Научная статья на тему 'NOAN’ANAVIY USULLARNI NEFT SHLAMLARINI AJRATISHDA QO’LLASH'

NOAN’ANAVIY USULLARNI NEFT SHLAMLARINI AJRATISHDA QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
177
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
neft shlami / neft emulsiyasi / suvsizlantirish / tuzsizlantirish / mikroto‘lqinlar / akustik ta’sir / deemulgator / elektrofizikaviy xossalar / markazdan qochma kuch. / oil sludge / oil emulsion / dehydration / desalination / microwaves / acoustic impact / demulsifier / electrophysical properties / centrifugal force.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Jumayev Qayum Karimovich, Shomurodov Azamat Yuldashovich

Tadqiqot ishida neftni konlarda tayyorlash jarayonlarida turli fizikaviy maydonlar ta’sirida suvsizlantirish zarurligi va jadallashtirish imkoniyatlari aniqlangan. Mikroto‘lqinlar ta’sirida karbonatli og‘ir neftlar va tindirish apparatlarida hosil bo‘ladigan oraliq qatlamlar to‘liq suvsizlantiriladi. Mikroto‘lqinli apparatlarida oraliq qatlamlarni reagent deemulgatorlar va erituvchilar ta’sirida ishlov berish metodikasi ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF NON-TRADITIONAL METHODS IN SEPARATION OF OIL SLUDES

The paper identifies the need and the possibility of intensifying the processes of oil dehydration during infield treatment using various physical fields. It has been established that under the influence of microwaves, heavy oils of carbonate reservoirs and intermediate layers formed in the settling equipment are most completely dehydrated. A method for processing intermediate layers in a microwave apparatus has been developed, which combines the action of a demulsifier reagent and solvents (straight-run gasoline) on them

Текст научной работы на тему «NOAN’ANAVIY USULLARNI NEFT SHLAMLARINI AJRATISHDA QO’LLASH»

Scientific Journal Impact Factor

О

NOAN'ANAVIY USULLARNI NEFT SHLAMLARINI AJRATISHDA

Annotatsiya: Tadqiqot ishida neftni konlarda tayyorlash jarayonlarida turli fizikaviy maydonlar ta 'sirida suvsizlantirish zarurligi va jadallashtirish imkoniyatlari aniqlangan. Mikroto'lqinlar ta'sirida karbonatli og'ir neftlar va tindirish apparatlarida hosil bo 'ladigan oraliq qatlamlar to 'liq suvsizlantiriladi. Mikroto 'lqinli apparatlarida oraliq qatlamlarni reagent deemulgatorlar va erituvchilar ta 'sirida ishlov berish metodikasi ishlab chiqilgan.

Tayanch iboralar: neft shlami, neft emulsiyasi, suvsizlantirish, tuzsizlantirish, mikroto'lqinlar, akustik ta'sir, deemulgator, elektrofizikaviy xossalar, markazdan qochma kuch.

Аннотация: В работе выявлена необходимость и возможность интенсификации процессов обезвоживания нефти при внутрипромысловой подготовке с применением различных физических полей.

Установлено, что под воздействием микроволн наиболее полно обезвоживаются тяжелые нефти карбонатных коллекторов и промежуточные слои, сформированные в отстойной аппаратуре. Разработан метод обработки промежуточных слоев в микроволновом аппарате, сочетающий в себе воздействие на них реагента-деэмульгатора и растворителей (прямогонного бензина).

Ключеые слова: нефтешлам, нефтяная эмульция, обезвоживание, обессолевание, микровольны, акустическое воздействие, деэмульгатор, электрофизические свойства, центрибежная сила.

Abstract: The paper identifies the need and the possibility of intensifying the processes of oil dehydration during infield treatment using various physical fields.

It has been established that under the influence of microwaves, heavy oils of carbonate reservoirs and intermediate layers formed in the settling equipment are most completely dehydrated. A method for processing intermediate layers in a microwave apparatus has been developed, which combines the action of a demulsifier reagent and solvents (straight-run gasoline) on them.

QO'LLASH

Jumayev Qayum Karimovich., Shomurodov Azamat Yuldashovich Buxoro muxandislik texnologiya instituti shomurodov.1986@bk.ru

Scientific Journal Impact Factor

O

Keywords: oil sludge, oil emulsion, dehydration, desalination, microwaves, acoustic impact, demulsifier, electrophysical properties, centrifugal force.

