sir qiladi. Biroq, yuqori kuchlanishli moy transformatorlarining hizmat ko'rsatish muddati asosan qog'oz moy izolyasiyasining holatiga bog'liq bo'ladi [1].

Yuqori kuchlanishli moy transformatorlarining ishdan chiqish sabablari bo'yicha tahlillar shuni ko'rsatadiki, maxsus profilaktik chora-tadbirlar o'tkazilmayotganligi elektr qurilmalarning nominal ishlash resurslarigacha yetib bormasligiga olib kelmoqda. Transformatorlarning ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy sabablar moyning turli aralashmalar bilan ifloslanishi va namlikning ortishi tufayli izolyasiya elektr mustahkamligining pasayishi bo'lib hisoblanmoqda [2].

GOST 11677-85 [3] me'yoriy hujjatga ko'ra kuch moy transformatorlarining xizmat ko'rsatish muddati 25 yil etib belgilangan. Shunga qaramasdan, belgilangan xizmat muddatidan ko'proq ishlayotgan kuch moy transformatorlarining soni doimiy ravishda ortib bormoqda. Xorijiy adabiyotlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, kuch moy transformatorlarining "eskirishi" barcha rivojlangan mamlakatlarda kuzatilmoqda. Masalan, Rossiyada yuqori kuchlanishli kuch moy transormatorlarining 40% dan ortig'i 25 yildan ortiq xizmat ko'rsatish muddatiga ega [4]. Yaponiyada umumiy kuch moy transformatorlarining 24% dan ko'prog'i 30 yildan ortiq ekspluatasiyada bo'lmoqda [5]. Ukraina va Belorusiya davlatlarida esa bu ko'rsatkich mos ravishda 40% [6] va 60% [79] ga yetadi. Kuch moy transformatorlar majmuasining "eskirish" holati AQSHda ham kuzatildi. AQSH elektr energetikasi instituti (EPRI) ma'lumotlariga ko'ra, AQSH elektr tarmoqlaridagi kuch moy transformatorlarining 65% 25 yildan ortiq ishlaganini ko'rsatdi [10-15].

Hozirgi kundagi iqtisodiy vaziyat transformatorlar majmuasini to'liq yangilash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham muddati o'tgan elektr qurilmalarning ishonchli ekspluatasiya darajasini saqlash hozirgi bosqichda elektr energetikasining eng muhim vazifalaridan biridir [16-20].

TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI

Kuch moy transformatorlarining xizmat ko'rsatish muddatini oshirish uchun o'z vaqtida ushbu elektr qurilmalarga xizmat ko'rsatish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozliklarni erta aniqlashning yangi va zamonaviy usullarini qo'llash lozim.

Uzoq muddat ekspluatatsiyada bo'lgan kuch moyli transformatorlarning moy harorati va tashqi muhit haroratini tadqiq qilish va taqqoslash usulidan foydalanildi.

Tadqiq etilayotgan kuch moyli transformatorlar.

1-jadval

№ Turi Quvvati, kVA Kirish/chiqish kuchlanishi, U Ekspluatatsiya vaqti

1. TDTN 32 000 110/6 1984 yil

2. TDTN 16 000 110/6 1982 yil

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Tadqiqot natijasida TDN tipidagi quvvati 32 MVA va 16 MVA bo'lgan uzoq muddat ekspluatatsiyadagi transformatorning iyun oyidagi tashqi muxit haroratining transformator moyiga ta'siri kunning ikkita vaqti uchun: transformatorga tashqi muhit haroratining nisbatan kam ta'siri kuzatiladigan ertalabki 800-900 oralig'ida va tashqi muhit haroratining nisbatan ko'proq ta'sir etishi mumkin bo 'lgan 1700-1800 oralig'idagi holat parametrlari tadqiq qilindi.

70

60

50

40

30

20

10

123456789 101112 13 1415 16 17 1819 20 2122 23 24 25 26 27 28 29 30

■ Transformator moyining harorati ■ Tashqi muhit harorati

1-rasm. 800-900 oralig'ida TDN tipidagi quvvati 32 MVA bo'lgan transformator moyi

haroratiga tashqi muhit haroratining ta'siri

2-rasm. 1700-1800 oralig'ida TDN tipidagi quvvati 32 MVA bo'lgan transformator moyi

haroratiga tashqi muhit haroratining ta'siri

0

60 50 40 30 20 10 0 -- --- -- -- -- --- -- --- --- --- -- --- --- -- -- --- -- --- --- ... -- --- H~ --- -- --- 0

12 3 ■ T 4 ra 5 ns 6 fo rm at 5 or 1 m 01 oy 11 ini 21 ng 31 x 41 aro 51 ra 61 ti 7 1 8 1 ■ 9 2 T 02 sh 12 qi 22 m 32 ux 42 it 52 xa 62 ro 72 rat 82 i 93