Bugungi kunda neft va gazni qazib olish hamda qayta ishlash hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Ammo neft qazib olishning o'sishi, uni qayta ishlash va tashish hajmining ko'payishi bilan birga doimiy ravishda ko'payib borayotgan uglevodorod chiqindilarini qayta ishlash va zararsizlantirish muammolari ham ko'paymoqda. Bu muammolarni hal qilish dunyo hamjamiyati uchun muhim masala hisoblanadi?

Buning asosiy sababi neftni qayta ishlash zavodlari atrof-muhitga katta zarar yetkazishi va shu bilan ekologik muvozanatning buzilishidir. Mamlakatimizning yoqilgi-energetika sohasida yetakchi ahamiyatga ega bo'lgan neft-gaz kompleksining tez rivojlanishi tabiiy muhit ob'ektlarida, birinchi galda biosferada texnogen keskinlikning o'sishiga olib kelmoqda. Neft va gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari atrof-muhitni asosiy ifloslantiruvchi manbalari hisoblanadi. Tabiiy muhitga, xususan yer usti va yer osti suvlariga, tuproq va o'simlik dunyosiga, atmosfera havosiga zararli ta'sir ko'rsatadigan barcha neft chiqindilari orasida neft shlami xavflilik darajasi bo'yicha yuqori o'rinda turadi.

Og'ir neftlarni va neft shlamlarini kon sharoitida an'anaviy usullarda - termik, kimyoviy, kompleks yoki elektr maydoni yordamida tayyorlash (tuzsizlantirish va suvsizlantirish) da neftni isitish, tarkibiga reagent-deemulgatorlar qo'shish, elektr maydoni kuchlanishni oshirish neft xom-ashyosini tayyorlash tannarxining ortishiga olib keladi. Neftga akustik, magnitli va mikrotulqinli ta'sir ko'rsatish yo'li bilan tayyorlash yangi zamonaviy usullardan bo'lib hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqarishga keng qo'llash uchun ularning suv-neft emulsiyasiga ta'sirini o'rganishni taqozo etadi. Laboratoriya sharoitida ishlatiladigan rotorli pulsasion apparatda parrakli aralashtirish organi bo'lib, uning valida konsentrik shaklda parraklar joylashtiriladi, statorda esa aylanmaydigan, qo'zg'almas parraklar qatori joylashtiriladi. Rotor diski titan qotishmasidan tayyorlangan bo'lib, yuqori akustik xossalariga ega, turli chastota va jadallikka ega harakatlarni amalga oshiradi. Bunday apparatda pulsatsiya va akustik ta'sir natijasida aylanma va tebran ma harakatlar hosil bo'ladi. Apparatda beriladigan tok kuchlanishini o'zgartirish yo'li bilan rotor diskining aylanishlar sonini o'zgartirish imkoniyati mavjud.

Neft-suvli emulsiyaga termokimyoviy usulda ta'sirlashishdan tashqari, rotorli pulsasion apparatdan qo'shimcha ta'sir qilish maqsadida foydalanish, reagentni bir

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

0

tekis tarqalishini va neft bilan yaxshiroq aralashuvini ta'minlab, suv globulasi sirtidagi himoya qatlamini buzilishiga samariliroq ta'sir ko'rsatadi. Natijada, rotorli pulsasion apparat va deemulgatordan birgalikda foydalanish emulsiyani buzishda yuqoriroq samaraga erishish imkonini beradi.

Tadqiqotlarda alohida reagentdan, rotorli pulsasion apparatdan va ikkalasidan birgalikda foydalanib tajribalar o'tkazildi.

Buning uchun Mullaxol koni turli quduqlaridan hosil bo'lganlik muddatlari turlicha bo'lgan namunalar olindi.

Cho'ktirish temperatura rejimi va namuna hajmi emulsiya turg'unligidan kelib chiqqan holda tanlandi.

Rotorli pulsasion apparat yordamida suvsizlantirishda apparatga ma'lum miqdordagi neft emulsiyasi solindi. Apparatda rotorning turli aylanish tezliklarida (800-7700 ayl./min.), 30-120 sekund davomida aralashtirish amalga oshirildi. So'ngra suvli nef emulsiyasi o'lchov stakaniga quyildi. Namuna 20 va 700S temperaturali suv hammomiga joylashtirilib, 1 soat davomida har 15 minutda stakan ostidagi cho'kma miqdori o'lchab turildi.

Fikrimizcha, rotorli pulsasion apparat neftni quvur ichi suvsizlantirish jarayoning xususiy holidir. Turbulent aralashtirishda emulsiyaning alohida globulalari apparat devori bilan to'qnashib, tomchi atrofidagi himoya qatlami buziladi. Qatlam suvlari globulasi bunda parda holiga o'tadi. Ularga qo'shimcha markazdan qochma kuch va akustik tebranishlar ta'sir qilib, adsorbsion qatlamlarning yangilashuviga olib keladi. Oqim tarkibidagi reagent deemulgatorlar ta'sirida tomchi atrofidagi himoya qatlami buziladi. Natijada noturg'un qo'pol, adsorbsion qatlamisiz tomchili emulsiya hosil bo'ladi. "Keksa" emulsiyalarning qiyin buzilishiga sabab, rotorli pulsasion apparatda hosil bo'ladigan kuchlar yuqori himoyalangan adsorbsion qatlamlarni buzolmaydi.

Deemulgator va rotorli pulsasion apparatning birgalikdagi ta'siri tanlovchanlik xususiyatiga ega bo'lib, ayrim hollarda kerakli natijani bermaydi (1-rasm), boshqa hollarda bunday ishlov berish suvning tez ajralishini ta'minlaydi va yuqori darajada suvsizlantirishna imkoniyat tug'diradi. (2-rasm).

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

5? SO

X

и

г.

I

a

I 60

s

я

i 40

Z

x

и

20

0 —e—I-1-.-.-1-1-1-1-

0 15 30 45 60 75 90 105 120 Тиндириш вакти. мин

1-rasm. Emulsiyani suvsizlanish dinamikasi Yuqoridagi natijalarga asoslanib, shuni ta'kidlash lozimki, apparatning suvli neft emulsiyasiga ta'sirining kritik omili emulsiyaning yoshi bo'lib hisoblanadi. Emulsiya qancha yosh bo'lsa, shunchalik tez buziladi.

Aksincha suv globulasi sirtidagi adsorbsion qatlamning vaqt o'tishi bilan qalinlashuvi va mustahkamlashuvi rotorli pulsasion apparatning ta'sirga bosh to'siq bo'lib hisoblanadi. Keyingi tajribalar ko'rsatishicha, har bir emulsiya uchun rotorli pulsasion apparatning optimal ish rejimi mavjud ekan. Fan va texnikaning turli sohalarida moddalarning elektrofizikaviy xossalarini ko'pdan beri o'rganib kelinadi. Hozirgi vaqtda dielektrik xarakteristikalarni turli sharoitlarda o'lchashning turli tuman usul va qurilmalari ishlab chiqilgan. Ularning ko'pchiligi Brandt A.A., Xippel

2-rasm. Emulsiyani suvsizlanish dinamikasi Elektrofizikaviy xossalami o'lchash usulini tanlash ko'p omillarga bog'liq bo'lib, ular orasida chastota diapazoni, tadqiq qilinadigan moddaning xossalari, namunaga temperatura yoki bosim bilan ta'sirlashuv zaruriyati asosiy ahamiyat kasb

1115

Scientific Journal Impact Factor

0

etadi. To'lqinlarning metr va desimetr sohasida (VCh diapazon) ko'prik va rezonans usullaridan foydalaniladi. Bu holda o'lchov yacheykasi sifatida dielektrik namunasi joylashtiriladigan kondensatordan foydalaniladi.

Neft shlamning harakatdagi oqimiga (3-rasm), VCh-elektromagnit maydoni bilan ishlov berish maqsadida laboratoriya qurilmasi tayyorlandi. Qurilmaning asosiy qismi neft shlamiga elektromagnit maydonida ishlov berish qismi bo'lib hisoblanadi. Qurilma elektrotexnika nuqtai nazardan yuqori chastotali rezonator bo'lib hisoblanadi. Rezonator ikkita koksial quvurlardan iborat. Quvurlar radiusi quyidagi nisbatda tanlanadi: a/b-3/6 (a, b - mos ravishda tashqi va ichki quvurlar radiusi). Ichki quvur yuqori potensialli elektrod, tashqi quvur past potensialli elektrod vazifasini bajaradi Tashqi quvurda ikkita teshik bo'lib, ular neft shlamini kiritish va chiqarish vazifasini bajaradi.

3-rasm. VCh-elektromagnit maydonining neft shlamiga ta'sirini tadqiq

qilish laboratoriya qurilmasi

Tajribalar davomida VCh generatorning noturg'un rejimdagi ishi tadqiq qilindi va ajralgan suvning neftshlam sarfiga bog'liqlik(4-rasm) , grafigi qurildi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4-rasm. Ajralgan suvning neftshlam sarfiga bog'liqlik grafigi.