3-rasm. 800-900 oralig'ida TDN tipidagi quvvati 16 MVA bo'lgan transformator moyi

haroratiga tashqi muhit haroratining ta'siri

4-rasm. 1700-1800 oralig'ida TDN tipidagi quvvati 16 MVA bo'lgan transformator moyi

haroratiga tashqi muhit haroratining ta'siri

Tadqiqot natijasi shuni ko'ratadiki TDTN turidagi quvvati 32 MVA bo'lgan birinchi kuch moyli transformator uchun tashqi muhit va transformator moyi haroratlarning eng kichik farqi soat 800-900 oralig' i uchun 28oC, soat 1700-1800 oralig'i uchun 23oC va eng katta farqi soat 800-900 oralig'i uchun 41oC, soat 1700-1800 oralig'i uchun 37oC ga teng boldi. TDTN turidagi quvvati 16 MVA bo'lgan ikkinchi kuch moyli transformator uchun esa tashqi muhit va transformator moyi haroratlarning eng kichik farqi soat 800-900 oralig'i uchun 88oC, soat 1700-1800 oralig'i uchun 14o C va eng katta farqi soat 800-900 oralig'i uchun 26oC, soat 1700-1800 oralig'i uchun 21oC ga teng boldi.

XULOSA

Tadqiqot natijasi bo'yicha aniqlangan qiymatlami tahlil qilish natijasida transformator moyining me'yordan ortiqcha ko'tarilishi tashqi muhit haroratiga bog'liq ravishda o'zgarib bormoqda. Ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir ko'rsatmaslik uchun tashqi muhit harorati tas'irini transformatorga ta'sirini kamaytirish zarur. Buning uchun maxsus havo-sovutgichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Transformatorlar havo puflovchi maxsus fenlardan va moyni majburiy aylantirish uchun nasoslar bilan jixozlangan moyning majburiy aylanishi transformatorning balandligi bo'ylab bir xil harorat taqsimotini olish imkonini beradigan va transformatorni sovutish samaradorligini oshiradigan sodda mukammal va samarali transformator moyini sovutish tizimidan foydalanish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Мухаммаджонов, М. Ш. У. (2019). Исследование использования асинхронных машин при уменьшении энергетических потерь. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).

2. Mukhammadjonov, M. S., Tursunov, A. S., & Abduraximov, D. R. (2020). Automation of reactive power compensation in electrical networks. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 615-618.

3. Umurzakova, G. R., Mukhtorov, D. N., & Muhammadjonov, M. S. (2019). Advantages of alternative energy sources. Herald of science and education, (19-3), 73.

4. Умурзакова, Г. Р., Мухторов, Д. Н. У., & Мухаммаджонов, М. Ш. У. (2019). Преимущества альтернативных источников энергии. Вестник науки и образования, (19-3 (73)).

5. Umurzakova, G. R., Mukhtorov, D. N., & Mukhammadzhonov, M. S. (2019). Preimushchestva al'ternativnykh istochnikov energii. Vestnik nauki i obrazovaniya, (193), 73.

6. Mukhammadyusuf, M., Sherzod, P., & Behzod, A. (2020). Study of compensation of reactive power of short-circuited rotor of asynchronous motor. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 625-628.

7. Кодиров, Х. М. У. (2020). РАСЧЕТ ТЕПЛОВОГО БАЛАНСА КОНДЕНСАТОРА. Кронос: естественные и технические науки, (5 (33)).

8. Kodirov, H. M. (2020). Innovations in the reform of continuing education in the republic of uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, (01 (81)), 777.

9. Султонов, Р. А. У., Кодиров, Х. М. У., & Мирзалиев, Б. Б. (2019). Выбор механических двигателей электрического тока, используемых в системе электропривода. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

10. Таиров, Ш. М., & Абдуллаев, Б. Б. У. (2020). Чрезвычайные и критические изменения климата в странах центральной Азии. Universum: технические науки,

(2-1 (71)).

11. Рубидинов, Ш. F. У. (2021). Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули. Scientific progress, 7(6), 413-417.

12. Тешабоев, А. Э., Рубидинов, Ш. F. У., Назаров, А. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2021). Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш. Scientific progress, 1(5).

13. Nomanjonov, S., Rustamov, M., Rubidinov, S., & Akramov, M. (2019). STAMP DESIGN. Экономика и социум, (12), 101-104.

14. Qosimova, Z. M. (2021). Influence of The Design of The Rolling Roller on The Quality of The Surface Layer During Plastic Deformation on the Workpiece.