Grafikdan ko'rinib turibdiki, neftshlam sarfi ortishi bilan qatlam holda ajralgan suv hissasi kamayib boradi (5-rasm). Bu shundan dalolat beradiki, dinamik sharoitlarda suyuqlik oqimi tezligi bilan maydon quvvati orasidagi nisbat hal qiluvchi omil bo'lishi mumkin ekan. Yuqori tezliklarda generator quvvati hatto ta'sirlashuv chastotasi to'g'ri tanlangan taqdirda ham yetarli bo'lmasligi mumkin.

5-rasm. Namuna mikrostrukturasining VCh-elektromagnit maydonda ishlov berilmasdan oldingi va keyingi holati.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tkazilgan tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, qazib olish va qayta ishlashda hosil bo'ladigan neft shlamlarini ajratishda yuqori chastotali elektr maydonini qo'llash imkonini beruvchi asosiy holatlarni quyidagicha shakllantirish mumkin:

- neft shlamlarining katta qismi yuqori barqarorlikka ega bo'lgan suvneft emulsiyasidan iborat bo'lib, uning barqarorligi polyar komponentlarning suv globulasining sirtida adsorbsiyalanishi bilan izohlanadi;

- yuqori barqarorlikka ega emulsiyaning elektromagnit maydon ta'sirida qatlamlarga ajralishi ta'sir chastotasi va emulsiya uchun dielektrik yo'qotishlarning burchagi tangensining maksimumiga mos kelganda eng yuqori samara berar ekan;

Ammo, VCh generatorlarni amaliyotda qo'llanishiga to'siq bo'ladigan ikkita asosiy to'siq mavjud ekan:

1) zamonaviy sanoat tayyorlaydigan VCh generatorlar turlicha, ammo belgilangan elektromagnit to'lqinlar chiqarash maydon chastotasining polyar komponentlar xususiy tebranish chastotasiga aniq mos kelish ehtimolligini yo'qqa chiqaradi;

2) emulsiyadan suvning qatlamlanishi bilan birgalikda dielektrik yo'qotishlar burchagi tangensi maksimumiga mos keluvchi butun sistemaning xususiy rezonans

Scientific Journal Impact Factor

О

chastotasi yuqori chastotalar sohasiga siljiydi, hatto boshlang'ich to'g'ri tanlangan maydon chastotasi ham ishlov berish jarayonida o'zgarib turadi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, akustik va VCh-elektromagnit maydonlaridan foydalanish neft shlamlari va suvli neft emulsiyalarini ajratishda yuqori samara beradi.

1. Джураев К.А., Аминова А.С., Гайбуллаев С.А. Основные методы обезвреживания и утилизации нефтеотходов // Молодой ученый. - 2014. - № 10 (69). -С. 136-137.

2. Аминова А.С., Гайбуллаев С.А., Джураев К.А. Использование нефтешламов - рациональный способ их утилизации // Молодой ученый. -2015. -№ 2 (82). -

C. 124-126.

3. Жумаев К.К., Шомуродов А.Ю. Исследования и разработка комплексной технологии разделения нефтяных шламов в поле центробежных сил// "Science and Education" научный электронный журнал 3 выпуск 2020 июнь 149-155 B

4. Жумаев K.K., Рахимов Б.Б., Рустамов Э.С., Шомуродов А.Ю. Исследования по разделению нефтяных шламов в поле центрабежных сил Молодой учёный. Ежемесячный научный журнал. Казань, 2013. №5. Часть I С. 60-62

5. Жумаев К.К., Махмудова Н.С., Шомуродов А.Ю., Яхяев Н. Ш. Mathematical model of the process of phase separation of oil sludge under the influence of centrifugal force. Mathematical model of the process of phase separation of oil sludge under the influence of centrifugal force Год 2020, том: 10, выпуск 11, с.539-544

6. Жумаев К.К., Турсунов Б.Ж.,Шомуродов А., Мухиддинов Ж.Ж. Нефт шламининг атроф мухитга таъсири Science and education February 2021 / Volume 2 Issue 2, 115-120 бет

7. Жумаев К.К., Турсунов Б.Ж.,Шомуродов А., Максудов М.М. Нефт шламларини амбарларда йигилишининг тахлили Science and education February 2021 / Volume 2 Issue 2, 181-185 бет

8.Synthesis of Styrene-Based Copolymers and Study of their Thermal and Thermo-Oxidative Stability. S.F.Fozilov.,B.A.Mavlonov.,Sh.A.Mavlonov.,

D.F.Asadova.,A.F.Gaybullayeva. IJARSET International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, Issue 9 , September 2020.pp 14897-14906

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.