15. Рубидинов, Ш. F. У., & Акбаров, К. И. У. (2021). МАШИНАСОЗЛИКДА СОЧИЛУВЧАН МАТЕРИАЛЛАРНИ ТАШИШДА ТРАНСПОРТЕР ТИЗИМЛАРИНИНГ АХАМИЯТИ. Scientific progress, 2(2), 182-187.

16. Рубидинов, Ш. F. У., & Fайратов, Ж. F. У. (2021). Штампларни таъмирлашда замонавий технология хромлаш усулидан фойдаланиш. Scientific progress, 2(5), 469-473.

17. Рубидинов, Ш. Г. У., & Fайратов, Ж. Г. У. (2021). Куп операцияли фрезалаб ишлов бериш марказининг тана деталларига ишлов беришдаги унумдорлигини тахлили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 759-765.

18. Юсуфжонов, О. F., & Fайратов, Ж. F. (2021). ШТАМПЛАШ ЖАРАЁНИДА ИШЧИ ЮЗАЛАРНИ ЕЙИЛИШГА БАРДОШЛИЛИГИНИ ОШИРИШДА МОЙЛАШНИ АХАМИЯТИ. Scientific progress, 1(6), 962-966.

18. Юсупов, С. М., Fайратов, Ж. F. У., Назаров, А. F. У., & Юсуфжонов, О. F. У. (2021). КОМПАЗИЦИОН МАТЕРИАЛЛАРНИ БОРЛАШ. Scientific progress, 1(4).

19. Юлчиева, С. Б., Мухамедбаева, З. А., Негматова, К. С., Мадаминов, Б. М., & Рубидинов, Ш. Г. У. (2021). Изучение физико-химических свойств порфиритовых жидкостекольных композиций в агрессивной среде. Universum: технические науки, (8-1 (89)), 90-94.

20. Mukhammadjonov, M. S., A. S. Tursunov, and D. R. Abduraximov. "Automation of reactive power compensation in electrical networks." ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85) (2020): 615-618.

21. Мухаммаджонов, Мухаммадюсуф Шухрат Угли. "Исследование использования асинхронных машин при уменьшении энергетических потерь." Проблемы современной науки и образования 12-1 (145) (2019).

22. Умурзакова, Гузаль Ринатовна, Дилмуроджон Нумонжон Угли Мухторов, and Мухаммадюсуф Шухрат Угли Мухаммаджонов. "Преимущества альтернативных источников энергии." Вестник науки и образования 19-3 (73) (2019).

23. Umurzakova, G. R., D. N. Mukhtorov, and M. Sh Mukhammadzhonov. "Preimushchestva al'ternativnykh istochnikov energii." Vestnik nauki i obrazovaniya 19-3 (2019): 73.

24. Mukhammadyusuf, Mukhammadjonov, Pozilov Sherzod, and Abdullayev Behzod. "Study of compensation of reactive power of short-circuited rotor of asynchronous motor." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10.5 (2020): 625-628.

25. Kodirov, H. M. "Innovations in the reform of continuing education in the republic of uzbekistan." ISJ Theoretical & Applied Science 01 (81) (2020): 777.

25. Султонов, Рузиматжон Анваржон Угли, Хусанхон Мунаввархон Угли Кодиров, and Бобурбек Бахтиёрович Мирзалиев. "Выбор механических двигателей электрического тока, используемых в системе электропривода." Проблемы современной науки и образования 11-2 (144) (2019).

26. Таиров, Шерзод Мирзаджанович, and Бехзод Бурхонжон Угли Абдуллаев. "Чрезвычайные и критические изменения климата в странах центральной Азии." Universum: технические науки 2-1 (71) (2020).

27. Akramov, M., Rubidinov, S., & Dumanov, R. (2021). METALL YUZASINI KOROZIYABARDOSH QOPLAMALAR BILAN QOPLASHDA KIMYOVIY-TERMIK ISHLOV BERISH AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 494-501.

28. Рубидинов, Шохрух Гайратжон Угли. "Бикрлиги паст валларга совук ишлов бериш усули." Scientific progress 1.6 (2021): 413-417.

29. Тешабоев, Анвар Эргашевич, et al. "Машинасозликда юза тозалигини назоратини автоматлаш." Scientific progress 1.5 (2021).

30. Рубидинов, Шохрух Гайратжон Угли, and Камолиддин Инхомали Угли Акбаров. "МАШИНАСОЗЛИКДА СОЧИЛУВЧАН МАТЕРИАЛЛАРНИ ТАШИШДА ТРАНСПОРТЕР ТИЗИМЛАРИНИНГ АДАМИЯТИ." Scientific progress 2.2 (2021): 182-187.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.